Авторы

  • Jaxongir Qudratillayev
    Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52645

Аннотация

Internetni, uning jamiyat hayotidagi rolini o‘rganar ekanmiz, Internetning muqobillariga to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Darhaqiqat, Internetning o‘zi yer sharining katta qismida inson hayotini jiddiy o‘zgartirib yuborgan turli-tuman fundamental ilmiy tadqiqotlar mahsulidir. Albatta, texnologiyalarning rivojlanishi va davlatlarning Internetga nisbatan siyosati u yoki bu darajada uning muqobili sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan hodisalarni keltirib chiqaradi. Bu muqobillarga e’tibor qaratish muhim, chunki ular ham axborot texnologiyalari taraqqiyoti natijasi bo‘lib, Internet bilan funksional o‘xshashlikka ega. O‘z navbatida, Internet muqobillarining tadqiqi ularga xos bo‘lgan afzallik va kamchiliklarni tushunish va ularning fonida Internetning inson va fuqaro huquqlari obyekti sifatidagi qiymatini aniqlash imkonini beradi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

162

INTERNETDAN FOYDALANISHNING KONSTITUTSIYAVIY

HUQUQIY ASOSLARI: INTERNETNING MUQOBILLARI.

Qudratillayev Jaxongir Zokirjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik

universiteti o‘qituvchisi

E-mail: j.qudratillayev@tsul.uz

jakhongir.kudratillayev.10@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14005203

Internetni, uning jamiyat hayotidagi rolini o‘rganar ekanmiz, Internetning

muqobillariga to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Darhaqiqat, Internetning o‘zi yer
sharining katta qismida inson hayotini jiddiy o‘zgartirib yuborgan turli-tuman
fundamental ilmiy tadqiqotlar mahsulidir. Albatta, texnologiyalarning
rivojlanishi va davlatlarning Internetga nisbatan siyosati u yoki bu darajada
uning muqobili sifatida qaralishi mumkin bo‘lgan hodisalarni keltirib chiqaradi.
Bu muqobillarga e’tibor qaratish muhim, chunki ular ham axborot
texnologiyalari taraqqiyoti natijasi bo‘lib, Internet bilan funksional o‘xshashlikka
ega. O‘z navbatida, Internet muqobillarining tadqiqi ularga xos bo‘lgan afzallik
va kamchiliklarni tushunish va ularning fonida Internetning inson va fuqaro
huquqlari obyekti sifatidagi qiymatini aniqlash imkonini beradi.

Kubada Internetning o‘ziga xos muqobili ishlab chiqildi. U yerda aholining

barcha qatlamlari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
Natijada Internetdan yuklab olingan katta hajmdagi kontentni elektron
manbalarda tarqatish bo‘yicha o‘ziga xos “biznes”ni keltirib chiqardi. Ushbu
tashabbusning mohiyati quyidagicha: har hafta terabaytgacha (1024 gigabayt)
hajmdagi turli fayllardan iborat to‘plam shakllantiriladi va bu to‘plam kuryerlar
tomonidan buyurtmachilarning kompyuterlariga ko‘chirib o‘tkaziladi. Bunday
xizmatning narxi taxminan ikki AQSH dollariga teng bo‘lib, bu ommaviy Wi-Fi
tarmog‘ida bir soatlik ish haqi miqdoriga to‘g‘ri keladi. To‘plam tarkibiga
videoroliklar, kinofilmlar, musiqa, dasturiy ta’minot, elektron kitoblar va
jurnallar, fotosuratlar, hatto ba’zi Internet-resurslarning to‘liq nusxalari ham
kiradi .

Eronda vaziyat biroz boshqacha, ammo Kubaga o‘xshash holat yuzaga

kelgan. Bu yerda oldindan tayyorlangan katta hajmdagi ma’lumotlarni sun’iy
yo‘ldosh telekanali orqali uzatish usuli qo‘llaniladi va qabul qilingan axborot
keyinchalik kompyuterda Internetdan olingan fayllar to‘plamiga aylantiriladi.
Eronda Internetning bunday muqobil varianti uchun sharoit juda qulay. Chunki


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

163

sun’iy yo‘ldosh uskunalari bilan jihozlangan uy xo‘jaliklarining soni
mamlakatning 70 foizni tashkil etadi .

