MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
70
MUTAXASSIS O‘TKAZADIGAN AYRIM TERGOV HARAKATLARI
TARTIBI VA ULARNING NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISHGA
OID MULOHAZALAR
Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
E-mail: sherzodbekabduvahobov01@gmail.com
Orcid: 0009-0008-4580-3540
https://doi.org/10.5281/zenodo.12624056
Tergov harakatlarini o‘tkazishda texnika vositalarini qo‘llashda qonunda
belgilangan, xususan, jinoyat ishini yuritishda qonuniylik (JPK 11-moddasi)
prinsipidan kelib chiqadigan talablarga rioya etilishi lozim.
Jinoyat protsessining qonuniylik prinsipidan kelib chiqadigan umumiy
talablar asosida, JPK 17-moddasi (Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat
qilish) da ko‘rsatilgan talablarga rioya etish lozim. Jumladan, tergov
harakatlarini o‘tkazishda qo‘llaniladigan texnika vositalari xavfsizlik talablariga
javob berishi, tergov harakatlarida ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti va
sog‘lig‘iga xavf solmasligi kerak (JPK 88-moddasi).
JPK 138-moddasiga muvofiq, zarur bo‘lsa, murda jinoyat ishi
qo‘zg‘atilguniga qadar ham ko‘zdan kechirilishi mumkin. Murdani ko‘zdan
kechirish mustaqil tergov harakati bo‘lib, unda sud-tibbiy ekspert ishtirok etishi
shart. Agar buning imkoni bo‘lmasa, boshqa shifokor qatnashishi ham mumkin.
Murdani ko‘zdan kechirishda sud-tibbiy ekspert yoki shifokorning
majburiy tartibda ishtirok etishi quyidagilar uchun zarur:
– murdaning tanasidagi jarohatlarning joylashuvini, shakli, hajmi,
qirralarining xususiyatlarini va boshqa belgilarini;
– murda tanasining ayrim qismlaridagi shakl o‘zgarishlarini, murdaga
zarar yetkazuvchi ta’sir turlarini, asfiksiya izlarini aniqlash ;
– zo‘ravonlik bilan kechgan o‘lim belgilarini, turli yo‘sinda kelib chiqqan,
kesilgan jarohatlarni, sanchilgan-kesilgan, pichoq va o‘q bilan yetkazilgan
shikastlarni aniqlash va boshqalar.
JPK 172-moddasiga muvofiq, ekspertiza tergov harakati – kechiktirib
bo‘lmaydigan vaziyatlarda jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar o‘tkazilishi
mumkin. Ekspertiza tergov harakatining samarali o‘tkazilishida mutaxassis
yordam beradi. Ya’ni mutaxassis yordamida olingan dalillar kelgusida ekspertiza
tadqiqotlarida samarali foydalanishi mumkin hisoblanadi.
Bundan tashqari, JPK 142-moddasiga asosan guvohlantirish tergov
harakati odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki
alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi to‘g‘risidagi
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
71
ma’lumotlarni, dog‘larni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati
tug‘ilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza o‘tkazish lozim bo‘lmasa hamda
ekspertiza o‘tkazishni talab qilmaydigan usullarni qo‘llash yo‘li bilan shaxsning
mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tug‘ilgan hollarda
surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sudning esa o‘zi chiqargan,
guvohlantirilayotgan shaxs uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarori asosida
o‘tkazadi. Zarur hollarda tergovchi guvohlantirishga shifokor yoki boshqa
mutaxassisni jalb qiladi. Boshqa jinsdagi shaxsni guvohlantirishda, agar
guvohlantirish ushbu shaxsni yalang‘ochlash bilan kechadigan bo‘lsa, tergovchi
qatnashmaydi. Bunday holda, guvohlantirishni shifokor amalga oshiradi.
Guvohlantirishda shifokor, tekshirilayotgan shaxsning tanasidagi
jarohatlarni, alohida belgilar yoki izlarini aniqlashda, ularni nomi, joylashuvi,
hajmi, hosil bo‘lish tabiati, rangi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda
to‘g‘ri ifodalashda yordam beradi.
JPK 69, 70-moddasiga binoan, mutaxassis hech qanday protsessual
harakatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga ega emasligi, bunday
harakatlarni bajarishda yordam berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin, guvohlantirish
surishtiruvchi, tergovchining jinsidan boshqa jinsdagi shaxsni yalong‘ochlash
bilan kechadigan bo‘lsa, JPK 142, 146-moddalariga asosan, surishtiruvchi,
tergovchi yoki sudning topshirig‘iga binoan shifokor yoxud boshqa mutaxassis
tibbiy xodim tomonidan guvohlantirilayotgan shaxsning badanini tekshiradi.
Bundan ko‘rish mumkinki, JPK 142, 146-moddalarida mavjud bo‘lgan qoidalar,
JPK 69, 70-moddalariga nomutanosib ravishda ifodalangan.
JPKning 329-moddasiga muvofiq mutaxassis taftish tergov harakatiga yoki
o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlariga ham jalb qilinishi mumkin.
Tekshiruv, taftishlarni tayinlash va o‘tkazish hamda ularda
mutaxassislarning ishtirok etishi tartibi JPK talablari va idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi [1] va
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati
bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi [2]
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-2114-sonli “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni
tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi [3] va PF-4848-sonli “Tadbirkorlik
faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
72
himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi [4] farmonlar hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
PQ-2733-sonli “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
qarori [5] bilan belgilangan.
