Authors

  • Annakulova Dildora Baymuratovna

Author Biography

  • Annakulova Dildora Baymuratovna

    Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94972

Keywords:

doyra usuli o‘zbek xalq musiqasi o'zbek xalq cholg'ulari shakllanish va takomillashish tasnifot musiqa san'ati Shark va G'arb musiqashunosligi musiqiy iboralar falsafiy xususiyatlar.

Abstract

Mumtoz musiqa asarlari, xususan maqomlardagi asosiy kuy mavzui ko‘pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllarga tushiriladi. (Cholg‘u yo‘llarda kuy mavzui o‘zgaruvchandir). Ularga yangi-yangi melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo‘li takomillashtiriladi, ularning ta’sir kuchi ortib boradi. Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas, Saqil yo‘llari birin-ketin ijro etilar ekan, ulardagi lad asosi va kuy mavzuining yaqin bo‘lgani, kuy jumlalarining rang-barang, ohangdorligi va yoqimliligi hamda doyra usullarining turli-tumanligi bilan butunlay sezilmay qoladi; bunda ijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan yaratgan maqom yo‘llarining originalligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Har bir maqomdagi cholg‘u yo‘llari kishida xushchaqchaqlik, g‘amginlik yoki jasoratbaxsh kayfiyatlar qo‘zg‘ata oladi. O‘n ikki maqom haqida musiqa risolalarida aytilgan fikrlar Shashmaqom yo‘llariga ham mos keladi. Shashmaqom – O‘n ikki maqom tizimidagi sho‘’balar birikmasi ekan, olti maqom yo‘llarining ruhiy ta’sir kuchi turli-tuman bo‘lishi tabiiydir. Chunki har bir maqomda kuy mavzui, lad qiyofasi, doyra usuli turlicha bo‘lgan kuy va ashulalar mujassamlangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

100

MUMTOZ MUSIQA ASARLARI RITMIK XUSUSIYATLARIDA

DOYRA USULLARI IJRO IMKONIYATLARINING O’RNI VA

AHAMIYATI

(MAQOMLARNING CHOLG’U BO’LIMI TAHLILI MISOLIDA)

Annakulova Dildora Baymuratovna

Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik

va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi

Anotatsiya: Mumtoz musiqa asarlari, xususan maqomlardagi asosiy kuy

mavzui ko‘pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllarga

tushiriladi. (Cholg‘u yo‘llarda kuy mavzui o‘zgaruvchandir). Ularga yangi-yangi

melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo‘li takomillashtiriladi, ularning ta’sir kuchi

ortib boradi. Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas, Saqil yo‘llari birin-ketin ijro etilar

ekan, ulardagi lad asosi va kuy mavzuining yaqin bo‘lgani, kuy jumlalarining rang-

barang, ohangdorligi va yoqimliligi hamda doyra usullarining turli-tumanligi bilan

butunlay sezilmay qoladi; bunda ijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan

yaratgan maqom yo‘llarining originalligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Har bir maqomdagi cholg‘u yo‘llari kishida xushchaqchaqlik, g‘amginlik

yoki jasoratbaxsh kayfiyatlar qo‘zg‘ata oladi. O‘n ikki maqom haqida musiqa

risolalarida aytilgan fikrlar Shashmaqom yo‘llariga ham mos keladi. Shashmaqom –

O‘n ikki maqom tizimidagi sho‘’balar birikmasi ekan, olti maqom yo‘llarining ruhiy

ta’sir kuchi turli-tuman bo‘lishi tabiiydir. Chunki har bir maqomda kuy mavzui, lad

qiyofasi, doyra usuli turlicha bo‘lgan kuy va ashulalar mujassamlangan.

Kalit so`z : doyra usuli, o‘zbek xalq musiqasi, o'zbek xalq cholg'ulari,

shakllanish va takomillashish, tasnifot, musiqa san'ati, Shark va G'arb

musiqashunosligi, musiqiy iboralar, falsafiy xususiyatlar.

