Авторы

  • Nurali Sheraliyev
    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti katta o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.60470

Ключевые слова:

Afg’oniston tashqi siyosat xalqaro konferensiya konsep

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekiston tomonidan olib borilayotgan pragmatik siyosat va bu siyosatning afg’on masalasidagi yondashuvlari borasida fikrlar yuritilgan. Bu yondashuvlar asosida ushbu masala bo’yicha istiqbollar ko’rib chiqilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

182

AFG’ON MASALASIDA O’ZBEKISTON YONDASHUVLARINING

ISTIQBOLLARI

Sheraliyev Nurali Sherali o’g’li

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

katta o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14545990

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston tomonidan olib borilayotgan

pragmatik siyosat va bu siyosatning afg’on masalasidagi yondashuvlari borasida
fikrlar yuritilgan. Bu yondashuvlar asosida ushbu masala bo’yicha istiqbollar
ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

Afg’oniston, tashqi siyosat, xalqaro konferensiya, konsep

Аfgʼon muammosini hal qilish jarayonlarida Аfg’onistonga qoʼshni davlatlar

orasida Oʼzbekiston geografik, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar nisbatida
asosiy ishtirokchilardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, Oʼzbekiston
mustaqillikka erishganidan soʼng Аfgʼonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish
jarayonlarida faol qatnashib kelmoqda.

Bugungi kunda, Аfgʼoniston va xalqaro geosiyosiy maydonda kuzatilayotgan

tendentsiyalar Oʼzbekiston Respublikasining afgʼon muammosi yoʼnalishidagi
tashqi siyosatiga ham oʼz taʼsirini oʼtkazadi. Oʼzbekistonning Аfgʼoniston
yoʼnalishidagi tashqi siyosati Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
Oʼzbekiston “Tashqi siyosiy faoliyat toʼgʼrisida”gi Konseptsiyasi (keyingi
oʼrinlarda Konseptsiya) va Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasida
belgilab qoʼyilgan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Аfgʼoniston Markaziy
Osiyo mintaqasi xafsizlik tizimiga taʼsir etishi mumkin boʼlgan muhim
omillardan biri hisoblanadi. Mazkur holat hamda geosiyosiy maydonda
kuzatilayotgan zamonaviy tendentsiyalar inobatga olingan holda Kontseptsiyada
Аfgʼoniston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash
muhim yoʼnalishlar sifatida belgilangan.

Maʼlumki, hozirgi kunda Oʼzbekiston aʼzo boʼlgan bir qancha mintaqaviy

tashkilotlar xususan, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) doirasida afgʼon
muammosini hal qilish boʼyicha aʼzolarning yagona siyosatini ishlab chiqishga
Rossiya va Xitoy kabi yetakchi davlatlar tomonidan urinishlar boʼlmoqda. ShHT
doirasidagi Bishkek tashabbusi va Аfgʼoniston boʼyicha kontakt guruhining
tuzilishini shular jumlasiga kiritish mumkin.

Tadqiqot davomida, “bunday maydonlar” avvalo aynan yuqoridagi

davlatlarning Аfgʼonistondagi milliy manfaatlaridan kelib chiqib hosil
qilinmoqda. Bu oʼz navbatida OʼRning Аfgʼoniston yoʼnalishidagi milliy


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

183

manfaatlari miqyosining torayish xavfini keltirib chiqaradi. Shuningdek,
muammo yuzasidan muhim va printsipial qarashlarni himoya qilish
imkoniyatlarining yetakchi davlatlar taʼsiri ostida nisbatan kamayish ehtimoli
mavjud. Bundan tashqari, shuni alohida taʼkidlash lozimki, Oʼzbekistonning 2012
yilda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) oʼz aʼzoligini
toʼxtatishiga taʼsir qilgan omillardan biri– bu aynan tashkilot va Oʼzbekistonning
Аfgʼoniston yoʼnalishidagi siyosiy qarashlarida oʼzaro moslikning kuzatilmagani
boʼlgan. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Аfgʼoniston hududida bir necha
yoʼnalishlar boʼyicha muhim iqtisodiy manfaatlarga ham ega.

Shu bilan birga, Hayraton-Mozori Sharif temir yoʼlini Hirotgacha davom

ettirishni koʼzda tutuvchi loyihaning aynan Oʼzbekiston ishtirokida amalga
oshirilishi iqtisodiy jihatdan juda foydali hisoblanadi. Аfg'onistonning shimoliy
viloyatlaridagi beqarorlik esa ushbu yoʼnalishdagi manfaatlarimizga putur
yetkazadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib taʼkidlash mumkinki, Afg’oniston hududidagi

xorijiy harbiy kuchlarning olib chiqib ketilish muddatini keyinroqqa surish
Аfgʼonistonda ichki siyosiy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashda samarali yoʼl
boʼlib xizmat qilishi mumkin.