Fransiyada 1970-yillarning oxiridan boshlab “Minitel” nomli tarmoq

(ma’lum vaqt davomida Internet bilan bir vaqtda) faoliyat yuritgan bo‘lib, unda
axborot terminallari telefon aloqa liniyalari orqali ulanardi. Saytlar o‘rniga u
yerda “axborot kioskalari” ishlagan. Tarmoqqa kirish har daqiqada haq to‘lash
asosida amalga oshirilgan. Biroq uning funksionalligi Internet bilan ko‘p jihatdan
o‘xshash edi. Ta’kidlanishicha, tarmoq o‘zining eng rivojlangan davrida uy
xo‘jaliklarida o‘rnatilgan 9 million terminal, 25 million foydalanuvchi va 26 ming
xizmatni qamrab olgan . Tarmoq 30 yil faoliyat yuritdi va Internet bilan uzoq
muddat raqobatlashib, 2012-yil 1-iyulda o‘z faoliyatini yakunladi.

Axborot texnologiyalari rivojlanishining natijasi bo‘lgan Miniteldan

tashqari, o‘ziga xos tarmoq yaratishda siyosiy motivlarga tayangan Shimoliy
Koreya misoli ham e’tiborga molikdir. Bu tarmoq Internetdan alohida ishlagan
va “Kvangmyong” deb nomlangan. Kompyuter tarmog‘ining ajratilganligiga
qaramay, Internet-saytlar Koreya kompyuter tarmog‘ida senzuradan o‘tganidan
so‘ng kiritiladi.

Internetdan foydalanish huquqi asosan oliy rahbariyat, olimlar, shuningdek,

xorijiy tashkilotlar va konsullik muassasalariga tegishli bo‘lib, ommaviy axborot
vositalaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 1024 ta IP-manzil mavjudligi qayd
etilgan . Shu bilan birga, ijobiy jihatlari ham mavjud. Ommaviy axborot vositalari
xabarlariga ko‘ra, mamlakatda Internet materiallarini davlat tiliga tarjima qilish
bo‘yicha 2000 nafar tarjimon uzluksiz faoliyat yuritmoqda . Bu ma’lumotlar
ochiqligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda kirish bepul va cheklovlarsiz amalga
oshiriladi . Shunday qilib, Shimoliy Koreyaning ichki tarmog‘ini Internet
tarmog‘iga shartli ravishda tenglashtirish mumkin. Bu ko‘proq katta ma’lumotlar
kutubxonasiga o‘xshaydi. Unda axborot maxsus foydalanish uchun tayyorlanadi
(katalogga kiritiladi, tarjima qilinadi, senzuradan o‘tkaziladi). Axborotni
tarqatishning bunday modeli uni tezkor yangilash imkonini amalda yo‘qqa
chiqaradi. Bu esa tarmoqni kutubxonaga yanada ko‘proq o‘xshatib qo‘yadi.

Internet dastlab axborotni samarali yetkazib berish vositasi sifatida

yaratilgan va bugungi kungacha o‘z mohiyatini saqlab qolmoqda. Tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, siyosiy va iqtisodiy sabablar tufayli global kompyuter tarmog‘iga
kirishda sezilarli cheklovlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda Internetning muqobil
variantlari keng tarqalgan. Ushbu muqobillar Internetning to‘liq o‘rnini bosa
olmasa-da, ularda ijobiy jihatlarni ham kuzatish mumkin. Shimoliy Koreyada
tarmoqdan bepul foydalanish imkoniyatini yaratadi va axborot mazmunini aholi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

164

tushuna oladigan tilda taqdim etadi. Kuba va Eron misolida - tayyor
tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamini olish, to‘plamning nisbatan yuqori
darajadagi axborot xavfsizligi (tarmoqqa to‘liq kirish holatida xuddi shunday
xavfsizlik darajasini ta’minlash foydalanuvchidan ma’lum ko‘nikmalarni talab
etadi), Internetda ishlash paytida tez-tez duch kelinadigan keraksiz ma’lumotlar
mavjud emasligini (yopishqoq reklama, zararli dasturiy ta’minot va hokazo)
ta’minlaydi.

Xo‘sh, odamlarni Internetga nima jalb qiladi va uni umuminsoniy qadriyat

sifatida qabul qilishga nima imkon beradi? Axir, pochta yoki radiotelefon aloqasi
kabi boshqa aloqa turlari ham mavjud-ku.

Internet taqdim etadigan imkoniyatlarning to‘liq ro‘yxati mavjud emas.

