MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
MAKTABLARDA TARIX DARSLARINI INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHDA
MANBASHUNOSLIK MATERIALLARINING OʻRNI
Primqulov Shahzod Muhiddin o‘g’li
JDPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish
metodikasi yoʻnalishi II bosqich magistranti
Muhammadiyev Odil Baxtiyor o‘g’li
Arnasoy tumani kasb-hunar maktabi tarix fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14173058
Mustаqillik yillаridа respublikamizda O‘zbеkistоn tаriхini hаr tоmоnlаmа
хоlis vа ilmiy jihаtdаn mukаmmаl vа tаriхiy dаlillаrgа аsоslаngаn hоldа
yoritishgа alohida e’tibоr qaratilib kelinmoqda. Jаhоn tаriхining аjrаlmаs
tаrkibiy qismi hisоblаngаn Vаtаnimiz tаriхi o‘zining nаfаqаt qаdimiyligi, bаlki
uzоq dаvоm etgаn tаriхiy jаrаyonlаrining umumjаhоn tаriхiy tаrаqqiyoti
jаrаyonlаrigа judа kаttа tа’sir etgаnligi bilаn hаm ilm аhli e’tibоrini o‘zigа tоrtib
kеlmоqdа.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud
taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilaydi. Zamonaviy jamiyatning eng
muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning koʻzga
tashlanayotganligidir. Globallashuv oʻz-oʻzidan tezkor harakatlanish, zarur
axborotlarni zudlik bilan qoʻlga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga
samarali tatbiq qilishni taqozo etadi [11].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil
7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha
“Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni asosida ta’lim sohasini tubdan
takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy
barkamol avlodni shakllantirish hamda iqtisodiyotning turli sohalari uchun
malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi [1] .
Bugungi kunda roʻy berayotgan globallashuv jarayonlari jahon tarixida har
bir hudud, mintaqa va mamlakatning oʻrni, uning insoniyat tamadduniga
qoʻshgan hissasini oʻrganish hamda anglashni dolzarblashtirmoqda. Mazkur
jarayon oʻz navbatida tarix fani zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, tadqiqotlar
mazmunida uni ifodalashni taqozo etmoqda. Oʻzbek xalqining insoniyat
sivilizatsiyasiga qoʻshgan munosib hissasiga, jahon xalqlari orasida tutgan
oʻrniga baho berishda, uni boy hayotiy va tarixiy tajribalaridan foydalanishda,
oliyjanob fazilatlari va an’analarini oʻrganish hamda boyitishda Oʻzbekiston
tarixi fani beqiyos ahamiyat kasb etishi shubhasizdir [3].
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
Aytish joizki, tarix - qadriyatlarni qayta tiklash va rivojlantirishda, milliy
oʻzlikni anglash va yangi jamiyat qurishda ma'rifat quroli, ma’naviy-mafkuraviy
mayoqdir. Ma’naviyatning asosi boʻlmish tarix, oʻtmish voqeligi milliy gʻurur va
iftixor, vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirishga, tarixiy xotira esa insonni
oʻzligini tanitishga, irodasini mustahkamlashga va uning dunyoqarashini
kengaytirishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, tarixiy tadqiqotning muhim manbalarini arxiv hujjatlari, nashrlar,
ashyoviy dalillar va hk.lar tashkil qiladi. Ular boʻyicha tadqiqotlar yuritish esa
maxsus professional ishdir. Imoratni, u xoh katta boʻlsin, xoh kichik,
poydevorsiz qurib boʻlmaganidek, tarixni ham manbalarsiz yaratib boʻlmaydi.
Ayniqsa uzoq oʻtmish haqida yozish qiyin. Buning sababi shuki, orada juda katta
vaqt oʻtgan. Bu-birinchidan. Ikkinchidan esa oʻsha oʻtmish haqida juda kam
ma’lumot saqlangan [4].
