Авторы

  • Gulnoza Teshayeva
    Buxoro davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.52789

Ключевые слова:

adabiy parallel qiyosiy-tipologik tahlil janr tasnifi ijodkor biografiyasi biografik metod “Navoiy va Abay” “Navoiy va Sofokl”.

Аннотация

Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning asosiy  va operativ sohalaridan biri sifatida o’z janriy tarkibiga ega. Adabiy tanqidning mustaqil janri bo‘lgan adabiy parallel adabiyotni rivojlantirishda, adabiy jarayonni faollashtirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga har bir adabiy  parallel chuqur mantiqiy  ildizga ega   bo‘lib,  asosli, mulohaza  va  muhokamalari  ilmiy-nazariy jihatdan puxta bo‘lishi zarur. Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodi o‘rganilgan  adabiy parallellar tahlil qilingan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13

ADABIY PARALLELLARDA ALISHER NAVOIY IJODI

Teshayeva Gulnoza Jamshidovna

Buxoro davlat universiteti

1-bosqich tayanch doktoranti

Email: gulnozateshayeva1999@gmail.com

Tel: +998902984580

https://doi.org/10.5281/zenodo.13896645

Annotatsiya.

Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning asosiy va operativ

sohalaridan biri sifatida o’z janriy tarkibiga ega. Adabiy tanqidning mustaqil
janri bo‘lgan adabiy parallel adabiyotni rivojlantirishda, adabiy jarayonni
faollashtirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga har bir adabiy parallel
chuqur mantiqiy ildizga ega bo‘lib, asosli, mulohaza va muhokamalari ilmiy-
nazariy jihatdan puxta bo‘lishi zarur. Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodi
o‘rganilgan adabiy parallellar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

:

adabiy parallel, qiyosiy-tipologik tahlil, janr tasnifi, ijodkor

biografiyasi, biografik metod, “Navoiy va Abay”, “Navoiy va Sofokl”.

Adabiyotshunoslik singari adabiy tanqidchilikning ham o‘ziga xos muhim

xususiyatlari va taraqqiyot yo‘llari mavjud. Adabiy tanqidchilikning janrlar
tizimida muhim ahamiyat kasb etgan adabiy parallelning mustaqil janr
sifatidagi o‘rni, tarixi, kelib chiqishi, tabiati, rivojlanishi, shakllanish yo‘llarini
o‘rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Chunonchi, o‘zbek adаbiy
tаnqidchiligidа adabiy parallel ilmiy- nazariy jihatdan alohida tadqiq qilinmagan.
“Badiiy adabiyotda bo‘lgani singari, adabiy tanqid ham tuzilishi, adabiy-estetik
xususiyatlariga koʼra, o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarga ega bo‘lib, muayyan
guruhlarni tashkil etadi. Аdabiy-tanqidiy fikr badiiy asarga baho berish talablari
bilan yuzaga keldi va takomillasha bordi. Аdabiy tanqid janrlarining ko‘pchiligi
mumtoz adabiyot va adabiyotshunoslik bag‘rida shakllandi, ildiz otdi. Shu bois,
yangi o‘zbek adabiyotining paydo bo‘lishida folklor, mumtoz asarlar muhim
zamin boʼlgani singari o‘tmish adabiyotshunosligi ham adabiy tanqid
janrlarining paydo bo‘lishi va shakllanishida muhim omillardan biri bo‘lib
xizmat qilgan”[5;28]. Adabiy tanqidning mustaqil janrlaridan biri bo‘lgan adabiy
parallelda qiyosiy tahlil, xulosa chiqarish, umumlashtirish muhim o‘rin tutadi.
Zero, haqiqat qiyosda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda yaratilayotgan
badiiy asarlarni komparativistika nuqtayi nazaridan o‘rganish, tahlil qilish jahon
tanqidchiligi va adabiyotshunosligi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi. Xususan, adabiy parallelning muosir adabiyot rivojiga, adabiy


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

jarayonga ta’siri yuqoriligi, adabiy tanqidchilikda muhim ahamiyatga egaligi
tufayli ham ilmiy-nazariy jihatdan qimmatga egadir.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham qiyosiy tadqiqotlar mavjud.

