MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
93
O'ZBEK MILLIY MUMTOZ MUSIQA SAN’ATIDA MUSIQIY
CHOLG'ULARINING TARIXIY TARAQQIYOTI VA ULARNING
TURLARI
Ergashova Karomat Axmuradovna
Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik
va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi
Annakulova Dildora Baymuratovna
Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik
va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi
Anotatsiya: Musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum
etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida
shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib
kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg'ularda har bir xalqning milliy
g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham
shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholg'ularning shakliga va milliylik
mezoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan
e'tibor katta bo'lishi bilan birga tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga
ega bo'lib kelgan. Ma'lumki, musiqiy cholg'ular xalqlarning moddiy hamda ma'naviy
boyligidir. Chunonchi, har bir xalq o'z milliy merosi, davrlar osha yuzaga kelgan
an'analarini milliy ohanglar orqali tarannum etuvchi va xalqning milliy
ma'naviyatiga xos yaratilgan amaliy san'at namunalari orqali ularga mos keluvchi
cholg'u asboblariga egadirlar. O'zbek musiqiy cholg'ular olami bu xususda ma'nan va
moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang-barang ekanligini e'tirof etib o'tish lozimdir.
Qolaversa, qaysiki xalqning ma'naviyati yuksak bo'lsa, uning tarixi va unga mos
merosi ham ulkandir.
Kalit so`z : O‘zbek xalq musiqasi, o'zbek xalq cholg'ulari, shakllanish
va takomillashish, tasnifot, musiqa san'ati, Shark va G'arb musiqashunosligi,
musiqiy iboralar, falsafiy xususiyatlar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
94
Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari rang-barang tarzda, o'ziga xos
shakllangan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholg'u asboblari shakllanib,
asrlar osha rivojlanib kelgan. O'tmish allomalari Al-Forobiy (IX asr) o'zining «Katta
musiqa kitobi»da, Safmddin Urmaviy (XII asr) musiqiy risolasida, Abdulqodir
Marog'iy (XIV asr) «Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy» risolasida, Ahmadiy (XIV asr)
«Sozlar munozarasi» asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) «Risola dar bayoni
qonuni va amaliy musiqiy» risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr) «Musiqiy
risola»sida, Amuliy (XVI asr) «musiqa risola»sida, Darvesh Ali Changiy (XVII asr)
«Musiqiy risola»larida musiqiy cholg'ularni o'rganib tadqiq etish masalalarining turli
tomonlariga to'xtalib, o'z davrlarining musiqiy cholg'ulari tasnifotini bayon etganlar.
O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlarini zikr
etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar. Ayniqsa, buyuk mutafakkir shoir
Alisher Navoiy musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz kerakli tarmoqlariga urg'u
berib o'tganliklarini asarlaridan bilib olish mumkin. XX asrga kelib Eyxgorn,
Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayev kabi olimlar musiqiy cholg'ularni o'rganish
xususida samarali ish olib borganlar.
Tarixiy qo'lyozmalar, adabiy asarlar va musiqiy risolalarda O'rta Osiyo
xalqlari amaliyotida vujudga kelgan barcha cholg'u asboblarining nomlari o'z
ifodasini topgan. Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar
nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholg'ular uchun ishlatiladigan daraxtlar va h.k.
haqida) ma'lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholg'ulardan: borbad, ud, rud, qo'buz,
g'ijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor; damli sozlardan: ruhafzo,
shammoma, org'anun, sibizg'i, nayi anbon, chag'ona, bulamon, surnay, nay, qo'shnay,
karnay; urma cholg'ulardan: daf, doyra, nog'ora, safoil kabilar haqida turli darajadagi
ma'lumotlar keltirilgan.