O‘n ikki maqomdagi Ushshoq maqomi Shashmaqomdagi Rost maqomining

sho‘basi sifatida foydalanilganligi ehtimoldan holi emas. Ushshoq – shijoatbaxsh,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

101

Rost esa yoqimli va xushchaqchaq kayfiyat baxsh etuvchi maqomlardir. Shunday

ekan, ikki xil kayfiyat baxsh etuvchi maqomlar Shashmaqomning tarkib topishida

ko‘plab uchraganki, buni O‘n ikki maqom tizimi bilan taqqoslab ko‘rilsa ham ma’lum

bo‘ladi. Maqomlarning badiiy-estetik tomonlarini o‘rganish ham maxsus mavzu

bo‘lib, chuqur ilmiy tekshirishlarni talab etadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan maqomlarda bir xil ism bilan atalgan kuy yo‘llarining

lad asosi va kuy mavzulari boshqa-boshqa bo‘lsa-da, doyra usuli bir xil bo‘lishi bilan

tavsiflanadi. Demak, ularning Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas kabi nomlar bilan

atalishiga sabab, dastlab ulardagi bo‘lgan usul birligidir. Shashmaqom cholg‘u

yo‘llarining hammasi uchun yana bir xos narsa shuki, ular asosan “xona” va

“bozgo‘y” deb atalgan kuy bo‘laklaridan tuzilgan. Ular bir yoki bir necha kuy

jumlasidan tashkil topishi mumkin.

Xona va bozgo‘ylar maqomlarning cholg‘u yo‘llarida bir nechadan bo‘lishi

mumkin. Masalan, Navo maqomining cholg‘u bo‘limidagi Muhammasi Husayniy

uch xona va uch bozgo‘ydan iborat bo‘lgani holda Tasnifi Navo o‘n yetti xona va uch

bozgo‘ydan iborat.

Maqomlarning cholg‘u bo‘limidagi kuy yo‘llarining doyra usullari ham turli-

tuman va juda murakkabdir. Cholg‘u bo‘limdagi kuy yo‘llari ko‘pincha shu doyra

usullari nomi bilan ham ataladi. Masalan, Gardun, Muxammas, Saqil, Samoiylar

shular jumlasidandir. Musiqachi bastakorlar o‘tmishda doyra usullarini ifodalashda

ma’lum qoidaga asoslangan ritmlar uslubini ixtiro etganlar.

X-XVII asr musiqa risolalarida shu qoidaga asoslangan doyra usullarining

namunalari ko‘plab keltiriladi. Bunda, asosan, uzun va qisqa bo‘g‘inlarning ifodasi

bo‘lgan undosh harflardan bo‘g‘inlar tuzilib, bo‘g‘inlar birikmasi esa she’r

o‘lchovlari va doyra usullarining ruknlarini tashkil etadi .

Doyra usullarida ishlatiladigan bu ruknlar aruzdagi vaznlarni ham ifodalay

olgan. O‘tmishda sozanda va xonandalar aruz qoidasini bilmagani holda “tan-tana-

tananan” kabi ritm turoqlari vositasi bilan ashula yo‘llariga mos keladigan she’rlarni

ham tanlab olganlar. Bu so‘zlar hech qanday ma’noga ega bo‘lmay, ikki undosh harf

“T” va “N” birikmasidan tuziladi. Masalan, tan-tana-tananan-tanananan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

102

Bu ritm unsurlarini nota tizimida taxminan quyidagicha ifodalash mumkin:

Shuni

ham

aytib

o‘tish

lozimki, so‘nggi davrlarda musiqachilar bu usul qismlarini boshqacha harf va so‘zlar

bilan ham ifodalab kelganlar. Masalan, tak-taka-tum, taka-taka-tum yoki bak-bak-

bum, baka-bum va hokazo (Xorazm musiqiy tarixchasida, “taq-taqa-gup” shaklida

keltirilgan). Lekin ular qanday shaklda olinmasin, doyra usullaridagi uzun-qisqa

zarblarni ifodalaydi. Shunday qilib, bu so‘z yoki belgi birikmalari vositasi bilan

o‘tmishda doyra usullari yozma va og‘zaki tarzda tushuntirilardi.

Ma’lumki, maqom yo‘llarining eng zarur unsurlaridan biri doyra usullaridir.

Doyra usullari maqom, kuy va ashula yo‘llarini xarakterli tomonlarini ochib berishda

hal qiluvchi omillardan hisoblanadi. Maqomlarning tarkibida bo‘lgan anchagina kuy

va ashulalar variatsiya yo‘li bilan ishlangan. Bunda esa doyra usullari muhim rol

o‘ynaydi.

Masalan, ma’lum maqom tarkibida otdosh sho‘ba (jumladan, Talqini

Ushshoq, Nasri Ushshoq,Ufari Ushshoq kabi)lar doira usulining turlicha bo‘lishi

bilan bir-biridan farqlanadi. Shashmaqom tarkibidagi qismlarni tushunish uchun

ularning murakkab doyra usullarini ajratish, shu usul jo‘rligida eshita olish lozim.

Oddiy xalq kuylarida usul bilan kuyni birgalikda tinglash maqomdagi kabi murakkab

emas.

