Авторы

  • Shalola Hasanova
    Buxoro davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52594

Ключевые слова:

Artpedagogika ART texnologiyasi boshlang‘ich ta'lim ijodkorlik qobiliyati estetik tarbiya ijodiy rivojlanish tasviriy san'at musiqiy tarbiya drama.

Аннотация

Mazkur maqolada art texnologiyasi, ya'ni artpedagogika vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. ART pedagogika – bu pedagogika va san'atning birlashuviga asoslangan metod bo‘lib, o‘quvchilarning estetik va intellektual rivojlanishiga yordam beradi. Maqolada san'atning tasviriy san'at, musiqiy mashg‘ulotlar, drama va raqamli texnologiyalar orqali bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda qanday imkoniyatlar yaratishi o‘rganiladi. Shuningdek, art texnologiyalarining bolalarning emotsional va psixologik rivojlanishiga, jamoaviy ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qanday ta'sir qilishi ham ko‘rib chiqilgan. Artpedagogika vositasida o‘quvchilarni badiiy madaniyat asoslari bilan tanishtirish va turli san'at turlarida amaliy ko‘nikmalarni oshirish muhim ekani qayd etiladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

133

ART PEDAGOGIKASI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF

O‘QUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH

IMKONIYATLARI

Hasanova Shalola Farxodovna

Buxoro davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13853929

Annotatsiya.

Mazkur maqolada art texnologiyasi, ya'ni artpedagogika

vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish
imkoniyatlari tahlil qilinadi. ART pedagogika – bu pedagogika va san'atning
birlashuviga asoslangan metod bo‘lib, o‘quvchilarning estetik va intellektual
rivojlanishiga yordam beradi. Maqolada san'atning tasviriy san'at, musiqiy
mashg‘ulotlar, drama va raqamli texnologiyalar orqali bolalar ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda qanday imkoniyatlar yaratishi o‘rganiladi.
Shuningdek, art texnologiyalarining bolalarning emotsional va psixologik
rivojlanishiga, jamoaviy ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qanday ta'sir
qilishi ham ko‘rib chiqilgan. Artpedagogika vositasida o‘quvchilarni badiiy
madaniyat asoslari bilan tanishtirish va turli san'at turlarida amaliy
ko‘nikmalarni oshirish muhim ekani qayd etiladi.

Kalit so‘zlar:

Artpedagogika, ART texnologiyasi, boshlang‘ich ta'lim,

ijodkorlik qobiliyati, estetik tarbiya, ijodiy rivojlanish, tasviriy san'at, musiqiy
tarbiya, drama.

Аннотация

. В данной статье анализируются возможности развития

творческих способностей младших школьников средствами АРТ-
Технологии, то есть артпедагогики. Художественная педагогика-метод,
основанный на сочетании педагогики и искусства, способствующий
эстетическому и интеллектуальному развитию учащихся. В статье
исследуется, как искусство создает возможности для развития творческих
способностей детей с помощью изобразительного искусства, музыкальных
занятий, драмы и цифровых технологий. Также рассматривается влияние
арт - технологий на эмоционально-психологическое развитие детей,
формирование навыков коллективного творчества. Отмечается, что
средствами артпедагогики важно приобщать учащихся к основам
художественной культуры и оттачивать практические навыки в
различных видах искусства.

Ключевые слова:

Артпедагогика, АРТ-технология, начальное

образование,

творческие

способности,

эстетическое

воспитание,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

134

творческое

развитие,

изобразительное

искусство,

Музыкальное

воспитание, драматургия.

Annotation.

this article analyzes the possibilities of developing the

creativity of Primary School students through art technology, that is,
artpedagogy. ART pedagogy is a method based on the Union of pedagogy and art,
which promotes the aesthetic and intellectual development of students. The
article explores what opportunities art provides for the development of
children's creative abilities through fine arts, musical training, drama, and digital
technology. It was also considered how art technologies affect the emotional and
psychological development of children, the formation of skills of collective
creativity. Through artpedagogy, it is noted that it is important to introduce
students to the basics of artistic culture and to improve practical skills in
different types of art.

