MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
125
YOSH AVLODNI MUSIQIY QOBILIYATINI
SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA SAN’ATINING NAZARIY ASOSLARI
Xamdamov Bekmurod Bobomurod o‘g‘li
Guliston Davlat Universiteti talabasi
Ilmiy rahbar: Annakulova Dildora Baymuratovna
Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik
va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi
Anotatsiya; O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama еtuk, komil inson
qilib tarbiyalashda musiqiy tarbiyaga alohida e’tibor berilishi juda katta ahamiyatga
ega bo’lgan jarayondir. Ushbu masalani еchishda musiqa san’atining o’rni kattadir.
Bu esa yosh avlodning musiqiy tarbiyasini asosiy omili hisoblanadi. Musiqiy tarbiya
ancha keng bo’lib, shaxsni va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok
etishga o’rgatadi. SHuningdek, musiqiy faoliyatga, voqiyikni go’zallik qonun-
qoidalari asosida o’zgartirishga yordam beradi hamda shu asosda qobiliyatli shaxsni
tarbiyalaydi. Musiqiy rivojlanish bu shaxsning musiqiy ongi, munosabatlari va
musiqiy faoliyatning vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom
etadigan jarayondir. Musiqiy tarbiya shaxsning jamiyatda musiqiy madaniyatuni
egallab olishiga bog’liq bo’lib, turli yo’llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi.
Jamiyatning musiqiy madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanishi tarixi
jarayonida to’plagan moddiy va ma’naviy qadriyatlari majmui tushuniladi.
Kalit so‘zlar: Musiqiy tarbiya, yosh avlod, shaxsning rivojlanishi, musiqiy
madaniyat, bolalar ijodiy markazi, nusiqiy ong, musiqiy idrok, musiqiy did, musiqiy
hissiyot, musiqiy faoliyat, badiiy did, nafosat tarbiyasi,mMilliy musiqa, ijtimoiy
rivojlanish, musiqiy qiziqish
Bolalar ijodiy markaz shaxsining musiqiy madaniyati uning jamiyat madaniy
merosini faol, ijodiy o’zlashtirishi natijasida hosil bo’ladi. SHaxsning go’zallik bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
126
o’zaro munosabati, shuningdek, shaxsning ayrim sifatlarini o’zaro ta’siri natijasida
musiqiy madaniyat doimo o’zgarib turadi. SHaxs musiqiy madaniyatining asosiy
tarkibiy qismlari bu – musiqiy ong, idrok, hissiyot, ehtiyojlar, munosabatlar va
musiqiy faoliyatlardir. Musiqiy ong musiqiy idrok, bilim, mulohaza, bahs, musiqiy
idealni qamrab oladi. Musiqiy ehtiyojlar va munosabatlar esa, eng avvalo shaxsning
musiqiy qiziqishlari, didi, musiqiy hissiyotlarida ifodalanadi.
Musiqiy ong – ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at, bilan bevosita muloqot
jarayonida – nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi.
Musiqiy ongning asosini musiqiy idrok tashkil qiladi.
Musiqiy idrok – bu atrof voqelikdagi buyumlar, hodisalarning musiqiy
mohiyatini butun tarkibiy qismlari bilan birgalikda aks ettirishdir, ya’ni idrok etilgan
narsalarni shaxsda mavjud bo’lgan hissiy va aqliy narsalarga qiyoslash jarayonidir.
Musiqiy idrok go’zallik bilan uchrashganda yuzaga keladi va aniq maqsadga
qaratilganlik bilan tavsflanadi. Musiqiy mulohaza - shaxsning aniq bir musiqiy
qoidasiga munosabatini bildiruvchi aqliy harakatida ifodalanadi. Shaxsning musiqiy
mulohazasi chuqurligi, takomillashganligi, murakkabligi, yuqori yoki pastligi bilan
ajralib turadi. Musiqiy mulohaza darajasi shaxsning hulq-atvori va bilim saviyasiga,
musiqiy tajribasiga bog’liqdir.