Maqomlar ashula bo‘limida esa, doyra usulidan tashqari she’r o‘lchovlari ham

maqom qismlarining xarakterini belgilab beruvchi omillardandir. Chunki olti

maqomning bir xil nom bilan ataluvchi sho‘’ba yoki qismlarida doyra usuli va she’r

o‘lchovlari o‘xshashdir. Qo‘lyozma manbalarida keltirilgan doyra usullari

namunalari orasida (Gardun, Muhammas, Saqil, Ufar,Talqin kabi) Shashmaqom kuy

va ashula yo‘llari uchun ham asos qilib olingan ritm o‘lchovlarini uchratish mumkin.

Masalan, ularda keltirilgan Ufar usulini shunday tasavvur etish mumkin:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

103

Bu usul maqomlarda va o‘zbek-tojik xalq kuy va ashula yo‘llarida ko‘plab

uchraydi.

Kuyga jo‘r bo‘ladigan doyra usuli dastlab kuy yo‘lining xarakteri, uning

harakat doirasi, ritmik-intonatsion xususiyatlariga bog‘liq holda yuzaga kelgan

bo‘lsa-da, keyinchalik usullar kuyning holatiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Kuy turli

usullarga tushirilganda juda katta o‘zgarishlarga uchraydi. Shashmaqom shakllanishi

va uning taraqqiyoti jarayonida bunday doyra usullarining roli juda katta bo‘lgan edi.

Shu usullar vositasi bilan Shashmaqom yo‘llari uchun ayniqsa xarakterli bo‘lgan

ritmik va melodik variatsiyalar ishlanib, maqomlar takomillashib bordi, amal naqsh

va peshravlarning xilma-xil turlari paydo bo‘ldi.

Bunday doyra usullarining nomi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, keyingi davrlarda

ular kuyning xarakteriga bog‘liq holda juda katta o‘zgarishlarga uchraganini alohida

aytib o‘tmoq lozim. (Shuning uchun ham biz quyida Shashmaqomning nota

qitoblarida keltirilgan usullarigagina suyanib, izoh berib boramiz).

Usullar maqomlarning tuzilish xarakterini belgilovchi omillaridandir. Ularni

ajrata olish maqomlar qiyofasini to‘g‘ri tushunishga imkon beradi. O‘tmishda

mashhur bo‘lgan Saqil, Hafif, Ramal, Xazaj, Du-yak, Ufar, Foxtiy, Turk, Muxammas,

Avsat, Chorzarb, Zarbul-Futh, Durafshon, Samoiy, Chanbar, Miatayn kabi ritm

o‘lchov bahrlari va doyra-nog‘ora usullari bizning kungacha yetib kelgan. Bu usullar

musiqa asarlari, xususan maqom yo‘llarida uchraydi. Ular qachon va kim tomonidan

yaratilgani bizga qorong‘i. Ularni sodda yoki murakkabligiga qarab, oldin-keyin

yaratilganini bilib olish mumkin. Manbalarda ko‘rsatilishicha, dastavvalgi usul inson

nabzining urishidan olingan. Tomirni barmoq bilan ushlab ko‘rilsa, uning go‘yo “tan-

tan”ga o‘xshash bir tekis urayotgani bilinadi. Olimlar buni “Usuli zarbi qadam”

(“Qadimiy zarb usuli”), deb ataganlar. So‘nggi davrlarda, shu usul asosida

murakkabroq usullar yuzaga kelgan. Zarbi qadimning asli shakli bunday bo‘lgan:

Zarbul qadim


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

104

Uning murakkabroq shakllari

4

2

,

4

4

,

4

5

,

4

6

,

4

3

,

4

8

,

4

3

,

8

3

,

4

5

,

4

3

,

4

3

,

4

4

kabi takt-

ritm o‘lchovlarida bo‘lgan deyish mumkin.

Manbalarda keltirilgan usullar, shubhasiz, Shashmaqomda ham ishlatilgan.

Lekin ular zamon o‘tishi bilan juda katta o‘zgarishlarga uchragan.

Shashmaqom qiyofasiga usul jihatidan nazar tashlansa, maqomlarning

turkumlarini yaratilishida ularning cholg‘u qismlari va sho‘’balarida usullar dastlab

sodda bo‘lib, keyin ijro etiladigan qismlarda sekin-asta murakkablasha boradi.

Masalan, Tasnif, Tarje’larda usul ancha sodda bo‘lsa, Muhammas va

Saqillarda juda murakkab, 16, 24 taktni tashkil etadi (quyiroqqa qarang!)

Saraxborlarda esa usul mazkur “Zarbi qadim”ning o‘zi

4

2

takt-ritm o‘lchovida bo‘lsa,

Talqinlarda -

4

3

8

3

, Nasrlarda

4

6

, Ufarlarda esa

8

6

yoki

4

3

takt-ritm o‘lchovlarida

murakkablasha boradi. Bundan taronalar mustasnodir.

