MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
91
TA’LIMDA SUN’IY INTELLEKTNING RO‘LI VA
IMKONIYATLARI
Saidrasulov Sherzod Norboy o‘g‘li
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti kafedrasi oʻqituvchisi.
Abdusayidova Fotima Abdolim qizi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
talabasi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim
sohasidagi o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini
avtomatlashtirish, individual yondashuvni ta’minlash va o‘quvchilarning bilim olish
samaradorligini oshirish kabi jihatlarga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek,
maqolada SI yordamida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar va
istiqboldagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, adaptiv ta’lim,
avtomatlashtirilgan baholash, raqamli ta’lim platformalari, innovatsion pedagogika.
Zamonaviy ta’lim tizimi doimiy o‘zgarishlar va texnologik taraqqiyot
ta’sirida rivojlanmoqda. Sun’iy intellekt ta’lim jarayonida shaxsiylashtirilgan
o‘qitish, o‘quv materiallarini avtomatik yaratish va baholash kabi muhim
funksiyalarni bajara oladi. Ushbu maqolada SI texnologiyalarining ta’lim tizimidagi
ahamiyati, afzalliklari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi.
Suniy intellekt (SI) - bu informatika fanining bo‘limi bo‘lib, u odatda inson
aqlini talab qiladigan vazifalarni bajarishga qodir mashinalarni yaratishga qaratilgan.
Sun’iy intellekt bugungi kunda deyarli barcha sohalarda qo‘llanilib kelinmoqda. Har
qanday biznes, davlat organi, ishlab chiqarish yoki savdo tuzilmasi, logistika, ta’lim,
tibbiyot muassasasi va bir kishining faoliyatini avtomatlashtirish – bularning barchasi
sun’iy intellektni qo‘llash sohalaridir. Xotira hajmining doimiy o‘sishi va neyron
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
92
tarmoqning ichki aloqalarining mustahkamlanishi tufayli sun’iy intellektni qo‘llash
samaradorligi asta-sekin ortib bormoqda.
Sun’iy intellekt quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim jarayoniga katta hissa
qo‘shmoqda:
1.
Shaxsiylashtirilgan o‘qitish – SI texnologiyalari har bir o‘quvchining
bilim darajasini aniqlab, unga mos o‘quv materiallarini taqdim etadi.
2.
Avtomatlashtirilgan baholash – Sun’iy intellekt imtihon natijalarini tahlil
qilib, tezkor va aniq baholar chiqarish imkonini beradi.
3.
Virtual o‘qituvchilar va robotlar – Interaktiv ta’lim platformalari orqali
SI yordamida darslar o‘tkazish imkoniyati ortib bormoqda.
4.
Ta’lim jarayonining optimallashuvi – O‘quv dasturlarini doimiy tahlil
qilib, samaradorligini oshirish uchun SI algoritmlari ishlatilmoqda.
5.
Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish – SI yordamida avtomatlashtirilgan
o‘quv kurslari va intellektual tizimlar orqali masofaviy ta’lim samaradorligi
oshirilmoqda.
Shuni ham aytish joizki, Su’niy intelekt allaqachon hayotimizda amaliy
jihatdan mavjud. Ular o‘qituvchining ishtirokisiz ishlashga qodir va turli xil
algoritmlardan foydalangan holda o‘quvchiga samarali qarshilik ko‘rsatishi va
qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Shu bilan birga, biz texnologiya va ularning aql - idrokini qay darajada nazorat
qilishimiz juda muhim. Raqamli sinfni o‘liy ta’lim yoki maktab internet tarmog‘i
orqali o‘quvchilarning gibrid muhitda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish
mumkin.
O‘quvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda darslarni
avtomatlashtirish va talabalar bir - biri bilan, o‘qituvchilar esa ota - onalar bilan
muloqot qilishlari mumkin bo‘lgan ijtimoiy platformani yaratish imkoniyatlari paydo
boladi. Sun’iy intellektda inson xavfsizligi har doim e’tiborga olinadigan asosiy
narsadir. Qachonki, insonlar xavfli joyda xavgli qismini o‘rganishimiz kerak bo‘lsa,
olimlar sun’iy intellektni qo‘llab - quvvatlaydigan mashinalardan foydalanadilar.
Sun’iy intellekt odamlar erisha olmaydigan har qanday joyga yetib borishi mumkin
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
93
Bugungi kunda, ta’lim sohasida sun’iy intellekt intensiv ravishda o‘z o‘rinini
egallab kelmoqda. Sun’iy intellekt ma’lumotlarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zgartirish
va tasavvur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan axborot tizimlarini yaratishda katta ro‘lni
o‘ynaydi. Bu tizimlar, o‘rganish jarayonida ma’lumotlarni tan olish, aniq maqsadlar
uchun ma’lumotlarni qidirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, va natijalarni ko‘rsatish
kabi vazifalarni bajarishda yordam beradi. Tabiiy va insoniy imkoniyatlarga
qaraganda, sun’iy intellekt ta’lim sohasida bir nechta foydalarni olib keladi.
Sun’iy intellekt ta’lim oluvchining vaqtini tejashga va ta’limda muvaffaqiyatli
rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari keng
qamrovli bo‘lib, u sizni qiziqtirgan savollarga javob berishi, berilgan buyruq asosida
rasm chizishi yoki turli mavzularda taqdimotlar yaratishi va xattoki, turli referat va
maqolalar ham yozib bera olish imkoniyatiga ega. Uning ta’lim algoritmlari,
talabalarning individual xususiyatlari va o‘rganish usullari asosida moslashtiriladi, bu
esa har bir talabalarning o‘ziga xos ta’lim yo‘lidagi qobiliyatlarini oshiradi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida ChatGPT, Khan Academy, Coursera kabi
platformalar sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Ularning yordami
bilan o‘qituvchilar yuklamasi kamayib, o‘quvchilarga individual yondashuv yanada
samarali bo‘lmoqda.
1
Xulosa qilib aytganda, Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirishga
qodir bo‘lgan zamonaviy texnologiyalardan biridir. U ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda, shuningdek, o‘qitish uslublarini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Kelajakda SI texnologiyalaridan yanada kengroq foydalanish ta’lim tizimini yanada
rivojlantirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Коровникова Н.А. Искусственный интеллект в образовательном
пространстве: проблемы и перспективы // Социальные новации и социальные
науки. – Москва : ИНИОН РАН, 2021. – № 2. – С. 98–113. URL: https://sns-
journal.ru/ru/archive/
1
Kadirov M.M. “Аxborot texnologiyalari” fanidan oʼquv qoʼllanma. 1-qism. - T.:«Sano-standart» nashriyoti, -2018. 192-237 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-20
Часть–5_ Февраль –2025
94
2.
Gʼulomov S.S. va boshqalar “Аxborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy oʼquv
yurti talabalari uchun darslik. - T: ,,Sharq’’, 2000 y. 336-368 b.
3.
Raximov N.O. Intellektual oʼqitish tizimlarida bilimlarni ifodalash modellari //
TАTU xabarlari. – Toshkent. №4. 2010. 64-68 b.
4.
Kadirov M.M. ,,Аxborot texnologiyalari” fanidan oʼquv qoʼllanma. 1-qism. -
T.:,,Sano-standart’’ nashriyoti, -2018. 192-237 b.