Musiqiy ideal – shaxsning voqelikni musiqiy jihatdan bilib olishga undovchi
sub’ektiv omillariga aytiladi. Musiqiy ehtiyojlar musiqiy axborotga qiziqishni
kuchaytiradi. Musiqiy qiziqish shaxsni musiqiy faoliyatga intilishi, o’zi yoqtirgan
san’at asarlarini yig’ib to’plab borishi, takror-takror o’qib idrok etishi, o’sha asarlar
haqida fikr bildirishga intilishi, boshqalarning shu masalaga doir fikrini bilishga
qiziqishi, muayyan san’atkor, janr, yo’nalish kabilarni afzal ko’rishida namoyon
bo’luvchi tanlash hususiyatining mavjudligini bilan ifodalanadi. Masalan, bolalar
ijodiy markazlar o’zlarining qiziqtirgan san’at ustasining rasmlarini, asarlarni
to’playdilar, qayta-qayta o’qib chiqadi va yaratgan badiiy asarlarini eshitadilar.
Musiqiy did - shaxsda uning shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlarining qo’shilishi
natijasida hosil bo’ladigan murakkab hodisadir. Musiqiy did, musiqiy axborotlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
127
oqimi aslida ahloqiy normalar yig’indisi orqali shakllanadi. Bu jarayon shaxsning
buyum yoki hodisalarga musiqiy baho berishida yaqqol namoyon bo’ladi.
Musiqiy tuyg’u – bu shaxsning buyum yoki hodisaga musiqiy baho berish
munosabatini boshdan kechirishdir. Musiqiy tuyg’u bolalar ijodiy markazning
mazkur buyumning shakli, rangi va mazmunini mushohada qilib hursand bo’lishida
yoki aksincha nafratlanishida ifodalanadi.
Umuman olganda amalda musiqiy tarbiya vazifalarining to’la-to’kis
bajarilishi bolalar ijodiy markazlarda tashabbuskorlik, ijodkorlik, oldindan ko’ra
bilish, intiluvchanlik, orzu qila bilishlik kabi fazilatlarni shakllantiradi. Aqlan еtuk,
jismonan sog’, ahloqan pok, milliy mas’uliyat tuyg’usini anglatadigan bolalar ijodiy
markazlarni tarbiyalab voyaga еtkazgan mamlakat mustaqil va barqaror rivojlana
oladi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralmagan holda rivojlana
olmaydi. Shuning uchun bolalar ijodiy markazlarni nafosat didlarini rivojlantirib,
umuminsoniy qadriyatlarni qanchalik ko’p o’zlashtirsak, ular shunchalik milliy
qadriyatlarga ega bo’ladilar. Yuqorida qayd etilgan fikr mulohazalarni umumlashtirib
shuni aytish kerakki, yosh avlodni har tomonlama еtuk shaxs qilib еtilishida musiqa
madaniyati darslarida o’rgatiladigan qo’shiqlar, kuylar, musiqa tinglash jarayonida
lenta yozuvida bastakorlarimizni bizga еtkazib kelgan betakror namunalari, musiqa
san’atini imkoniyatlari juda kengligidan dalolat beradi. Musiqiy ta’lim jarayonida
bolalar ijodiy markazlarda musiqa san’atiga nisbatan qiziqish va havasning ortib
borishi, musiqa mashg’ulotlari asosida ularda, hissiyot, idrok tarbiyasini o’sib borishi,
qo’shiqlarning hushohang kuylash, musiqani ishtiyoq bilan tinglash, asarlarni tahlil
qilish orqali musiqadagi xushsozlik, xushonavozlik, ya’ni go’zallikni sezish, uni
baholash malakalari shakllana borishi alohida ahamiyatlidir. SHuni ta’kidlash joizki,
musiqiy ta’limning asosiy maqsadni bolalar ijodiy markaz yoshlarimizni nafosat
didlarini badiiy asarlar orqali shakllantirishdir. Lekin bizning kuzatuvlarimiz shuni
ko’rsatadiki, ko’pchilik yoshlarimiz nafosat did haqida еtarli ma’lumotlarga ega
emaslar.
