MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
127
FARGʻONA VILOYATI QUVA TUMANIDAGI TARIXIY-MADANIY
YODGORLIKLARNI MUZEYLASHTIRISH.
Xodjimatova G.D.
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti “Arxitektura
va qurilishˮ kafedrasi oʻqituvchisi
E-mail: galim95gul@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.14523230
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Fargʻona viloyatining Quva shahrida
joylashgan Xoʻjam Podshoh qadamjosi yodgorligi va xotira maydonlarini
muzeylashtirish.
Kalit soʻzi:
tarixiy yodgorliklar, tarixiy maskanlar, Quva, Xoʻjam Podshoh,
xotira maydoni.
Abstract:
In this article, the museumization of the Khojam Podshah
monument and memorial sites located in the city of Kuva, Fergana region.
Keywords:
historical monuments, historical places, Kuva, Khojam
Podshah, memorial square.
Fargʻona viloyatida koʻplab qadimiy yodgorliklar mavjud. Ular orasida
jahon sivilizatsiyasida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan tarixiy yodgorliklar ajralib
turadi. Bu yodgorliklarni saqlab qolish va muzeylashtirish mutaxassislar oldida
turgan dolzarb maqsadlardan biridir.
Tarixiy-madaniy meros ob’yektlarini saqlash va ularni avloddan avlodga
beshikast yetkazib berishda muzeylar faoliyatini rivojlantirish masalalarini ilmiy
tadbiq qilish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi kunda bu
muammolar davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligini ta’kidlash joiz. Jumladan
Mustaqillik yillarida muzey ishlarini tubdan yangilash, yaxshilash yuzasidan bir
qator farmon, qonun va qarorlar qabul qilindi.[1]. Fargʻona viloyatida deyarli
barcha davrlarga oid noyob eksponatlar saqlanadigan koʻplab ma’naviy-ma’rifiy
maskanlar bor.
Muzeylashtirishning mohiyati – arxeologiya ob’yektlarni yaxlit majmua
sifatida koʻrsatish, uning alohida elementlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni
namoyish etishdadir.[2]. Shuningdek, arxeologik yodgorliklarni arxeologik park
yoki muzeyga qaytadan oʻzgartirish orqali saqlab qolishning ajoyib usuli boʻlib,
xususan tarixiy-madaniy merosni muzeylashtirish dasturini amalga oshirishda
atrofdagi tabiiy muhitdan ham foydalanish mumkin.
Аrxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirish bugungi kunda eng muhim
dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Muzeylashtirish muammolarining
u yoki bu shakli bilan toʻqnash kelmagan muzeylar deyarli qolmadi.
arxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirishning 4 ta turini belgilaydi. Bular:
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
128
shaharlar, qadimgi qishloq va qabristonlar, gʻorlar va qoyatosh suratlar.
Fargʻona vodiysidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirilgan,
qisman muzeylashtirilgan va muzeylashtirish zarur boʻlgan ob’yektlarga ajratish
maqsadga muvofiqdir. Unga koʻra, Fargʻona viloyatida Budda ibodatxonasi,
Oʻrda, Jomeʼ majmuasi, Miyon Hazrat madrasasi, Norboʻtabiy madrasasi, Dahmai
Modarixon maqbarasi, Dasturxonchi madrasalari muzeylashtirilgan Quva
yodgorligi qisman muzeylashtirilgan.
Muzey predmetlarini konservatsiya va restavratsiya qilishdan avval
yodgorliklarni atributsiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Аtributsiya –
badiiy asar, muzey predmetlarining aslligini, muallifini, yaratilgan joyi, vaqtini
aniqlashdir .
Muzeydagi baʼzi bir ashyolar saqlashning alohida sharoit va maxsus asbob-
jihozlarni talab qiladi. Temperatura-namlik rejimi uchun nisbatan umumiy
koʻrsatkichlar 18+1S temperatura va 55+5 namlik qabul qilingan. Barcha
yorugʻlikka sezgir materiallarni yorugʻlikdan himoyalangan fond jihozlarida
saqlash kerak, ular bilan ishlaganda esa binoning yoritilishi
oshmasligi lozim.
Fargʻona viloyatidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirilgan,
qisman muzeylashtirilgan va muzeylashtirish zarur boʻlgan ob’yektlarga ajratish
maqsadga muvofiqdir. Unga koʻra Fargʻona viloyati Quva tumani markazida
joylashgan “Xoʻjam Podshoh qadamjosi yodgorligi”
va xotira maydonini
muzeylashtirish va yodgorlikni bosh rеjasi,ichki koʻrinishlari, intеryеri, tashqi
fasadini loyihaviy taklifi ishlandi.
