MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
124
TIL VA JAMIYAT. SOTSIOLINGVISTIKA
Ashuraliyeva Latofat Farxod qizi
Termiz iqtisodiyot va servis unversteti Filologiya va tillarni o’qitish
(o’zbek tili)
Anotatsiya: Ushbu maqolada satsiolingvistika va til satsologiyasi haqida
ma’lumotlar hamda ushbuu sohalarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlari, tilning
jamiyati tarixi bilan bog’liqligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: Sotsiolingvistika, Differansiatsiya, Integratsiya , Ijtimoiy muhiti
, Obyekti, Predmeti
Til va jamiyatning o’zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani
o’rganadi.Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam
bog’liqdir. Til insoniyat tarixiga qadar qadimiy til deb hisoblanib kelmoqda.
Umumiy til tushunchasining, shevalaridan farqlanadi. Til butun bir xalqqa
xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhi sifatida qaralgan. Til ko’p vazfali hamma
uchun umumiy bo’lgan aloqa-munosabat vositasiga aylangan. Sheva esa ,vazifa
nuqtai nazaridan chegaralangan bo’lib tilning nutqiy ko’rinishini tashkil qiladi.
Masalan, o’zbek tiliga qarluq-chigil-uyg’ur dialekt tilda asos bo’lgan. Bu
sheva Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro shevalarini o’z ichiga olgan. O’zbek
tili dialektli til hisoblanadi. Bunda, o’zbek tilining o’ziga xos murakkab tarixiy
rivojlanish sharoiti va o’zbek millatining o’tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan
izohlanib kelgan.
Til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning gramatikasi
takomillashib boradi.Til taraqiyot jamiyat bilan birga takomillashib boradi. Masalan
kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug’dosh til,kegin qabila tili,elat,xalq
va millat tili shakillangan.
Dialektlar sonining ko’payishi va ular asosida yangi-yangi tilning vujudga
kelishi til taraqqiyotining differansiatsiya jarayonini tashkil qiladi. Differansiatsiya
tillarning dialektlarga parchalanishi deb yuritiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
125
Har bir millat o’z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi.
Jamiyat taraqqiyotining keying bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga
yaqinlashib borishi kuzatilgan. Buni adabiy til ta’sirini kengayishiga olib keladi.Til
taraqiyotdagi bu jarayon integratsiya deb nomlangan. Integratsiya bir tilga mansub
shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvi deyiladi. Bunday jarayonlar
tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy hayotning taraqqiyot
jarayonlariga bog’liq tarzda sodir bo’ladi deb aytoliyman.
Til va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa,ijtimoiy psixologiya,
etnografiya bilan bog’liq jihatlarni o’rganuvchi soha sotsiolingvistika (ijtimoiy
tilshunoslik)dir.
Sotsiolingvistika quyidagicha ta’riflanadi.
1.Jamiyat va til o’zaro bog’liq, mutonosib tarixiy jarayon hodisasidir.
2.Jamiyat taraqqiy yeta borgan sari tilning ijtimoiy vazifalari ham
takomillashib boradi.
3.Adabiy tilning, shevalarning lug’at boyligi kengayib, ortib boradi.
4.Yashash muhiti yaqin,turmush tarzi o’xshash hamda o’zaro iqtisodiy
munosabatlar shakllangan xalqning tillari bir-biriga ta’sir korsatadi.
Dunyo tilarning ma’lum manoda,o’ziga xosligini yorituvchi,muayyan tilning
boshqa tillardanfarqliy jihatlari ko’rsatuvchi tadqiqotlar yaratilagan.Sotsiolingvistika
tilning ijtimoiy tabiatini tahlil qiluvchi asosiy hisoblanadi.Sotsiolingvistika tilning
ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik,hayotiylik,me’yoriylik,hududiylik kabi
mezonlarga bo’linadi.
Til voqealik sifatida mavjud bo’lish uchun muayyan tarixiy taraqqiyot
bosqichini o’tash kerak bo’ladi.Tilning paydo bo’lishi,yaxlit tizim tarzida
shakillanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi tarixiyligi bilan bog’liq boladi.
Tilning hayotiyligi uning aloqa munosabat vositasi sifatida qaraladi. Til
hayotligini yoqotsa, o’lik tilga aylanadi.
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va
xususiy qonuniyatlariga tayanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
126
Til jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir.
Chunki jamiyatda ro‘y har bir o‘zgarish shu jamiyatning tilida o‘zining ma`lum izini
qoldiradi. Shuning uchun ham jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda
tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar
yordamga kelishi mumkin. Til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti,
mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida
mavjud bo‘ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri, uning yashashi, rivojlanishi
faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog’liq. Sotsiolingvistika jamiyatdagi ijtimoiy
sharoitlarda til faoliyat olib boradigan va rivojlanadigan jabhalarni o’rganadi. Ijtimoiy
sharoitlarga jamiyatdagi odamlarning ijtimoiy kelib chiqishi, tuzilishi, yoshi, ijtimoiy
mavqe, madaniyat va ta’limni bilish darajasi, yashash joyi va so’zlayotgan nutqi misol
bo’la oladi. Xususan, ushbu fan tadqiqotchisi so'zlovchilar o'z nutqida u yoki bu
variantni qanchalik ko'p ishlatishini va bu qanday ijtimoiy parametrlarga (ijtimoiy
sinf, ma'lumot, jins, yosh, aloqa holati) bog'liqligini aniqlashi kerak . Ijtimoiy
tilshunoslik, bizning fikrimizcha, til va uning ijtimoiy hamda madaniy
kontekstlaridagi munosabatlarida vujudga keladigan masalalarni o’rganadigan fandir.
Buning uchun u ma’lum bir jamiyat a’zolarining turli xil kodlar va iboralar
almashinuvini hamda og’zaki nutqda qanday suhbatlashishlarini analiz qilib, ushbu
real vaziyatlarni o’rganadi. Sotsiolingvistika, ya’ni ijtimoiy tilshunoslikning boshqa
fanlardan farqli jihatlari va o’ziga xos xususiyatlarini anglash uchun ushbu fanning
kelib chiqishi, obyekti, predmeti va olimlarning bu fan to’g’risidagi turli xil
qarashlarini ko’rib chiqishimiz kerak.
FOYDALANIGAN ADABIYOTLAR:
1.Azizov O. Tilshunslikka kirish.-Toshkent 1996
2..Abdulazizov A.A. Tilshunslikka kirish.toshkent 1999
3.акшина А.А Пособие по курсу <<Введение в языкознание>>-М 1969.
Амирова Т .А. Ольховиков Б.А . Очерки по истории лингвистики 1975.
4.Баскаков Н.А Содиков. А.С..Умумий тилшунослик.- Тошкент 1979.
5.Баранникова.Л.И. Введнение в языкознание .-М.1973.