Aniq imkoniyatlar Internet foydalanuvchisining ehtiyojlari va imkoniyatlariga,
shuningdek, ushbu tarmoqqa nisbatan davlat olib borayotgan siyosatiga bog‘liq
bo‘ladi. Internet har tomonlama radio, telefon, televideniye o‘rnini bosadi.
Internet masofaviy ta’lim olish, telemeditsina yordamidan foydalanish,
dunyoning istalgan nuqtasidan turib texnikani boshqarish, turli xil iqtisodiy
faoliyatlarni amalga oshirish, madaniy qadriyatlardan bahramand bo‘lish
imkoniyatini beradi. Bunday keng ko‘lamli imkoniyatlar pochta va radiotelefon
aloqasida mavjud emas.

Internet tufayli muloqotning yangi shakllari vujudga keldi. Ijtimoiy

tarmoqlar nihoyatda ommalashib, insonlar aloqasining yangicha vositasiga
aylanib ulgurdi. Jumladan, 2020-yilga kelib, eng yirik ijtimoiy tarmoq
hisoblangan Facebook foydalanuvchilarining soni 2,5 milliard kishiga yetgani
ma’lum bo‘ldi .

Internetning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u shaxsning o‘z salohiyatini

ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Bu imkoniyatlarni
hozirda boshqa hech qanday kompyuter tarmog‘i, radiotelefon yoki pochta
aloqasi orqali amalga oshirib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, Internet yangi, global axborot jamiyatining timsoli bo‘lib,

o‘zaro aloqa maydoniga aylandi. Globallik - Internetning ko‘plab imkoniyatlarini
ta’minlaydigan asosiy xususiyatdir. Mamlakatlar va qit’alarni bog‘lovchi vositaga
aylangan Internet, boshqa axborot uzatish vositalari va kompyuter tarmoqlari
orasida o‘xshashi bo‘lmagan global o‘zaro munosabatlar muhitiga aylandi.
Internetning funksionalligi kengayib, konstitutsiyaviy huquqlarni amalga
oshirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Internetning bu
boradagi salohiyati biz tasavvur qila oladigan darajadan ancha keng bo‘lib, bu


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

165

ko‘p jihatdan uning uzluksiz xalqaro miqyosda rivojlanishi va taklif etilayotgan
imkoniyatlarning ko‘pligi bilan bog‘liq.

Internet endi oddiy axborot magistrali bo‘lmay qoldi. U zamonaviy axborot

jamiyatidagi ko‘plab imkoniyatlardan foydalanish uchun vosita bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bunday imkoniyatlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda.
Imkoniyatlarning aksariyati bevosita real dunyoda ham, virtual makonda ham
inson huquqlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu dissertatsiyaning
keyingi qismida ko‘rib chiqiladi.

Tabiiy ravishda paydo bo‘lgan va siyosiy sabablar tufayli maxsus yaratilgan

“raqamli to‘siqlar” mavjudligiga qaramay, Internet o‘zining sayyoraviy
ahamiyatini yo‘qotmaydi. Hokimiyat cheklovlar kiritishga intilayotgan axborot
oqimlari baribir tarqalishning boshqa, aylanma yo‘llarini topadi. Bu esa global
Internet tarmog‘ining to‘laqonli va bitta davlat tomonidan nazorat qilinadigan
analogini joriy etish imkonsizligini anglatadi.

Masalan “to‘rsimon topologiyali tarmoqlarni yaratish texnologiyasi”

yordamida foydalanuvchilar davlat yoki kompyuter tarmoqlarini yaratish va
ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ko‘magisiz o‘z kompyuter
tarmog‘ini tashkil eta oladilar. Nazariy jihatdan, Wi-Fi tarmoqlarini birlashtirish
orqali global umumiy kirish maydonini yaratish ham mumkin. Bu esa uyali aloqa
tarmog‘iga o‘xshash tizimni hosil qilishga imkon beradi. Shuningdek, asosiy
aloqa liniyasini qurish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan joylarda ham
Internetga ulanishni ta’minlash mumkin. Hozirda bunday model asosida
Internetdan foydalanish tarmoqlarini amalga oshirishning amaliy misollari
mavjud. Misol uchun, Ispaniyada 2500 aholiga ega bo‘lgan Gurb shahrida
“Guifi.net” loyihasi paydo bo‘ldi. Bu shahar uzoq vaqt davomida rivojlangan
optik tolali aloqa tarmog‘iga ega bo‘lmaganligi sababli, global tarmoqqa sifatli
ulanish imkonsiz edi . Bugungi kunda bu loyiha dunyodagi shu turdagi eng yirik
tarmoqqa aylandi. U paydo bo‘lgan hududdan tashqariga chiqib, Yevropa
Ittifoqining boshqa davlatlariga ham tarqalmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston hududida favqulodda vaziyatlar (masalan

koronavirus pandemiyasi) yuzaga kelganda Internetga muqobil bo‘la oladigan
axborot uzatish infratuzilmasini yaratish zarurligini inkor etib bo‘lmaydi.
Boshqa har qanday texnologiya kabi Internet mutlaqo ishonchli ixtiro emas, u
bilan bog‘liq kamchiliklar ham vujudga kelishi mumkin. Bu kamchiliklar
texnogen muammolar, maqsadli zarar yetkazish yoki tabiiy ofatlar tufayli yuzaga
kelishi mumkin. Zararli dasturiy ta’minotni tarqatish orqali davlat manfaatlariga
zarar yetkazilgan holatlar ham mavjud. Masalan, Stuxnet nomli zararli dastur