Аfgʼon muammosini hal qilish boʼyicha Oʼzbekiston nuqtai-nazari davlat

rahbariyati tomonidan aniq hamda oʼzbek va afgʼon xalqi milliy manfaatlariga
monand tarzda ishlab chiqilgan.

Muammo yuzasidan Oʼzbekistonning nuqtai-nazari printsipial ahamiyat

kasb etib, aniq va ravshan ifoda etilgan. Xususan, Oʼzbekistonning Birinchi
Prezidenti I.Karimov tomonidan taʼkidlaganidek, Аfgʼonistonda tinchlikka
erishishning harbiy yoʼli mavjud emas, konfliktni bartaraf etishning yagona
maʼqul yoʼli– bu tinch muzokaralar oʼtkazish, konsensusga erishish hamda bir-
biriga qarshi kurashayotgan tomonlar va Аfgʼonistondagi barcha milliy-diniy
guruhlardan tarkib topgan koalitsion hukumatni shakllantirish kabi siyosiy
tadbirlarni amalga oshirishdir [1].

Shu bilan birga, Oʻzbekiston tashabbusi bilan Afgʻoniston mavzusida alohida

xalqaro darajadagi konferensiya va uchrashuvlar tashkil etilayotgani va yuqori
saviyada oʻtkazilayotganini ham oʻzbek diplomatiyasining Afgʻoniston
yoʻnalishidagi salmoqli saʼy-harakatlari natijasi sifatida baholash lozim.
2018-yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Afgʻoniston
boʻyicha oliy darajadagi “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va
mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya hamda 2021-yilning
15-16-iyul kunlari Toshkentda oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo:


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

184

mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro
konferensiya shular jumlasidan [2].

Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish mantig‘idan kelib chiqib,

O‘zbekiston “Afg‘oniston Islom Amirligi”ning O‘tish davri ma’muriyati
(muvaqqat hukumati)ni toliblar tomonidan egallab olingandan so‘ng darhol
tuzishni konstruktiv va pragmatik ravishda qabul qildi. 2021-yilning 7-oktabr
kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilov Kobulga
tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini
bajaruvchi Amirxon Muttaki bilan uchrashib, u bilan yuk tranziti, energetika,
savdo va Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilish sohasida ikki
tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi [3].

“O‘zbekiston ushbu mamlakatdagi vaziyatning rivojlanishi bilan bog‘liq

masalalar xalqaro kun tartibida chetda qolib ketayotganidan xavotirda. Afg‘on
xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni kengaytirish va jahon hamjamiyatining
bu davlatga nisbatan yagona strategiyasini ishlab chiqish mintaqa va jahon
mamlakatlarining ustuvor vazifasi bo‘lib qolmoqda”, - dedi Sodiq Safoyev [4].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти И.А.Каримовнинг

Осиѐда ўзаро ҳамкорлик ва ишонч чоралари бўйича Кенгашнинг IV
саммитида

қилган

нутқи,

21.05.2014г.

//

http://press-

service.uz/ru/news/4961/.
2.

Oʻzbekiston — Afgʻoniston: doʻstona munosabatlardagi yangicha

yondashuv

https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--afgoniston-dostona-

munosabatlardagi-yangicha-yondashuv
3.

O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosatining afg‘on vektori

https://www.iais.uz/uz/outputnew/afghan-vector-of-modern-foreign-policy-
of-uzbekistan
4.

Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar

xalqaro

kun

tartibida

e’tiborsiz

qolayotganidan

xavotirda

https://kun.uz/news/2024/08/28/sodiq-safoyev-ozbekiston-afgonistondagi-
vaziyat-bilan-bogliq-masalalar-xalqaro-kun-tartibida-etiborsiz-qolayotganidan-
xavotirda

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти И.А.Каримовнинг Осиѐда ўзаро ҳамкорлик ва ишонч чоралари бўйича Кенгашнинг IV саммитида қилган нутқи, 21.05.2014г. // http://press-service.uz/ru/news/4961/.

Oʻzbekiston — Afgʻoniston: doʻstona munosabatlardagi yangicha yondashuv https://yuz.uz/uz/news/ozbekiston--afgoniston-dostona-munosabatlardagi-yangicha-yondashuv

O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosatining afg‘on vektori https://www.iais.uz/uz/outputnew/afghan-vector-of-modern-foreign-policy-of-uzbekistan

Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar xalqaro kun tartibida e’tiborsiz qolayotganidan xavotirda https://kun.uz/news/2024/08/28/sodiq-safoyev-ozbekiston-afgonistondagi-vaziyat-bilan-bogliq-masalalar-xalqaro-kun-tartibida-etiborsiz-qolayotganidan-xavotirda