Авторы

  • M.Q. Maxmudova
    Bank ishi kafedrasi dotsenti, Ph.D

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52604

Ключевые слова:

innovatsiya moliyaviy innovatsiyalar innovatsion axborot texnologiyalari takomillashtirilgan mahsulot.

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda iqtisodiy tizimga jadal sur’atlar bilan ta’sir etib kelayotgan innovatsiya tushunchasi va bunga yondosh tarzda moliaviy innovatsiyaning kelib chiqishi va ularning banklarning transformatsiyalshuvi jarayonidagi me’yoriy–huquqiy hujjatlarning zarurligi, mavjudlarini takomillashtirish borasida ma’lumotlar o’rganilgan. Xorijiy olimlar fikri alohida keltirilgan va bunga qo‘shimcha tarzda innovatsiya, moliyaviy innovatsiyalarga oid qo‘shimcha takliflar berilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

197

BANKLARINING INTERFAOL BANK XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI

TIZIMINING BANK DAROMADIGA TA’SIRI TAHLILI (XAB

TRASTBANK MISOLIDA)

M.Q.Maxmudova

Bank ishi kafedrasi dotsenti, Ph.D

m.mahmudova0112@gmail.com

https://orcid.org/0000-0002-5777-6606

https://doi.org/10.5281/zenodo.14020945

Annotatsiya

Ushbu maqolada hozirgi kunda iqtisodiy tizimga jadal sur’atlar bilan ta’sir

etib kelayotgan innovatsiya tushunchasi va bunga yondosh tarzda moliaviy
innovatsiyaning kelib chiqishi va ularning banklarning transformatsiyalshuvi
jarayonidagi

me’yoriy–huquqiy

hujjatlarning

zarurligi,

mavjudlarini

takomillashtirish borasida ma’lumotlar o’rganilgan. Xorijiy olimlar fikri alohida
keltirilgan va bunga qo‘shimcha tarzda innovatsiya, moliyaviy innovatsiyalarga
oid qo‘shimcha takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

innovatsiya, moliyaviy innovatsiyalar, innovatsion axborot

texnologiyalari, takomillashtirilgan mahsulot.

Аннотация

В данной тезисе рассматриваются инновационные процессы,

стремительно влияющие на экономическую систему, и возникновение
финансовых инноваций в связанном с ними формате, необходимость
нормативно-правовых документов в процессе трансформации банков, а
также информация об обеспечении существующих. были представлены.
Отдельным участникам были переданы мнения зарубежных ученых и
дополнительные предложения по качественным инновациям.

Ключевые

слова:

инновации,

финансовые

инновации,

инновационные информационные технологии, улучшенный продукт,
подход, теория.

Abstract

In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the

economic system and the origin of the financial innovation in the format related
to it, the necessity of regulatory and legal documents in the process of
transformation of banks, and information on ensuring the existing ones have
been presented. Opinions of foreign scientists were given to individual
participants and additional proposals for quality innovations.

Key words:

innovation, financial innovation, innovative information


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

198

technology, improved product, approach, theory.

Shuningdek, tahlilda mamlakatimiz bank tizmida muhim o‘rinni egallagan

yana bir davlat ulushi mavjud banklardan O‘zsanoatqurilishbank ATBda
masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlarning masofaviy bank
xizmatlaridan olgan daromadlariga ta’sirini baholaganmiz. Tahlil natijalariga
ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbank ATBda o‘rnatilgan to‘lov terminallarining o‘sishi
2018-2020 yillarda keskin oshgan bo‘lsada, ammo 2021-2022 yillarda bu
ko‘rsatkich pasaygan. Shu bilan bir vaqtda 2018-2022 yillarda
O‘zsanoatqurilishbank ATB tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar va infokiosklar
soni doim oshib borgan. Shuningdek, tijorat banklarining masofaviy bank
xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimdan olgan daromadlari ham 2020-2022 yillarda
qisman bo‘lsada oshgan.