Shunday qilib Shashmaqomning tuzilishida musiqa madaniyatining

soddalikdan murakkablikka tomon tarixiy taraqqiyot yo‘li aks ettirilgan. Usullargina

emas, kuy yo‘llari ham maqom qismlarida ma’lum qonuniyat asosida soddalikdan

sekin-asta murakkablasha boradi. Shuning uchun ham, Shashmaqom xalq

musiqamizning klassik namunasi bo‘lib, o‘zining kuy mavzui jihatidan turli-tuman,

usullarning esa qariyb hammasini o‘zida mujassamlashtirgan.

Nota kitoblarining o‘zida ham doyra usullari turlicha berilgan. V. A.

Uspenskiy yoki Yunus Rajabiy variantlarida bir turli usul bo‘lsa, B. Fayzullayev, S.

Sohibov, F. Shohobov yoki M. Yusupov variantlarida doyra usullari ularda anchagina

farq etadi. Shuning uchun ham quyida keltirilgan misollarda biz muvofiqroq

variantlardan foydalandik.

Shashmaqomning cholg‘u yo‘llari har bir maqomda turlicha sonni tashkil etib,

oltitadan o‘ntagachadir. Maqomlarda bir xil nom bilan ataladigan cholg‘u qismlari

mavjud. Binobarin, har bir maqomning boshqacha nomlanadigan yo‘llari ham bor.

Dastlab, har bir maqomda mavjud bo‘lgan, bir xil nom bilan ifodalanuvchi cholg‘u

yo‘llari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Ular Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas,

Saqil va boshqa nomlar bilan ataladiki, bu haqda yuqorida ham eslatib o‘tilgan edi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

105

Tasnif – arabcha bo‘lib, “yaratilgan asar”, kuy demakdir. Bu yerda

maqomlarning cholg‘u bo‘limidagi bosh asar ma’nosi ham bor. Maqomlarning

cholg‘u bo‘limlari Tasnif kuy yo‘llari bilan boshlanadi. Ularning tasniflari – Tasnifi

Buzruk, Tasnifi Rost, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh, Tasnifi Segoh va Tasnifi Iroq

nomlari bilan ataladi. Tasnifning takt-ritm o‘lchovi , o‘rniga qarab bo‘lib, ular

maqomlardan kuy harakati jarayonida o‘zgarmaydi. Tasniflarning doyra usullari,

asosan, bir xil bo‘lsa-da, ba’zan kuy xarakteriga qarab qisqaroq shaklda ham kelishi

mumkin.

Buzruk, Navo maqomlarning Tasniflarida doyra usuli asosan yoki taktli

bo‘lib, nota yozuvida shunday ifodalanadi:

yoki usul variantlari shaklida quyidagichadir:

Tasnif Rost va Tasnifi Iroqda doyra usuli ikki taktga qisqargan bo‘lib,

boshlanishdagi zarbda bak o‘rnida bum zarblari tushadi.

Tasnifi Dugoh va Tasnifi Segohning doyra usullari uch taktlidir.

Tasniflar maqomlarning har birida mustaqil musiqa mavzulariga ega bo‘lib,

kuy yo‘llari bir-biridan tubdan farq qiladi. Ularning kuy bo‘laklari, xona va

bozgo‘ylari tarkibi ham turlichadir.

Tasnifi Buzruk – 8 xona va 8 bozgo‘ydan.

Tasnifi Rost – 7 xona va 8 bozgo‘ydan,

Tasnifi Navo – 17 xona va 3 bozgo‘ydan,

Tasnifi Dugoh – 7 xona va 8 bozgo‘ydan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

106

Tasnifi Segoh – 4 xona va 4 bozgo‘ydan,

Tasnifi Iroq - 8xona va 9 bozgo‘ydan iborat.

Umuman cholg‘u bo‘limidagi kuy yo‘llarini tashkil etgan xonalar avjga

tomon harakat etar ekan, ular diapazon kengayishi bilan birga mazmunan

chuqurlashib va aniqlashib boradi. Masalan, Tasnifi Rostning birinchi xonasi 16

taktdan iborat bo‘lgani holda, yettinchi xona 94 taktni tashkil etadi.

Mazmunning chuqurlashib borishini taktlar hajmi aniqlay olmaydi, albatta.

Lekin maqom cholg‘u yo‘llarining ma’lum qismlari shaklida xonalar o‘z funksiyasi

nuqtai nazaridan kuylarga hech qanday formal xarakterdagi vosita sifatida

kiritilmaydi, balki har bir xonaning o‘ziga xos funksiyasi bo‘ladi.

