Authors

  • Ortiqov Muzaffarxo‘ja Azizxo‘ja o‘g‘li
  • Annakulova Dildora Baymuratovna

Author Biographies

  • Ortiqov Muzaffarxo‘ja Azizxo‘ja o‘g‘li

    Guliston Davlat Universiteti talabasi

  • Annakulova Dildora Baymuratovna

    Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.95009

Keywords:

Musiqiy faoliyat bolalar uchun musiqa tarbiyasi musiqiy cholg'ular musiqiy ijro musiqa qobiliyatlari musiqiy asboblar: Borbad ud rud qo'biz g'ijjak navha nuzxa qonun chang rubob tanbur dutor musiqa pedagogikasi maktabgacha ta'lim

Abstract

Ushbu maqolada O'zbek musiqiy an'analari, musiqiy cholg'ular, va ularning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati haqida juda keng qamrovli va batafsil ma'lumot beriladi. Maqolada O'zbek xalq musiqasining rivojlanishi, tarixiy allomalar tomonidan yozilgan risolalar, shuningdek, musiqiy cholg'ularga oid nazariy va amaliy qarashlar ta'kidlangan. Shuningdek, musiqiy tarbiya va bolalar musiqiy ijrochiligi bo'yicha pedagogik yondoshuvlar haqida ham ma'lumotlar berilgan. Bu matn musiqa ilmining tarixini va uning bolalar tarbiyasidagi o'rnini tushunishga yordam beradi. Musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish, musiqiy madaniyat asoslarini shakllantirishni maktabgacha yosh davrida boshlash maqsadga muvofiq.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

192

MUSIQA MASHG‘ULOTLARI JARAYONIDA CHOLG‘U

ANSAMBLLARINI TASHKILLASHTIRISH

Ortiqov Muzaffarxo‘ja Azizxo‘ja o‘g‘li

Guliston Davlat Universiteti talabasi

Ilmiy raxbar: Annakulova Dildora Baymuratovna

Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik

va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi

Anotatsiya: Ushbu maqolada O'zbek musiqiy an'analari, musiqiy cholg'ular,

va ularning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati haqida juda keng qamrovli va batafsil

ma'lumot beriladi. Maqolada O'zbek xalq musiqasining rivojlanishi, tarixiy

allomalar tomonidan yozilgan risolalar, shuningdek, musiqiy cholg'ularga oid

nazariy va amaliy qarashlar ta'kidlangan. Shuningdek, musiqiy tarbiya va bolalar

musiqiy ijrochiligi bo'yicha pedagogik yondoshuvlar haqida ham ma'lumotlar

berilgan. Bu matn musiqa ilmining tarixini va uning bolalar tarbiyasidagi o'rnini

tushunishga yordam beradi. Musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish, musiqiy madaniyat

asoslarini shakllantirishni maktabgacha yosh davrida boshlash maqsadga muvofiq.

Kalit so‘zlar: Musiqiy faoliyat, bolalar uchun musiqa tarbiyasi, musiqiy

cholg'ular, musiqiy ijro, musiqa qobiliyatlari, musiqiy asboblar: Borbad, ud, rud,

qo'biz, g'ijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor, musiqa

pedagogikasi, maktabgacha ta'lim

Musiqiy faoliyat nafaqat musiqani idrok etish, balki bolalar uchun qulay

bo‘lgan idrok etish tajribasiga asoslangan ijrochilik: kuylash, , musiqiy-ritmik

harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Kuylash, cholg‘u asboblarini chalish orqali boshqa

bir musiqiy qobiliyat – kuyda (ohangda) musiqiy tovushlar balandligini tasavvur

qilish va qayta yaratish malakasini rivojlantirish mumkin. Bu qobiliyatni

rivojlantirish aqliy operatsiyalar: qiyoslash, tahlil, taqqoslash, eslab qolishni nazarda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

193

tutadi, shu tariqa bolaning nafaqat musiqiy, balki umumiy rivojlanishiga ham ijobiy

ta’sir etadi.