Darhaqiqat, Oʻzbekiston tarixi fani va tarixni oʻrganishda manbalarning
oʻrni va ahamiyati juda katta. Chunki, tarixiy asarlarning katta qismini yozma
manbalar tashkil etadi. Tarixiy yozma manbalarni oʻrganishda xolislik, ilmiylik,
qiyosiy tahlil, birlamchi manbaning ustuvorligiga ahamiyat qaratilishi zarurdir
[5]. Ayni paytda tadqiqotchi olimlar chindan sodir boʻlgan haqiqatlarni bilishga
koʻproq ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyojni qondirish uchun barcha tarixiy voqealarni
ilmiy jihatdan asoslab berish, qaysi tarixiy fakt qaysi manbaning nechanchi
sahifasidan olinganligigacha aniq koʻrsatish, ayni vaqtda ularni koʻpchilik yaxshi
tushunadigan jonli soʻz yordamida tahlil va talqin etib, qiziqarli shaklda kitobxon
diliga yetkazib berish maqsadga muvofiqdir [6].
Oʻtmishni oʻrganishda tarixiy manbalar asosiy vosita boʻlib, ular oʻz
tavsifiga koʻra yozma, ogʻzaki, moddiy va adabiy kabi turlarga ajratiladi. Biroq,
ushbu manbalar tarix manzarasini asl holicha yaratmaydi va ularda
mujassamlashgan axborotlarni ham toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilib boʻlmaydi. Tarix
tadqiqotini amalga oshirishda manbashunoslik ishining muhim oʻrni bor.
Oʻtmish voqealarini tiklash uchun ushbu manbalarni tanqidiy oʻrganish, tahlil va
talqin qilish zarur boʻladi. Faqat tarixchigina tarix manzarasini oʻz faoliyati
orqali tiklay olishi mumkin. Manbashunoslik - tahliliy ish boʻlsa, nazariy
umumlashmalar ustida ishlash esa tizimlovchi, selektiv ish, ushbu ikki yoʻnalish
tarixiy bilimda bir xilda muhim va zarurdir [8].
Masalani nozik tomoni shundaki, eng avvalo manbalardan foydalanganda
ularni birlamchi (asl) va ikkilamchi (yordamchi)ga ajratib olish kerak. Ya’ni,
manbalarning ishonchliligi va xolisligiga koʻra birinchi darajalisini ikkinchi
darajalisidan, asl birlamchi manbani ikkilamchi manbadan, asosiysini
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
yordamchisidan farqlash zarur. Va yana shuningdek, manba kim tomonidan
bitilgani, qaysi manfaat pozitsiyasidan turib bayon qilingani muhim ahamiyatga
egaligini tarixchi-tadqiqotchi esdan chiqarmasligi lozim.
Jumladan, Sohibqiron Amir Temur haqida yozilgan birlamchi va asosiy
manbalar qatoriga “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”si,
Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kabi asarlari kiradi. Ikkilamchi
manbalarga esa Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asari, rus zobiti
M.Ivaninning “Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur” asarini
ta’kidlasa boʻladi. Ammo, birlamchi manbalar ham voqea-hodisalarga yoki
tarixiy shaxslarga xolis baho bera olmaydi. Masalan, Muqanna qoʻzgʻoloni
boʻyicha birlamchi manbalardan boʻlgan Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asarida
“Оq kiyimlilar” va Xoshim ibn Hakimga salbiy pozitsiyadan turib baho berilgan
yoki tarixchi Muhammad Solihning “Shayboniynoma” dostonida Muhammad
Shayboniyxon “Imom az-zamon” deb ulugʻlansada, Zahiriddin Muhammad
Boburga salbiy munosabat kuzatiladi [5].
Tarixchining fuqarolik qarashi “ijtimoiyligi” tarixiy asarlar xarakterini
belgilaydi, manbalarni talqin qilish qobiliyati oʻzi yaratayotgan davr nuqtayi
nazaridan emas, avvalambor, oʻrganilayotgan davr nuqtai nazaridan belgilanadi.
Manbalarni tahlil qilishda oʻrganilayotgan davr insonlarining fikrlari,
tasavvurlari va jamiyatda kechayotgan jarayonlarga qarashlaridan kelib chiqishi
kerak. Bunday yondashuv hatto yaxshi ma’lum boʻlgan manba matnida
noma’lum qirralarni koʻrish imkonini yaratadi [9].
Tarixiy manbalarni fanning oʻziga mos “oʻq ildizi”, ya’ni oʻzagi deyish
mumkin. Talabalar (oʻquvchilar)ni tarix fani bilan tarbiyalashda, ularda tarixiy
xotira va tarixiy tafakkurni shakllantirishda manbalarning ahamiyati va roli
bebaho. Ular millat va xalqning ma’naviy-madaniy merosi, bebaho madaniy-
tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus hujjatxona (arxiv)larda, kutubxona va
muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, ehtiyotkorlik bilan
saqlanmoqda [7].