Al-Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Amuliy, Darvesh Ali Changiy, Abdurauf
Fitrat, Viktor Belyayevlar o'z risolalarida cholg'u sozlariga katta e'tibor bilan
yondoshib, ularni amaliyotdagi tutgan o'rni, ayrim falsafiy xususiyatlari hamda
malum darajada tasnifoti bilan yoritganlar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
95
Odatda, musiqiy cholg'ular ijrochilik amaliyotining turli yo'nalishlarida
qo'llanilib kelingan. Avvalo eng sodda cholg'ular yaratilib, kundalik hayot tarzida
keng foydalanilganligini qayd etish joizdir. Bunday cholg'ular har bir xalqning
cholg'ular dunyosida mavjud, ayni paytda ham iste'molda bo'lib keladi. O'zbek xalq
ijrochilik amaliyotida saqlanib, qo'llanib kelinayotgan cholg'ulardan chang, qo'biz,
sibizg'i shular jumlasidandir. Bu cholg'ularni tayyorlash va ijro etish ham oddiyligi
bilan ajralib turadi.
Davrlar o'tishi, jamiyat taraqqiyoti mezoniga cholg'u sozlar ham hamnafas
tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy
manba'larda, Qulmuhammad Udiyning ud cholg'usiga to'rtinchi sim taqqanligi yoki
g'ijjak cholg'usining awal ikki torli, keyin uchinchi va to'rtinchi torlari taqilganligi
kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish
jarayonida cholg'ularning shakl va tarannum (ovoz) mezonlarini boyitish katta
ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'nan va moddiy qiymatini ham
belgilashga asos bo'lib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u go'zal ovozga ega ekan,
u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.
XIX asr oxiri va XX asrning o'zida o'zbekona chang, qashqar ruboblari
shakllanib iste'molga kirdi. Ud va qonun sozlari qayta tiklanib, ijrochilik amaliyotini sezilarli
darajada boyitdi. Afg'on rubobi hamda kurd sozlari ham o'ziga xos jozibasi bilan amaliy
jarayondan munosib o'rin oldi. Zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti bilan bog'liq holda bir
qator chang, rubob, dutor, g'ijjak kabi xalq cholg'ularining oilaviy namunalari yaratildi.
Pirovardida, zamonaviy jarayonga kelib musiqiy cholg'ularning turli yo'nalishlarga mos,
xilma-xil tarkiblari yuzaga keldi. Amaliyotda an'anaviy, qayta ishlangan, takomillashgan,
qayta tiklangan, yangi zamonaviy (hamda elektron) xillari keng qo'llanilmoqda.
Qayd etish joizki, cholg'ular, cholg'u musiqasi hamda ijrochiligi azal-azaldan
bir-birini to'ldirib, rivojlanishiga va takomillashishiga zamin yaralib kelgan. Ijrochilik
mezonining rivoji cholg'ular ko'lamini kengaytirish, imkoniyatlarini oshirish uchun
xizmat qilgan. O'zbek an'anaviy cholg'ularining tarixiy shakllanishi ham bir qator
xalq milliy an'analari negizida qaror topgan. Kasbiy musiqaning ijodiyoti va uning
rivoji aynan cholg'ular bilan chambarchas bog'liqligini qayd etib o'tish lozimdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
96
Chunonchi, mumtoz ijodiyot cholg'ularning mukammallik xususiyatlarini namoyish
etibgina qolmay, ularning rivojiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Shu bois,
cholg'ular va cholg'u musiqasi an'analari o'zining shakllanish davri, ya'ni qadim
zamonlardan xalq musiqa madaniyatining asosiy omillaridan bin sifatida muhim
ahamiyat kasb etib kelgan.
Cholg'ushunoslik ilmi fanda «organologiya» deb yuritiladi va cholg'u
sozlarning shakllanishi, amaliyotda qo'llanilishi hamda rivojlanish mezonlarini ilmiy
asoslab beradi. Ushbu fanning rivojida bir qator Sharq va G'arb olimlari qatorida
o'zbek musiqashunos ohmlari ham munosib tadqiqotlar olib borganlar. Qadimiy
cholg'ular ko'proq tarixiy obidalar orqali kashf etilib, keyinchalik tarix, adabiyot va
musiqiy risolalarda bayon etilgan.
Cholg'ularning ilk tasvirlari qadimgi odamlarning istiqomat joylari -
g'orlarda, qoya toshlarda o'yib chizilgan, imoratlarning peshtoqlari, saroylarning
devoriy suratlari, sopol idishlarga chizilgan suratlarda va tenakota haykalchalarida
aksini topgan.
