Авторы

  • S.Sh. Аxmadjonova
    Fargʼona davlat universiteti, zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi dotsenti,
  • O.I. Ismoilova
    Fargʼona davlat universiteti, zoologiya yo‘nalishi I-bosqich magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52533

Аннотация

Tadqiqot davrida turli o'simlikda bargxo`r  qo`ng`izlar imagosini toppish orqali izlanuvchilar bu o'simlikni ayni tur uchun ozuqa sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun yetarli deb hisoblasi. Bu ko`pincha noto`g`ri xulosa chiqarishga olib keladi. Chunki bu hasharotlar cho`chitilganda, ozuqa axtarib uchayotganda ham ozuqa bo`lmagan o`simlikka qo`nishi mumkin. Tadqiqotchilar har doim, iloji bo'lsa, dala kuzatuvlarini albatta laboratoriya sharoitida o`tkazib,ishonch hosil qilgandan so`ng xulosa qilishi kerak.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

44

BARGXO`R QO`NG`IZLARNING OZUQA O'SIMLIKLARINI ANIQLASH

USULLARI.

S.Sh.Аxmadjonova

Fargʼona davlat universiteti, zoologiya va umumiy

biologiya kafedrasi dotsenti,

O.I.Ismoilova

Fargʼona davlat universiteti, zoologiya yo‘nalishi I-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12563791

Tadqiqot davrida turli o'simlikda bargxo`r qo`ng`izlar imagosini toppish

orqali izlanuvchilar bu o'simlikni ayni tur uchun ozuqa sifatida ro'yxatdan
o'tkazish uchun yetarli deb hisoblasi. Bu ko`pincha noto`g`ri xulosa chiqarishga
olib keladi. Chunki bu hasharotlar cho`chitilganda, ozuqa axtarib uchayotganda
ham ozuqa bo`lmagan o`simlikka qo`nishi mumkin. Tadqiqotchilar har doim, iloji
bo'lsa, dala kuzatuvlarini albatta laboratoriya sharoitida o`tkazib,ishonch hosil
qilgandan so`ng xulosa qilishi kerak.Aynan barxo`rlar ozuqa o`simliklarini taxlil
etish uchun laboratoriya xonasida maxsus tajribalar qo`yiladi. Tajribalar xona
haroratida o'tkazildi. Odatda, shisha bankalar og`zi havo kiradigan holda
qopqoqlar bilan maxkamlanadi. Qo'ng'iz lichinkalarini boqish ochiq holda xam
amalga oshirilishi mumkin. Namlikni saqlash uchun suv shimdirilgan paxta
bo`lakchasi banka ichiga solib qo`yiladi va vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi.
Namunalardagi ozuqa o`simligi so`lib qolmasligi uchun kichik idishchaga suv
quyilib o`simlik shohchalari solib qo`yiladi, bu shohchalar ham vaqti-vaqti bilan
almashtirib turiladi. Bargxo`r qo'ng'izlari ma'lum oziq-ovqat o'simliklari bilan
cheklangan. Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, qo'ng'izlar va ayniqsa
laboratoriyadagi lichinkalar odatda o'zlariga xos bo'lmagan o'simliklar bilan
oziqlana boshlamaydilar, ayrimlari kerakli ozuqa o'simliklari bo'lmasa,
ochlikdan nobut bo`lishlari xam mumkin. Ayrim xollarda esa qurtlar sevib
istemol qiladigan,o`rtacha xush ko`rib yeydigan o`simlik turlari bo`lib,
tadqiqotchi kundalik daftariga lichikalarni harakati va vaznini ortishi,
linkalashidagi farq ko`rsatkichlarini yozib borishi shart. Zararkunanda ozuqa
tarkibini aniqlash uchun tadqiqotchi tabiatdan kamida o`n turdagi o`simlik
namunalarini olib kelishi kerak. Har kuni o'simlik namunalarining kemirilgani,
oziqlanish xususiyati kuzatib boriladi. Oziq-ovqat o'simliklarini tanlash bo'yicha
tajribalar soni kamida 20 dan 40 tagacha idishlarda bo`lishi lozim.Bargxo`rlar
tashqi omillarga chidamli bo`lgani uchun yosh tadqiqotchilar ham bemalol
ularni boqib,g`umbakka aylanishi va g`umbakdan chiqishini kuzatyishi mumkin.
Maxsus idishlardagi xolatlar bo`yicha tadqiqotchi o`z maqsadini qo`yishi
mumkin. Masalan, tuxumdan chiqqan 10 lichinka bir kunda bargni qanday


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

45

kemirishi, ularni qanday harakatlanishi,yoki zararlanish ko`rsatkichlarini
maxsus ball shkalasida baxolashi mumkin. Bargxo`r qo'ng'izlarning xayoti daraxt
va buta o'simliklari (dendrobionts) yoki o'tlar (hortobionts) bilan bog'liqligini
hisobga olgan xolda ularni qaysi guruhga mansubligini bilish uchun asosan ikki
turdagi tajribalar o'tkazildi: 1) qo'ng'iz (yoki lichinka) barcha turdagi daraxt
lardan namunalar, 2) biroilaga kiruvchi turli o`simlik namunalari.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

S.Sh.Аxmadjonova,

O.I.Ismoilova.

Kolorado

qo‘ng‘izi

(Coleoptera,

Chrysomelidae)ning ayrim biologik hususiyatlari Eurasian journal of academic
research. Volume 3 Issue 12, December 2023 ISSN 2181-2020 Page 182.
2. S.Sh.Akhmadjonova, O.I.Ismailova. USE OF GOLDEN EYE IN BIOLOGICAL
CONTROL OF THE COLORADO POTATO BEETLE. JOURNAL OF AGRICULTURE
AND LIFE SCIENCES.VOLUME-6, ISSUE-5, PUBLISHED |20-12-2023|
3. Бардин О.Д., Тимралеев З.А. К фауне жуков-листоедов (Coleoptera,
Chrysomelidae) Республики Мордовия // Зоол. журн. 2006. Т. 85.
4. Гуськова Е.В. К фауне жуков - листоедов (Coleoptera, Chiysonielulae)
Южного

Урала

//

Вестник

Челябинского

Государственного

педагогического университета. Серия. Естественные науки. Челябинск,
1999, с. 224-225

Библиографические ссылки

S.Sh.Аxmadjonova, O.I.Ismoilova. Kolorado qo‘ng‘izi (Coleoptera, Chrysomelidae)ning ayrim biologik hususiyatlari Eurasian journal of academic research. Volume 3 Issue 12, December 2023 ISSN 2181-2020 Page 182.

S.Sh.Akhmadjonova, O.I.Ismailova. USE OF GOLDEN EYE IN BIOLOGICAL CONTROL OF THE COLORADO POTATO BEETLE. JOURNAL OF AGRICULTURE AND LIFE SCIENCES.VOLUME-6, ISSUE-5, PUBLISHED |20-12-2023|

Бардин О.Д., Тимралеев З.А. К фауне жуков-листоедов (Coleoptera, Chrysomelidae) Республики Мордовия // Зоол. журн. 2006. Т. 85.

Гуськова Е.В. К фауне жуков - листоедов (Coleoptera, Chiysonielulae) Южного Урала // Вестник Челябинского Государственного педагогического университета. Серия. Естественные науки. Челябинск, 1999, с. 224-225