Cholg‘u yo‘llaridagi maqom xonalarining kengayib borishida ko‘pincha

peshrav deb atalgan kuy qismlari katta rol o‘ynaydi. Peshrav ilgariga, ya’ni yuqoriga

harakat etuvchi motivlar ifodasi bo‘lib, ular bir xonaning kuy xarakatida turli

balandliklarda bir necha bor takrorlanadi va bozgo‘yga kelib qo‘shiladi. Ular ham

kuyning rivojlanishida juda katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, turli

balandliklarda takrorlanuvchi motivlar sifatida melodik-intonatsiyaga boy hamda

kuchli emotsional ta’sir kuchiga ega. Peshravlar kishining ruhiga shijoat baxsh etadi

va uni ruhiy tushunliklardan holi qiladi, kishining orzu-umidlari, istaklari, kelajakka

ishonch kayfiyatlarini aks ettiradi . Shuning uchun ham peshravlar masalasi alohida

o‘rganilishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, peshravlar ashula yo‘llarida, xususan

Saraxborlar, ba’zi Nasr yo‘llarida ham uchraydi.

Shunday qilib, Tasniflar maqomlarning yirik shakldagi cholg‘u yo‘llari

bo‘lib, ular keng diapazonga ega, ba’zan esa ikki oktavadan ham ortiqroqdir. Tasniflar

Buzruk maqomida 212, Rostda 338, Navoda 114, Dugohda 150, Segohda 125, Iroqda

esa 326 taktdan iboratdir. Bu narsa Tasnif yo‘llari hajmining ancha katta ekanini

ko‘rsatadi.

Tasniflar maqom cholg‘u yo‘llarining asosiy mavzui sifatida, ularning boshqa

qismlarida ham kuchli iz qoldirgan. Tasniflardagi ko‘pgina motivlar va kuy jumlalari

Tarje’, Muhammas, Saqil kabi maqom qismlarida ritmik yoki melodik variatsiyalar

sifatida uchrab turadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

107

Tasnif yo‘llari kishiga umid, ko‘tarinki ruh baxsh etuvchi kuy yo‘llari bo‘lsa,

Tarje’lar tantana, shodiyona kayfiyatlarni ifodalovchi kuylardir. Tarje’lar asosan,

Tasniflardan keyin ijro etilib, Rostdan boshqa hamma maqomlarda mavjud. Ular

maqomlarda: Tarjei Buzruk, Tarjei Navo, Tarjei Dugoh, Tarjei Segoh, Tarjei Iroq deb

nomlanadi.

Tarje’larning takt-ritm o‘lchovi Tasniflardagi kabi ( ) bo‘lib, doyra usuli

asosan to‘rt taktli, Iroq maqomda esa u besh taktni tashkil etadi. Usul sur’ati esa

Tasniflarga ko‘ra tezroq bo‘ladi. Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh maqomlarida

Tarje’larning doyra usuli shunday:

Shuningdek, Tarjei Dugohning bozgo‘yi boshqa xonalar bilan birlikda Tasnifi

Dugohni eslatadi. Tarjei Segoh doyra usuli, kuy xarakati, xonalar tarkibidagi kuy

jumlalari nuqtai nazardan Tasnifi Buzrukning ma’lum melodik varitsiyasidir. Tarjei

Segohning birinchi xonasidagi peshrav tuzilmasi keyingi xonalarda uning o‘ziga

ko‘ra tersiya darajasiga ko‘tarilib, rivojlantiriladi, so‘ngra sekin-asta, o‘zi boshlangan

nuqtaga qaytib tushadi hamda har bir xona bozgo‘ylar bilan yakunlanib boradi. Uning

bozgo‘yi Tasnifi Buzrukdagidan tamoman boshqadir. Tarjei Iroqning tuzilishi va

peshrav epizodlariga kelsak, ular juda ham murakkab va shu bilan birga, o‘ziga

xosdir. Bu yerda boshqa maqom cholg‘u yo‘llaridagi jumlalar kamroq uchraydi.

Qisqa qilib aytganda, maqomlarning cholg‘u bo‘limining Tarje’ yo‘llarida kuy ohangi

nuqtai nazaridan ba’zi umumiyliklar mavjud.