O'rta Osiyo va O'zbekiston hududlarida Afrosiyob, Dalvarzintepa
(Surxondaryo), Varaxsha (Buxoro), Ayritom, Zartepa, Qo'y qirilgan va Qo'zi qirilgan
tepalar (Ko'hna Urganch), Panjikent kabi qadimiy joylar qazilmalaridan topilgan
chizma surat va haykalchalar shular jumlasidandir. Qazilmalardan topilgan ashyolar
xususida T.S.Vizgoning 1980 kitobida batafsil ma'lumot berilgan. Qadimiy
suratlarda arfa, ud, naysimon hamda urma cholg'ular aks ettirilgan. Musiqiy cholg'u
ijrochiligiga bo'lgan ehtiyojni aynan ushbu suratlardan ko'rish ham mumkin. Chunki
suratlarda nafaqat yakka ijrochilar yoki cholg'u asbobining o'zi aks ettirilgan, balki,
Ayritom qazilmalaridan topilgan tarixiy obidalarda qadimgi Sug'd madaniyatiga xos
ansambl, ya'ni bir qator musiqachilarning cholg'ularni dasta bo'lib ijro
etayotganlarining aksi tushirilgan.
Musiqiy cholg'ularning ta'rifi ya'ni shakl-tuzilishlari tarkibiy jihatlari, nomlari,
ijrochilari bilan bog'liq ma'lumotlar, asosan O'rta asrlardan boshlab badiiy adabiyot
asarlari hamda musiqiy risolalarida yoritila boshlanadi. Demak, O'rta asrlarga kelib
qadimdan shakllanib takomillashib kelgan xalq musiqiy cholg'ulari ijrochilik amaliyotida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
97
o'z o'rnini topgan. Shu bilan birga nafaqat xalq, balki olimlarning e'tiborini ham qozongan.
Bu jarayonni O.Matyoqubov «Maqomot» kitobida quyidagicha bayon etadi:
«Cholg'ularga bunday atroflicha qiziqishlar zamirida musiqiy asboblar ijrochilik
faoliyatini ob'ektiv aks ettirishdir, degan ilmiy tushuncha yotadi. Forobiy ta'biri bilan
aytganda, cholg'u asboblarining shakllanishi, awalo, amaliyotda yuzaga keladi. Ularning
tembr-akustik xususiyatlarida va tovushqatorlari bevosita ijro jarayonida shakllanadi va
takomillashadi. Shundan so'nggina cholg'ular olimlar kuzatuvi va umumlashmalariga
zamin bo'lishi mumkin».
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abdulloh al-Xorazmiy, Zaynullobiddin
Husayniy, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iylar o'z risolalarida cholg'ular va
ularning bir qator sifat va xususiyatlari xususida mufassal so'z yuritganlar. O'rta asr
risolalarida cholg'ular takomillashishi hamda rivoji yo'lida qilingan o'zgarishlar,
ijrochilik amaliyotida yaratilgan yangi sozlar va iste'moldan chiqqan cholg'ular
tasnifotini ko'rish mumkin.
Musiqa san'atining boy ma'naviy jihatlari badiiy adabiyot namoyandalarini
ham befarq qoldirmagan. Musiqa sehri cholg'ulardan taralgan sirli ohanglar Sharq
badiiy proza va mumtoz she'riyati, ya'ni badiiy adabiyotida o'ziga xos ifodasini topadi.
Bular benazir cholg'u sozlar nomlanishi, o'z davrining mashhur ijodiyot namunalari,
bastakor, sozanda va xonandalar ijodi, xalq musiqa ijodiyoti va an'analarida ko'rinadi.
O'rta asrlarda musiqiy jarayonga ko'proq ahamiyat bergan adabiyot namoyandalari
Firdavsiy, Ro'dakiy, Hofiz, Sa'diy, Jomiy va Navoiylardir.
Jumladan: Firdavsiy «Shohnoma»da yozadi:
Yig'ildi akobir, cholg'uchi, raqqos, Podsho shodligidan sochar dur, olmos.
