Авторы

  • Nigora Kenjayeva
    Toshkent Davlat Agrar universiteti Tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52696

Ключевые слова:

ingliz tili o‘qitish metodikasi amaliy bilimlar metodlar olimlar fikri innovatsion metodlar.

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

46

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA EFFEKTIV METODLAR

Kenjayeva Nigora O‘ktam qizi

Toshkent Davlat Agrar universiteti

Tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13347043

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va

mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga
misollar ham berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini
o‘rganish, mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi
talabalaridan o‘rta umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan
amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi.

Kalit so‘zlar

: ingliz tili o‘qitish metodikasi, amaliy bilimlar, metodlar,

olimlar fikri, innovatsion metodlar.

Ingliz tili o‘qitish metodikasining, umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, chegaralab

va yaxlit o‘rgatish, mashqlar yechish, til tajribasini e'tiborga olish), xususiy (nutq
namunasi yordamida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti bog‘liqligi,
nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda
tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni yanada takomillashtirish), maxsus
(grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va ingliz tili
o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik
tamoyillarni jamlashtirishda chet tillarni boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga
kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik.

Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil

o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta
umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni
egallash talab qilinadi. 1. Nazariy bilimlarni egallash bo‘yicha talablar
quyidagilardan iborat: -Boshlangich sinflarda chet til o‘qitish metodikasining
maqsadi, vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, metodik tushunchalar,
vositalar, metodlar, tamoyillar, usullar, mashqlar tizimini to‘liq bilish; -til
o‘rganuvchilarga til materialini metodikasini tushuntirish; - chet tilida nutq
faoliyati turlarini eshitib anglash, gapirish,o‘qish va yozuv malakalarini
o‘rgatishni samarali bilish; -chet tili o‘qitish jarayonini rejalashtirish,
tashkillashtirish, dars rejasi tuzish va reyting tizimini bilish.

Shu o‘rinda hozirda dars jarayonlarida bir necha metodlardan foydalanib

kelinmoqda. Misol uchun:

1. “B-B-B” ( BILAMIZ-BILISHNI XOXLAYMIZ-BILDIK) Bu metod o‘quvchilar

uchun ingliz tilidagi matinni yaxshi tushinishi, taxlil qilaolish qobiliyatini
kuchaytirishga yordam beradi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

47

2. “QUICK ANSWERS” ya’niy tezkor savol-javob. Bunda o‘tilgan dars

yuzasidan o‘qituvchi o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tqazadi. Bu metod
o‘quvchilarning diqqatini tezligini oshirishga yordam beradi.

3. “PANTOMIMA” bu usulda yangi so‘zlardan foydalangan holda imo ishora

bilan bir o‘quvchi ko‘rsatadi, qolgan o‘quvchilar qaysi so‘zligini topishlari kerak
bo;ladi. Bu metod o‘quvchilar zerikib qolmasliklari uchun yangicha usulda yangi
berilgan lug’atni so‘rash. Demak, yuqorida berilgan metodlarning har birining
o‘ziga xos dars jarayonlari uchun foydaliliklari bor.

Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur “Uchdan keyin kecha”

kitobida yozganidek: “ ...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma’lumotlarga ega
bo‘lishi mumkin..”.

1

Yana shunga qaratish e’tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi

bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi.
Shuning uchun ham ingliz tilini o‘rganayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
tilni o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda
chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini susaytirib qo‘yishi mumkin. Chunki boshlang‘ich
sinfdagi o‘quvchilarga chet tilini o‘rgatish qiyin, shu bilan birga mas’uliyatli
vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarga ingliz
tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan
foydalanish mumkin:

Ko‘rish orqali eslab qolish. Ma’lumki, yosh bolalar eshitgan ma’lumotlaridan

ko‘ra, ko‘proq ko‘rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan, darsni turli xil
ko‘rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko‘zga ko‘rinadigan va kundalik hayotda
ko‘p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so‘zlarni o‘rgatish va
o‘rgangan yangi so‘zlari ishtirokida gaplar tuzish. Masalan, kitob (book), stole
(table), doska ( blackboard), ruchka (pen), oyna (window) va shu kabilarga
yozish. Kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko‘zga
doimo tushib turishi va doimo qo‘llanilishi bois, bola bu so‘zlarni ixtiyorsiz
tarzda o‘rganadi.