Keywords

: Artpedagogics, ART technology, primary education, creativity,

aesthetic education, creative development, fine arts, musical education, drama.

Bugungi tez rivojlanayotgan jamiyatda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va

intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Shu
jihatdan san'at va pedagogikaning birlashmasidan hosil bo‘lgan ART pedagogika
boshqacha yondashuvni talab qilmoqda. ART pedagogika, ya'ni san'at orqali
o‘qitish va tarbiya jarayoni o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishda juda samarali usul hisoblanadi.

Ijodkorlik qobiliyati

- bu yangi, o‘ziga xos va foydali g‘oyalar, yechimlar

yoki asarlarni yaratish qobiliyatidir. U faqat san’at va madaniyat sohalarida
emas, balki hayotning barcha sohalarida, xususan, ta’lim, ijtimoiy sohalar, va
kundalik turmush jarayonida insonning muvaffaqiyatlarga erishishi uchun juda
muhim bo‘lib, samarali

faoliyati

davomida

sayqallanib

rivojlanib

boradi.Shaxsning ijodkorlik qobiliyatini quyidagi xususiyatlar belgilaydi (1
rasmga qarang).


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

135

1-rasm. Shaxs ijodkorlik qobiliyatini belgilovchi xususiyatlar


Ma’lumki, ijodkorlik yangi g‘oyalar va yechimlarni yaratish bilan bog‘liq

bo‘lib, uning natijasida paydo bo‘lgan g‘oyalar yoki asarlar o‘ziga xos va
boshqalardan farq qilishi kerak bo‘ladi. Ijodkorlik natijasida yaratilgan g‘oyalar
yoki asarlar amaliy qiymatga ega bo‘lishi kerak. Masalan, yangi texnologiyani
ishlab chiqish, muammoni hal qilish uchun yechim topish va shunga o‘xshash
ma’lum bir soha rivojiga xizmat qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.

Bilamizki, ijodiy jarayonda faqatgina natija emas, balki g‘oyalarni ishlab

chiqish, ularni tahlil qilish, sinflash va amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Ijodkorlik bilim va tajribaga asoslangan bo‘lishi kerak. Yangi g‘oyalar mavjud
bilimlar va tajribalar asosida rivojlanadi. Shu bilan birga shaxsning ijodkorligi bu
tavakkalchilik va xato qilishdan qo‘rqmaslikni talab qiladi. Yangi g‘oyalarni
sinflash va amalga oshirish har doim xatarlar bilan bog‘liqdir. Motivatsion
jarayon, ya’ni o‘z faoliyatidan ilhomlanish ijodkorlik jarayonining muhim qismi
hisoblanadi. Chunki aynan mana shu jarayonda ilhom yangi g‘oya va yechimlarni
yaratishga turtki beradi.

Kichik yoshdan boshlab o‘quvchilarning dars jarayonida ijodkorlik

qobiliyatlarini rivojlantirishda:

Bilim va tajribani kengaytirish: ko‘proq o‘qish, yangi ma’lumotlar olish va

turli sohalarda tajriba orqali o‘rganish;

Ijodiy materiallar bilan ishlash: rasm chizish, musiqa chalish, yozish va

boshqa ijodiy faoliyat turi bilan shug‘ullanish;

Muammolarni hal qilish: turli muammolarni hal qilishga harakat qilish;

Shaxs

ijodkorlik

qobiliyatini

xususiyatla

ri

Yangilik

O`ziga

xoslik

Foydalilik

Ijodiy

jarayon,

sog'lom

muhit

Bilim,

ko`nikma,

va tajriba

Tavakkalchi

lik

Ilhomlanish,

motivatsiya


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

136

Ilhom manbalarini topish: ilhom manbalari sifatida san’at, musiqa, tabiat va

boshqa narsalardan foydalanish;

Tavakkalchilik: yangi g‘oyalarni sinflash va amalga oshirishdan qo‘rqmaslik;

Ijodiy jamoa: ijodiy jamoa a’zosi bo‘lish, bir-biridan ilhom olish kabilar

yordam beradi.