Fan oʻqituvchisining innovatsion faoliyati - yangiliklarni tahlil qilish va
baholash, kelgusidagi faoliyatining aniq maqsadini shakllantirish, uni amalga
oshirish va toʻgʻrilash imkoniyatlaridir. Ushbu jarayonda ijtimoiy-gumanitar
fanlar rivojining oʻziga xos xususiyatlari va ularni oʻqitishning muhim ahamiyat
kasb etishi hamda ustuvor yoʻnalishlarini ochib berish, fanlarni oʻqitishdagi
innovasiyalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni qiyosiy tahlil etgan holda ish olib
borish talab qilinadi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
Qayd etgan boʻlardik, ta’lim tizimida sodir boʻlayotgan shiddatli
oʻzgarishlar biz oʻqituvchi-pedagoglardan oʻquvchi (talaba)lar ongida bugungi
davr oʻzgarishlariga hamohang ravishda ta’limga innovasion oʻqitish
texnologiyalarini samarali tatbiq etishni va uning yangicha modellarini
shakllantirishni taqozo etayotir. Bunda turli didaktik vositalardan oʻz oʻrnida
foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
Ayni paytda yangilanayotgan Oʻzbekiston sharoitida tarix faniga boʻlgan
munosabat muhim davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning 2017- yil 24 -maydagi “Qadimiy yozma manbalarni
saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida “Boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy-intellektual
merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati
haqida soha mutaxassislariga, tegishli ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan
oʻquvchi va talabalarga batafsil ma’lumotlar berib borish, buyuk alloma va
mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo hamjamiyati oʻrtasida keng targʻib etish,
zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat va amaliyot rivojida undan samarali foydalanish
va kelgusi avlodlarga yetkazish” vazifalari belgilab berilgan [2].
Darhaqiqat, respublikamizda tarix va tarixiy fanlarni oʻqitish hamda ushbu
sohadagi tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha koʻplab qaror hamda dasturlar
qabul qilingan. Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqot muassasalarini boshqarish
va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish hamda ilmiy tadqiqot
natijadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar
Mahkamasi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorga muvofiq mamlakatda akademik
ilm-fanni yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-tadqiqot
faoliyatini tashkil etish va tadqiqot olib borish tizimini tubdan takomillashtirish
va ilmiy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish koʻzda tutilgan [10].
Muxtasar qilib aytganda, aynan tarixiy manba va yodgorliklar orqali tarix
yoritilsa, tarixiy ma’lumotlarni, dalillarni olish, ularni qiyosiy solishtirish va
tarixiy umumlashtirish, boʻlib oʻtgan tarixiy-madaniy jarayonlar hamda voqea -
hodisalarning sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish, tahlillar
asosida esa ilmiy asoslangan xulosalar berish imkoniyatlarining kengayishi
tabiiydir.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-
fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
“Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli Farmoni. “Xalq soʻzi”
gazetasi. 2017- yil, 8 -fevral.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Qadimiy
yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. “Ma‘rifat” gazetasi. 2017 -
yil 27 may.
3. Oʻzbekiston tarixini oʻqitish va oʻrganishning yagona konsepsiyasi. Toshkent:
1996.
4. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1994.
5. “Xalq ta’limi” jurnali. 2017 yil №5-son.
6. Qodirov P. Amir Temur siymosi. Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2007.
7. Eshov B.J., Odilov A.A. Oʻzbekiston tarixi. I-jild. Toshkent: “Yangi asr avlodi”,
2014.
8. Doniyorov A. Markaziy Osiyo xalqlari tarixshunosligi. Toshkent: NIF MSH.
2020.
9. Meдушевская О.М. Источниковедение и гуманитарная культура //
Oтечественные архивы. 1992. №4.
10. https://regulation gov.uz/uz/dokument/ 9637
11. Muslimov N.A., Usmonboyeva M., M.Mirsoliyeva. Innovatsion ta’lim
texnologiyalari va pedagogik kompetentlik / O‘quv qo‘llanma. Toshkent: 2018.