MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
143
IJTIMOIY MOSLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA
AHAMIYATI.
Almatov Sanjar Zokirovich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi
ta’lim fakulteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13986085
Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat
borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin
faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy
bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2
238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi
xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash
jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya
jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy
mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali
targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish,
yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni
bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkiloti
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi.
Ular qatoriga “ID (Islom davlati)”, “Jabha an-Nusra”, “Ansaru ash-Sham” (Suriya),
“al-Qoida”, “al-Jihod al-Islomiy”, “at-Takfir va-l-Hijra” (Misr), “Abu Sayyaf”
(Filippin), “Ozod Achex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), “Qurolli islomiy harakat”
(Jazoir), “Boko haram” (Nigeriya), “Islom jihodi uyushmasi”, “Turkiston islom
harakati”, “Tolibon” (Afg‘oniston) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin[1].
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda halqaro terrorchilik va
ekstremistik
guruhlar
faoliyatini
tugatish
yoki
ularning
“yetakchi”larini javobgarlikka tortishning o‘zi yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.
Mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ekstremizmni bartaraf etish
uchun avvalo uning mafkurasiga qarshi kurashishni talab etiladi.
Mamlakatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish borasidagi yondashuvlar o‘zgardi va
asosiy e’tibor ekstremizmning oqibatlari bilan emas, uning sabab va omillarini
bartaraf etishga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, xavfsizlik, dinlararo
totuvlik hamda bag‘rikenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa,
“Jaholatga qarshi ma’rifat’ g‘oyasi asosida zo‘ravonlik mafkurasining
tarqalishining oldini olishda yoshlarning diniy-axloqiy ongni shakllantirish va
ma’rifat asosida ularning mafkuraviy tarbiyalash mazkur vazifaning asosiy
bo‘g‘iniga aylandi [2].
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
144
Shu o‘rinda ijtimoiy va diniy reabilitatsiya qilish, diniy asoslar sababli
buzg‘unchi (destruktiv) mafkuralar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni diniy-
axloqiy dunyoqarashlarini ma’rifat asosida mafkuraviy qayta tarbiyalashdagi
o‘rni qanday ekanligiga to‘xtalib o‘tamiz.
Reabilitatsiya – lotin tilidan “rehabilitatio” qobiliyatni qayta tiklashni
anglatadi. “reabilitatsiya” noto‘g‘ri ayblangan yoki tuhmat qilingan shaxsning
sha’nini, obro‘sini oldingi huquqiy maqomini (sud yoki ma’muriy tartibda),
kasalliklar, shikastlanishlar, jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan
shaxslarning sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatini tiklash ma’nolarida ishlatiladi [3].
Sohalarda
foydalanilishiga
ko‘ra,
huquqiy
reabilitatsiya,
tibbiy
reabilitatsiya, jismoniy reabilitatsiya turlariga ajratish mumkin.
Tarihda ilk marta “reabilitatsiya” atamasi fransuz huquqshunosi
Bleynianus[4][5] tomonidan o‘rta asrlarda fransuz mahkumlarini afv etish orqali
ilgarigi huquqlarini tiklashda ishlatilgan.
Reabilitatsiya – huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tomonidan
jinoyat sodir etishda asossiz gumon qilingan yoxud ayblangan shaxs sha’ni va
qadr-qimmatining tiklanishi. Reabilitatsiya inson huquklarini kafolatlashning
o‘ziga xos turi.
Reabilitatsiya huquqiy davlat, adolatli fuqaroviy jamiyat qurishning muhim
shartlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida shaxsning huquq va
qonuniy manfaatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, shuningdek,
xalqaro hujjatlar bilan muhofaza qilinadi va kafolatlanadi. 1930-1940 yillardagi
qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirishda hamda ularning sha’ni va
qadr-qimmatini tiklashga qaratilgan normativ hujjatlarda reabilitatsiya qo‘llash
nazarda tutilgan. Shuningdek, sho‘rolar davrida mamlakatning olis joylariga
majburiy ravishda ko‘chirilgan xalqlar va ayrim fuqarolar ham reabilitatsiya
qilindi[6]. Reabilitatsiya qilingan shaxsga nisbatan g‘ayriqonuniy protsessual
majburlov choralari qo‘llangan, chunonchi ushlab turilgan, qamoqda saqlangan,
egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan
bo‘lsa, unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy ziyon qoplanishi, uning barcha
huquklari tiklanishi shart.
Reabilitatsiya to‘la yoki qisman reabilitatsiya ko‘rinishida bo‘ladi.
