Authors

  • Boltaboyeva Dilshoda Rahmonali qizi

Author Biography

  • Boltaboyeva Dilshoda Rahmonali qizi

    Farg‘ona tumani  1-sonli politexnikum.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94920

Keywords:

Oʻzbek mumtoz adabiyoti ayollarning roli falsafiy merosi adabiyotning rivojlanishi ijodkor sifatida.

Abstract

Ushbu maqolada  o‘zbek mumtoz adabiyotida ayollarning ahamiyati ayollarning roli alohida oʻrinda turishi, ular nafaqat yozuvchilar, balki ijodkor sifatida ham adabiyotning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgani. Ayollar tasvirlangan asarlarda o‘ziga xos bir ifoda tarziga ega ekani haqida so‘z yuritilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

38

“OʻZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA AYOLLAR”

Boltaboyeva Dilshoda Rahmonali qizi- Farg‘ona tumani 1-sonli

politexnikum.

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotida ayollarning

ahamiyati ayollarning roli alohida oʻrinda turishi, ular nafaqat yozuvchilar, balki

ijodkor sifatida ham adabiyotning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgani.

Ayollar tasvirlangan asarlarda o‘ziga xos bir ifoda tarziga ega ekani haqida so‘z

yuritilgan

.

Аннотация: В данной статье значение женщин в узбекской

классической литературе заключается в том, что роль женщин занимает

особое место, они не только писатели, но и играют важную роль в развитии

литературы. Говорят, что работы, изображающие женщин, имеют

уникальный стиль выражения.

Annotation: In this article, the importance of women in Uzbek classical

literature lies in the fact that the role of women occupies a special place, they are not

only writers, but also play an important role in the development of literature. Works

depicting women are said to have a unique style of expression.

Kalit so‘zlar: Oʻzbek mumtoz adabiyoti, ayollarning roli, falsafiy merosi,

adabiyotning rivojlanishi, ijodkor sifatida.

Ключевые слова: Узбекская классическая литература, роль женщины,

философское наследие, развитие литературы, как творца.

Keywords: Uzbek classical literature, the role of women, philosophical

heritage, the development of literature as a creator.

Kirish

Oʻzbek mumtoz adabiyoti o‘zining boy tarixiy, madaniy va falsafiy merosi

bilan ajralib turadi. Mumtoz adabiyotda ayollarning roli alohida oʻrinda turadi, chunki

ular nafaqat yozuvchilar, balki ijodkor sifatida ham adabiyotning rivojlanishida

muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Ayollar tasvirlangan asarlarda o‘ziga xos bir ifoda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

39

tarziga ega boʻlib, o‘zlarining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy nuqtai nazarlarini izhor

etganlar. Oʻzbek mumtoz adabiyotida ayollar tasviri koʻplab asarlarda markaziy o‘rin

egallagan. Eng mashhur asarlarda, masalan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad

Bobur, va boshqa adiblar ayollarni sevgi, sadoqat, go‘zallik va ahloqiy fazilatlarning

timsoli sifatida tasvirlaganlar. Navoiyning "Xamsa" asarida ayollarni ideal go‘zallik

va axloqning ramzi sifatida koʻrsatgan boʻlsa, Boburning "Boburnoma" asarida

ayollarning ahamiyati va ularning ijtimoiy roli haqida hikoya qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Alisher Navoiy, mumtoz adabiyotning yorqin yulduzi sifatida, ayollarni o‘z

asarlarida ko‘plab o‘zgacha tomondan tasvirlagan. Uning "Xamsa" asaridagi ayollar

qahramonlari mehr-shafqat, fidoyilik va ma’naviy o‘zgarmaslik timsolidir. "Layli va

Majnun" dostonida, sevgi va sadoqatni ko‘rsatishda, Navoiy ayolni butun bir

dunyoning o‘zagini tashkil etuvchi kuch sifatida tasvirlagan. U ayollarga bo‘lgan

yuqori hurmatini va ularning ma'naviy yuksakligini ifodalagan. O‘zbek mumtoz

adabiyotida ayollar, o‘zlarining ma’naviy va ahloqiy fazilatlari bilan ajralib turadi.

Ayollarni tarbiyalash, ularning adabiyotda qanday ko‘rsatilishi, ijtimoiy masalalarni

hal qilishdagi o‘rni, alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi adabiyotda

ayollarni yuksak axloqiy fazilatlar, sabr-toqat va oila qadriyatlarini saqlashni

ta'kidlovchi obrazlarda tasvirlangan. O‘zbek mumtoz adabiyotida ayollarning roli

o‘zgacha. Ulardan ko‘pchiligi adabiy asarlarda jismoniy go‘zallik bilan birga, axloqiy

va ma'naviy boyliklarni namoyon etgan obrazlar sifatida ko‘rsatilgan. Masalan,

"Farhod va Shirin" dostonida Shirin – ideal go‘zallik, aqlli, ma’naviy yuqori

darajadagi ayol sifatida tasvirlanadi. Shirinning izzat-ikromi, Farhodga bo‘lgan

muhabbati va uning uchun qilgan qurbonliklari adabiyotda o‘ziga xos o‘ringa ega.

TAHLIL VA NATIJALAR

O‘zbek mumtoz adabiyoti boy va rang-barang tarixga ega bo‘lib, unda

ayollarning o‘rni va roli juda muhimdir. Ayollarni tasvirlash, ularning hayotdagi

ahamiyati va insoniyat tarixidagi o‘rni o‘zbek adabiyotining ajralmas qismini tashkil

etadi. Mumtoz adabiyotda ayollarning tasvirlari, asosan, sevgi, sadoqat, go‘zallik,

ma'naviyat va axloqiy yuksaklik bilan bog‘liq tarzda aks etgan. Ayollar tasvirlangan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-20

Часть–5_ Февраль –2025

40

asarlarda ular ko‘pincha go‘zallikning, muhabbatning va sabr-toqatning timsoli

sifatida tasvirlanadi. Bu tasvirlar, nafaqat ayollarni, balki insoniyatning haqiqiy ruhiy

yuksalishini ifodalashga xizmat qiladi. Oʻzbek mumtoz adabiyotida ayollar tasviri

o‘zgacha, ular adabiyotda nafaqat go‘zallikning, balki ma’naviyat va axloqning ramzi

sifatida tasvirlangan. Ayollarni ifodalovchi tasvirlar nafaqat ijtimoiy, balki falsafiy,

diniy va ma’naviy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. Shu boisdan, mumtoz adabiyotdagi

ayollarning roli va ularning jamiyatdagi o‘rni, adabiyotda namoyon bo‘lishi, o‘zbek

adabiyotining ajralmas qismlaridan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Zoirova A. Feministik adabiy tanqid va ayollar adabiyoti fenomeni borasida

ayrim mulohazalar // Zamonaviy filologiya ilmi va lingovodidaktika masalalari.

Respublika ilmiy amaliy anjumani. – Qarshi, 2021.– B. 64-66.

2. Lutfiddinova Xadicha. Estetik ideal yo‘lida. – O‘zbek tili va adabiyoti. – T., 1994.

– №3. – B.39-42.

3. Qahramonov Q. Shoirlar ijodida Ayol ruhiyati talqini. Globallashuv

muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi. –Toshkent, 2018.