MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_Март –2025
70
HOZIRGI KUNDA XALQ PEDAGOGIKASINI O'RGANISHGA
BO'LGAN SHART-SHAROITLAR
Inogamdjonova Ziyoda Shuxratovna
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Pedagogika-psixologiya yo'nalishi 2 - bosqich talabasi.
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada xalq pedagogikasining yoshlar
tarbiyasidagi ahamiyati, uning dolzarbligi va hozirgi kunda xalq pedagogikasini fan
sifatida o'qitish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, aynan nima uchun o'qitilishi
kerakligi sabablari bilan birgalikda, xalq pedagogikasini vazifa va maqsadlari to'liq
yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar
: pedagogika, xalq pedagogikasi, o'zbek xalq ijodi,
rag'batlantirish, tarbiya, ma'naviy meros.
ABSTRACT:
In this article, the importance of folk pedagogy in youth
education, its relevance, the conditions created for the teaching of folk pedagogy as
a science, the reasons why it should be taught, and the tasks and goals of folk
pedagogy are fully explained.
Key words:
pedagogy, folk pedagogy, Uzbek folk art, encouragement,
education, spiritual heritage.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье всесторонне раскрываются значение
народной педагогики в воспитании молодежи, ее актуальность, условия,
созданные для преподавания народной педагогики как науки, причины, по
которым ее необходимо преподавать, а также задачи и цели народной
педагогики.
Ключевые слова:
педагогика, народная педагогика, узбекское
народное искусство, поощрение, образование, духовное наследие.
KIRISH
Hozirgi kunda har bir ta'lim muassasi o'quv dasturiga xalq pedagogikasini
kiritish, yoshlarga ma'naviy ozuqa berish va ularni xalqimizning olis ijodi bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_Март –2025
71
tanishtirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Ya'ni aynan xalq
pedagogikasini yoshlar tarbiyasidagi chuqur ahamiyatini sezgan va his qilgan holda
uni o'qitishni keng targ'ib qilish uchun bir qator shart -sharoitlar yaratilmoqda.
Nafaqat pedagogika sohasida bo'lgan talabalar, balki boshqa sohadagi oliy ta'lim
muassasida tahsil olayotgan har bir shaxs xalqimizning uzoq o'tmishi, ularning
ma'naviy boyligi bilan yana bir bor tanishib, ushbu fanni o'rganib chiqishlari
maqsadga muvofiq. Shu sababli ham barcha o'quv dasturlariga aynan mana shu fanni
kiritish va uni keng targ'ib qilish orqali o'quvchi yoshlarga estetik zavq berish, ularni
ma'naviy olamini yanada kengaytirish oldimizdagi bosh maqsadlardan biridir. Zero,
ma'naviy qashshoq odam hech qachon boy bo'la olmaydi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov 0‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganlaridek:
«Mamlakatimizning
istiqlol
yo‘lidagi
birinchi
qadamlaridanoq,
buyuk
ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talabi bilan
uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish
maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda». Bu esa bizdan boy ma’rifiy
merosimizning
bebaho
manbalaridan
ta’lim-tarbiya
jarayonida
unumli
foydalanishimizni taqozo etadi. I.A.Karimov o‘z asarlarida ajdodlarimiz qoldirgan
boy milliy qadriyatlarning ahamiyati haqida ham alohida fikr bildirib: «Xalqimiz
tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir hazina, bu hazinadan
oqilona foydalanishimiz lozim»,- deydi.
Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ushbu
qonuniyat jamiyatda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar
asosida ijtimoiy ong shakllari bo'lgan fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va
turmush tarzi rivojlanishiga omil bo'lgan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot davomida
barkamol shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan to‘plangan boy
ma’naviy meroslar xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topib borgan. Demak, bo'lg‘usi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_Март –2025
72
pedagog kadrlarni tayyorlashda aynan shu ma’naviy meros - xalq pedagogikasining
ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik
faoliyatda samarali foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko‘nikma va
malakalami egallashlariga asosiy e’tiborni qaratishimiz zarurdir. Markaziy Osiyo
xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniy- ma’rifiy taraqqiyoti asrlar
davomida rivojlandi, tarbiya g‘oyalari turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
mohiyatini o‘zida mujassamlashtirdi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’rifiy fikr va
g‘oyalar, ta’lim- tarbiyaga oid boy meros minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar
ruhida tarbiyaladi. Demak, ajdodlarimiz merosi bo'lgan xalq pedagogikasini xalq
donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi deyilishi bejiz emas. Xalq
pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi
va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy,
badiiy-estetik qarashlari, falsafiy- axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy
xulosalarini xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim
yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa
millatga xos boMgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi. Shuni qayd
etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik qarashlar, allomalarimiz tomonidan
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o'qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy
tayyorgarligi xaqidagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o‘z qimmatini
yo‘qotmagan. Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga
yetkazish dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Xalqimiz pedagogik
qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini
ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya
nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va
pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini
orttirishga zamin tayyorlaydi. Barkamol shaxsga xos bo’lgan fazilatlarni yoshlar
tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo’yicha xalq
pedagogikasida qator tarbiya metodlari mavjud bo‘lib bularga namuna ko’rsatish,
o’git-nasixat, rag’batlantirish va qoralash, ma'qullash va maqtash kabilar kiradi.
Tarbiya metodlari ichida eng ko’p qo’llaniladigan turi bu namuna, ibrat ko’rsatish,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_Март –2025
73
ya'ni o’rnak bo’lishdir. Buni ikki xil yo`nalishda amalga oshirish mumkin. Birinchisi,
yaxshi fazilatga ega kishilarning ibratli jihatlarini ko’rsatish orqali undan o’rnak
olshiga undalsa, ikkinchisi salbiy axloqli kishilarning nojo’ya ishlarini ko’rsatish
bilan undan nafratlanishga o’rgatiladi. Chunki bola barcha yaxshi fazilatlarni ham,
yomon illatlarni ham eng avvalo oilada o’rganadi, zero xalqimiz «Qush uyasida
ko’rganini qiladi», deb bejiz aytishmagan.
Xalqimiz tarbiyaning turli metod va shakllarini amalga oshirishda xilmaxil
tarbiya vositalaridan foydalangalar. Xalq pedagogikasida bola tarbiyalash
an’analarida o’yin bolalarning bo’sh vaqtini o’tkazishi uchun ermak emas, balki
ularni tarbiyalashning asosiy yo’nalishlari qatoriga kirgizilgan. Bunda bolalarni
amaliy o’ylashga tarbiyalash, zukkolikga o’rgatish, narsa va hodisalarni taqqoslash
orqali bir-biridan farqini bilish kabi aqlni takomillashtiruvchi uslublar keng o’rin
olgan.
XULOSALAR
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki har qanday davlatning istiqboli yetuk
ma’naviyatli,
o’zida
mukammal
tarbiyaviy
sifatlarni
mujassamlashtirgan,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga bog’liqdir. Bu jarayonning
samaradorligi bevosita tarbiya metodlari, usullari va vositalarinig o’rinli hamda
samarali foydalanish jarayoniga bog’liq holda amalga oshadi. Xalq pedagogikasidagi
tarbiya metodlari nihoyatda xilma-xil va rang-barang bo’lib, bolalar tarbiyasida
muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR:
1. 1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_Март –2025
74
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma
asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.