Javobgarlikdan batamom ozod qilingan aybsiz shaxs to‘la reabilitatsiya qilingan
hisoblanadi. Agar shaxs qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq
muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazoga hukm qilingan, ayblov qisman chiqarib tashlangan, yuqori sud ozodlikdan
mahrum qilish muddatini o‘talgan qismidan ham kamaytirilgan yoxud yengilroq
jazo turi bilan almashtirgan, jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqargan bo‘lsa, u
qisman reabilitatsiya qilingan bo‘ladi. To‘la yoki qisman reabilitatsiya etilgan
shaxsga ziyon tegishlicha to‘la hajmda yoxud qisman qoplanishi lozim.
Reabilitatsiya qilinganni lavozimiga tiklash, ishlashdan mahrum bo‘lgan vaqtini
mehnat va ixtisoslik stajiga qo‘shish, o‘quv yurtida o‘qish va uy-joydan
foydalanish huquqlarini tiklash tartibi bor. Shaxs ushlab turilgani, qamalgani,
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
145
lavozimidan chetlashtirilgani, tibbiy muassasaga joylashtirilgani haqidagi
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan bo‘lsa, u
reabilitatsiya qilingani haqida ommaviy axborot vositalarida xabar berilishi
shart. Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda unga yetkazilgan moddiy
ziyon uning merosxo‘rlari va oila a’zolari foydasiga undiriladi. Ziyonning
miqdorini sud belgilaydi. Mulkiy ziyon to‘lanishini manfaatdor shaxslar
tergovchi, prokuror yoki suddan 2 yil mobaynida, boshqa huquqlarni tiklashni 1
yil mobaynida talab qilishlari mumkin[7].
“do‘stona, nikoh, ittifoqdosh” so‘zining
tarjimasi, ya’ni o‘zbek tilidagi “jamoat”, “jamiyat-ijtimoiy munosabatlarning aniq
bir shaklda tarixiy rivojlanishida kishilarning o‘zaro munosabatlarda
birlashuvi”[8], odamlarning jamiyatdagi hayoti, ularning jamiyatdagi
munosabatlari ya’ni “ijtimoiy” so‘ziga, -lashtirish, shaxslarni jamiyatdagi
hayotga, munosabatlarga moslashtirishni anglatadi.
Ijtimoiylashtirish ikki tomonlama jarayondan iborat: 1) shaxsning
atrofdagi muhit, tabiat, jamiyat, davlat va institutsional tuzilmalari bilan o‘zaro
munosabatlarining shakllanishi; 2) shaxsning hayotiy holatlarga va atrofdagi
odamlarga ta’sir etishi bilan o‘zini shaxs sifatida tanitish jarayonidir.
Ijtimoiylashtirish jarayonida shaxs kerakli bilimlar tizimini, jamiyat, jamoat
yoki muayyan guruhlarga oid qadriyatlar, me’yorlar, talablar va sabablarni to‘liq
yoki qisman darajada o‘zlashtiradi, ijtimoiy muhit bilan munosabatga kirishish
ko‘nikmasi va malakasini hosil qiladi.
Pedagog olimlarimizning yondoshuviga ko‘ra, ijtimoiylashtirish – shaxsda
yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijtimoiy faoliyatni shakllantirishdan iborat
jarayondir. Aslida ijtimoiylashtirish jarayoni shaxsning butun hayoti davomida
kechadi va uning tadqiq etish ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan, -ijtimoiy
pedagogika, - umumiy pedagogika, -tarbiyaviy ishlar metodikasi, -sotsiologiya
kabi fanlar ob’ekti hisoblanadi.
Ijtimoiylashtirish tushunchasini amerikalik sotsiolog Franklin Genri
Gidding 1887-yili kiritgan. F.Gidding ta’limotiga ko‘ra ijtimoiylashtirish –
shaxsning ijtimoiy tabiati yoki xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga
tayyorlashdir. Mazkur yondoshuvda shaxsni ijtimoiylashtirishning ikki muhim
vazifasi ta’riflangan:1) shaxs ijtimoiy tabiatini rivojlantirish; 2) shaxsni ijtimoiy
hayotga tayyorlash.
Shunday qilib, buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni ijtimoiy
moslashtirish va reabilitatsiya qilish – buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan sog‘lom
diniy qarashlarni shakllantirish, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
bartaraf etish orqali jamiyatdagi o‘rnini tiklash va jamiyat hayotiga
moslashtirishdir.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba,
shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish
bo‘yicha holatning retrospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki,
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
146
Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik
(milliy), ijtimoiy, diniy va siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda[9].