Tarixdan ma’lumki, о’zbek xalq cholg’ulari rang-barang tarzda, оziga xos

shakllardan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos ravishda shakllanib, asrlar osha

rivoj topib kelgan. Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Farobiy (IX asr) о’zining “Katta

musiqa kitobi”da, Safiuddin Urmaviy (XII asr) Musiqiy risolasida, Abdulqodir

Marog’iy (XIV asr) “Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy” risolasida, Ahmadiy (XIV

asr) “Sozlar munozarasi” asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) “Risola dar

bayoni qonuni va amali musiqiy” risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr), Amuliy

(XVI), Darvesh Ali Changiy (XVII) musiqiy risolalarida musiqiy cholg’ularni

о’rganib, tadqiq etish masalalarini turli tomonlariga tо’xtalib, о’z davrining musiqiy

cholg’ulari tasnifotini bayon etganlar. О’tmishning zabardast shoirlari о’z asarlarida

musiqiy cholg’ular nomlari va ularning mohir ijrochilarini qayd etishda

cholg’ularga murojaat etganlar.

Ayniqsa, о’z ijodi bilan ma’rifat darajasiga erishgan buyuk mutafakkir shoir

Alisher Navoiy hazratlari musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz tarmoqlariga

urg’u berib о’tganlarini ul zotning asarlaridan bilib olish mumkin. XX asrga kelib

Eyxgorn, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayev kabi olimlar musiqiy cholg’ular va

ularda ijrochilik masalalarini о’rganish xususida samarali harakatlarni amalga

oshirganlar.

Tarixiy qо’lyozmalar, adabiy asarlar va musiqiy risolalarda О’rta Osiyo

xalqlari cholgu ijrochiligi amaliyotida vujudga kelgan cholg’ularning nomlari о’z

ifodasini topgan. Musiqiy risolalarda esa cholg’ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar

nisbati, sozgarlik mezonlari, cholg’ular tayyorlashda ishlatiladigan daraxtlar va

materiallar haqida malumotlar keltirilgan.

Ularda torli cholg’ulardan: Borbad, Ud, Rud, Qo’biz, G’ijjak, Navha, Nuzxa,

Qonun, Chang, Rubob, Tanbur, Dutor;

Damli cholg’ulardan: Ruhafzo, Shammoma, Organun, Sibizg’i, Nayi anbon,

Chag’ona, Bulamon, Surnay, Nay, Qоshnay, Karnay;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

194

Urma zarbli cholg’ulardan: Daf, Doira, Nog’ora, Safoil kabilar tо’g’risida

turli darajadagi ma’lumotlar keltirilgan.

Sharq olimlarining nazariy qarashlari musiqa tajribasi asosida shakllangan

bo’lib, ular o’z risolalarida musiqa cholg’usini jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati

haqida atroflicha ma’lumot berganlar. Abu Nasr Muhammad Forobiyning (873-950)

“Musiqa haqida katta kitob” (“Kitob al-musiqa al-kabir”), Abu Ali Ibn Sinoning

(980-1037) “Davolash kitobi” (“Kitob um-shifo”) qomusidagi “Musiqa haqida

risola”, Al Xorazmiyning X asr “Bilimlar kaliti”, Safiuddin Urmaviyning (1216-

1294) “Oliyjanoblik haqida kitob” yoki “Sharafiy kitobi”, Abdurahmon Jomiyning

(1414-1492) “Musiqa haqida risola” kitoblarida musiqa ijrochiligi va halq cholg’u

asboblari haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

Safiuddin Urmaviy istedodli ud cholg’uchisi Urmiya shaxrida tug’ilgan

(Ozarbayjonlik) mashhur xonanda, uning eng katta yutug’i “Modius” ladning

mukammal yo’nalishlarini ishlab chiqqanligidir. Ibn Zaylning VI asr “Musiqa

xaqida to’liq kitobi” va “Kitob ul-kabi fil-musiqiy” uning musiqa ilmidagi yagona

va bebaho kitobdir. U yangi usulni, musiqada ladlarni harflar bilan ifodalash usulini

ishlab chiqdi. Abduqodir Marog’iy XV asr, Ozarbayjonning Marog’ shahrida

tug’ilgan bo’lsada, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida Samarqandda o’tgan

va Hirotda vafot etgan. “Musiqa ilmda ohanglar to’plami” (“Jami al-alhon fi-ilm al-

musiqiy”) risolasida musiqa haqidagi ta’limotni kamoncha, yetti torli g’ijjak kabi bir

turdagi musiqa cholg’ulari borligi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitdi.