Shashmaqomning cholg‘u bo‘limidagi qismlaridan yana biri Gardun, deb

ataladi. Gardun – osmon gardishi, aylana, taqdir ma’nolarida keladi. Musiqa istilohida

esa Gardun – ma’lum doyra usulining hamda shu usul jo‘rligida muayyan lad

(maqom)ga muvofiq ravishda ijro etiladigan kuy yoki ashulaning nomidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

108

O‘tmishda, XIII-XVII asrlarda yozilgan musiqa risolalarida Gurduniya yoki

Gardoniyya nomlari bilan atalgan maqom sho‘’balari haqida gapiriladi. Ularning

bizgacha yetib kelgan shakli Shashmaqomdagi Gardun yo‘llaridir.

Gardunning takt-ritm o‘lchovi juda murakkab

4

8

(

4

2

+

4

3

+

4

3

) doyra usuli esa

quyidagichadir:

Gardun cholg‘u yo‘llari Iroqdan boshqa hamma maqomlarda mavjud bo‘lib,

ular Garduni Buzruk, Garduni Rost, Garduni Navo, Garduni Dugoh, Garduni Segoh

nomlari bilan mashhurdir. Gardun yo‘llari unchalik katta hajmda bo‘lmasa-da, kuy

tuzilishi va harakati nuqtai nazaridan Tasnif yoki Tarje’larga ko‘ra ancha

murakkabdir.

Gardun yo‘llarida bozgo‘y hamma xonalardan keyin kelavermaydi, balki

ko‘pincha ikki-uch xonalardan so‘ng takrorlanadi. Kuyning yo‘nalishida esa katta

intervallardagi ohang aylanmalari juda tez uchrab turadi. Bunda tersiya, kvarta

darajasida baland yoki pastga sakrashlar, kvinta, oktavaga, hatto undan ham yuqoriga

to‘satdan ko‘tarilish hollari ko‘plab uchraydi. Bunday harakatlar maqomlarning

boshqa cholg‘u yo‘llarida uchrasa ham, ular Gardun yo‘llari uchun juda xarakterlidir.

Shashmaqomning cholg‘u bo‘limida eng ko‘p uchraydigan qismlaridan biri

Muxammaslardir. Ular:

Buzruk maqomida – Muxammasi Buzruk, Muxammasi Nasrulloyi,

Rostda – Muxammasi Rost, Muxammasi Ushshoq, Muxammasi Panjgoh,

Navoda – Muxammasi Husayniy, Muxammasi Navo, Muxammasi Bayot,

Dugohda – Muxammasi Dugoh, Muxammasi Chorgoh, Muxammasi

Xojixo‘ja, Muxammasi Chor Sarxona,

Segohda – Muxammasi Segohda, Muxammasi Ajam, Muxammasi Mirza

Hakim, Muxammasi Bastanigor,

Iroqda – Muxammasi Iroq nomlari bilan ataladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

109

Muhammas- beshlangan, beshlik ma’nosida bo‘lib, bu nom juda qadim

zamonlardan ma’lumdir. Dastlab, bu ibora bilan doyra usulining bir turi, she’riyatda

esa besh misradan tuziladigan she’r shakli ifodalangan.

Yuqorida aytib o‘tilgan Kavkabiy va Darvish Ali musiqa risolalaridagi kuy

shakllari va ularning ishlash tartibidagi qoidalari qisman maqom cholg‘u yo‘llariga

ham tegishlidir. Hozirgi kunda bu masalani ko‘z oldimizga keltirish qiyinroq bo‘lsa-

da, Muxammas, Saqil va boshqa cholg‘u yo‘llari ma’lum kuy mavzularini ritmik ham

melodik variatsiyalar sifatida qayta ishlash, rivojlantirish, ularga turli xona hamda

bozgo‘ylar kiritish orqali yangi-yangi shakllarga tushirilib ishlangan.

Muxammaslarning takt-ritm o‘lchovi

yoki

bo’lib, doyra usuli esa haddan

tashqari uzun, ya’ni bo’lganda 16 такт,

bo’lsa 8 taktni tashkil etadi:

Muxammas cholg‘u yo‘llari uchun eng xarakterli narsa shuki, ularda xona va

bozgo‘ylar doira usuli hajmidagi bir xil o‘lchovda, 16 (yoki 8) taktdan iborat bo‘ladi,

ya’ni Muxammas doyra usuli har bir xona va bozgo‘y hajmini belgilaydi. Ba’zan kuy

o‘z xarakatida avjga yetganda, bozgo‘yga qaytib tushishi uchun bir xona kifoya etmay

qoladi. Shuning uchun ko‘pincha avjda ikki-uch xona ketma-ket ijro etilib, so‘ngra

bozgo‘yga yetib kelinadi.

Muxammaslarda bir-biriga o‘xshagan unsurlar ko‘plab uchraydi. Bunda u

yoki bu kuy bo‘lagi turli maqomlarning ruhiga moslashtirib olinadi. Masalan,

eshituvchiga ma’lum bo‘lgan Muxammasi Ushshoqning boshlanishidagi xonani olib

qaraylik: (Muxammaslarning doyra usuli yuqorida keltirilgan edi).