Ijodkorlik - bu har bir shaxsning ichki qobiliyatidir. Uni rivojlantirish orqali

biz o‘z hayotimizni yaxshiroq qilishimizga erishamiz. Ayniqsa boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida san’atning musavvirlik, haykaltaroshlik, musiqiy va drama
turlariga oid faoliyatlarini amalga oshirish orqali (2 rasmga qarang) ularda
ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari keng.

2-rasm. ART pedagogikasi sohalari va uni rivojlantirish yo`nalishlari.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni

tarkib toptirishga yo‘naltirilgan ART metodlaridan foydalanib o‘tkazilgan
tadqiqotimiz asosida ilmiy izlanishlar olib borib, ART pedagogikasi vositasida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish
imkoniyatlari tahlil qilar ekanmiz, bunda ART pedagogikaning ta’lim - tarbiya
jarayoni samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, o‘quvchilarda shaxsiy sifatlar,
psixologik va intellektual rivojlanishi haqida fikr mulohazalarimizni yuritishni
lozim topdik.

Artpedagogika va uning asoslari.

Artpedagogika – bu pedagogika va

san’atning birlashuviga asoslangan yondashuv bo‘lib, uning maqsadi insonning
estetik rivojlanishini ta'minlash, shaxsiy madaniyatni shakllantirish, san’at
orqali insonning ma’naviy olamini kengaytirishdir. Ushbu yondashuv nafaqat
nazariy, balki amaliy jihatdan ham o‘quvchilarning rivojlanishiga yordam beradi.
Artpedagogika shaxsni san'at orqali tarbiyalash va unda ijodiy madaniyatni
shakllantirishga asoslanadi. Artpedagogikaning mohiyati o‘quvchilarga nafaqat
bilim berish, balki ularning ijodiy qobiliyatlarini ochish va rivojlantirishga


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

137

yo‘naltirilgan. Bunda san'at vositalari o‘quvchilarning fikrlash doirasini
kengaytiradi, tasavvur va fantaziyalarini kuchaytiradi, shuningdek, ularning o‘z-
o‘ziga ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, artpedagogika
bolalarning ma'naviy va intellektual rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ijodiy rivojlanish.

Boshlang‘ich sinf

o‘quvchilari o‘zlarining qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida
san'atdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsalar, ularning ijodiy fikrlashlari va
ijodkorlik qobiliyatlari tezroq rivojlanadi. San'at texnologiyalari orqali bolalar
nafaqat badiiy qobiliyatlarni o‘zlashtirishadi, balki ularda o‘ziga xos ko‘nikmalar,
estetik zavq, tashqi muhitga bo‘lgan qiziqish ham ortadi. Ijodkorlik
o‘quvchilarning muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirishda ham katta
ahamiyatga ega. Masalan, bolalar tasviriy san’at darslarida surat chizish orqali
nafaqat chizishni o‘rganadilar, balki ranglar va shakllar orqali fikrlashni ham
o‘rganadilar. Bu ularning ko‘z oldida paydo bo‘lgan muammolarni ijodiy tarzda
hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

ART texnologiyasining afzalliklari.

Art texnologiyasi o‘qituvchilarga keng

ko‘lamli didaktik imkoniyatlar beradi. Bu texnologiya orqali o‘quvchilarning
shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari va individual qobiliyatlari e'tiborga olinadi.
San'at texnologiyalari yordamida o‘quvchilarning fikrlash jarayonlari,
hissiyotlari va xotiralariga kuchli ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bunday ta’sir
natijasida o‘quvchilarni o‘zining imkoniyatlarini bilishga, o‘z ichki dunyosini
o‘rganishga va ularni ijodiy faoliyatda aks ettirishga o‘rgatish mumkin. Masalan,
musiqiy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarda ritm, intonatsiya va melodiya
tushunchalari rivojlantiriladi. Bu esa ularning musiqiy qobiliyatlarini ochish
bilan bir qatorda, matematik fikrlashlarini ham mustahkamlaydi, chunki
musiqada ritm va takrorlanish matematik qonuniyatlarga asoslanadi. San'atning
turli turlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini
rivojlantirish va ularni turli xil ijodiy faoliyatlarga jalb qilish mumkin. Masalan,
drama yoki sahna asarlari orqali o‘quvchilarning o‘zini ifoda etish qobiliyatlari
rivojlanadi. Bu ularning jamoaviy ishlash, muloqot qilish va fikrlarini aniq ifoda
etish ko‘nikmalarini oshiradi.