Al-Husayn XV asr asosan O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan torli

musiqa asbobi dutor haqida ma’lumot bergan. Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310)

eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo’lib, o’z risolasida kamonchali

tanbur (sato) haqida ibratli mulohazalar bildirgan hamda inson ovozining musiqa

asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan.

Al Forobiy (IX asr) mohir ijrochi sifatida ham tanilgan. U damli cholg’u nay

asbobini, torli mizrobli cholg’u tanbur va ud musiqa asboblarini juda zo’r mahorat

bilan ijro etgan. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg’u asboblarining jamiyat

hayotidagi rolini o’rganishga ahamiyat beradi va u “Jangu jadallarda, raqslarda, to’y-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

195

tomoshalarda, ko’ngil ochar bazmlarda hamda ishq va muhabbat qo’shiqlarini

kuylashda chalinadigan cholg’ular bor”, deb yozgan edi. Kitobning ikkinchi qismida

halq cholg’ulari lyutnya, tanbur, ud, nay, rubob, chang, shoxrux, qonun, dutor va

boshqa cholg’ular izchil va batafsil ta’riflanadi. Lyutnya-torli mizrobli cholg’usi

o’sha davrda eng keng tarqalgan bo’lib, o’ziga xos mizrob (chertma) vositasida

chalingan, dastasida esa ligatura (lada) lar joylashgan.

IX-X asrlarda lyutnya arabcha ud nomini oladi. Bu cholg’u asbobi ko’pgina

Sharq mamlakatlarida, Kavkazorti xalqlari orasida, O’zbekiston va Tojikiston

cholg’uchiligida hozirgi kungacha saqlanib kelayapti. (Zamonaviy ud namunalari

T.D.K. ning sohaviy-tajribaviy sinovxonasida mavjud) “Musiqa xaqida katta kitob”

da Forobiy yana bir cholg’u asbobi tanburni ta’riflaydi. Olimning fikricha, tanbur

forscha tan-bur ya’ni (Dilni tirnash) ud cholg’usiga yaqin turadigan cholg’udir deydi.

Forobiy shuningdek nayni ham ta’riflaydi. U turli xil damli musiqa cholg’ularini

ovoz hosil qilish uslubiga ko’ra naysimon guruhga kiritadi, ya’ni nay quvurida

havoning damli harakati orqali, tovush hosil bo’ladi. Ulardan biri oddiy nay, yoki bir

yo’nalishda joylashgan ko’p teshikli nay. Bu turdagi bo’ylanma naylar yoki turlicha

ataluvchi naylar hozirgi kunda ham Sharq xalqlari orasida mavjud. Uning

Vetnamliklar sao, tojiklar tutek, tatarlar kaval, qozoqlar sibizg’a, Ozarbayjonliklar

nay (juda kam uchraydi), qirg’izlar uo, choor (cho’ponlarning cholg’u asbobi)

o’zbeklar nay deydi.

Forobiy, shuningdek, Dunay, (Mizmar) ni ham alohida tilga oladi. Dunay

hozirda qo’shnay yoki turkman cholg’usi gosha-dilli tyuy dyuk (qo’sh qamishdan

yasalgan cholg’u) ga o’xshatadi.