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

166

Eronning yadro dasturiga jiddiy zarar yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. Bu voqea
sanoat kiberqurolini qo‘llashning birinchi holati sifatida baholangan .
Internetning o‘zi, ayniqsa, u bilan bog‘liq ko‘plab muhandislik-texnik yechimlar,
uskunalar va dasturiy ta’minot Amerika Qo‘shma Shtatlarining texnologik
suverenitetiga tegishli. Shu sababli, davlatlarning o‘z infratuzilmasini yaratish
inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlaydigan vosita sifatida ham
qaralishi mumkin.

Internet o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan va boshqa hech narsa bilan

almashtirib bo‘lmaydigan ne’matga aylandi. Bu esa, o‘z navbatida, uni inson
huquqlari obyekti sifatida ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

This is Cuba's Netflix, Hulu, and Spotify – all without the Internet // URL:

http://www.vox.com/2015/9/21/9352095/netflix-cuba-paquete-Internet
2.

Iran: Regime admits over 40% Iranians view satellite TV despite

crackdown // URL: https://www.wired.com/2016/04/ingenious-way-iranians-
using-satellite-tv-beam-banned-data/
3.

Minitel: The rise and fall of the France-wide web // URL:

http://www.bbc.com/news/magazine-18610692
4.

North

Korea

Loses

Its Link

to the

Internet

//

URL:

https://www.nytimes.com/2014/12/23/world/asia/attack-is-suspected-as-
north-korean-Internet- collapses.html?_r=0
5.

В Северной Корее работает только 28 сайтов // URL:

https://www.vesti.ru/doc.html?id=2801510
6.

Чучхе онлайн: что гуглят друзья Ким Чен Ына //URL:

https://www.gazeta.ru/tech/2017/07/26/10804556/north_korea_Internet.sht
ml
7.

Число пользователей Facebook достигло трети населения планеты //

URL: https://lenta.ru/news/2020/01/30/facebook/
8.

http://samag.ru/archive/article/1731

9.

Forget comcast. Here’s the diy approach to Internet access // URL:

https://www.wired.com/2016/07/forget-comcast-heres-the-diy-approach-to-
Internet- access/#.jr4wdjp1e
10.

Марков А.С., Фадин, А.А. Организационно-технические проблемы

защиты от целевых вредоносных программ типа Stuxnet // Вопросы
кибербезопасности. 2013. № 1(1). С. 28-36.

Библиографические ссылки

This is Cuba's Netflix, Hulu, and Spotify – all without the Internet // URL: http://www.vox.com/2015/9/21/9352095/netflix-cuba-paquete-Internet

Iran: Regime admits over 40% Iranians view satellite TV despite crackdown // URL: https://www.wired.com/2016/04/ingenious-way-iranians-using-satellite-tv-beam-banned-data/

Minitel: The rise and fall of the France-wide web // URL: http://www.bbc.com/news/magazine-18610692

North Korea Loses Its Link to the Internet // URL: https://www.nytimes.com/2014/12/23/world/asia/attack-is-suspected-as-north-korean-Internet- collapses.html?_r=0

В Северной Корее работает только 28 сайтов // URL: https://www.vesti.ru/doc.html?id=2801510

Чучхе онлайн: что гуглят друзья Ким Чен Ына //URL: https://www.gazeta.ru/tech/2017/07/26/10804556/north_korea_Internet.shtml

Число пользователей Facebook достигло трети населения планеты // URL: https://lenta.ru/news/2020/01/30/facebook/

Forget comcast. Here’s the diy approach to Internet access // URL: https://www.wired.com/2016/07/forget-comcast-heres-the-diy-approach-to-Internet- access/#.jr4wdjp1e

Марков А.С., Фадин, А.А. Организационно-технические проблемы защиты от целевых вредоносных программ типа Stuxnet // Вопросы кибербезопасности. 2013. № 1(1). С. 28-36.