MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
54
TALABALARNING KASBIY KOMMUNIKATIV
KOMPETENSIYALARINI INGLIZ TILI TERMINLARI ASOSIDA
RIVOJLANTIRISH
Taxirova Manzura Azimovna
Toshkent Davlat Agrar universiteti
Tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13358280
Annotatsiya
: Ushbu maqolada bugungi globallashuv davrida talabalarni
kasbiy muloqot fazilatlarini terminologiyaga tayangan holda rivojlantirish
metodikasini takomillshtirish haqida atroflicha ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
kommunikatsiya, globallashuv, AKT, terminologiya, terminlar.
Oliy ta’limda rivojlanish yuksalgan sari talabalarga bo’lgan imkoniyatlar
osha boradi, xususan, kommunikatsiyada texnologiyaning jadal rivojlanishi va
uning natijasidagi globallashuv jarayoni barcha jabhalarga sezilarli ta’sir
ko’rsatmoqda. AKT sohasida ko’plab horijiy atamalar hayotimizga va ilm-fanga
kirib kelmoqda. Bugungi kunda aloqa va axborotlashtirishning rivojlanishi
texnologiyalari bizga Internetda deyarli barcha ma'lumotlarni, shu jumladan
Internetda
ko’rsatilgan
elektron
lug’atlarga
kiritilgan
atamalarning
tushuntirishlarini tezda topishga imkon beradi. Bu lug’atlar soni kundan-kunga
ortib bormoqda.
Barchamizga ma’lumki, globallashib borayotgan bugungi zamonda ta’lim
jarayoniga bir qator zamonaviy atamalar jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda.
Ayniqsa, texnologiya bilan bog’liq fanlarda bu holat ko’p kuzatiladi. Dasturlash
tilini o’rganish jarayonida terminologik lug’atdan foydalanish – o’quvchilarning
yang mavzuni o’zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va ta’lim sifatini oshiradi.
Bizga ma’lumki xozirgi tez jadal rivojlanayotgan zamonda xorijiy tillar
o‘qitishda ham yangi yondashuvlar, turli metodlar va shuningdek o‘qitishning
yangicha texnikalari kirirb kelmoqda. O‘qitishdagi bunday innovatsion
yondashuvlani o‘rganish va ularni o‘z tajribalarida qo‘llash chet tillar asosan
ingliz tili o‘qituvchilari uchun uzluksiz kasbiy rivojlanishni talab qiladi. Buday
rivojlanish uchun ular turli malaka oshirish kurslarini va shuningdek til
o‘qitishga doir kitoblar va maqolalarni o’qib nazariy va amaliy bilim olishlariga
to‘g‘ri keladi. Bunday kurslarda o‘qish jarayonida shuningdek maxsus kasblariga
doir kitob va maqolalarni o‘qiganda o‘qituvchilar kasbga doir terminlarga duch
keladilar. Bunday terminlarni tushunishda kontekstga yondashib tushunib olish
mumkin, lekin ba’zida tarjima qilish kerak bo‘ladi. Bu xolatlarda tarjimonlar va
ingiliz tili o’qituvchilari o‘z ona tillarida mos keladigan terminlarga
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
55
yondashadilar. Ammo shunday terminlar borki ularning ona tilida tarjimasi yuq
va bunday holatda uning ekvivalentini ishlatishga to‘g‘ri keladi.
Oxirgi yigirma yillikda terminlarning kasbiy faoliyatdagi o’rni xususida
pedagogik terminologiyani tartibga solish va tizimlashtirish bo‘yicha faol ishlar
olib borildi. U o'z echimini talab qiladigan muammolar ro'yxatini belgilashga
imkon berdi. Bularga quyidagilar kiradi: pedagogik atamalarning noaniqligi,
ingliz tilidagi pedagogik atamalarning chet tillarida takrorlanishi, yangi
so‘zlarning ilmiy muomalaga kiritilishi, muayyan tushuncha va hodisa bilan
bog‘lanmagan holda o‘zini atama qilib ko‘rsatish va tarjima qilishda
muammolarning uchrashi. Pedagogik terminologiyani tartibga solish va
tizimlashtirish pedagogik terminologiyaning butun vujudga kelishi va
rivojlanishi tarixini jiddiy o‘rganish va tushunish asosida hamda o‘zbek tili
an’analarini hisobga olgan holdagina mumkin. Bunday ishlarning ustuvor
yo'nalishlaridan biri tarixiy terminologik pedagogik lug'at tayyorlash bo'lishi
kerak.
Bunday muammolarni yechimini toppish uchun turli olimlar tadqiqotchilar
izlanish olib bormoqdalar. Ulardan Lebedov D.Y, D. Igna, O.A. Kryukova,
Nelyubin, A.S.Savchits va shuningdek bir qator olimlar o’z tadqiqotlarida chet
tillarni o’qitishda qo’llaniladigan terminlarning tarjimasi adekvatliligi va unda
uchraydigan muammolari xaqida o‘z fikrlarini aytib, turli tadqiqotlar olib
borganlar.