Olib borilgan dala tadqiqotlari tufayli hozirgi kunga qadar Quva
tumanidagi 36 ga yaqin muqaddas joy mavjudligi aniqlandi: Ayritom ota mozori
(Akbarobod qishlogʻi); Chillamozor (Chilla - mozor), (Turk mahalla) ziyoratgohi;
Said Ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi (Tolmozor qishlogʻi); Bolalik qayrag
ʻ
och
ziyoratgohi; Gandabuloq ziyoratgohi (Akbarobod qishlogʻi); Xuja Chilgaz
ziyoratgohi (Laylak uya qishlogʻi); Qorovul ota ziyoratgohi (Tolmozor qishlogʻi);
Tezgir ota mozori 1-Temir yo‘li yaqinida); Xoʻja Xasan ziyoratgohi (Xoʻja Xasan
qishlogʻi). Boyiston ota mozori (Boyiston qishlogʻi). Oqtepa mozori (Oqtepa
qishlogʻi). Qorongʻil ota mozori. Xoʻjam podshox, ziyoratgohi (tuman markazida).
Xoʻja Bilol ota mozori (Quva shahristonida boʻlgan, hozirda saqlanmagan). Xoʻja
Axror Valiy mozori. Qorongʻu ota mozori. Xoʻja Kiprik mozori (Qalinpoʻstin
qishlogʻi). Mundaloq ota ziyoratgohi (Eshakchi qishloq) Toʻngqayma mozori
(Bekobod qishlogʻi). Qizmozor ziyoratgohi (Toshxovuz qishlogʻi). Shuralangar
ota mozori (Shuralangar qishlogʻi). Beshterak ota mozori (Xonobod qishlogʻi).
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
129
Goʻdak mozor (Xonobod qishlogʻi). Shaxid mozor (Bekobod qishlogʻi).
Mozorbuva ziyoratgohi (Uraboshi qishlogʻi). Ota buva mozori (Yangiqishloq).
Xoʻja Chilgaz mozori (Laylak uya qishlogʻi). Sayidi A’lo mozori. Yuvosh ota
mozori (Begat qishlogʻi.).
Mamlakatimiz zaminidagi koʻplab shaharlar uzoq tarixga ega.Ulardan
Fargʻona viloyatining Quva shahrini ham misol qilishimiz mumkin. Ushbu
shaharning (3.1 rasm) hozirgi kunda ham hayot davom etmoqda va yangidan-
yangi zamonaviy binolar qurilmoqda. Bu jarayon ayniqsa mustaqillik yillarida
yanada keng avj oldi. Bunday hududlarda turli tarixiy va badiy qiymatlarga ega
qadimgi bino va inshootlar ham mavjud. Zamonaviy sharoitda ularning ba’zilari
saqlanadi, qiymatga ega bo‘lmaganlari esa buzilib, o‘rniga yangi imoratlar
tushadi. Tarixiy joylarning me’moriy qiyofasi oʻzgarishi jarayonida tarixiy ko‘cha
va maydonlarni yangilash zarurati paydo boʻladi. Chunki ular zamonaviy talablar
parametrlariga mos kelmay qoladi. Shaharda doim dinamik jarayonlar, ya’ni
oʻzgarishlar boʻlib turadi. Shaharlarning fazoviy rivojlanishini nazorat qilish
qadimiy shaharlar paydo boʻlgandan boshlab mavjud bo‘lib kelgan. Sanoat
revolutsiyasiga qadar shaharlarni mudofaa devorlari muhofaza qilib turgan.
Keyinchalik yashil xalqalar paydo boʻlgan.
Tarixiy shaharlarning rivoji (qayta qurilishi) jaryonida uch asosiy holat
kuzatiladi:
1. Shahar bir hududdan boshqa, yaqin hududga ko‘chadi (masalan,
Quvadagi shahristondan rabodga asta sekinlik bilan koʻchish) ;
2. Shaharning bir qismida tarixiy tizim o‘zgartiriladi (masalan, Quvaning
janubiy-g‘arbiy qismi);
3. Shaharga tutash holda yangi hudud qo‘shiladi (Quvadagi ark
shahristonga qoʻshilishi ).
Muzeylashtirishga koʻra - toʻgʻri toʻrtburchak shaklida oʻralgan boʻlib,
uning oʻlchamlari 75,4x75,4 metr, binoning ichki hovli qismi oʻlchami 38x30
metr, umumiy maydon oʻlchami 97x97 metrni tashkil etadi. Binoning sokol
balandligi 0,6 metrni, umumiy balandlik 13 metrdan iborat. Bino asosan milliy
usulda ishlangan.
Bino ikki qavatdan iborat boʻlib, koʻrgazma zali, kassa, garderob,
xojatxona, estalik mollarini sotish doʻkonchasi, direktor xonasi, ekskursiya
byurosi, hodimlar xonasi, ustaxona, hodimlar uchun garderob, dush va
xojatxonalardan iborat. Bino pishiq gʻisht, temir beton hamda tashqi devorlari
travertin materiallari bilan loyihalangan. Tom qismi tekis tom boʻlib, ustki
qismiga quyosh panellarini ham qoʻyish mumkin. [4]
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
Shuningdek,
binoning
ichki
hamda
tashqi
hovlilari
koʻkalamzorlashtirilgan. Landshaft dizayni bilan loyihalangan. Ichki hovlida
asosan favvora, binoga tashrif buyuruvchilar uchun oʻrindiqlar hamda bir necha
xil daraxt butalardan tashkil topgan. Ulardan kashtan daraxti, tuya daraxti,
Buksus daraxti, petunia, atirgul, astra gullari mavjud. Tashqi hovlida ham daraxt
va butalar hamda avtoturargoh mavjud.