Xususan, Alisher Navoiy ustozi Nuriddin Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlab
yozgan “Xamsat ul-mutahayyirin” asarining II bobida ular o‘rtasida yozilgan
maktublardan birida Navoiy Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub “Daryoyi abror”,
Abdurahmon Jomiyning “Lujjat ul-asror” qasidalari matlalarini keltirib ularni
qiyoslaydi ushbu qasidalarga javoban yozilgan o‘zining “Tuhfat-ul afkor”
qasidasining matlasini keltiradi, qasidasining ustozi tomonidan yuqori
baholarga e’tirof etilganini ta’kidlaydi[3]. Bundan ko‘rininb turibdiki,
Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin” asarida trinar tipologiya (uchlik
qiyoslanish) hodisasi uchraydi. Bu esa adabiy parallel janriga xos xususiyat
hisoblanadi.

Alisher Navoiyning turkiy va forsiy tillarning o‘zaro qiyosiga

bag‘ishlangan “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida ham parallel janriga xos
bo‘lgan xususiyatlar mavjud. E’tiborli jihati shundaki, mazkur asarda lingvistik
va adabiy parallelning xususiyatlari qorishiq holda keladi. Asarning boshida
ulug‘ ijodkor fors va turk tillariga xos xususiyatlarni tahlil qiladi. Alisher Navoiy
turkiy tilning imkoniyatlari haqida fikr bildirganda o‘sha davrda mashhur
bo‘lgan arab, fors-tojik va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning har
biriga xos bo‘lgan xususiyatlarni hurmat bilan tilga oladi. “Muhokamat ul-
lug’atayn” da faqat qiyosiy tilshunoslik masalalaridan so’z yuritilgan emas, bаlki
unda til tarixi, o’zbek аdabiyoti tarixi, she’riy jаnr va bаdiiy sаn’atlar, fors-tojik
adabiyoti nаmoyandalari аsarlari va o’zi (Alisher Navoiy)ning ijodiga doir
qimmatbаho mulohаzalar ham mavjud .

Adabiyotshunoslik va tanqidchilikda Alisher Navoiy ijodining turli qirralari

boshqa ijodkorlar bilan qiyosiy tahlil qilingan adabiy parallelar uchraydi.
Filologiya fanlari nomzodi Qodirjon Ergashevning “Alisher Navoiy va G‘arb
adiblari: mushtarak mavzular” [4] maqolasida buyuk Navoiy ijodida qo‘llanilgan
qaroqchilik va firibgarlik mavzularining jahon xalqlari adiblari ijodida qay
tarzda talqin qilinganligi, ularning o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq qilingan.
Qaroqchilik va firibgarlik mavzusi Navoiygacha kam ishlangan mavzu bo‘lsa,
undan keyin G‘arb ijodkorlari asarlarida keng foydalanilganligi, hatto shu
mavzuda alohida yo‘nalishlar yuzaga kelganligi bir qator asarlar orqali
dalillanadi. Xususan, Navoiyning “Sabbayi sayyor” dostoniga kiruvchi “Mehr va
Suhayl” hikoyasidagi Jobir obrazi va Shillerning “Qaroqchilar” asaridagi Karl


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

Moor obrazining qiyosiy tahlili orqali G‘arb va Sharq adabiyotidagi qaroqchi
obrazi tahlil qilinadi.