Forobiy o’z risolasida o’zi yashagan davrda mavjud bo’lgan rubobni ham

batafsil ta’riflaydi. O’sha davrdagi rubob ham hozirgi qashqar rubobiga o’xshash

bo’lib, pardalari dutor pardalariga o’xshagan, dastasi ancha uzun bo’lganligini,

asosiy qismini yog’och dekali pastki qismi esa charmdan ishlangan, dekali musiqa

cholg’usi deb ta’riflaydi. Shuningdek, musiqa asbobi changni ham ta’riflaydi. O’sha

vaqtgacha changning 15 ta tori bo’lgan, ular diatonik sozlangan va ikki oktava

oralig’iga teng tovush qatorga ega deydi. Yana Forobiyning guvohlik berishicha ud


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

196

cholg’usi ansambl ijrochiligida yetakchi rol o’ynagan “Cholg’u asboblari haqida

kitob” ida olim tanbur, rubob, chang, cholg’u asboblarini udda chalayotgan kuyga

yoki yakka navoz xonandaga, uyg’un jo’r bo’lish, uchun sozlash usullarini

tushuntiradi.

Shunday qilib, Sharqning ulug’ allomasi Al-Forobiy musiqa ilmining bir

bo’limi sifatida cholg’u asboblarini o’rganuvchi cholg’ushunoslik sohasiga asos

soladi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’z davri musiqa cholg’ularini ikki guruhga

bo’ladi: Mizrobli, noxunli, (Borbad, tanbur, rubob) va butun rezanator qapqog’i

bo’ylab tortilgan ochiq cholg’u asboblari (shohrux, chiltor, lira), chang (arfa). Olim,

ohangi inson ovoziga yaqin turadigan cholg’u asboblari ud, rubobni batafsil

ta’riflagan.

O’sha davrda yashab ijod etgan Safiuddin Urmaviy musiqa ilmini tizimini

(sistemasi) ni rivojlantiradi. U

Taqvadorlik kitobi” da ud cholg’usini ta’riflaydi:

“Bilginki, cholg’u asboblari ichida ud asbobi eng mashhur va zamonaviydir”.

Udning dastasining to’la chizmasi, uni sozlash haqida tasavvur beradi. A.

Navoiyning tasdiqlashicha, mavjud 12 maqom qadimiy musiqaning asosidir.

Marog’iy (XIV asr) g’ijjakning ipak yoki pay torlari jez torlariga nisbatan

ancha yaxshi va mayin ohang beradi deydi, o’zining g’ijjak yasash usuli haqida

bergan ma’lumotlarida.

Qo’sh torli cholg’u asbobi dutor haqida ilk ma’lumotlar Al-Husayniy (XV asr)

ning musiqa kononlarida uchraydi. “Dutor” atamasining paydo bo’lishiga, uning

shaklan o’xshash, ko’p torli boshqa cholg’u asboblaridan (Ozarbayjoncha soz, ud,

tanbur kabi) farqlash asosiy sabab bo’lgan. XVII asrning mashhur ud va chang

cholg’usi ijrochisi Darvish Ali o’zining risolasida o’sha davrda qo’llanilgan cholg’u

asboblari haqida batafsil ma’lumot bergan. U udni cholg’ular “Shohi” deb ataydi.

Udning juft sozlagan o’n ikki tori bo’lgan. Farobiy davridagi dastlabki uddan bir

muncha farq qilgan. Risolada yozilishicha chang cholg’ular homiysi Zuhroga

bag’ishlangan.

Koreya musiqasi haqida birinchi eslatma antik davrga borib taqaladi.

U Xitoy va O‘rta Osiyo ta’sirida bo‘lgan, u yerdan ko‘plab asboblar: torlar, nog‘oralar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

197

va naylar olib kelingan. O‘rta asrlarda Koreya yarim orolida moslashtirilgan xitoy

saroy musiqasi ijro etilib, xalq musiqasi janrlari parallel ravishda rivojlana boshladi.

Joseon sulolasi davrida Xitoyning saroy musiqasiga ta’siri pasaydi, mo‘g‘ul va yapon

bosqinchilariga qarshi kurash davrida uning rivojlanishi to‘xtatildi. Bu davrda xalq

musiqasi rivojlanib, pansori, sanjo, pungmul va boshqa janrlar paydo bo‘ldi.