Muzeylashtirilgan binoga qoʻyiladigan talab shundan iboratki, loyiha
funksional talablarga javob berishi kerak. Bunda jamoat binosiga keluvchilar
uchun hamma shart-sharoitlar mavjud. Bino mustahkamlik, ustivorlik,
uzoqmuddatga chidamlilik, sifatlariga yuqori darajada javob beradi.
Binoda sanitariya me’yorlari, xonalarni shamollatish masalalari koʻzda
tutilgan. Bu yerda yongʻinga qarshi ham barcha choralar koʻrilgan. [5]
Tarixdan maʼlumki, Fargʻona viloyatida koʻplab qadimgi tarixiy madaniy
meros ob’yektlari mavjud boʻlib, soha olimlari tomonidan atroflicha oʻrganilgan.
Vaqt va tabiiy-iqlim muhiti hamda inson faoliyati taʼsiri, yaʼni asrlar
davomida havo harorati va namlikning oʻzgarishi, zilzilalar natijasida
yodgorliklarda oʻzgarish va yemirilish sodir boʻlganligi aniqlangan. [7] Аyniqsa,
jamiyat rivojlanishi natijasida roʻy berayotgan texnogen jarayonlar xususan,
shaharlarning kengayishi, qurilish maydonlarining ortishi, koʻp qavatli uylarning
qurilishi, binolarning koʻpayib borishi ham sabab boʻladi. Shu bois ularni saqlab
qolish vazifasi mohiyatan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Muzeylardagi moddiy-
madaniy yodgorliklarni saqlanish darajasi talabga javob bermaydi, buning
asosiy sababi aksariyat muzeylarning moslashtirilgan binolarda joylashganligida
deb xisoblanadi. Fargʻona viloyatidagi moddiy-madaniyat yodgorliklarni
konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash muammolarini bartaraf etish chora-
tadbirlari ishlab chiqish kerak boʻladi. Muzeylashtirish masalalari ilk bor tadqiq
etilishi va ilmiy muomalaga kiritilib, bugungi kunda Fargʻona viloyatidagi tarixiy
madaniy
yodgorliklar
muzeylashtirilgan,
qisman
muzeylashtirilgan,
muzeylashtirilishi zarur boʻlgan ob’yektlarga ajratildi. Fargʻona viloyati Quva
tumanidagi tarixiy madaniy yodgorliklarning turizmni rivojlantirishdagi oʻrni
tadqiq etilib, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha olingan natijalar
asosida turizm marshruti ishlab chiqilishi kerak boʻladi.
Bu yodgorliklarni saqlab qolish va muzeylashtirish mutaxassislar oldida
turgan dolzarb masalalardan biridir. Shundan kelib chiqib Quva shahrida
mavjud Xoʻjam Podshoh qadamjosi yodgorligi va xotira maydonlarini
muzeylashtirish taklifi maqsadga muvofiqdir.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
Adabiyotlar:
1.
Х.Хошимов., А.Алохунов. Қува (Қубо) шахар харобасини археологик
ўрганиш тарихи.2014
2.
Каулен, М.Е. Музеефикация историко-культурного наследия России.
– М.: Этерна, 2012. – 432 с.
3.
T.Sh.Shirinov,B.X.Matboboyev “Qubo shahri tarixi” “Fan” nashriyoti 1998
yil.
4.
Xоджиматова Г. Д. ИСТОРИЧЕСКАЯ ТЕРРИТОРИЯ Г. КУВЫ НА
СОВРЕМЕННОМ
ЭТАПЕ
РАЗВИТИЯ
И
ЕГО
АРХИТЕКТУРНО-
ПРОСТРАНСТВЕННАЯ СТРУКТУРА //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 11. – С. 55-59.
5.
Жураев У.Ш., & Xоджиматова Г.Д. (2022). Формирования и
определения рациональных объемно-планировочных и конструктивных
решений Кувинского района Ферганской области. Экономика и социум,
(11-1 (102)), 550-555.
6.
Ходжиматова Г. (2022). Формирование Исторического Города Кувы
Ферганской Области. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences
and Humanities, 11, 123-126.
7.
Ходжиматова
Г.
(2023).
Композиционный
компоненты
исторического города. SamDAQU xalqaro konferensiya(27-28.04.2023).
8.
Эгамбердиева Ш. А. и др. Современная Кровля //Miasto Przyszłości. –
2023. – Т. 42. – С. 77-80.
9.
Aminjanovich A. I. et al. DEVOR KONSTRUKSIYALARINI ISSIQLIKNI
HIMOYA QILISH XUSUSIYATLARINI KAMAYTIRADIGAN OMILLAR //Journal of
Integrated Education and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 3. – С. 54-59.