Olim Qaydibek Seydanovning “Navoiy va Abay”[6] maqolasida ham ikki

ijodkor shaxsiyatiga oid mushtarak jihatlar tahlil qilinadi. Xususan, ikkala
ijodkorning ham davlat lavozimida ishlagani, o‘z faoliyati davomida adolat, xalq
g‘amini yeyishi va bularning ular she’riyatida aks etishi, axloqiy-didaktik
qarashlaridagi mushtaraklik tahlil qilingan. Navoiyning hokim sifatida
Astrobodni obod qilish, xalq ahvolini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlari va
Abayning Semipalatinsk o‘lkasida yashovchi qozoqlar uchun 60 moddadan
iborat qonun loyihasini tuzib xalq orasida joriy qilishi misol sifatida keltiriladi.
Abayning “Saddi Iskandariy” dostoni asosida “Iskandar” dostonini yozishi ham
adabiy ta’sir natijasidir. Ammo ikkala dostonning ham bir qancha farqli o‘rinlari
borligi misollar orqali tahlil qilingan. Ushbu maqolaning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, ikki ijodkor hayoti va ijodining farqli tomonlari mushtarak jihatlari
bilan qorishib ketgan. Biroq “Navoiy va Abay” maqolasini adabiy parallel sifatida
tahlil qilish mumkin.

Zuhra Mamadaliyevaning “Navoiy va Sofokl”[1] adabiy parallelida

Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida keltirilgan “Shayx Sa’non” hikoyasi bilan
birga Sofokl qalamiga mansub “Shoh Edip” asarini qiyoslaydi. Maqolaning
birinchi qismida tadqiqotchi ikkala asarni bir nuqtada tutib turuvchi tirgak
sifatida “taqdirga ishonch” tushunchasini oladi. Asarlardagi “sayohat”, “tush”,
“qarg‘ish” kabi motivlarni o‘zaro qiyoslaydi. Keyingi qismda esa asarlarning
tafovutli jihatlariga e’tibor qaratiladi. Xulosa qismida taqdirga munosabatning
nafaqat ikkala ijodkor tasviridagi insonga bo‘lgan munosabat, balki Sharq va
G‘arbning taqdirga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib beradi.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek adabiy tanqidchiligi janrlar tizimida mustaqil janr
hisoblangan adabiy parallelning o‘ziga xos xususiyatlarini ochish, janr tabiatini
ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish, uning genezisini aniqlash, badiiyati va
kompozitsion xususiyatlarini ilmiy asosda yoritib berish bugungi kunda
tanqidchilik oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga
Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan adabiy parallelarni ilmiy jihatdan o‘rganish
ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Mamadaliyeva Z. Navoiy va Sofokl// Jahon adabiyoti,2014, 2-son.
2.Nazarov B., Rasulov A., Qahramonov Q., Axmedova Sh. O‘zbek adabiy
tanqidchiligi tarixi. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi,
2012.
3.Navoiy. Xamsat ul-mutahayyirin. Ziyo.uz kutubxonasi, 2010.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

4. Ergashev Q. Alisher Navoiy va G‘arb adiblari: mushtarak mavzular.// Jahon
adabiyoti, 2017, 2-son.
5. Ахмедова Ш.Н. Ўзбек адабий танқиди жанрлари. Тошкент. “Фан”, 2008.
6. Сейданов Қ.Навоий ва Абай. //Шарқ юлдузи, 2015,8 - сон.
7.Егоров Б. О мастерстве литературной критики: жанры, композиция,
стиль. – Ленинград : Сов. Писатель, Ленинградское отд-ние, 1980.

Библиографические ссылки

Mamadaliyeva Z. Navoiy va Sofokl// Jahon adabiyoti,2014, 2-son.

Nazarov B., Rasulov A., Qahramonov Q., Axmedova Sh. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2012.

Navoiy. Xamsat ul-mutahayyirin. Ziyo.uz kutubxonasi, 2010.

Ergashev Q. Alisher Navoiy va G‘arb adiblari: mushtarak mavzular.// Jahon adabiyoti, 2017, 2-son.

Ахмедова Ш.Н. Ўзбек адабий танқиди жанрлари. Тошкент. “Фан”, 2008.

Сейданов Қ.Навоий ва Абай. //Шарқ юлдузи, 2015,8 - сон.

Егоров Б. О мастерстве литературной критики: жанры, композиция, стиль. – Ленинград : Сов. Писатель, Ленинградское отд-ние, 1980.