MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
154
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA NODAVLAT
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIGA BERILADIGAN
IMTIYOZ VA MAJBURIYATLARI
Rustam Baxronov
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13881330
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimi uzluksiz taʼlimning birlamchi,
eng asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga koʻra, inson
oʻz umri davomida oladigan barcha axborot va maʼlumotning 70 foizini 5
yoshgacha boʻlgan davrda oladi. Ana shu dalilning oʻzi bolalarimizning yetuk va
barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishida Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi
muassasasida olgan tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol
koʻrsatib turibdi.
Sohaga xususiy sektorni jalb qilmasdan bunday yuqori koʻrsatkichlarga
erishish mushkul albatta. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim
bilan qamrab olinishida davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashkil etilgan
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining roli juda muhimdir.
Qamrovni oshirishda Respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga
investitsiya dasturlari doirasida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari
tashkil etib kelinar, biroq bu yetarli emas edi. Qamrovni oshirishning eng
samarali yoʻllaridan biri esa bu shubhasiz sohaga xususiy sektorni jalb qilishdir.
Xususiy sektor yaʼni tadbirkorlarni jalb etishning yoʻli bu ularga keng miqyosida
imtiyozlar ajratishdar.
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi sohasida nodavlat sektorini
rivojlantirishning
zamonaviy
mexanizmlari,
xususan
davlat-xususiy
sheriklikning 10 dan ortiq yangi shakllari joriy etilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi sohasida davlat-xususiy
sheriklikning meʼyoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi hamda sohani
rivojlantirishga qaratilgan keng imtiyozlar joriy etilgan.
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarning shaklidan kelib chiqqan
holda ularga imkoniyatlar ajratilib, koʻplab imtiyozlar barcha turlar uchun
umumiy hisoblansada, baʼzi shakllar uchun individual imkoniyatlar ham joriy
qilingan.
Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari
tashkil etgan tadbirkorlarga imtiyozlar bilan bir qatorda majburiyatlar ham
yuklangan. Ulardan biri, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va maxsus
kontingentdan muayyan miqdordagi tarbiyalanuvchilarni oʻqitish, ular uchun
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
155
ota-onalar toʻlovining imtiyozli miqdorlarini (mazkur joydagi davlat
maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilanganidan oshmaydigan
miqdorlarda) belgilab qoʻyish. Bunda ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar
farzandlari ustuvor ravishda oʻqishga qabul qilinadi (bunday majburiyat davlat-
xususiy sheriklikning shaklidan kelib chiqqan holda 25%, 35% hamda 70% ni
tashkil etishi mumkin).
Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar
— “Ijtimoiy himoya yagona reestri”
axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb topilgan oilalar, aʼzolari nogironligi
boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar,
bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha
xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar.
Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan nodavlat maktabgacha
taʼlim tashkilotlariga berilgan keng imtiyozlar, jumladan 15 yil muddatga
ajratiladigan 1% lik kreditlar hamda oilaviy shakldagi nodavlat Maktabgacha va
maktab taʼlim vazirligi tashkilotlarining barcha xarajatlarining Respublika
byudjetidan qoplab berilishi sohaga boʻlgan qiziqishni juda oshirdi.