Boshlang‘ich ta'limda ART texnologiyasini qo‘llash.

Boshlang‘ich

ta'limda ART texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga
katta ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu texnologiyalar orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning
qobiliyatlarini ochish, ularni ijodkorlikka undash va o‘zlarining ichki dunyosini
aniqlashlariga yordam beradi. San’at texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

138

o‘quvchilarning fikrlash jarayonini kuchaytiradi, ularning ko‘rish, eshitish va
hissiy sezgilarini rivojlantiradi.

Misol uchun, tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga berilgan ijodiy

vazifalar ularda mavhum fikrlash va tasavvurni rivojlantiradi. Bunday
mashg‘ulotlar nafaqat bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ochadi, balki ularda
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. San’at texnologiyalari orqali
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma'naviy olami kengayadi, ularning o‘z-o‘ziga
ishonchi ortadi. Bu texnologiyalar ularning o‘zini va atrofdagilarni tushunish
qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar ijodiy
jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘zlarini mustaqil shaxs sifatida his qilishadi va
o‘zlarining individual qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga intilishadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yoshligidan o‘zining emotsional dunyosini

tushunish va boshqarishni o‘rganishi lozim. San’at texnologiyalari o‘quvchilarni
ichki hissiyotlarini ifoda etishga yordam beradi, bu esa ularning hissiy
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

ART pedagogikaning bir bo‘limi bo‘lgan

ART-terapiya

orqali o‘quvchilar

o‘zlarini vizual yoki musiqiy san’at orqali ifoda etadilar. Bu usul ayniqsa
emotsional stressni kamaytirishga yordam beradi va bolalarga ruhiy tinchlik
topish imkoniyatini beradi. Bolalar o‘z ijodiy ishlarida tasvirlar, ranglar va
shakllar orqali o‘zlarining hissiyotlarini ifoda etib, ichki dunyolarini o‘rganadilar.
Masalan, musavvirlik darslarida bolalar o‘z tasavvurlarini kengroq ifodalashadi
va bu orqali hissiyotlarini boshqara olish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu
nafaqat ijodiy jarayonning bir qismi, balki psixologik o‘sish va rivojlanishning
ham muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar va san'atning
kombinatsiyasi ham bolalar ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga yordam
beradi.

Raqamli san'at

- kompyuter grafikasi va animatsiyalar, raqamli

texnologiyalar yordamida yaratilgan san'at asarlari yig‘indisi bo‘lib, an'anaviy
san'at turlaridan farq qiladi. Bu jarayon raqamli vositalarni qo'llash va raqamli
formatda mavjud bo'ladi. Raqamli texnologiyalar bolalar uchun o‘quv
jarayonidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish, bilimlarni puxta
o‘zlashtirishlarida yangi ijodiy imkoniyatlarni ochadi. Ushbu texnologiyalar
bolalarga nafaqat an’anaviy san'at shakllarida, balki zamonaviy digital
formatlarda ham o‘z ijodini namoyon qilish imkonini beradi. Bu esa,
o‘quvchilarni XXI asr ko‘nikmalari bilan tanishtirish va ularning texnologik
savodxonligini oshirishda katta yordam beradi. Raqamli san'atning:


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

139

raqamli rasmlar

: kompyuter yordamida yaratilgan rasmlar (photoshop,

illustrator);

raqamli haykaltaroshlik

: 3D modellashtirish dasturlari yordamida

yaratilgan haykallar;

raqamli video va animatsiya

: kompyuter yordamida yaratilgan video va

animatsion asarlar;

interaktiv san'at

: foydalanuvchi bilan o'zaro ta'sir qiluvchi san'at asarlari;

raqamli musiqa:

kompyuter yordamida yaratilgan musiqa;

raqamli o‘yinlar

: kompyuter yordamida yaratilgan o‘yinlar;

virtual reallik san'ati

: VR texnologiyalari yordamida yaratilgan san'at

asarlari.

kengaytirilgan reallik san'ati

:AR texnologiyalari yordamida yaratilgan

san'at asarlari kabilar.

