MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
65
MAXSUS TA'LIMGA MUHTOJ BOLALARGA
INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIM SHAROITLARIDA YORDAM
KO'RSATISHNING G'ARBIY YEVROPA TAJRIBASI
Inogamdjonova Ziyoda Shuxratovna
UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
Pedagogika-psixologiya yo'nalishi 2 - bosqich talabasi
ANNOTATSIYA: Maqolada integratsiyalashgan, yani maxsus tarbiyaga
muhtoj bolalar uchun mo'ljallangan inklyuziv ta'lim standartlari, aynan mana
shunday ta'lim tizimini G'arbiy Yevropa davlatlarida tashkil etilgani va uning
ahamiyati bilan birgalikda, inklyuziv ta'lim tizimini Yevropaning bir nechta
davlatlaridagi tajribaviy jarayoni haqida fikr yuritilgan. Ushbu maqola orqali,
G'arbiy Yevropaning bir nechta davlari misolida inklyuziv ta'lim taraqqiyot haqida
ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta'lim, korreksiyalash, kompensatsiyalash, maxsus
pedagog, inklyuziv sinf, yordamchi o'qituvchi.
ABSTRACT: In the article, the integrated, i.e., inclusive education standards
for children with special needs, the establishment of such an education system in
Western European countries and its importance, together with the experimental
process of the inclusive education system in several European countries, are
discussed. Through this article, you can learn about the development of inclusive
education in several cases of Western Europe.
Key words: inclusive education, correction, compensation, special
pedagogue, inclusive class, assistant teacher.
АННОТАЦИЯ: В статье обсуждаются интегрированные, то есть
инклюзивные стандарты образования для детей с особыми потребностями,
создание такой системы образования в странах Западной Европы и ее
значение, а также экспериментальный процесс системы инклюзивного
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
66
образования в ряде европейских стран. Благодаря этой статье вы сможете
узнать о развитии инклюзивного образования в ряде случаев в Западной Европе.
Ключевые слова: инклюзивное образование, коррекция, компенсация,
специальный педагог, инклюзивный класс, помощник учителя.
KIRISH
Yevropa davlatlarida integratsiyalashgan\inklyuziv ta'lim muammolarini hal
qilish, imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish, ko'maklashish va maxsus
ta'limni rivojlantirish bo'yicha Yevropa agentligi tomonidan 1999 yilda chop etilgan
ma'ruzasi alohida ahamiyatga ega. Ushbu xujjatda 17ta Yevropa davlarida
integratsiya ta'limini tashkil qilish holati borasida fikr yuritiladi. Integratsiyalashgan
ta'lim sohasida o'z hohishiga ko'ra qaror qabul kilish tarafdorlari, xorijliklarning
ijobiy tajribasiga ishora qiladilar. Ayni paytda ular ko'pincha o'zlari tomondan taklif
etilayotgan keskin va jadal choralar (masalalar) g'arbcha yondashuvlarning o'xshashi
tarzida qarash mumkin emasligiga e'tibor bermaydilar, chunki ush bu masalalar zarur
qonunchilik, iqtisodiy, kadrlar bazalarisiz amalga oshiriladi. Integratsiyaning ilg'or
modeli o'ziga xos o'quv joyining oddiy sinfi doiralaridagi yaratuvchanlik, fan
o'qituvchisiga qo'shimcha ravishda ikkinchi pedagogni kiritish, infratuzilmaning
o'quvchi imkoniyatlariga moslashish va yana ko'p narsalar, ya'ni “maxsus mini
maktab” sinfida o'ziga xos tashkiliy ishlarni ko'zda tutadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Milliy ma'ruzalarga binoan ko'pchilik Yevropa mamlakatlarida maxsus
ta'limga muhtoj o'quvchilar bilan ishlashda maktab o'qituvchilari asosiy rolь o'ynaydi.
Qo'shimcha ta'lim yordami professionallar, asosan maxsus pedagoglar ko'magida
ta'minlanadi. Ularning ishini odatda mahalliy ta'lim boshqaruvi organlari tartibga
soladi. Daniya va Shvetsiyada maxsus sinf (maktab) o'quvchilari bilan faqatgina
maxsus pedagoglar shug'ullanadi. Italiyada bunday o'quvchilar bilan maxsus
pedagoglar bilan bir qatorda oddiy pedagoglar ham ishlashi mumkin, ayni paytda
ularning bari maxsus ta'limga muhtoj o'quvchilarning o'qishi uchun mas'ul
sanaladilar. Boshqa variantlar ham mumkin. Masalan, Fransiyada Adliya vazirligi
qo'l ostidagi xizmat maktab o'quvchilariga yordam ko'rsatadi. Integratsiyalashgan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
67
o'quvchilar mavjud Lyuksemburg maktablarida maktab o'quv dasturlarini bilmasa
ham, korrektsion pedagogika va maxsus psixologiya sohalarida bilimga ega bo'lgan
“assistentlar” ishlaydi. Irlandiyada ijtimoiy xizmatlar maxsus ta'limga muhtoj maxsus
ta'limga muhtoj o'quvchilarga xizmat ko'rsatishda bevosita qatnashadilar. Sog'liqni
saqlash
bo'yicha
hududiy
kengashlar
tibbiy
va
ijtimoiy
xizmatlarni
moliyalashtiradilar. Integratsiyalashgan o’quvchilarga ko’maklashishni tashkil etish.