A.S.Savchits fikricha, “Lingvodidaktik terminlarni adekvat va bir ma'noli
tushunishning ma'lum muammolari mavjud. Shu sababli, mutaxassis ko'pincha
terminlarni o'zboshimchalik bilan talqin qilish va ularni noto'g'ri ta'riflashi
muammoga olib kelishi mumkin, bu esa terminlarning tillararo ko'p qirraliligi va
noaniqligi bilan osonlashadi. Ular nafaqat umumiy ilmiy dunyo tartibiga xilma-
xillikni kiritadi, balki, xususan, terminologiyaning "yengilligiga" olib keladi va
natijada tushunishda qiyinchiliklarga olib keladi.”
Biz ham bu fikrga qo’shilgan holatda shuni qtishimiz kerakki ta’limda ham
shu soha egalari terminlarni noto‘g‘ri talqin qilib ularni o‘z bilganlaricha tarjima
qilsalar bular bir qancha muammolarga olib keladi. Birinchidan, tillarni
o‘qitishning o‘quv metodik terminlari o‘zbek tilida to‘liq izohli lug‘ati
chiqmaganligi soha mutaxassislariga va tarjimonlarga biroz qiyinchilik olib
kelishi mumkin. Bunday vaqtda ular kontekstual tarjima yoki terminlarning
ekvivalentlarini qo‘llashdek oson yo‘llardan foydalanadilar. Bunday xolat esa
terminning noto‘g‘ri talqin qilinishiga ham olib kelinishi mumkin. Masalan, ingliz
tilidagi elicitation (elicit, eliciting) terminining tarjimasini biz qo‘zg‘atish,
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
56
chiqarish deb tarjima qilamiz yoki elicitation technique- chiqarish texnikasi deb
olamiz, contextualize- kontekstuallashtirmoq, aniqlahstirmoq deb leksik
ma’nosini beramiz ammo termin qilib olsak ya’ni contextualizing technique-
aniqlashtirish texnikasi deganda ma’no sayyoz bo‘lib qolishi mumkin.
Natijada bunday oddiy tarjima terminning asl mohiyatini yo‘qotib qo‘yishi
mumkin va shunga o‘xshash o‘quv metodikaga doir terminlarini adekvat ya’ni
bir ma’noli tarjimasi soha vakillari va tarjimonlar uchun tushunmovchilik
vaziyatlarini keltirib chiqaradi. Rus tadqiqotchisi Lebedov D. Y. ning fikricha
“Maxsus lingvodidaktik matnlarni tarjima qilish, boshqa har qanday matnlar
kabi, tarjimondan matnda tasvirlangan hodisalar bilan yetarlicha chuqur
tanishishni, va shuningdek nafaqat tilshunoslik, ta’lim berish, stilistika
yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarga balkim terminshunoslik sohasida ham
ma’lum bir tayorgarlikga ega bo’lishlari kerak.” (Lebedov D.Y. 2005. 88.b)
Bizning fikrimizcha tilshunoslik va terminshunoslikda ma’lum bir nazariy
bilimga ega bo’lish tarjimonni yaxshi tarjima qilishga erishtirishi mumkin ammo
ta’lim ya’ni o‘quv metodik sohada ma’lum bir bilimi bo‘lmaslik tarjima qilishda
adekvatlik ya’ni aynan bir xil ma’no chiqmaslikka olib kelishi mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki har qanday o‘quv metodik terminlar
tarjima qilinganda undagi aniqlikga etibor qaratilishi lozim. Ba’zi terminlarning
ko‘p ma’noliliga ham etiborga olinadi. Soha mutaxassislari bilan bir qatorda
tarjimonlar ham ular o’rtasidagi muloqotda vositachilik qilish jarayonida
terminlarning asosiy foydalanuvchisi hisoblanadi. “Tarjima - bu turli tillarda
so'zlashuvchilar o'rtasidagi muloqotni osonlashtirishga qaratilgan jarayon.”
Maxsus sohalarda terminologik faoliyat muqobil yoki asosan adekvat tarjimani
qo’llab quvatlaydi. Tarjimonlar tarjima qilish jarayonida matnni tushunish va bu
matndagi maxsus sohaga doir terminlar haqida bilimga ega bo’lishlarini talab
etadi. Yaxshi tarjima nafaqat manba matni bilan bir xil tarkibni ifodalashi kerak,
balkim undan ayni soha vakillari foydalana oladigan shaklda ifodlanishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Alefirenko N.F. Lingvokulturologiya. Tilning qiymat-semantik maydoni M.:
Flint-Nauka nashriyoti 2010.
2. Arutyunova N.D. Madaniy tushunchalar. M.: 1991 yil
3. Arutyunova N.D. Til va inson dunyosi. Rus madaniyati tillari. M.: 1999 yil:
4. Askoldov-Alekseev S.A. Tushuncha va so'z. rus adabiyoti. Adabiyot
nazariyasidan matn tuzilishigacha. M.: Akademiya, 1997 yil.
5. Ashurova D.U. Tilshunoslikning yangi yo‘nalishlari nuqtai nazaridan ilmiy
tadqiqot istiqbollari. Masalalari filologiyasi. Toshkent: 2004 yil, 4-oʻgʻil.
6. Axmanova O.S. Lingvistik atamalar lug'ati. - M.: 1969 yil.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
57
7. Benveniste E. Umumiy tilshunoslik. Fransuz tilidan tarjima til. M.: Taraqqiyot,
1974 yil.