Ushbu masalalarni hayotga tadbiq etishda nafosat tarbiyasi katta o’rin
egallaydi. Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya bu bolalar ijodiy markazlarni voqelikdagi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
128
san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi
turmushdagi go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning
badiiy didini o’stirish, ularda go’zalikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik
olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Nozik didli bo’lish, go’zallikni fahmlay va
qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, xullas o’z hayotini go’zallik qonunlari
asosida ko’ra olish – komil insonning eng zaruriy fazilatidir. Insonda go’zallikni
tushunish birdaniga vujudga kelmaydi, balki u jamiyat va odamlar, atrof-muhit
ta’sirida shakllanib boradi. SHunga ko’ra, insoniyatning badiiy rivojlanish qonunlari
ijtimoiy rivojlanish qonunlari bilan bog’langan. Badiiy qonunlari esa, ijtimoiy-
musiqiy ideallar orqali namoyon bo’ladi. Nafosat tarbiyasi – eng avvalo har bir
kishida badiiy hissiyot tuyg’ularini badiiy tarbiyalashdir. Bunday yuksak nafosatlilik
aql-zakovatdan holi bo’ladi degan ma’noni tushunmaslik kerak. Shaxsning barkamol
inson bo’lib shakllanishida bu ikki tomon bir-birini to’ldiradi. Chinakam san’at
asarida hissiyot chuqur g’oyaviy, aqliy mazmun bilan idrok qilish birikib ketadi.
Nafosat tarbiyasi aql bilan hissiyotni tarbiyalash, yanada aniqroq qilib aytganda
hissiyot vositasi bilan aqlni tarbiyalashdir. Bu ikki tomon bir-biri bilan uzviy
bog’liqdir.
Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, tuyg’ular va ko’nikmalarning
o’sib borishi jarayonida insonning o’zi ham ma’naviy boyib, oliy janob bo’lib boradi,
uning hayoti yanada sermazmun bo’ladi, yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-
muhabbat ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda go’zallikni hunuklikdan,
jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.
Chinakam nozik did, haqiqiy go’zallikdan lazzatlana olish, mehnatda, turmushda,
yurish-turishda, san’atda nafosatni idrok etish va yaratishga ehtiyoj sezish demakdir.
Didsizlik kishining voqelikka bo’lgan ijobiy munosabatini buzib yuboradi. Natijada
u nafosatga loqayd qaray boshlaydi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun
ham muhimki, did, idrok, farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy
faoliyatda – har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-idrok, farosat
har bir insonning hatti-harakatida, kiyinishida, yurish-turishida, kishilarga bo’lgan
munosabatida, jamiyatdagi u yoki bu voqealarga yondashishida va hokazolarda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
129
yaqqol ko’zga tashlanadi. Ba’zan hayotda didi past ma’naviy qashshoq kishilarni
uchratamiz. Bunday kishilar aqlan, ahloqan va ruhan zaifligini yashirish uchun soxta
hatti-harakatlar qiladilar, o’zlariga yarashmaydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar,
ma’ni-matrasiz, shovqin-surondan iborat musiqa va qo’shiqlarni tinglaydilar.
Bundaylarni kuzatarkansiz, ularning mehnat gashtini surmagan, hayot tashvishlariga
beparvo loqayd kimsalar ekanligiga guvoh bo’lasiz. Donolardan biri go’zallik ahloq-
odobning tug’ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, bu juda to’g’ri ta’rif. Odatda
odob va nafosat tarbiyasi chambarchas bog’liq holda amalga oshiriladi. Chunki
nafosat tarbiyasining natijasi ahloq-odobda, chiroyli hatti-harakat, go’zal
munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko’rinadi.
Xalqimiz “Kamtarlik ham husn” deydi. Mana shu birgina iborada chuqur
ma’no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik hislati tarkib topadi. Bu
hislat kishilarning eng go’zal, eng chiroyli belgisidir. “Kishining chiroyi yuzida”
deydi xalqimiz. Bu go’zal tabassum kishilarga misoli quyosh bo’lib qalblarga iliq nur
taratadi. Kishi biror asarni o’qib, chehrasi yorishib ketadi. Yoki yoqimli biror kuy,
qo’shiq tinglasa, boshi mayin tebranadi, biror go’zal rasm, manzarali tasvirga boqib
undan ko’z uzolmay qoladi, qalbi quvonchlarga to’ladi.
Xunuk xatti-harakatdan nafratlana bilish tuyg’usini holi nafosat tarbiyasi
paydo qiladi. Bunda badiiy asarning roli muhimdir. Masalan, “Zumrad va Qimmat“
ertagida Qimmat har qancha bo’lsa ham uning hulq- atvori, qiliqlari, hatti-harakati
bolalar ijodiy markaz qalbida nafrat uyg’otadi. Zumradning tevarak-atrofga
munosabati, mehnasevarligi, kamtarligi, sezgirligi, shirin so’zligi kabi hislatlari esa,
aksincha, qalblarda qoniqish, quvonch, iliqlik, tabassum, unga hayrihohlik paydo
qiladi.