Yaponiya istilosidan so‘ng Yevropa musiqasi Koreyaga kirib keldi. Ayrim

folklor janrlari (pansori, sanjo) ma’qullandi va mustamlaka hokimiyatlari davrida

ishlab chiqildi, boshqalari, ayniqsa marosim musiqasi bilan bog‘liq bo‘lganlar

yo‘qoldi. 1948 yilda Koreya musiqaga o‘z yondashuvlarini ishlab chiqqan Janubiy va

Shimolga bo‘lingan. Shimolda mafkuraviy maqbullik musiqaning eng muhim

xususiyatiga aylandi, Yevropa musiqa an’analariga asoslangan xalq janrlari va

janrlari rivojlanmoqda.

O‘zbekistonda 2016 yilning 13—22 oktyabr kunlari Koreya madaniyati

festivali Korea Festival 2016 bo‘lib o‘tdi. Diplomatik missiyaning ma’lum qilishicha,

festival

Toshkent,

Samarqand

va

Buxoro

shaharlarida

o‘tkazilindi.

Festival Koreya respublikasi tashkil topgan kun – 12 oktyabrda rasmiy qabul bilan

boshlandi..

Festival doirasida 15 oktyabr kuni Sookmyung Gayageum va B-boy orkestri

ishtirokida

Koreya

fyujn

musiqasi

konserti

bo‘lib

o‘tdi.

Korea Festival 2016 bilan bir qatorda Koreya respublikasi ta’lim markazi yil

davomida turli madaniy tadbirlarni o‘tkazadi. Ular orasidan notiqlik san’ati, koreys

tilida insho yozish, an’anaviy o‘yinlar, koreyscha qo‘shiqlar tanlovi, Koreyaning

an’anaviy bayramlari bilan bog‘liq tadbirlar o‘rin olgan. [https://sof.uz/uz/post/o-

zbekistonda-koreya-madaniyati-festivali-bo-lib-o-tadi]

O‘tgan asrning 20-yillaridayoq bolalarni musiqa cholg‘ularini chalishga

o‘rgatish tashabbuskori musiqa arbobi va pedagog N.A.Metlov bo‘lgan. Bolalar

orkestrini tashkil qilish g‘oyasi ham aynan shu arbobga tegishlidir. N.A.Metlov

tovush qatoriga ega bo‘lgan bolalar musiqa asboblarini: metallofon va ksilofonni

yaratish va takomillashtirish borasida kata ishlarni amalga oshirgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

198

Musiqa asboblarini chalish – bolalar ijrochiligining turlaridan biri. Bolalar

musiqa asboblari va o‘yirnoqlaridan (ham mashg‘ulotlarda, ham kundalik hayotda)

foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy taassurotlarini boyitadi,

ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Maktabgacha yosh davri musiqiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish

uchun tobora sensitiv sanaladi. Bu yosh davrida bolalar bilan olib borilgan tizimli,

izchil tarbiya ishlari kelajakda o‘z mevasini berishi shubhasiz.

Musiqa o‘z tabiatiga ko‘ra insonlar hayotini, ularning turli voqyealarga

nisbatan munosabati va ichki kechinmalarni xilma-xil tovush bo‘yoqlari orqali badiiy

obrazlar vositasida tasvirlaydi. Musiqa bolalar hissiyotiga kuchli ta’sir eta olishi bilan

birga ularni nafosat olamiga olib kiradi. Buning uchun musiqa rahbari, avvalo,

bolalarni sevishi, bolalar fiziologiyasi, adabiyot, ona tili hamda mutaxassislik:

musiqa o‘qitish metodikasi, fortepiano, vokal, musiqa nazariyasi, solfedjio, ritmika,

direjyorlik kabi fanlarni puxta bilishi lozim. Musiqa rahbarning bog‘cha hayotidagi

o‘rni beqiyosdir. U o‘z kasbiga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyati, keng

dunyoqarashga ega inson bo‘lmog‘i lozim. Bolaning uch yoshdan yetti yoshgacha

bo‘lgan davrini maktabgacha davr, deb hisoblaymiz. Tajribalardan ma’lumki,

bolalarda ushbu davrda paydo bo‘ladigan taassurotlar umurbod saqlanib qoladi. Bu

bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o‘sish va dunyoni bilish, atrof-muhitga o‘z

