MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
112
AMD FIRMASINING ZAMONAVIY PROTSESSORLARI VA ULARNING
TASHKIL ETILISHI
Ko’chimova Oyshabonu O’tkirovna
Kuziboyev Ulug’bek Jahongirovich
Maxmudov Murodjon Anvarovich
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14138571
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ADM firmasining zamonaviy kompyuterlari
va ularning zamonaviy protsessorlarini ishlashi, xususiyatlari, afzalliklari ko’rib
chiqiladi, shuningdek, maqolamiz boshida ushbu ADM firmasi protsessorlari
kelib chiqish tarixi va tashkil etilishi haqida ham so’z boradi.
Kalit so’zlar.
AMD protsesorlari, Ryzen, Athlon, EPYC, Threadripper, Intel
protsessorlari, Zen arxitekturasi,
Phenom II protsessorlari.
AMD ya’ni, Advanced Micro Devices bo’lib, Kaliforniyaning Santa Clara
shahrida joylashgan kompaniya hisoblanadi. Ushbu kompaniya zamonaviy
kompyuterlar uchun kompyuter protsessorlari va yarimo’tkazgich ishlab
chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Kompaniya 1969-yilning 1-may sanasida Jerri Sanders va uning Fairchild
Semiconductor kompaniyasidagi yettita hamkasblari tomonidan tashkil etilgan.
AMDning dastlabki mahsulotlari asosan xotira chiplari va kompyuterlar uchun
boshqa turdagi komponentlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik kompaniya
mikroprotsessorlar bozoriga kirib borib, sanoatdagi asosiy raqibi
Intel
bilan
raqobatlasha boshladi.
АMD kompaniyasining ish joyi tizimi uchun protsessorlari Intel
protsessorlariga o’xshab ikki “turga” bo’linadi — qimmatroq va unumliroq
Athlon (XR.MP) va arzonrog’i— Duron. Duron bizda deyarli qo’llanilmaydi
(sotilmaydi ham), АMDning o’zi ham ularni ishlab chiqarishni to’xtatmoqda.
АMD Athlon protsessorlari shundoq ham CPU Intel Celeron narxlari
kategoriyasiga kirib, mahsuldorligi esa Intel Pentium 4 bilan teng bo’lgani
sababli Duron protsessori haqida biz yozmadik. Intel Pentium!!! protsessorlari
bilan haqiqatda raqobatlasha oladigan birinchi DES firmasining RISC protsessori
–Alfa 21064 bazasida ishlab chiqilgan 7- avlod АMD Athlon protsessori 1999 yili
avgustda sotuvda paydo bo’ldi (2-rasm). 2000 yili iyulidan boshlab, Athlon
protsessorlarini 0,18mkm — texnologiyasi bilan Thunderbird protsessor
yadrosi, 650-950 MGts takt chastotali ishlab chiqara boshladilar.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
113
1-rasm. АMD Athlon protsessori
2000-
yillar o’rtalarida AMD firmasi o’sha davr uchun yomon bo’lmagan
Athlon 64 protsessorlarini ishga tushirdi. Ammo 2006-yilga kelib IntelCore 2
protsessorlari har jabhadan, barcha parametrlaridan o’tib ketdi. 2008-yilda
ishga tushirilgan AMD firmasining Phenom protsessori ham Core 2 protsessorini
yetib ololmadi. Va nihoyat 2009-yildagina AMD firmasi Phenom II protsessorlari
ishga chiqarildi va Core 2 protsessorlari bilan teng raqobatlashadigan bo’lishdi.
AMD kompaniyasi, xususan, Zen arxitekturasiga asoslangan protsessorlar
ishlab chiqarishni 2017 yilda boshladi va bu arxitektura o‘sha davrda jadal
yutuqqa erishdi. Bundan tashqari
AMD kompaniyasi o’zining protsesorlarini
raqobatbardoshligini oshirishda bir necha asosiy texnologik yutuqlarga erishdi.
Ayniqsa, AMDning Ryzen,
EPYC va Thunderbird kabi protsessorlari yuqori
samaradorlik va unumdorlikni ta’minlaydi. Namuna sifatida AMD firmasiga
tegishli bo’lgan Ryzen protsessori (1-rasm).
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
2-rasm. AMD Ryzen protsessori
Ryzen protsessorlarining unumdorligi va samaradorligi tufayli ular hozirda,
biznes ilovalarda shu bilan birga bulutli ilovalarda ham Intel mahsulotlarida
ustunlik jihati borligi ham ko’zga tashlanadi.
AMD Ryzen protsessorlari AMD (Advanced Micro Devices) kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy protsessorlar oilasidir. Ryzen
protsessorlari yuqori unumdorlik, arzon narx va energiya samaradorligi bilan
bozorni zabt etgan. Ular o'yinlar, grafik dizayn, video tahrirlash, sun'iy intellekt
va boshqa yuqori hisoblash quvvatini talab qiladigan ishlar uchun juda mos
keladi.
Ryzen protsessorlarining asosiy avzalliklari
1.
Ko'p yadro va ko'p oqimli ishlash.
2.
Zen Arxitekturasi.
3.
Boshqa texnologiyalar bilan moslik.
4.
Oʻyinlar va ish unumdorligi uchun kuchli imkoniyatlar.
Shuningdek Ryzen protsessorlari seriyalari bir necha bo'limlarga bo'lingan:
Ryzen 3:
Oddiy ofis ishlari va o'qish uchun qulay.
Ryzen 5:
O'yin o'ynash va o'rtacha darajadagi ishlar uchun.
Ryzen 7:
Katta hajmdagi ishlar va professional dasturlar uchun.
Ryzen 9 va Ryzen Threadripper:
Juda kuchli va yuqori samaradorlikni
talab qiladigan ishlar, masalan, video tahrirlash va dasturlash uchun
mo'ljallangan.
Xozirgi kunda AMD protsesorlari yqorida ta’kidlab o’tganimizdek samarli va
unumdorligi yuqori bo’lgan protsessorlardan biri hisoblanadi. AMD
protsessorlarini ishlatish bir muncha qiyinroq Intel Core protsessorlarini ishga
tushirishdan ko’ra va u protsessor modeliga bog’liq. Umuman olganda
protsessor bu kompyuterning miyasi hisoblanadi va u qancha yaxshi bo’lsa
kompyuterning ham ish samaradorligi ancha yaxshi va yuqori bo’ladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Rodengen, Jeffrey L. The Spirit of AMD: Advanced Micro Devices . Write
Stuff, 1998-yil.
2.
Ruiz, Gektor. Slingshot: AMD sanoatni Intelning shafqatsiz taʼsiridan ozod
qilish uchun kurashmoqda . Greenleaf Book Group, 2013 yil.
3.
Mengliyev Sh. ning “AMD protsessorlari” maqolasi. 2014-06-06
4.
Tursunov, H. H., & Hoshimov, U. S. (2022). TA’LIM TIZIMIDA KO‘ZI OJIZ
O‘QUVCHILARNI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDA
O‘QITISH TEXNOLOGIYALAR. Новости образования: исследование в XXI веке,
1(5), 990-993
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
5.
Negmatova Sevinch Ergash qizi, M.Z. Muqumov, Qahramonova Nigina
Qodir qizi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Iqtisodiyot va menejment fakulteti axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari fakulteti talabalarining “ZAMONAVIY PROTSESSORLAR,
TURLARI
VA
XUSUSIYATLARI”mavzusidagi
maqolasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7722665