MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
34
TA’LIM MUASSASASIDAGI MADANIY-PEDAGOGIK MUHITNING
O‘QUVCHILARNING SHAXSIY KAMOLOTI VA KOGNITIV
TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
Malikova Dilraboxon
pedagogka fanlari bo‘yicha PhD
Qori Niyoziy nomidagi TPMI mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14377381
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘quvchilarning madaniy dunyoqarashi
rivojlanishida ta’lim muassasasidagi madaniy-ta’limiy muhit muhim ahamiyat
kasb etishi, madaniy-ta’limiy muhit tushunchasi murakkab pedagogik -
psixologik hodisani anglatishi, o‘quvchilarni o‘rab turgan hamda ularning ta’lim-
tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan, o‘quvchi shaxsini rivojlantiradigan tabiiy-
ijtimoiy omillar hamda shart-sharoitlardan iboratligi tadqiq etilgan.
Tayanch so’z va iboralar:
madaniy-pedagogik muhit, madaniy- ijodiy
muhit, madaniy- didaktik muhit, shaxsiy komolot, pedagogik uslub, kognitiv,
tabiiy – ijtimoiy omillar.
Nazariya.
Bugungi rivojlanish pedagogik jarayonlarning mazmun-
mohiyatini ham yangilashni talab qilmoqda. Bunday yangilanish umumiy o‘rta
ta’lim maktablarda madaniy didaktik muhitga ham taalluqlidir. Bunda
o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar orasidagi madaniy umumiylik ham nazarda
tutiladi. O‘quvchilarda umummadaniy sifatlarning shakllanish jarayoni umumiy
o‘rta ta’lim maktablaridagi madaniy-ta’limiy muhitda amalga oshadi. Chunki bu
jarayon o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishlari uchun
muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular madaniy qadriyatlar bilan muloqot
qilish jarayonida o‘zlarining madaniy nuqtai nazarlarini aniqlashga muvaffaq
bo‘ladilar. Pedagoglar o‘quvchilarning madaniy dunyoqarashi rivojlanishida
ta’lim muassasasidagi madaniy-ta’limiy muhit muhim ahamiyat kasb etishini
nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lganlar. R.Safarova, M.Quronov,
O.Abdug‘aniyev, N.I.Pirogov, P.F.Kapterev kabi mutaxassislar o‘quvchilarning
rivojlanish jarayonlarini madaniy muhit orqali jadallashtirishga oid
yondashuvlarni ilgari surganlar.
O‘quvchilarning madaniy muhit yordamida rivojlantirish muhim ijtimoiy
pedagogik masala hisoblanadi. Turli davrlarda o‘quvchilarning madaniy ijodiy
tafakkurini rivojlantirishda ta’lim muassasasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan,
ayniqsa, birinchi, ikkinchi renessans davrida madarasalarlarda amalga
oshirilgan madaniy muhit, ilm toliblari orasidagi munozaralar va mushoyiralar,
ularning ijodiy layoqatlarini rivojlantirgan. Natijada o‘sha darvlarda ko‘plab
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
35
shoirlar, musiqachilar, tasviriy san’at namoyondalari yetishib chiqqan. Ularning
asarlari bugungi kunda ham millatimizning madaniy tafakkurini rivojlantirishga
o‘ziga xos tarzda xissa qo‘shmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi madaniy muhitni tahlili qilish natijalari
shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniy merosi
bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan pedagogik vaziyatlar bugungi kunga qadar
madaniy, ta’limiy muhitni hisobga olmasdan turib amalga oshirilmoqda.