Raqamli san'at an'anaviy san'at turlaridan farq qilib, kichik yoshda boshlab

o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi qo‘shimcha
imkoniyatlarni yaratadi. YA’ni barcha sohalarda an'anaviy usullarda erishish
qiyin bo‘lgan yangi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

ijodiy erkinlik:

raqamli san'atkorlar o'z ijodiy g'oyalari va tajribalari uchun

keng maydonlarga ega bo‘lishadi.

osonlik:

ba'zi hollarda, raqamli san'atni yaratish an'anaviy san'atga

qaraganda o'ziga xos o‘zgarishlarni ko'proq imkon berib, ushbu yo‘nalish
o'zining yangi imkoniyatlari va rivojlanishi bilan zamonaviy san'at sohasida
muhim rol o‘ynaydi. Raqamli texnologiyalar orqali o‘quvchilar nafaqat
chizishni, balki dizayn, animatsiya va multimedia ishlab chiqishni o‘rganishadi.
Bunday mashg‘ulotlar ularda nafaqat badiiy ijodkorlikni, balki mantiqiy
fikrlashni, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Buning
ustiga, raqamli texnologiyalar orqali bolalar o‘zlarining ishlarini keng auditoriya
bilan ulashish imkoniga ega bo‘lishadi, bu esa ularni rag‘batlantiradi va o‘zlarini
professional san'atkorlar sifatida his qilishlariga yordam beradi.

Boshlang‘ich sinflardan boshlab dars jarayonlarida ART pedagogikasi

vositasidan foydalanish o‘quvchilarda bir qator shaxsiy sifatlar va fanga oid
o‘ziga xos kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi (1-jadvalga qarang).






background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

140

1 -jadval.

Boshlang‘ich sinf darslarida ART pedagogikasidan foydalanish natijasida
o‘quvchilarda rivojlanadigan shaxsiy sifatlar:
№ Shaxsiy sifatlar ART pedagogikasini qo‘llash natijasida

1

Ijodiylik

ART faoliyat orqali bolalarning tasavvur qilish,
yangi g‘oyalarni ishlab chiqarish, mustaqil
fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati
rivojlanadi

2

Mustaqillik

ART faoliyat bolalarni mustaqil ravishda ishlashga,
o‘z g‘oyalarini ifodalashga va qarorlar qabul qilishga
o‘rgatadi

3

His-tuyg‘ularni
ifodalash

Rasm chizish, haykaltaroshlik, musiqa va teatr
orqali

bolalar

o‘z

hissiyotlarini

ifodalash

imkoniyatiga ega bo‘ladilar

4

Tolerantlik

ART faoliyat turli madaniyatlar, fikrlar va qarashlar
bilan tanishtirish orqali bolalarda tolerantlik va
bag‘rikenglik rivojlanadi

5

Jamoada ishlash ART faoliyat bolalarni bir-biri bilan hamkorlikda

ishlashga o‘rgatadi, jamoa ruhini rivojlantiradi

6

Muloqot
qilish

Teatrlash, musiqa va boshqa ijodiy faoliyat turi
orqali

bolalar

rus

tilida

muloqot

qilish

ko‘nikmalarini rivojlantiradi

1-jadvalda keltirilgan boshlang‘ich sinflarda dars va darsdan tashqari

amaliy faoliyatlarda ART pedagogikasidan foydalanib o‘quvchilarda
rivojlantiriladigan shaxsiy sifatlar hamda fanga oid zaruriy kompetensiyalarni
shakllantirish jarayoni bosqichma - bosqich amalga oshirilishi e’tiborga olinishi
muhim hisoblanadi.