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishni, shu
jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy
choralarni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Davlat va jamoat institutlarining diniy asoslar sababli buzg‘unchi
mafkuralar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy va diniy reabilitatsiya
qilishga qaratilgan ishlari faol davom etmoqda.
Maslan, 2019-2021-yillarda “Mehr” dasturi doirasida Afg‘oniston, Suriya va
Iroqdan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga adashib qo‘shilib qolgan 531
nafar xotin-qizlar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy
moslashuvi va reintegratsiyasi uchun har tomonlama yordam ko‘rsatildi.
Bunda bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi va BMTning Bolalar Jamg‘armasi (YUNISEF) muhim
yordam berdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 2396-sonli rezolyusiyasiga binoan
chet el terrorchi jangarilari bilan bog‘liq va terrorizmning qurboni bo‘lishi
mumkin bo‘lgan xotin-qizlar va bolalarga yordam berishga alohida e’tibor
qaratildi.
O‘zbekiston bundan keyin ham diniy sabablarga ko‘ra buzg‘unchi
mafkuralar ta’siridan jabr ko‘rgan shaxslarga har tomonlama ijtimoiy-huquqiy
va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom
ettirishni maqsad qilgan [10].
Mazkur faoliyat, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, xalqaro
huquq va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining umume’tirof
etilgan tamoyil va normalariga asoslangan holda, O‘zbekiston Respublikasining
2000-yil
15-dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston
Respublikasining 2018-yil 30-iyuldagi “Ekstremizmga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlari
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-
son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy
strategiyasi”ning qoidalari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida
Qonuni”ning 15-moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
147
prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat
organlari ekani ko‘rsatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik
xizmatiga ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi
va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa sub’ektlar faoliyatini
muvofiqlashtirish yuklatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida, Vijdon erkinligi – bu
fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod
qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi hisoblanib, e’tiqod
qilishga yoki e’tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va
marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta’lim olishga
nisbatan o‘z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga
hamda voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki
qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb
etishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan
o‘zgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish,
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy,
irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qilish, fuqarolarning sog‘lig‘i va axloqiga
tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi
tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi o‘rtasida sarosima uyg‘otish
hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir
etish maqsadida dindan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2021-yil
1-iyuldagi
“2021-2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-6255-son farmonida, ekstremizm va terrorizmning oldini olish va chek
qo‘yish hamda ularni moliyalashtirish manba va kanallariga barham berishga
qaratilgan yanada samarali chora-tadbirlarni belgilash, bu borada milliy va
xalqaro darajada sa’y-harakatlarni birlashtirish davlat siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan ekani ko‘rsatilgan.
Mamalakatimizda diniy-ma’rifiy soha asosini islom ma’rifati hamda diniy
bag‘rikenglik an’analarini mustahkamlash, aholining diniy erkinliklari kafolatlari
uchun sharoit yaratish tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O.Yusupov “Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga
qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy veb sayti. //elektron
manba: http://new.religions.uz/news
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
148
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 04.09.2019 yildagi “Diniy-
ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4436-son qarori //elektron manba://lex.uz/ru/docs/4500897
3.
D.N. Ushakov “Rus tilining izohli lug‘ati” (1935-1940)//elektron manba:
https://kartaslov-ru.translate.goog
4.
A.M. Proxorov Sovet enskilopedik lug‘ati 4-nashr. Moskva-1988. - 1600 b.
//elektron manba:https://ru-m-wikipedia-org.translate.goog
5.
N.I. Mirolyubov Reablitatsiya maxsus yuridik institut sifatida Qozon-1902
y //elektron manba: https://ru-m-wikipedia-org.translate.goog
6.
G‘.Abdujabborov QOMUS.INFO Onlayn ensiklopediyasi//elektron manba:
https://qomus.info/encyclopedia/cat-r/reabilitatsiya-uz-2/
7.
. O‘zbekiston Respublikasi JPK, 301-313 moddalar //elektron
manba:https://www.lex.uz/acts/111460
8.
. Yuridik lug‘at. O‘zbekiston Respublikasi Milliy internet portali. //elektron
manba// elektron manba: https://huquqiyportal.uz
9.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.07.2021 yildagi
“2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PF-6255-son farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha
10.
2021-2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi” //elektron manba:
https://lex.uz/docs/5491626
11.
“O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi
kurashish bo‘yicha 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi”
//elektron manba: https://lex.uz/docs/5491626