Xuddi shu muxammasning ma’lum unsurlari va variantlarini Muxammasi

Rostda, Muxammasi Buzrukning II xonasida, Muxammasi Nasrulloyi xonalarida,

Muxammasi Bayotda, Muxammasi Husayniy, Muxammasi Dugohda, Muxammasi

Hojixo‘jada, Muxammasi Iroqda (II, V xonalar). Muxammasi Ajamda (II, III, VI

xonalar), Muxammasi Mirza Hakimda (V xona) va boshqalarda uchratish mumkin.

4

2

4

4

4

2

4

4


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

110

Muxammaslarda maqomlarning cholg‘u bo‘limidagi boshqa qismlarida mavjud

bo‘lgan ko‘pgina unsurlar ham uchraydi. Chunonchi, Muxammasi Bayot boshlanish

jumlasi Muxammasi Ushshoq mavzusi bilan o‘xshashdir. Muxammasi Bayot,

Muxammasi Ushshoqning kuy jumlasi bilan boshlansa-da, keyinroq bir ozq

boshqacha bo‘lib ketib, Navo cholg‘u yo‘llariga tushib oladi. Muxammasi Bayotning

kuy unsurlari Muxammasi Rost (I, II xonalar), Muxammasi Husayniy, Navo,

Muxammasi Hojiho‘ja (1 xonaning boshi)larda uchraydi(2).

Bu hol Muxammaslarning badiiy-estetik qiymatini kamaytirmaydi, balki turli

cholg‘u yo‘llarida o‘rniga qarab, ularning tarkibiy unsurlarini turli-tumanligi,

originalligini saqlagan holda rang-barangliligini ta’minlaydi, kuyning tugallangan

shaklga kelishiga yordam beradi.

Ba’zi Muxammaslar o‘z mualliflari bilan qo‘shib atalgan. Nasrulloyi,

Husayniy, Hojixo‘ja, Mirza Hakim kabilar ma’lum kuylarni Muxammas usuliga

tushirib, basta qilgan ijodkor-sozandalar ismidir.

Muxammas yo‘llarining tuzilishi, doyra usuli ham juda murakkab bo‘lsa-da,

ular maqomlarning boshqa cholg‘u yo‘llaridan ko‘ra mashhurroqdir. Buning sababi,

Muxammas yo‘llarida kuyning jozibadorligi, emotsional jihatdan ta’sirchanligi,

ularning murakkab qiyofasiga qaramay eshituvchiga oson yetib borishidadir.

Maqomlarning cholg‘u bo‘limidagi qismlaridan eng ko‘p uchraydigan yana

bir turi Saqillardir. Saqil – arabcha bo‘lib, “og‘ir, vazmin, cho‘zilgan”, demakdir.

Musiqa istilohida esa vazmin sur’atda ijro etilib kelingan murakkab doyra usulining

nomidir. Saqillarga xos melodik xususiyat, ijro etish uslubi Shashmaqomda tasodifiy

qabul etilmagan bo‘lsa kerak. Chunki Buxoro maqomlarida Saqillardan so‘ng,

ularning ashula bo‘limiga o‘tiladi. Ashula bo‘limi esa vazminroq ijro etilib kelingan

Saraxborlar bilan boshlanadi. Saqil o‘zining doyra usuli xususiyati bilan

Saraxborlarga oson ulanib ketadi va o‘rtada usul sur’ati jihatidan ham kuchli burilish

sodir bo‘lmaydi.

Eski musiqa risolalarida Saqil usuli turli ko‘rinishda keltiriladi.

Shashmaqomda esa Saqillar takt-ritm o‘lchovi ba’zan bo‘lib, doyra usuli esa

4

2

4

4


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

111

Muxammaslarga ko‘ra yanada uzunroqdir, ya’ni yigirma to‘rt takt yoki bo‘lganida

o‘n ikki taktni tashkil etadi

Saqillar Buzruk maqomida – Saqili Islimxon, Saqili Sulton, Rostda Saqili

Vazmin, Saqili Rag-Rag (Rag-Ragning asl ma’nosi noma’lumdir. Rag hindcha

maqom so‘zining ifodasi bo‘lsa kerak), Navoda – Saqili Navo, Dugohda Saqili

Ashqullo, (Segoh maqomida uchramaydi) Iroqda – Saqili Avval, Saqili Duvvum,

Saqili Kalon nomlari bilan ataladi.