Maktabda musiqa o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritayotgan har bir o’qituvchi
bolalar ijodiy markazlarni musiqa san’ati orqali tarbiyalash jarayonida milliy
musiqaga alohida e’tibor qaratishi lozim. Chunki milliy musiqa san’atimizning
mazmunan rang-barangligi alla, qo’shiq, yalla, terma, lapar, yor-yor, o’lan, terma,
lapar, katta qo’shiq, maqom qaysi bir janrni u o’zining dilbar ohangi, sho’x usullari
nola va serjilo qochirmalari bilan o’zbekning tabiatini, o’zgaga o’xshamas udum va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
130
urf-odatlarini musiqiy ohanglar orqali tarannum etadi va har bir bolalar ijodiy markaz
yosh uni tushunadi, his hayajon bilan idrok etish va undan qalb to’la zavq-shavq olishi
tabiiy holdir. O’qituvchi ta’lim-tarbiya birligiga erishmoqchi ekan, shuni alohida
nazarda tutmog’i lozimki, bu tarbiyaning muvaffaqiyati quidagi pedagogik shart-
sharoitlarni ta’limoti orqali amalga oshirib borishi mumkin. Ular quyidagilar:
- har bir darsni musiqiy nuqtai nazardan aniq maqsadga qaratilgan bo’lishi;
- dars uchun musiqiy materiallarni, o’rgatish metodlarini, uslub va vositalarni
to’g’ri tanlay olish;
- o’qituvchi tomonidan har bir sinf, har bir bolalar ijodiy markazning o’ziga
xos xususiyatlarini, musiqiy qobiliyatlarni, ijro va idrok imkoniyatlarini hisobga
olishi;
- bolalar ijodiy markazlarda musiqiy musiqiy madaniyatni shakllantirishga
qaratilgan mantiqiy, maqsadga muvofiqlik uzluksizlikni ta’minlangan bo’lishligi;
- musiqiy musiqiy tarbiya jarayonida o’qituvchi tomonidan bolalar ijodiy
markazlarning hissiy, ijodiy va ahloqiy faoliyatlarni mutanosib bo’lishligini
ta’minlangan bo’lishligi;
Musiqiy tarbiyada ta’lim bilan tarbiyani mushtarak bo’lishligi ta’limning
ilmiy ongli, ko’rgazmali, tushunarli, o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam bo’lishi
kabi tamoillarga jiddiy amal qilgan holda olib borilishiga erishish lozim.
Musiqa darslarida o’qituvchi o’z oldiga bolalar ijodiy markazlarni musiqiy
musiqiy madaniyatlarini shakllantirishni maqsad qilib qo’ysa, u holda quyidagi asosiy
ko’rsatishlar pirovard natija ekanligini yodda tutmog’i lozim:
1.Bolalar ijodiy markazlarda musiqa darslariga nisbatan qiziqish va havas
tobora orta borishi.
2.Sinf va sinfdan tashqari musiqa mashg’ulotlari jarayonida bolalar ijodiy
markazlrnining ijodiy faolligini va tashshbbusi orta borishi.
3. Qo’shiqlarni xushohang, musiqni diqqat va ishtiyoq bilan tinglash,
asarlardan xushsozlik, xushovozlik va undosh go’zallikni anglash olishni va unga o’z
munosabatni bildira borishi malakalarini shkallantirib borishi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
131
4. Musiqiy musiqiy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim malaka va
ko’nikmalarning o’zlashirgan bo’lishi.
5. Bolalar ijodiy markazlarda musiqa san’ati ta’sirida go’zallikka intilish,
rostgo’ylik, do’stlikni qadrlash kabi axloqiy musiqiy tushunchalarni tarkib topa
borishi. Darsda o’zini tuta bilsa muomila, kiyinish kabi musiqiy madaniyatning bir
qator sifatlarini shakllana borishi.
Gap musiqada, ta’lim va tarbiyada haqida ketar ekan bolalar ijodiy markaz
yoshlarda eng avvalo sog’lom didni shakllantirib borish e’tiboarga loyiq o’rinda
turadi.