O‘zsanoatqurilishbank ATBda masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan

daromadlariga masovafiy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimning ta’siriga
to‘xtaladigan bo‘lsak, unda o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklarning
ta’siri yuqori bo‘lgan. Xususan, masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan
daromadlari bilan o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklar sonining
o‘zgarishi o‘rtasidagi korrelyatsiya 0,89 ga teng bo‘lmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank ATB tomonidan o‘rnatilayotgan to‘lov terminallari

sonini o‘zgarishining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga
ta’siri butun bank tizimi va O‘zmilliybank AJ tajribalariga qaragandan yuqori
bo‘lmoqda. Ammo, 2020-2022 yillarda tomonidan o‘rnatilayotgan to‘lov
terminallari sonini o‘zgarishining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan
daromadlariga o‘rtasida sezilarli farq vujudga kelgan. Shu bilan bir vaqtda biz
O‘zsanoatqurilishbank ATB tomonidan o‘rnatilayotgan to‘lov terminallari
sonining o‘zgarishi bilan masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlari
o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlikni ham hisoblab chiqdik va natijalarga ko‘ra bu
ko‘rsatkich 0,80 ga teng bo‘lgan.

Tahlil qilingan bank tizimi va yirik banklar kuzatdiki, o‘rnatilgan to‘lov

terminallarining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga ta’siri
past bo‘lgan. Aksincha, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar va
infokiosklarning innovatsion xizmatlardan olayotgan daromadlariga ta’siri
yuqori bo‘lgan. Quyida biz bu tendensiyaning kichik banklar misolida ko‘rib
chiqamiz. Bunda kichik banklar mulkchilik shakliga ko‘ra davlat ulushi mavjud
va mavjud bo‘lmagan, aktivlari va kapitali hajmi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan
XAB Trastbank va ATB turonbanklar misolida tahlilni olib boramiz.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

199

Tahlil natijalariga ko‘ra, XAB Trastbankda o‘rnatilgan to‘lov

terminallarining sonining o‘zgarishi 2017-2021 yillarda sezilarsiz bo‘lgan
bo‘lsada, ammo 2022-yilda bu ko‘rsatkich keskin oshgan. Shuningdek, 2018-
2020 yillarda XAB Trastbank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar va infokiosklar
soni qisman bo‘lsada oshib borgan. XAB Trastbankda masofaviy bank
xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimdan olgan daromadlari 2018-2021 yillarda
sezilarsiz o‘zgargan bo‘lsada, ammo 2022-yilda sezilarli oshgan.

3.8-rasm. XAB Trastbankda masofaviy bank xizmatlari samaradorligiga
masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimining ta’siri

1

XAB Trastbankda masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga

masovafiy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimning ta’siriga to‘xtaladigan
bo‘lsak, unda yirik banklardan farqli o‘laroq o‘rnatilayotgan to‘lov
terminallarining ta’siri yuqori bo‘lgan. Xususan, ushbu bankning masofaviy bank
xizmatlaridan olayotgan daromadlari bilan o‘rnatilayotgan to‘lov terminallari
sonining o‘zgarishi o‘rtasidagi korrelyatsiya 0,94 ga teng bo‘lmoqda.
XAB Trastbank tomonidan o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklar soni
o‘zgarishining bankning masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga
ta’sirini tahlil qiladigan bo‘lsak, unda 2017-2021 yillarda ular o‘zgarishi
o‘rtasida farq qisqa bo‘lgan bo‘lsada, ammo 2022-yilda bu farq kattalashgan.
Ammo shunga qaramasdan XAB Trastbank tomonidan o‘rnatilayotgan
bankomatlar va infokiosklar soni o‘zgarishining bankning masofaviy bank
xizmatlaridan olayotgan daromadlariga ta’siri ham yuqori bo‘lgan. Tahlilda olib
borilgan korrelyatsion bog‘liqlikka nazar tashlaydigan bo‘lsak, XAB Trastbank
tomonidan o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklar sonining o‘zgarishi bilan

01.01.2018

01.01.2019

01.01.2020

01.01.2021

01.01.2022

01.01.2023

O'rnatilgan to'lov terminallari sonining o'zgarishi

O'rnatilgan bankomat va infokiosklar sonining o'zgarishi

Masofaviy bank xizmatidan olgan daromadning o'zgarishi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

200

masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlari o‘rtasida korrelyatsion
bog‘liqlikni 0,86 ga teng bo‘lmoqda.