Saqillarda ham, Muxammaslardagi kabi xona va bozgo‘ylar hajmi doyra usuli

bilan teng bo‘ladi. Saqili Islimxon esa xonalardangina iborat. Saqillarda ham ba’zan

Tasnif, Tarje’, Muxammaslarda mavjud bo‘lgan kuy unsurlaridan foydalanilgan.

Saqillarni ishlagan – Islimxon, Sulton, Vazmin, Kalon turli davrlarda

yashagan bastakorlardir. Lekin bu bastakorlar haqida manbalarda hech qanday

ma’lumot yo‘q. Faqatgina Islimxon Kavkabiy davri (16 asr)da yashagan shoir va

bastakor ekani haqida ba’zi ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Shashmaqomning cholg‘u bo‘limlarida bir xil nomli qismlari, asosan

shulardan iboratdir. Bulardan tashqari, ba’zi maqomlarning o‘zigagina xos bo‘lgan

boshqa nomlar bilan ataluvchi cholg‘u yo‘llari ham bor. Ular Navo maqomida

Nag‘mayi Oraz, Dugohda Peshravi Dugoh, Samoyi Dugoh, Segohda Hafifi Segoh

nomlari bilan ataladi.

Nag‘mayi Oraz, asosan Tarjei Navoga asoslangan bo‘lib, uning ma’lum

melodik variatsiyasidir. Hatto uning doira usuli ham Nag‘mayi Orazda saqlangan.

Nag‘mayi Oraz Navo maqomidagi boshqa cholg‘u qismlari kabi surnay yo‘llari

sifatida ham mashhur bo‘lgan.

4

4


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

112

Peshravi Dugoh Tarje’ usulida bo‘lib, bunda xona va bozgo‘ylarning har biri

soni teng sakkiztadan iborat. Bu cholg‘u yo‘li Peshravning bizgacha yetib kelgan eng

xarakterli ko‘rinishidir. Bunda xonalar va bozgo‘y yo‘nalishi yuqoriga xarakat etadi.

Samoyi Dugohning tuzilishi ham peshravga yaqindir. Uning doyra usuli

sakkiz taktli bo‘lib, bozgo‘y xonalar hajmiga teng.

Samoyi Dugoh musiqa cholg‘ularida va surnayda maqom turkumlaridan

ajratilgan holda juda ko‘p ijro etilib kelingan mashhur kuylardandir. Uning Ufar

usulidagi varianti ham ko‘plab ijro etiladi.

Xafifi Segohning ham takt-ritm o‘lchovi, doyra usuli Tarjelardagidek, Samoyi

Dugohga o‘xshash xona va bozgo‘ylar hajmiga teng (sakkiz taktdan).

Xafif – yengil ma’nosida bo‘lib, doira usuli va aruz vaznida ma’lum turoq

o‘lchovining ifodasidir. Demak, Xafifi Segoh shu nomli doyra usulidagi kuy

yo‘llaridandir.

Xulosa

Shashmaqom oʻziga xos ohangdorlik, zoʻr emotsional ta’sir kuchiga

ega. Ularning tuzilishi esa juda ham murakkab boʻlib, oʻziga xos xususiyatlarga ega.

Musiqashunos olimlar maqomlar ustida ilmiy ishlar olib borib, ularning ритмик

xususiyatini oʻrganganlar.

Shunday qilib, bastakorlik an’anasi faqatgina Oʻn ikki maqom turkumining

rivojlanishidagina emas, balki Shashmaqomning shakllanishi, paydo boʻlishi va

soʻnggi davrlardagi taraqqiyotida ham hal etuvchi ahamiyat kasb etdi. Xulosa qilib

aytganda, maqomlar Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud boʻlgan

musiqa janridir. Ular bu xalqlarning oʻziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy

sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot

jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan. Maqomlarning lad

tuzilmalarida hali koʻpgina aniqlanmagan ритмик ва усул masalalarи bor. Bu

masalalar kelajakda maxsus tekshirishlar olib borishni talab qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Matyoqubov O. Maqomot. (ilmiy-ommabop monografiya) T., 2004.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-21

Часть–1_ Март –2025

113

Ibrohimov O. Maqom va makon. (ilmiy monografiya) T., 1997.

1.

O`ZBEK

XALQ

MAHALLIY

MUSIQA

USLUBLARINING

SHAKLLANISH JARAYONLARI Xamdamov Bekmurod Bobomurod o`g`li,

Annakulova Dildora Baymuratovna Vol. 13 No. 2 (2025): FARS International

Journal of Education, Social Science & Humanities.

2.

Begmatov, M. Matyoqubov O’zbek an’anaviy cholg’ulari. “Yangi nashr” T.,

2008.