MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
40
FRANSUZ TILIDA O’NLIK (DÉCIMALE) SONLARNING TILDA
IFODALANISHI VA ULARNING TASNIFI.
Nuritdinov Navroʻz Safarovich
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12546035
Annotatsiya:
Mazkur maqolada fransuz sonlarining shakllanish
jarayonlarini o’rganish , frankofon davlatlaridagi oziga xos qo’llanilishi
sonlarning grammatikasi, morfologiyasi, leksikalogiyasi va fanetikasi haqida
so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
lotin tili ,sanoq son, tartib son, ot ,orfografiya ,o’rta
asrlar,frankofon davlatlar.
Hozirgi kunda dunyoda taxminan 3000 dan ortiq til mavjud bo‘lsa, har
bir tilning o‘ziga xos shakllanish bosqichlari mavjud bo’lib tildagi leksik,
grammatik tomonlama o’xshash va tavovutli tomonlarga egadir.Shu jumladan
boshqa tillarda mavjud bo’lgan o’ziga xos qoidalarga ega. Bu qoidalarning
boshqa tillarda bor-yoqligi esa til o’rganayotgan tomonga yengillik yoki
murakkablik yaratadi. Aynan shu qoidalardan biri fransuz tili raqamlarida
ko’rishimiz mumkin . Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak fransuz tilidagi o’nlik
tizimining qurilishi deyarli barcha til o’rganadiganlarga murakkablik tug’diradi .
Bu o’ziga xoslik noqulaylik tug’dirishi sabablaridan biri sonlarning bizning
tilimizda ananaviy hisoblangan qurilish mezonlaridan sezilarli darajada farq
qilishida deb hisoblasak bo’ladi .
Fransuz tilida sonlar bildiradigan ma'nolariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi :
1.
Les adjectifs numéraux cordinaux
(sanoq sonlar)
2.
Les adjectifs numéraux ordinaux
(tartib sonlar)
I.
Les adjectifs numéraux cordinaux
. Sanoq sonlar
combien?
(necha ? nechta
?) so‘rog‘iga javob bo‘lib keladi :
un, deux, trois, dix
).
Fransuz tilidagi sanoq sonlardagi eng katta tushunmovchilik keltirib
chiqaradigan jihatlardan biri - fransuz raqamlarida duch kelish mumkin. Eng
avvalo o’nlik sistemasi (
Système décimale
) qurilishi jihatdan o’zbek tilidan farq
qiladi .Yani fransuz tilida 0 dan 16 gacha alohida raqamlar bor 10+1-9
korinishida emas.faqat 17-18-19 sonlari 10+7,10+8,10+9 korinishida talaffuz
qilinadi.20 dan 50 gacha o’nlik raqamlar ga 1-9 gacha qo’shilishi orqali yasaladi.
Shuningdek fransuzlar yetmish 60+10
soixante-dix
,
sakson 4x20
quatre-
vingts,
to‘qson 4x20+10
quatre-vingt-dix,
desa, belgiyalik va
shveytsariyaliklar
septante, oktante, nonante
deyishadi?
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
41
Muammoning ildizi fransuzlar tomonidan qo'llaniladigan ro'yxatga olish
tizimida yotadi. Fransiyada ikki xil ro'yxatga olish tizimi mavjud bo’lib.
1.
Système décimale
o’nlik sistema 1 dan, 69 gacha bo'lgan o'nliklar uchun
o'nlik asosdan foydalanadigan o'nlik sistema
2.
Système vicésimale
yigirmalik
70 dan 99 gacha bo'lgan o'nliklar uchun
yigirmalik asosdan foydalanadigan tizim.
Yevropada
vicésimale
( yigirmalik ) tizimning kelib chiqishi kam tadqiq etilgan.
Ba'zilarning fikriga ko'ra, u hind-evropadan oldingi kelib chiqishga ega va u
o'rta asrlarda keng tarqalgan. Keyin esa eski fransuz tili bilan aralashib ketgan
va tilda saqlanib qolgan.Eski fransuz tilida shuningdek o’nlik tiziming yana bir
shakli ham mavjud bo’lgan
vingt et dix
yigirma va o'n (30),
deux vingt
ikki
yigirma (40),
deux vingt et dix
ikki yigirma va o'n (50),
trois vingt
uch yigirma
(60)
Ushbu tizim dastlab Keltlar va Normandlar tomonidan qo'llanilgan va bu
xalaqlardan biri yoki boshqasi tomonidan uni Galliyaga kiritilgan.O’sha
vaqtlarda
har bir raqam jismoniy belgi bilan ifodalangan masalan qo’ldagi
barmoqlar keyinchalik oyoq barmoqlari va boshqa qattiq" tayanch yoki
narsalardagi belgilar (toshlar, marvaridlar, qobiqlar, tug’unlar, iplar va
boshqalar) raqamlarni ifodalaydi va barcha turdagi moddiy qurilmalar ishlab
chiqilgan:
Oʻrta asrlarning oxiridan boshlab taxminan XV asrlarda
système décimal
yetmish, sakson va toʻqsondan tashqari yuqoridagi oʻnlik sanoq sistemasi
(
trente, quarante, cinquante, soixante)
,
oʻttiz, qirq, ellik, oltmish) bilan
almashtirildi. Nima uchun bu variant tanlangani haqida aniq tushuntirish yo'q.