Yuksak badiiy didni tarbiyalashda san’atning hamma turlari muhim va
ularning har biri xususiyat va imkoniyatga ega. Mamlakatimiz maktablarida musiqiy
tarbiyani amalga oshirish, bolalar ijodiy markazlarga yuksak musiqiy badiiy didni
boyaga еtkazish uchun zaruriy zamin hozirlab berishning yoshlarga san’at
asarlarining musiqiy mohiyatini singdirishning muhim tarmog’idir. SHu munoasabat
bilan maktabda musiqani tarbiyasini amalga oshirishda bolalar ijodiy markazlarning
musiqaviy ma’lumotlarga alohida e’tibor berish, ularni dastur talablariga muvofiq
musiqaviy bilim bilan qurollantirish. Musiqa haqida bilim – ma’lumotlarini chuqur
puxta o’zlashtirishga erishish eng muhim vazifalardandir.
Badiiy did tarbiyasining asosi ham maktabda dars jarayoni o’quv
mashg’ulotlari vaqtida vujudga keladi. Xo’sh xozirgi maktablarimizda bolalar ijodiy
markazlarning badiiy didlari biz xoxlagandek shakllanayotganmikan? Savol
tariqasida shularni aniqlash mumkinki ko’pchilik bolalar ijodiy markazlarimizda
g’arb musiqasiga bo’lgan qiziqish tabora ortib bormoqda, ularni maktab dasturidagi
kuy va qo’shiqlar borgan sari qiziqtirmay qo’ymoqda, xatto ulardan qanday kuy va
qo’shiqlarni yoqtirasizlar deb so’ralsa, albatta g’arb davlatlaridagi hozirgi mashhur
qo’shiqlarni misol tariqasida keltiradilar. Xatto qo’shiqlarni ijro etib berishni iltimos
qilishadi. Ularning bu darajada g’arb davlatlari madaniyatiga ixlos qo’yishlari
natijasida ularning badiiy didlari ham shunga moslashi rivojlanmoqda. Buni ba’zi
bolalar ijodiy markazlarning tashqi ko’rinishlari ham isbotlab turibdi. Biz esa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
132
maktablarimiz qat’iy suratda, faqat ta’lim maktabi emas, balki musiqiy maktab
bo’lishiga intilamiz.
Bolalar ijodiy markazlarda musiqiy didni tarbiyalashda maktabning butun
hayoti barobar qatnashsada, musiqa darsining alohida ahamiyati bor. Ya’ni musiqa
darsi badiiy didni tarbiyalashda ta’sirchan vositadir. Bu borada eng ma’suliyatli
vazifa musiqa o’qituvchilariga topshiriladi. Badiiy did tarbiyasini birinchi sinf musiqa
darslaridanoq boshlash har bir musiqa o’qituvchisining vazifasidir. Birinchi sinfdagi
dastlabki darslardanoq, o’qituvchi bolalar ijodiy markazlarning har bir
o’rganilayotgan asarni diqqat va e’tibor bilan tinglashiga uning ifoda vositalari va
mazmunini to’la idrok etishiga o’rgatishi zarurki bu shunchalik odat tusiga kirib
boradi va badiiy didni o’stirishda muhim rol o’naydi. Bundan tashqari o’qituvchi
darsni badiiy did tarbiyasining quyidagi asosi vositalaridan foydalangan holda olib
borishi kerak:
-
qiziqarli repertuar to’play bilish;
-
ijrochilik malakalarini tarbiyalash;
-
qo’shiqchilik malakalarini o’stirish;
-
musiqa tinglash va tahlil qila bilish;
-
darsdan olga bilimlarini turli musiqa to’garaklarida takomillashtirish.
Bolalikda aql-farosat, axloqiy ko’nikmalarning tarbiyalash bilan bir qatorda,
ularda chiroyli, nafis, go’zal narsalardan zavq ola bilishni, go’zallikni dag’allikdan,
qo’pollikdan tez ajrata olish qobiliyatini tarbilashimiz kerak. Dars jarayonida bolalar
ijodiy markazlarni tozalikka, tartiblikka, go’zallikni sevishga o’rgatish kerak. Buning
uchun avvalo sinfdagi barcha buyumlar did bilan tanlab, joylashtirilgan, toza,
saranjom-sarishta bo’lgani ma’qul. Chunki, bolalar ijodiy markazlarga ikki xil narsa
ko’proq ta’sir qiladi. Birinchisi, bolalar ijodiy markazning ko’ziga tez-tez
tashlanadigan buyumlar, odamlar o’rtasidagi munosabat bo’lsa, ikkinchisi bolalar
ijodiy markazning o’ziga bevosita tegishli bo’lgan narsalar kiyim-kechak, idish-
tovoqlar, kitoblar, o’yinchoqlar, yozuv stoli va boshqalardir. Bola buyumlarini asrab,
avaylab, toza-ozoda, saranjom-sarishta qilib yurishga o’rgansa, u yoshi ulg’aygan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
133
sayin go’zallikning murakkab ko’rinishlarini tabiatdagi uyg’unlikni, san’atdagi
go’zallikni payqab olish uchun tayyorlana boradi.