O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘zlarini maktabdagi madaniy-ta’limiy muhitning
sub’ektlari sifatida xis etmayaptilar. Bu esa umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi
madaniy-ijodiy muhitni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Inson muhiti
murakkab va ko‘p yo‘nalishli tushuncha hisoblanadi. U juda ko‘plab tarkibiy
qismlardan takrib topgan. Ulardan har biri muhitning quyiroq tartibini
ifodalaydi. Muhit tushunchasi ko‘plab ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilining izohli
lug‘atida muhitga: 1. Hayot, faoliyat kechadigan tabiiy yoki ijtimoiy sharoitlar
majmui. 2. Kasb-hunari, ishi, faoliyati va shu kabilarga ko‘ra bir biri bilan bog‘liq
bo‘lgan kishilar doirasi. 3. Hodisa, jarayon va shu kabi kechadigan moddiy
sharoit kabi ta’riflar berilgan.
Metodika.
Pedagogika va psixologiyaga oid manbalarda mazkur tushuncha
maktabdagi muhit bilan bevosita bog‘liq holda talqin etiladi. U ta’lim
muassasasining hayot tarzi bilan bog‘liq voqelik sifatida tushuniladi. Maktab
jamoasining imkoniyatlari va shaxslarni o‘zaro birlashtiradi. Ya.A.Komenskiy
ham maktabdagi madaniy-ijodiy muhitga baho berib, uni o‘quvchilar turli
o‘yinlarni o‘ynaydigan, qoniqish hissini tuyadigan, bilish faoliyatidan
zavqlanadigan, o‘zining aniq maqsadlariga ega bo‘lgan? ilm bilan munosabatga
kirishadigan, erishiladigan natijalardan ravnaq topadigan jarayon ekanligini
ta’kidlagan edi.
Maktab muhiti nafaqat o‘quvchilarni tarbiyalash va ularga bilim berish
uchun qulaylik yaratadi, balki ularni madaniy qadriyatlar, dunyo miqyosidagi
madaniy asarlar bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Ba’zi mutaxassislar ta’limiy
muhitni o‘quv sinfi, o‘quv binosiga nisbatan qo‘llaydilar. O‘z navbatida
L.G.Kojevnikova ta’lim muhitining prinsiplarini ko‘rsatib bergan edi: o‘quv
binosining maydoniga aloqador bo‘lgan maqsadga muvofiq tarzda tashkil
etilganligi; psixofiziolgik, axloqiy hamda estetik yo‘nalganlik; ta’lim muassasasini
barcha imkoniyatlarini qo‘llagan holda did bilan jihozlash; qulay va tabiyatni
anglashga
mo‘ljallangan
ekologik
motivlanganlik
hamda
istiqbolga
yo‘naltirilganlik; o‘quv xonalari va o‘quv maydonlarining pedagogik jihatdan
muvofiqlashtirilganligi;
o‘qituvchi
individul
pedagogik
uslubining
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
36
ifodalanganligi; uning ijodiy imkoniyatlari va tashqi makro muhit bilan ishlashga
moslashtirilganligi hamda yangi voqelik bilan mos kelganligi kabilardan iborat.
Tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir umumiy o‘rta ta’lim
muassasasi o‘zining madaniy muhitiga ega. Bu muhit shaxslararo munosabatlar
bilan bevosita bog‘liq.
Mutaxassislar ta’lim muassasasining ichki ruhi degan tushunchani ham
qo‘llaganlar (E.S.Leviskaya). Mutaxassisning ta’biricha ta’lim muassasasidagi
madaniy muhit o‘quvchilarda oliyjanoblik, aql-idrok, chuqur o‘ylangan
muloqtchanlik, mehnatga muhabbat tuyg‘ularini shakllnatirishga xizmat qiladi.
Madaniy ta’limiy muhit madaniy pedagogik makon sifatida ham tushuniladi. Bu
davlat tomonidan taqdim etilgan uzuksiz ta’lim doirasida ta’lim oluvchilarga
berilgan imkoniyatlar majmuidir. Madaniy-ta’limiy muhit tushunchasi murakkab
pedagogik psixologik hodisani anglatadi. Keng ma’noda esa o‘quvchilarni o‘rab
turgan hamda ularning ta’lim-tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan, o‘quvchi shaxsini
rivojlantiradigan tabiiy-ijtimoiy omillar hamda shart-sharoitlardan iborat.