Ehtimol, fransuzlar katta raqamlarga (70 = 60 + 10, 80 = 4x20, 90 = 80 + 10)
ko'proq mos keladigan "aqliy hisob" brendini saqlab qolish zarurligini his
qilishgan bo’lsa ajab emas .
17-asrda fransuz akademiyasi
Académie Française
va lugʻatlar
mualliflari tomonidan
septante, oktante, nonante
variati oʻrniga
soixante-dix
quatre-vingts, quatre-vingt-
dix
.
shakllarini qatʼiy qabul qildilar.
Septante
,
oktante, nonante
so'zlari og'zaki nutqda, ayniqsa Fransiyaning ayrim
mintaqalarida keksa odamlar orasidagina uchraydi. Shu bilan birga Belgiya va
Shveytsariya Kanada kabi frankofon davlatlarda ham ushbu raqamlar rasmiy
muomalada qo’llanilib keladi (ammo Shveytsariyada
quatre-vingts et huitaine
oktant bundan mustasno).
II. Tartib son (Les adjectifs numéraux ordinaux)
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
42
Tartib son predmetlarning tartibini bildirib le quel (nechanchi ?) so‘rog‘iga javob
bo‘lib keladi. Sanoq sonlar oxiriga
ième
qo‘shimchasini qo‘shish orqali tartib son
yasaladi.
Deux-deuxième trois-troisième
. etc
Tartib sonlar otni aniqlab kelganda, aniq artikl bilan qo‘llanadi.
Le premier
élève c'est Adam ( Birinchi o‘quvchi bu Adam).
"e"harfi bilan tugagan sanoq
sonlardan tartib son yasalganda so‘z oxiridagi " e" harfi tushirib qoldiriladi:
quatre – ququatrième
;
Le restaurant
le
Quatrième
Mur se situe au coeur du
Bordeaux historique.
.
(
Quatrième
Mur restorani Bordoning tarixiy markazida
joylashgan ).
onze-onzième.
Novembre
est
le
onzième
mois des calendriers grégorien et
julien. Ce mois dure 30 jours
.(
Noyabr – Gregoriy va Julian kalendarlarida
o'n birinchi oy. Bu oy 30 kundan iborat.
)
Un
,
deux
sonlaridan yasalgan tartib son ikki xil formaga ega :
un-unième ;
premier(e).
Unième
formasi faqat sanoq son bilan birga keladi:
Vingt-et-
unième
(yigirma birinchi)
Trente et unième
(o‘ttiz birinchi)
Première
-tartib
soni o‘zi aniqlab kelayotgan so‘z bilan rod va sonda moslashadi :
Notre
première
leçon commencera à neuf heures
. (Bizning birinchi darsimiz
to‘qqizda boshlanadi).
Premier
so’zi bir holatda boshqa mano,yani kasb
manosini ham ifodalab keladi bunda
premier ministre
bosh vazir degan
tarjimani ifodalaydi.
Au fait, à quoi ça sert de changer de Premier ministre ?
(
Aytgancha,
bosh
vazirni
o'zgartirishning
nima
keragi
bor?).
Deux-deuxième, second(e) Second
formasi ishlatilishida o’ziga xos jihat
mavjud predmetlar soni o'zaro bog'liq: an'anaviy ravishda faqat ikkita element
mavjud bo'lganda
second
, ko'proq element mavjud bo'lganda esa
deuxième
ishlatiladi. Il a été un second père pour moi.
(U men uchun ikkinchi otaga
aylandi).
Et davantage de greffes pulmonaires ont été réalisées durant la
deuxième vague.
(Ikkinchi to'lqin paytida ko'proq o'pka transplantatsiyasi
amalga oshirildi.)
Cinq va neuf sonlarining tartib son formasi qolgan tartib sonlardan bir harf
orttirishi bilan farq qiladi : Cinquième ; neuvième Shuningdek fransuz tilida
muomalada bo’lgan vaqt birliklarini ifodalaydigan bazi bir so’zlar (la periodicite)
asosan lotin tilidan o’tgan va lotin tilidagi raqamlar bilan ifodalangan
(hebdomadaire, mensuel, trimestriel, semestriel, annuel) : Yana bir jihat yil
oylari aytilishida ham ko’plab tillarda bo’lganldek fransuz tilida ham
septembre
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
43
, octobre , novembre , decembre
kabilar ham
lotincha
sanoq sonlari
septem(7),
octo (8), novem(9), decem (10)
dan olingan va bahorgi kalendar
hisobidan olingan tarib bo’yicha
yettinchi, sakkizinchi , to’qqizinchi o’ninchi
oy
manolariga ko’chgan va saqlanib qolgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.www.academie-francaise.fr/la-langue-francaise/questions-de-langue
2.https://vitrinelinguistique.oqlf.gouv.qc.ca/24335/la-
typographie/nombres/ecriture-des-chiffres-
romains#:~:text=Ils%20sont%20not%C3%A9s%20%C3%A0%20l,%3D%2050
0%20et%20M%20%3D%201000.
3. https://dictionnaire.lerobert.com/definition/second
4. https://www.dictionnaire-academie.fr/article/QDL057