Qo‘shiq va she’rlar orqali tushunish yoki eslab qolish qiyin bo‘lgan so‘zlarni

musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so‘zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning
og‘zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini
qo‘shiq qilib o‘rganishlari , shunchaki yodlashdan ko‘ra samarali ekanligini
ko‘rsatish mumkin.

TO raqobatdosh grammatika va so‘z boyligini o‘zlashtirishga yordam

beradigan o‘yinlarning aksariyatini o‘z ichiga oladi. Bunda bolalar o‘qituvchi

1

Zimnya I.A. Maktabda chet tillarini o'rgatish psixologiyasi. -M.: Ma'rifat, 2001. - 228 b.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

48

bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi. Natijada o‘quvchilar orasida raqobat
vujudga kelib, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy
mutafakkirlari aytganidek: “Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga
keladi”.

Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni

birlashtira olamiz. Masalan, bunda bolalar o‘yin o‘ynashi, qo‘shiqlar aytishdi,
rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi so‘zlarni ko‘rsatib berishi mumkin.
Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o‘quvchi faqat bitta narsa orqali
cheklanib qolmaydi.

Multfilmlar orqali o‘rgatish. Ma’lumki, bolalar turli xil multfilmlarni

ko‘rishga qiziqadi. Ingliz tilidagi multfilmlarni ko‘rish jarayonida esa,
multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilm qahramonlarining harakatlari
orqali ular ishlatayotgan so‘zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun
qiziq va til o‘rganishlari uchun samarali yo‘l.

Qiziqarli o‘yinlar orqali o‘rganish; Ingliz tili fanini o‘qitishda turli xil o‘yinlar

orqali o‘rgatishning o‘rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o‘yinlar o‘ynatib
turish sinfda fanni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol
bo‘lmagan o‘quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi.
Quyidagi o‘yinlar so‘zimizga misol bo‘la oladi.

“Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o‘quvchilarga topishmoqlar

o‘rgatish ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o‘zlariga notanish
bo‘lgan so‘zlarni o‘rganadilar va o‘ylab topishmoq javobini topadilar.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga til o‘rgatishni majburiyat
sifatida emas, aksincha, qiziqarli o‘yinlar va innovatsion metodlardan
foydalangan holda olib borishi, ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun
poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta’lim tizimli ham o‘z
oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo‘yar
ekan, kelgusida biz bo‘lajak o‘qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali
foydalanish yo‘llarini yanada mukammalroq ishlab chiqish bilan o‘z hissamizni
qo‘shishimiz mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «CHet tillarni o‘rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-son
Qarori. – Xalq so‘zi. – № 240 (5660). – Toshkent, 2012.
2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: J. J.
Jalolov, M. T. Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013. – 44 b.
3.Tillar bo‘yicha umumiy Evropa ma'lumotnomasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash.
– M.: MGLPU. Sarma, 2005. - 248 b.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

49

4. Celce-Murcia M., Brinton D.M., Snow A.M. Teaching English as a Second or
Foreign Language. – USA. Boston. National Geographic Learning. 2014. – 706 p.
5.Zimnya I.A. Maktabda chet tillarini o‘rgatish psixologiyasi. -M.: Ma'rifat, 2001. -
228 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «CHet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-son Qarori. – Xalq so‘zi. – № 240 (5660). – Toshkent, 2012.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: J. J. Jalolov, M. T. Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013. – 44 b.

Tillar bo‘yicha umumiy Evropa ma'lumotnomasi: o‘rganish, o‘qitish, baholash. – M.: MGLPU. Sarma, 2005. - 248 b.

Celce-Murcia M., Brinton D.M., Snow A.M. Teaching English as a Second or Foreign Language. – USA. Boston. National Geographic Learning. 2014. – 706 p.

Zimnya I.A. Maktabda chet tillarini o‘rgatish psixologiyasi. -M.: Ma'rifat, 2001. - 228 b.