Ona tili va o‘qish darslarida

ART pedagogikasi vositasida kommunikativlik,

muloqotchanlik, dialogga kirishish, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini hosil
qilish, mavzuni o‘rganish qiziqarli va samarali qilish, bolalarning so‘z boyligini
kengaytirish, grammatik qoidalarni o‘zlashtirib, o‘z ona tilisi va boshqa tilda
muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

Matematikadan

turli geometrik shakllarni chizish, haykaltaroshlik, ijodiy

didaktik o‘yinlarni o‘ynash orqali matematik tushunchalarni oson o‘zlashtirish;

Tabiiy fanlardan

o‘simlik va hayvonlar, atrof olam, tabiat hodisalarini

chizish, ular haqida hikoya tuzish orqali tabiat haqida bilish;


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

141

Ijtimoiy fanlardan

tarix, madaniyat va ijtimoiy hayotga oid ma’lumotlarni

immersiv texnologiyalar vositasida ko‘rish orqali chizish, teatrlash va musiqa
orqali o‘zlashtirish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar.

ART pedagogikasining asosiy afzalliklari:

bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

ta’lim jarayonini qiziqarli va ta’sirchan qiladi.

o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini va muammolarni hal qilish

ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Yuqori sinflarda o‘tiladigan yangi fanlarga oson
kirib kelish jarayonini ta’minlaydi, turli fanlar bilan tanishtirishga yordam
beradi.

ART pedagogikasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiylik, mustaqillik,

muloqotchanlik, erkin fikrlash, tasavvur va tafakkur darajasining kengligi,
tolerantlik, insoniylik, mehr, e’tibor, nafosat va boshqa muhim shaxsiy sifatlarni
rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, ularda fanlar bilan o‘zaro integrativ
jarayonda bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirishga ham hissa qo‘shadi. ART
pedagogikasi orqali ta’lim jarayoni qiziqarliroq va samaraliroq bo‘lishi
kafolotlanadi.

Xulosa.

ART pedagogikasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirishda keng imkoniyatlarga ega. San’at vositalaridan
foydalanish

orqali

o‘quvchilar

o‘zlarining

ijodkorlik

salohiyatlarini

rivojlantirishadi, estetik zavq oladilar va o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishga
imkon topadilar. Bu esa, ularning nafaqat badiiy qobiliyatlarini, balki umumiy
fikrlash, muammolarni hal qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradi.

ART

pedagogikaning

ta'lim

jarayonida

qo‘llanilishi

o‘quvchilarning ma'naviy va intellektual rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Shu
boisdan, boshlang‘ich ta'limda ART texnologiyalarini keng joriy qilish
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashlari, shaxsiy qobiliyatlari va mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning
kelajakdagi muvaffaqiyatli rivojlanishiga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mamurov, B. (2020). Umumiy pedagogika. Barcha ta’lim yo‘nalishi

talabalari uchun darslik. –Toshkent, 118.
2.

Kamoljonovna, E. U. (2023). Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarini intellektual

va kreativ rivojlantirish. PEDAGOG, 6(1), 713-716.
3.

Ruziyeva, D. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarida hunarmandchilikka

oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasI. Евразийский
журнал академических исследований, 3(4), 123-126.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

142

4.

Javliyevna, X. Z., & Parpiyev, O. (2023). Boshlang‘ich sinflarda nutqiy

savodxonlikni rivojlantirish. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 645-650.
5.

Dilova N.G. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini

shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. 13.00.01 – Pedagogika
nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. Ped.fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
diss. avtoref. - Nukus – 2018. – 52 b.

Библиографические ссылки

Mamurov, B. (2020). Umumiy pedagogika. Barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. –Toshkent, 118.

Kamoljonovna, E. U. (2023). Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilarini intellektual va kreativ rivojlantirish. PEDAGOG, 6(1), 713-716.

Ruziyeva, D. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarida hunarmandchilikka oid tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasI. Евразийский журнал академических исследований, 3(4), 123-126.

Javliyevna, X. Z., & Parpiyev, O. (2023). Boshlang‘ich sinflarda nutqiy savodxonlikni rivojlantirish. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 645-650.

Dilova N.G. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. Ped.fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. - Nukus – 2018. – 52 b.