Taftish va tekshiruvni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ
mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori
yoki sudning ajrimiga (JPKning 187
2
-moddasi) binoan, qoida tariqasida, taftish
o‘tkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi
huzuridagi
Iqtisodiy
jinoyatlarga
qarshi
kurashish
departamentining, soliq xizmatining, Moliya vazirligining va hududiy moliya
organlarining hamda soliq xizmatining mutaxassislari ishtirok (JPKning 187
3
-
moddasi birinchi qismi) etishi, zarur bo‘lgan hollarda boshqa davlat organlari va
tashkilotlarning xodimlari ham taftish o‘tkazish uchun jalb etilishi (JPKning
187
3
-moddasi ikkinchi qismi) mumkin. Mutaxassis taftish va tekshiruvlarni
o‘tkazishda mazkur normativ-huquqiy hujjatlarning qoidalariga amal qiladi,
mutaxassisni ushbu hujjatlar bilan dastlabki tekshiruvni o‘tkazuvchi shaxs
tanishtirishi shart.
Masalan, Toshkent shahar Mirobod tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan MChJ
mansabdor shaxsi Sh.F.Sh.ning xatti-harakatlariga nisbatan O‘zbekiston
Respublikasi JK 168-moddasi 4- qismining “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat
ishi yuzasidan tergovchining taftish tayinlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan
Toshkent shahar Davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan hujjatli
taftish o‘tkazilgan hamda qaror taftish o‘tkazuvchi shaxs va MChJ rahbariga
tanishtirilgan [6].
Moliyaviy, iqtisodiy, tadbirkorlik va savdo faoliyatini tartibga soluvchi
qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash uchun taftishlar va
hujjatli tekshiruvlarga maxsus bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb qilinadi.
Bu turdagi jinoyatlarni aniqlash juda qiyin bo‘lib, bunga asosiy sabab, iqtisodiy
jinoyatlar yashirin moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish orqali sodir etiladi hamda
sodir etgan shaxslarning iqtisod sohasidagi maxsus bilimlardan xabardor
bo‘lishidir. Demak, bu turdagi jinoyatlarni bo‘yicha taftish o‘tkazuvchi
mutaxassis maxsus iqtisodiy bilimga ega bo‘lishi zarur hisoblanadi.
Taftish natijalariga ko‘ra, mutaxassis moliya-xo‘jalik, tadbirkorlik va savdo
faoliyatini taftish o‘tkazilganligi haqida dalolatnomasi tuzadi. Dalolatnomada
JPKning 187
8
-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan barcha holatlar aks etirilishi
lozim.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
73
Hozirgi vaqtda JPK 95-moddasi 3,4-qismiga muvofiq rasmiylashtirilgan
taftish dalolatnomasini boshqa hujjatlar kabi dalil sifatida ishlatilishi mumkin.
Ayni vaqtda tergov amaliyotida taftish dalolatnomasi dalil sifatida foydalanib
kelinmoqda. JPK 90-moddasi 1-qismiga muvofiq, ma’lumotlar va narsalardan,
ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd
etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Biroq, taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (187
8
-modda) tuzish JPKda
qayd etilib, mazkur dalolatnomalar tergov va sud amaliyotda dalil sifatida
foydalanib kelinayotgan bo‘lsada JPKning 90-moddasida taftish dalolatnomasi
ko‘rsatilmaganligi mulohazali holat.
Mutaxassis-taftishchilarga qonunda katta vakolatlar berilgan bo‘lib, ular nafaqat
hujjatlarni o‘rganishlari, taftish qilinayotgan korxonalarning mansabdor
shaxslari va boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olishlari, balki yana bir qator
tekshiruv harakatlarini (so‘rov, ishlab chiqarish uchun xomashyoni nazorat
ostida sotib olish, bajarilgan ishlarni o‘lchab tekshirish, qarshi tekshiruvlar va
boshqalarni) amalga oshirishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat
tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 1998 yil 24 dekabrdagi 717-I-son qonun.
URL: https://lex.uz/ru/docs/-28144 (Elektron manbaga murojaat qilingan sana:
28.02.2024).
2. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini
ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik
muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul
qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2016 yil 29
dekabrdagi O‘RQ-418-son qonun. URL:https://lex.uz/docs/3086492 (Elektron
manbaga murojaat qilingan sana: 28.02.2024)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni
tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 1998 yil 19 noyabrdagi
PF-2114-sonli farmoni. URL: https://lex.uz/docs/221728 (Elektron manbaga
murojaat qilingan sana: 28.02.2024).
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal
rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va
ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” gi 2016 yil 05 oktabrdagi PF-4848-sonli farmoni. URL:
https://lex.uz/docs/3039311 (Elektron manbaga murojaat qilingan sana:
28.02.2024).
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
74
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017 yil 19 yanvardagi PQ-
2733-sonli qarori. URL: https://lex.uz/docs/3098964 (Elektron manbaga
murojaat qilingan sana: 28.02.2024).
6. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti yurituvidagi
170011/2022-137-sonli jinoyat ishi hujjatlari.