Nafosat tarbiyasining asosi oiladan boshlanadi, go’daklik davridan vaqtida
ovqatlanish, uxlash tartibiga rioya etish, uyda ozodalik, saranjom, sarishtalik oila
a’zolari o’rtasidagi o’zaro hurmat, qadr-qimmat bola qalbida o’chmas iz qoldiradi.
Bola oldida behad so’zlarni aytish, bachkana qiliq, xatti-harakatlar qilish bola
tarbiyasiga ta’sir etadi. Nafosat tarbiyasi orqali ovqat pishirish, dasturxon atrofida
o’tirib ovqatlanish jarayonidagi azaliy, sharqona odat, odob qoidalariga rioya qilish
o’rgatiladi. Oila go’zallik tarbiyasining birinchi o’chog’i bo’lsa, undan keyin maktab,
o’qituvchi-tarbiyachi o’giti, jamoatchilik, kattalar ta’siri, ta’lim- tarbiyada muhim
o’rin tutadi. Mana shu jarayonda bolaning har bir hatti- harakati kuzatib berilishi,
xatolari sabr-chidam, o’rni, yotig’i bilan tuzatib turilishi lozim. Nafosat tarbiyasi
orqali o’z-o’zini boshqarish shakllanadi. Bu o’z-o’ziga asta-sekin talabchanlikni
keltirib chiqaradi. O’z-o’zini tergash, o’zini mustaqil, ongli, oqilona boshqarish, o’z
xulq-atvori, xatti-harakatiga baho berish ko’nikmalalrini egallash demakdir. Nafosat
tarbiyasiga doir bilim va malakalar asosan dars jarayonida o’qish, musiqa, ona-tili,
tabiat, tasviriy san’at, tarix, geografiya va jismoniy tarbiya kabi darslarda beriladi.
“Musiqa madaniyati“ darslarida nafosat tarbiyasi texnika vositalaridan foydalanish,
did bilan chizilgan rasmlar, eshitgan asralar va sahna o’yinlari orqali bolalar ijodiy
markaz ongiga singdirilib boriladi. SHuningdek, turli janrdagi badiiy asarlarni
o’rganish, so’zlarni yodlash, jumladan, ertak, rivoyat, hikoyatlarni o’rganish orqali
bola so’z qudratidan zavqlanadi, hayajonlanadi, ta’sirlanadi. O’zini sirli voqealar
ichida yurgandek his etadi, butun vujudi quloqqa aylanadi, turli kechinma, kayfiyat,
his-tuyg’u qalbini qamrab oladi. So’z qudrati uni sehrlab, butunlay o’ziga jalb etadi,
ergashtiradi, musiqa ohangi yordamida idroki oshadi. Nafosat tarbiyasi vositalaridan
eng muhimi san’atdir. San’atning barcha tur va janrlari o’ziga hos ta’sir kuchiga ega.
Yoshi o’sa borgan sayin, bolada san’atning u yoki bu turiga qiziqish almashib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Matyoqubov O. Maqomot. (ilmiy-ommabop monografiya) T., 2004.
Ibrohimov O. Maqom va makon. (ilmiy monografiya) T., 1997.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-21
Часть–1_ Март –2025
134
1.
O`ZBEK
XALQ
MAHALLIY
MUSIQA
USLUBLARINING
SHAKLLANISH JARAYONLARI Xamdamov Bekmurod Bobomurod o`g`li,
Annakulova Dildora Baymuratovna Vol. 13 No. 2 (2025): FARS International
Journal of Education, Social Science & Humanities.
2.
. Sharipova G. Musiqa o`qitish metodikasi (Ma’ruzalar matni),
TDPU 2000 yil
3.
Qodirov G`.Q «Musiqa psixologiyasi» Toshkent.; Musiqa – 2007 yil