munosabatini

bildirish istagi kuchayib boradigan davrdir. Shu sababli tarbiyachi va ota-

onalar bolalarni har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishlariga jiddiy e'tibor berishlari

kerak. Musiqa rahbari tomonidan yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiya bolalarni

barkamol inson bo‘lib yetilishlariga ijobiy ta’sir etadi. Bu ishda bolalar bog‘chasi

pedagogik jamoaning ishtiroki va faoliyati juda muhimdir. Musiqa mashg‘ulotlarini

gigienik talablarga javob beradigan darajada olib borish musiqa rahbarining asosiy

vazifalaridan hisoblanadi. Bayram ertaliklar bolalar badiy tarbiyalash shakllaridan

biridir. Musiqa rahbari bu ishga ijodiy yondoshib to‘g‘ri tashkil qilgan bayram va

bayram shaklidagi tadbirlar, o‘yin-kulgu soatlari, konsert, sayllar, sport bayramlari,

nafosat soatlari, ko‘ngilochar o‘yinlar, bayram ertaliklari, bolalarni kichik yoshdan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

199

boshlab ma’naviy ozuqa olishga, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Musiqa

rahbari zamon bilan hamnafas qadam tashlashi lozim. U zamonaviy texnik

vositalardan foydalana olishi, ko‘rgazmali qurollar tayyorlashi bilan birga davlat

talablariga muvofiq milliy musiqamiz, qadriyatlarimiz, cholg‘usozlarimiz tarixi,

mumtoz kuylarimiz, o‘zbek xalq musiqasining mahalliy uslublari, termalapar, yalla,

alla singari asarlarini mukammal o‘rganib, qiziqtira oladigan, kichkintoylarning

yoshidan kelib chiqqan holda tushuntiradigan, qiziqtira oladigan, oliy janob,

mehnatkash inson bo‘lishi kerak. Shuningdek, uning yangi pedagogik

texnologiyalarni musiqa mashg‘ulotlariga tatbiq etib, zamon bilan hamnafas qadam

tashlamog‘i ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ansambllarini tashkil etish

borasida ma’lum ishlar qilinyapti. O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining xalq

cholg‘u asboblarini takomillashtirish ilmiy tadqiqot eksperemental laboratoriya

mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi A.X.Leviyev

rahbarligida maktabgacha yoshdagi bolalar va umumta’lim maktablari boshlang‘ich

sinflar uchun bolalarga moslashgan cholg‘ularning yangi turi yaratildi. Endi

maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘zining o‘zbek xalq cholg‘ulari bilan tanishtirish,

ularda ijro etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Birinchilardan bo‘lib, Uchtepa tumaniga

qarashli 217-MTM da musiqa rahbari Ro‘zimetova Venera bolalar ansamblini tashkil

etdi. 1996 yil oktyabr oyidan boshlab, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston

pedagogika fandari ilmiy tadqiqot instituti tajriba sinov maydonda 217-MTM xalq

cholg‘ularda cholishni o‘rgatish tajribasini ommalashtirdi. Shu maqsadda musiqa

tarbiyachisi va rahbarlari uchun uslubiy qo‘llanma yaratildi.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning musiqiy didini shakllantirishda

musiqani ongli ravishda idrok etish ko‘zda tutiladi. MTTlarda olib boriladigan barcha

musiqiy tarbiyaviy ishlar bolalarda bog‘cha yoshidan boshlab oliyjanob fazilatlarni

shakllantirishga qaratilgan. Bolalar bog‘chalarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy

ishlar yosh avlodni ma’naviy jihatdan yutuq barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida

xizmat qiladi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida kichkintoylar hayotiy voqyeylikni

musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradilar. Ular yoshiga mos musiqiy asarlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

200

tarbiyalanuvchilarda unutilmas taassurot qoldiradi, ma’naviy dunyosini boyitadi.

Bolalar bog‘chasida amalga oshiriladigan his eta olish qobiliyati rivojlanib boradi.