Internet ma'lumotlari asosida bugungi kunga qadar jahon miqyosida juda ko'plab
davlatlarda inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilish borasida amaliy tajribalar olib
borilayotganligi ham aniqlandi.
AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya kabi bir qator mamlakatlarda maktab turini
tanlash qonun tomonidan belgilanadi, ota-onalar esa ta'lim turini tanlashni yozma
ravishda tasdiqlashi, ayrim hollarda asoslab berishlari lozim, deb topilgan.
Avstriyada 1945 yildan boshlab nogiron bolalarni differentsial o'qitish tizimi
tashkil etilgan bo'lib, bu ta'lim tizimida barcha turdagi nuqsonli bolalar o'qitila
boshlandi. Ammo 1980 yilga kelib maxsus ehtiyojli bolalarning ota-onalari
demokratiya huquqlari uchun kurashib, farzandlarini umumta'lim muassasalarida
o'qitilishini talab qilib chiqdilar. Folker Ruttening ma'lumotlariga qaraganda “Ayni
paytda ixtisoslashtirilgan ta'lim sohasida ishlovchi pedagoglar maxsus ehtiyojli
bolalarga segregatsiya, ya'ni maxsus ta'lim berishning afzalliklarini shubha ostiga
qo'ya boshladilar. 1983 yilda Avstriya Ta'lim vazirligi inklyuziv ta'lim tizimining
modelini tuzish yuzasidan tajriba loyihasi to'g'risida qaror qabul qildi. Bu ta'lim
modeli to'rtta turga ajratildi: inklyuziv sinflar, hamkorlik qiluvchi sinflar, kichik
komplektli maxsus sinflar, yordamchi o'qituvchilar.
Flamandiya jamoasida integratsiyalashgan ta'limning muvaffaqiyati uchun
maktab o'qituvchisi asosiy javobgar shaxs hisoblanadi. Maxsus pedagog resurs
pedagog xizmatini bajaradi fan o'qituvchilarini kasbga oid axborot bilan ta'minlab,
ular o'rtasida bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi. SHuni tan olish kerakki, fan
o'qituvchilari o'zlarining kundalik pedagogik faoliyatida assistent tomonidan
tayyorlangan dasturdan doim ham foydalanavermaydilar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
68
Integratsiyalashgan o'quvchilarga ko'maklashishning eng ko'p tarqalgan turi –
yaqinda joylashgan maxsus maktabdan maxsus o'qituvchi yoki boshqa zarur
professionalni jalb qilishdir. Yordam berishning bu turi “integratsiyalashgan ta'lim”
sxemasi ichida mumkin. Shunday qilib, maxsus ta'limda jamlangan tajriba va maxsus
bilimlar oddiy sinflarga beriladi.
XULOSALAR
Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, inklyuziv ta'lim strategiyasini rivojlantirish
ko'p muddatli vaqtni talab qiladi. Bu ta'limni rivojlantirish uzliksizlikni va uni tadbiq
qilishga bosqichma – bosqich kompleks yondashuvni amalga oshirish kerak.
Inklyuzivning muvaffaqiyati, muttaxasislarning fikri bo'yicha imkoniyati cheklangan
bolalarni qaerga borib o'qishiga va inklyuziv ta'lim dasturiga bog'liq. Eng avvalo
inklyuziv ta'lim davlat ishi bo'lishi kerak.chunki ta'lim olishga imkoniyati bo'lmagan
aloxida extiyojli shaxslar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayondan tushib qoladilar.
ADABIYOTLAR:
1. 1. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O’quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy
fanlarni o’qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION
SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.
2. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik
sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и
решение, 1(1), 64–67.
3. Ҳайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН
ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
4. Xайдаров C. (2024). Spiritual influence on child education in families. Web of
Teachers: Inderscience Research. 2 (11). 203-205.
5. Xайдаров C. (2025). Oилаларда фарзанд тарбиясига руҳий таъсир ўтказиш.
Modern Education and Development. 3 (17). 23-27.
6. Khaydarov S.A. (2025). The role of the use of fine arts in teaching the history of
the country. Modern Education and Development. 3 (17). 28-33.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
69
7. Xaydarov S.A. (2025). Ijtimoiy-gumanitar fanlarda raqamli metodlardan
foydalanish yo’llari. NEW RENAISSANCE international scientific journal. 2(1).
91-94.
8. Xaydarov S.A. (2025). Yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalashda Boburnoma
asariga ishlangan miniatyuralarning ahamiyati. Til va adabiyot.uz. 2.11-12.