Chiqar avjiga nay, childirma sasi, Chirillab aylanar qizlar galasi.
Ulug'lar sha'niga qadah paydar-pay, Sahargacha tinmas tanbur, rubob, nay.
Musiqiy iboralar A.Navoiy davriga kelib adabiy merosda mukammal
ifodasini topa boshladi. Ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodiy
faoliyatlari buni yaqqol namoyon etdi. Alisher Navoiyning «Badoye' ul-vasot»
asaridan g'azal:
Ey, mug'anniv. chun nihon rozim bilursen - soz tuz,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
98
Tortibon munglig' navo sozing bila, ovoz tuz.
Navha ohangi tuzub, og'oz qil mahzun surud,
Ul surud ichra hazin ko'nglumga maxfiy roz tuz.
Istasangkim, nag'mang ichra ko'p xaloyiq o'lmagay,
Ul ikavdin ko'p vale mendin tarona oz tuz.
Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz,
Dilbarimdin nas'masoz etsang surudi noz tuz.
Chun bu gulshanda nishiman qilg'ali qo'ymas hazon,
Gul firoqi savtin, ey, bulbul, qilib parvoz tuz.
Bazm aro o'rtar Navoiyni nihon munglug' surud,
Ey, mug'anniv. chun nihon rozim bulursen - soz tuz
Ulug' mutafakkir shoir bir g'azalning o'zida 14 ta musiqiy iborani keltiradi.
Zero, g'azalning o'zi ham bastakorlik amaliga xosdir. Navoiyda bunday musiqiy
iboralar juda ko'p uchrashini uning asarlaridan bilish mumkin.
Xulosa: O'zbek xalqining musiqiy cholg'ulari va ularning tarixiy
rivojlanishiga bag'ishlangan juda batafsil bir sharh. Musiqiy cholg'ular va ularning
ijrochilik amaliyoti haqida yozganlarimizda tarixiy manbalar, mashhur olimlar va
shoirlarning musiqaga oid risolalari va g'azallari haqida qiziqarli faktlar keltirilgan.
O'zbek xalq musiqasining boy an'analari, cholg'ularining turli shakllari va
ularning taraqqiyoti haqida to'liq tasavvurga ega bo'ldim. Bu ma'lumotlar musiqiy
madaniyatning qanday rivojlanganini va har bir asbobning o'ziga xos o'rnini qanday
topganini tushunishga yordam beradi. alohida ta'kidlangan fikrlar ham juda
ahamiyatli: musiqiy cholg'ular nafaqat xalqning estetik qadriyatlari, balki ular zamon
va jamiyatning rivojlanishiga mos ravishda takomillashgan va o'zgarib borgan.
Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy kabi shoirlarning asarlarida musiqiy iboralar
va vositalar o'ziga xos uslubda ko'rsatilganligi ayniqsa qiziqarli.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Matyoqubov O. Maqomot. (ilmiy-ommabop monografiya) T., 2004.
Ibrohimov O. Maqom va makon. (ilmiy monografiya) T., 1997.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
99
1.
O`ZBEK
XALQ
MAHALLIY
MUSIQA
USLUBLARINING
SHAKLLANISH JARAYONLARI Xamdamov Bekmurod Bobomurod o`g`li,
Annakulova Dildora Baymuratovna Vol. 13 No. 2 (2025): FARS International
Journal of Education, Social Science & Humanities.
2.
2.Annakulova
Dildora
Baymuratovna.
(2024).
SAMARQAND
DOSTONCHILIK MAKTABINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA
BAXSHI IJROCHILIGI AN'NALARINING TUTGAN O'RNI.
"MUSIQАTА'LIMI VАSАN'АTINING BUGUNGI GLOBАLLАSHUV
SHАROITDАMILLIY-IJTIMOIY
АHАMIYATI:
MUАMMO
VАYECHIMLАR" (ASR), Tashkent, Uzbekistan. Academic Scientific
Research GroupS.
3.
Begmatov, M. Matyoqubov O’zbek an’anaviy cholg’ulari. “Yangi nashr” T.,
2008.