Turli cholg‘u sozlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqiy mashg‘ulot

kichkintoylarda badiiy nafosat zavqni, mehnat, hisob, atrofdagi olam kabi konkret

mashg‘ulotlarda bolalarning abstrakt fikrlashini, mantiqiy xotirani shakllantirish

kuchi kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar guruhidan

o‘zbek milliy cholg‘u ansamblini tuzish mumkin.

Ansambl fransuzcha «ensemble» so‘zidan olingan bo‘lib, birgalikda degan

ma’noni anglatadi. Ansambl ikki va undan ortiq musiqa ijrochilarining birgalikda

ma’lum bir musiqiy asarni ijro etish jarayoni bilan bog‘likdir. Ansambl tarkibida

cholg‘uchilar soni 2 tadan 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Cholg‘u ansambllarining ijro

etadigan musiqa asari xususiyatiga ko‘ra unison va ko‘p ovozli ansamblga bo‘linadi.

Unison ansambli ko‘proq an’anaviy ijrochilikka xos.

Ansambllarni tashkil etish va uni boshqarish uchun musiqa rahbar o‘zbek xalq

cholg‘ularining tarixi, ularning ijro imkoniyatlari, diapazoni, shtrixlari, ansambldagi

vazifasi va o‘rnini yaxshi bilishidan tashqari xalq cholg‘ularidan birortasini

mukammal egallagan bo‘lishi foydadan xoli bo‘lmaydi. Musiqa rahbar ansambl

a’zolariga o‘rgatadigan asarini xalq cholg‘usida chalib berishi maqsadga muvofiq

bo‘ladi. Mashg‘ulot boshlashdan oldin cholg‘ularning soziga e’tibor qaratish lozim.

Cholg‘u asboblarini kamerton yoki fortepiano cholg‘usiga sozlash tavsiya etiladi.

Har bir cholg‘u o‘z shakli va konstruksiyasiga ega va ijro uslublari turlichadir.

Ijrochining texnikasini shakllantirish asosida qo‘l va barmoqlar harakati yotadi.

Masalan, qonun cholg‘usida ijro texnikasini shakllantirishda barmoqlar tezkorligi

ustida ishlashning keragi yo‘q. Doira ijrochiligida esa, aksincha, qo‘l harakatlari

boshqa ko‘rinishda bo‘ladi. Zarbli cholg‘ular ijrochiligida chap qo‘l barmoqlarining

harakati gorizontal ko‘rinishda, kamonli cholg‘ular ijrochiligida esa vertikal ko‘rinish

kasb etadi. Har bir cholg‘uning ijro imkoniyatlari, uning ijrodagi o‘rni haqida

ansambl a’zolari tasavvurga ega bo‘lishlari asar ijrosida katta samara beradi.

Ansambl qatnashchilarining to‘g‘ri joylashishi, o‘tirishi, musiqa asbobini

to‘g‘ri ushlashi, chiroyli tovush hosil qilishi, shtrixlar, dinamik belgilarga e'tibor


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

201

qilishini kuzatish va, o‘z navbatida, xatolarni tuzatib borish rahbarning asosiy

vazifalaridan biridir.

Musiqa rahbar jamoa qatnashchilarining ma’naviy-ma’rifiy, estetik

tarbiyasiga katta e'tibor berishi, odob-ahloq qoidalari asosida o‘z qobiliyatlarini

takomillashtirib borishlarini kuzatib, ularga ko‘maklashib bormog‘i darkor.

Musiqa rahbar ansamblga o‘rgatadigan asarini mukammal bilishi, uning

yaratilish tarixi va boshqa kerakli ma’lumotlar, jumladan, o‘lchovi, usuli, dinamik

belgilari, asarning bastakori haqida tushuncha berishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu

ma’lumotlar qatnashchilarga chalinayotgan asar haqida tasavvur hosil qilishiga

yordam beradi. Shuningdek, rahbar ijrochilik mahoratiga aloqador vazifalarni aniq

belgilab berib, uning bajarilishini qat'iy talab qilishi lozim. Berilgan vazifalarning

bajarilishini to‘gri talab qilish ijodiy birlik, asarning muvaffaqiyatli ijrosining

