Авторы

  • Zamira Rahmonova
    Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani 89-maktab ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52776

Ключевые слова:

baxt tole iqbol affiksatsiya lingvomadaniy konsept

Аннотация

Maqolada oʻzbek tilida baxt konseptining lugʻaviy maʼnosi ochib berilgan. Maqola tavsifiy matn koʻrinishida yozilgan.Baxt soʻzining hayotdagi lingvomadaniy talqini xususida fikr yuritilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

47

OʻZBEK TILIDA BAXT KONSEPTINING LINGVOMADANIY TALQINI

Rahmonova Zamira Salihiddinovna

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani

89-maktab ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13907106

Annotasiya:

Maqolada oʻzbek tilida baxt konseptining lugʻaviy maʼnosi

ochib berilgan. Maqola tavsifiy matn koʻrinishida yozilgan.Baxt soʻzining
hayotdagi lingvomadaniy talqini xususida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

baxt,tole,iqbol,affiksatsiya, lingvomadaniy,konsept

Baxt qadimgi davrda evdonizm falsafasining asosiy tushunchasi bo'lgan.

Uning vakillari baxtga hayotning asosiy maqsadi, kishilar intiladigan
masrurlikka erishilgan holatning, shod-hurram bo'lishning eng oliy ko'rinishi
sifatida qaraganlar. Aristotel, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Forobiy,
Beruniy, Ibn Sin0, Sa'diy,Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu
muhim o'rin egallagan. Zamonaviy o'zbek tilida ham bu mavzuga katta e'tibor
berilmoqda.

Baxt nima? Aslida bu soʻzni har bir inson oʻzicha talqin qiladi. Oʻzbek va

tojik tilida "Baxt", turk tilida "mutluluk",rus tilida " счастья" , ingliz tilida "
happy" kabi jaranglaydigan bu soʻz , albatta,inson qalbini qaysidir maʼnoda
larzaga soladi. Faqat buni his qila olish lozim. Baxt - kishining oʻz faoliyati
natijalaridan,hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqishi, yashash
tarzidan mamnunligi, muayyan maqsadga erishishi,orzu-niyatning amalga
oshishi sifatida namoyon boʻladigan maʼnaviy-axloqiy tushuncha."Baxt" soʻzi asli
oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan kirib kelgan boʻlib,mamnunlik ifodasini beradi.
Oʻzbek tiliga kirgan bu soʻzdan affiksatsiya usuli yordamida baxtli,baxtsiz,
bebaxt,baxtsizlik kabi soʻzlar, kompozitsiya usuli yordamida esa baxt-saodat,
baxt-saodatli kabi juft soʻzlar, baxti ochilsin,baxti kulsin, baxtga qarshi kabi
iboralar ham yasalgan. Baxt soʻzining sinonimi sifatida tole,saodat,iqbol
konseptlari ham

ishlatiladi.

Tole konsepti

arabcha soʻz boʻlib,

"yuqorilayotgan,koʻtarilayotgan,taqdir,qismat maʼnolarini bildiradi. Saodat soʻzi
arabcha soʻz boʻlib,baxt, muvaffaqiyat,omad, xotirjamlik maʼnolarini bildiradi.
Iqbol leksemasi arabcha soʻz boʻlib, peshvoz chiqish, yaqinlashish, qiziqish, baxt,
omad maʼnolarida ifodalanadi.Baxt soʻzining maʼnosi, uning mohiyati, inson
hayotidagi lingvomadaniy talqini xususida tilshunoslikda,badiiy adabiyotda,
antoposentrik yoʻnalishlarda har xil qarashlar bor.

Aslida baxtni his qilish har bir qalbda oʻz meʼyorga ega. Farzandsiz inson

farzand koʻrishni, yoshi oʻtib qolgan yigit yoki qizlar turmush qurishni,koʻzi


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

48

ojizlar dunyoni koʻrishni,kasal- bemorlar tuzalib ketishini, puli yoʻq qashshoqlar
puli koʻp boy boʻlishni omad ,baxt deb hisoblashadi. Zotan , inson bu dunyoning
mohiyatini anglab yetgan sari har bir olayotgan nafasimiz bu bizning toleyimiz
ekanligini his qilamiz.

Shu oʻrinda shoir Shavkat Rahmonning "Baxt soʻzi" sheʼridan quyidagi

satrlarga diqqat qilaylik:


Baxtiyorman degan birgina soʻzni
aytish uchun kerak qancha kuch,chidam,
garchi baxt soʻzlarning eng yoqimligi,
garchi tursa hamki, tilning uchida.

Haqiqatdan ham bu soʻz juda yoqimli.Bu soʻzni aytish insonga qanchalik

qiyin va oson. Chunki odamzod shunday xilqatki, sal narsadan quvonib ketsa
,oʻzini juda baxtli, sal narsadan xafa boʻlsa birdan oʻzini baxtsiz his qila
boshlaydi.


Ogʻir botmasmikan bu soʻz kimgadir,
tegib ketmasmikan oh-vohlariga,
qandoq bardosh berib yashayman keyin
baxtsiz kimsalarning nigohlariga.

Shoir keyingi satrlarida oʻzining baxtli ekanligini aytishdan iymanadi, agar

baxtli ekanligini aytsa, baxtsiz insonlar xafa boʻlib qolmasmikan deb oʻylaydi. Bu
ham qaysidir maʼnoda haqiqat. Baxtliligini aytayotgan inson nimadan baxtni his
qilayotganini keltirmasa, oʻzini baxtsiz deb hisoblaydigan insonlar,garchi ular
oʻzlarining qaysi oʻrinlardagina baxtsiz ekanliklarini tushunib yetmasa- da xafa
boʻlishlari mumkin.


Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sogʻinsa,shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!

Shoir Erkin Vohidov ham "Baxt" soʻzini oʻzicha talqin qiladi:
Baxt nima? Ming boʻlakka boʻlib dunyoni,
Tugʻilgandan baxtni izlaymiz.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

49

Qoʻllaridan tutib roʻyoni
Atrofda baxt,baʼzan bilmaymiz.

Haqiqiy baxtni koʻra olgan ijodkor shoirlar, yozuvchilar,uning tub

mohiyatiga ham yetgan boʻlsa ajab emas!

Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni sogʻinsam,shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Baxt nisbiy tushuncha, mutlaq baxt yo'q. Baxtni qanday ma'noda tushunish

shaxsning ijtimoiy o'rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog'liq. Baxt haqidagi
kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar
majmuasi bilan uzviy bog'liq. Chinakam baxtli bo'lish uchun har bir shaxs erkin,
teng, o'z iste'dod va qat'iyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va
ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lmog'i zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish 2-nashr.-T.Sharq, 2010.-150 b.
2. I. Mirzo "Bonu" Toshkent.:2018. - 50-92b.
3. Said Ahmad. Cho'l burguti (Hikoyalar to'plami). - Toshkent: "G'afur G'ulom",
1998. - 103b.
4. Tog'ay Murod "Otamdan qolgan dalalar"-T.: - 101.
5. Oxford Advanced learner's dictionary of current English. - 2000. - 67.

Библиографические ссылки

Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish 2-nashr.-T.Sharq, 2010.-150 b.

I. Mirzo "Bonu" Toshkent.:2018. - 50-92b.

Said Ahmad. Cho'l burguti (Hikoyalar to'plami). - Toshkent: "G'afur G'ulom", 1998. - 103b.

Tog'ay Murod "Otamdan qolgan dalalar"-T.: - 101.

Oxford Advanced learner's dictionary of current English. - 2000. - 67.