Madaniy-ta’limiy muhit madaniy-ta’limiy makonning tarkibiy qismi bo‘lib, uning
barcha infrakstrukturasi o‘quvchilarning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlarini
ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ularning bilish faoliyati moslashuvchanligini
ta’minlab,
shaxsiy
madaniyatini
rivojlantirishda
intellektual
faollik
ko‘rsatishlarini ta’mnlashga xizmat qiladi. Madaniy-ta’limiy muhit o‘zida bir
qator shart-sharoitlar majmuini mujassamlashtirib, mazkur sharoitlar
o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi hamda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday
shart-sharoit doirasida ta’lim muassasasining umumiy madaniyati namoyon
bo‘lib, ta’limiy bloklarni integratsiyalashtiradi, o‘quvchilarning zarur bilimlar
zahirasi, ijodiy faoliyat usullarini egallashlari, ma’naviy rivojlanishlari, mustaqil
bilim olishlariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniq maqsad sari yo‘naltiradi. Mazkur
infrakstruktura maktabdagi o‘quvchilar va o‘qituvchilarning o‘quv mehnatida
o‘z ifodasini topadi. O‘quvchilarning tarbiyalanganligi, o‘qimishliligi hamda
o‘qituvchilar bilan hamkorlikka kirisha olishi, o‘quv muassasasidagi
mikromuhitga moslashishida o‘z ifodasini topadi. Bunda ta’lim jarayonining
asosiy qadriyati sifatida o‘quvchi hamda o‘qituvchi shaxsi, ularning har
tomonlama uyg‘un tarzda rivojlanishga initilish namoyon bo‘ladi. Nafaqat ta’lim
muassasasidagi madaniy-ta’limiy muhit o‘quvchi shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi, balki
o‘quvchi shaxsi ham mazkur muhitga sezilarli tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Faol
o‘quvchi shaxsi madaniy-ta’limiy muhitga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu jarayonda
o‘quvchi va uni o‘rab turgan muhit bir biriga ta’sir ko‘rsatish natijasida samarali
rivojlanadi. Ushbu o‘rinda imkoniyat muhit va mazkur jarayonning sub’ekti
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
37
orasida aloqadorlikni ta’minlovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. U o‘quvchi
shaxsining o‘zaro bir birini boyitishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni
vaqtda ta’limiy-madaniy muhit ham rivojlanib takomillashadi.
Xulosa.
Ko‘rinib
turibdiki o‘quvchilar madaniy-ta’limiy muhitning imkoniyatlaridan qanchalik
to‘liq foydalansalar, ularning mustaqil rivojlanishi va o‘z o‘zini faol tarzda
takomillashtirishi shunchalik muvaffaqiyatli kechadi. Shu ma’noda o‘quvchilar
madaniy-ta’limiy muhitning ijodkori bo‘lib ularga o‘zbek xalqining muayyan
darajadagi ijodiy madaniy tajribasini o‘zlashtirish imkoninin beradi. Natijada
o‘quvchilar mazkur muhitda o‘zlarining ijodiy layoqatlarini rivojlantirib,
madaniy muhitning o‘ziga xos sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladilar. Mazkur
muhit ularning o‘qish, o‘rganish, mehnat qilish, o‘z o‘zlarini rivojlantirish,
axloqiy sifatlarini takomillashtirishlariga ko‘maklashadi.
Adabiyotlar:
1.
Преподование социально-гуманетарных дисциплин в школе;
Алексашкина Л.Н., Ворожейкина И.К., Крючкова Е.А., Амбарцумова Э.М.,
Королева Г.Э. 2021
2.
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy muhitni yaratishning
pedagogik texnologiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika
ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami (2023-yil 15-may) – T.: Toshkent
2023.
3.
R.G.Safarova “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy muhit
yordamida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirish imkoniyatlari”.
T.: Toshkent 2023.