garovidir musiqa rahbar ansambl bolalari bilan muomala qilishda, albatta, o‘z

uslubini topishi kerak. Asarning yaxshi ijrosi har bir cholg‘uchining kayfiyatiga ham

bog‘liq bo‘ladi. Ansambl bolalaridan birortasining kayfiyati yomon bo‘lsa, qolgan

ishtirokchilarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Asar tanlashda ham rahbar

ansambl bolalarining qobiliyatlarini inobatga olsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ma’lumki, har bir cholg‘uchi o‘ziga xos, bir-biriga o‘xshamaydigan musiqiy his-

tuyg‘ularga ega. Musiqa rahbari ana shu his-tuyg‘ulardan ham foydalanishi mumkin.

Asar haqida, asarning qaysi bo‘lagi, taktida qochirim, bezak, nola ishlatish lozimligi

to‘g‘risida qatnashchilar fikrini bilib, yagona bir qarorga kelishi va ansambl

qatnashchilariga bu qarorga kelish sabablarini tushuntira bilishi lozim.

Mashg‘ulot vaqti chegaralangandir. Uni tejamli va samarali o‘tkazish uchun

rahbar oldindan tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Yakka ish rejalarini tuzishi shart. Bu reja

rahbar e'tibor berishi lozim bo‘lgan barcha ishlarni qamrab olishi lozim. Reja tuza

turib, rahbar mashg‘ulot jarayonining umumiy zanjirida qatnashchining tutgan

o‘rnini aniq ko‘z oldiga keltirishi, mashg‘ulot maqsadi va boshqa musiqiy predmetlar

bilan o‘zaro aloqasini aniqlashi shart.

Ansambl a’zolariga katta zavq beruvchi kuch-bu konsert sahnasidir.

Cholg‘uchilar faqatgina mashg‘ulot xonalarida shug‘ullanmasdan, balki har xil


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

202

turdagi konsertlar, tanlovlarda ishtirok etishlari yaxshi samara beradi. O‘z kasbiga

qiziqish, muhabbat uyg‘otish uchun mashhur musiqachilar bilan uchrashuvlar

o‘tkazib turish foydadan xoli bo‘lmaydi. Musiqa rahbari mashg‘ulot olib borish

etikasiga ham alohida e'tibor qaratishi lozim. Mashg‘ulotlar har doim muntazam olib

borilishi, musiqa rahbari kechga qolmasligi shu bilan birga, bolalardan ham

mashg‘ulotning o‘z vaqtida boshlanishini talab qilishi ishning sifati va

samaradorligini oshiradi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. Matyoqubov O. Maqomot. (ilmiy-ommabop monografiya) T., 2004.

2 U.Mirzahmedov, N.Rejametova «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi» T.2020

3 O`ZBEK XALQ MAHALLIY MUSIQA USLUBLARINING SHAKLLANISH

JARAYONLARI Xamdamov Bekmurod Bobomurod o`g`li, Annakulova Dildora

Baymuratovna Vol. 13 No. 2 (2025): FARS International Journal of Education, Social

Science & Humanities.

4.

.Annakulova

Dildora

Baymuratovna.

(2024).

SAMARQAND

DOSTONCHILIK MAKTABINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA

BAXSHI IJROCHILIGI AN'NALARINING TUTGAN O'RNI.

"MUSIQАTА'LIMI VАSАN'АTINING BUGUNGI GLOBАLLАSHUV

SHАROITDАMILLIY-IJTIMOIY

АHАMIYATI:

MUАMMO

VАYECHIMLАR" (ASR), Tashkent, Uzbekistan. Academic Scientific

Research GroupS.

5.

КОНУРОВА ЛЕЙЛА РУСЛАНОВНА; НУРАЛИЕВ ЯХШИБОЙ.

ОБУЧЕНИЕ ДЕТЕЙ ИГРЕ НА МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ

ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. European Journal of Interdisciplinary Research and

Development

,

[S.

l.],

v.

4,

p.

122–126,

2022. Disponível em:

https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/74. Acesso em: 26 feb.

2025.