MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI OʻQITISHDA
ZAMONAVIY VA INNOVATSION TAʼLIMDAN FOYDALANISH
Roziqova Farizoda
Qarshi
davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14506932
Abstract:
This article talks about the advantages of using modern
information technologies in teaching mathematics and interactive methods in
teaching mathematics and their effective use.
Key words:
Modern education, "Picture rebus", computer, SMART,
mathematics, crossword.
Аннотация:
В данной статье говорится о преимуществах
использования современных информационных технологий в обучении
математике и интерактивных методах обучения математике и их
эффективном использовании.
Ключевые слова:
Современное образование, «Картинка-ребус»,
компьютер, SMART, математика, кроссворд.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematikani o'qitishda hozirgi
zamonaviy axborot texnalogiyalardan foydalanishning afzalliklari hamda
matematika o'qitishda interfaol metodlar va ulardan samarali foydalanish
usullari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar:
Zamonaviy ta'lim, «Rasmli rebus» , kompyuter , SMART ,
matematika , krasvord.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishda qo'yiladigan muhim tadbirlardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga
yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil
qilish, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan
egallangan bilim, ko'nikma hamda ma'lum faoliya yuzasidan ko'nikma va
malakalarni hosil qilish, shuningdek, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash
o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan
yangicha yondashuvn talab etadi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan
mamlakatlarda bu borada kata tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini
tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Ma'lumki,
ota - bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm - u ma'rifat, ta'lim va
tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb
bilgan. Albbatta, ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
uning rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va
boyitadigan eng muhim omildir.
Matematika o'qitish jarayonida yangi ta'lim texnologiyalaridan foydalanish
shaxs kamolotini ta'minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o'z ustida
ishlash, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham
shakllanishiga zamin yaratadi. Hozirda matematika fanini chuqur o'rgatish va
uni yoshlar ongiga singdirish uchun prezidentimiz juda ko'p chora-tadbirlarni
amalga oshirmoqda. Jumladan, boshlang'ich sinflarda matematika soatlarni
ko'paytirilganligini va joylarda tez-tez bo'lib o'tayotgan olimpiyadalar
musobaqalarini aytishimiz mumkin.[1-7 b]
Hozirgi kompyuterlashgan internet tizimi tezlik bilan rivojlanayotgan
zamonning yosh avlodlariga zamonga moslashgan holda yangicha dars tizimini
joriy qilish lozimdir, chunki maktabdan tashqaridagi hayotda hamma internet
tarmog'i bilan birga yashaydi. O'sib kelayotgan avlodni barkamol va aqlli qilib
tarbiyalashda avvalo maktab tizimini tubdan o'zgartirib har bir fanlar uchun
(SMART) xonalarni tashkil qilsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'quvchilarni
o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda planshetlar bilan
darslar o'tilishini ta'minlasak va matematika fanidagi barcha mavzularni
(SMART) xonalarda o'quvchilarni planshetlarda mustaqil ishlashlarini
taminlasak bilim olishni samaradorligiga erishishimiz mumkin. "Matematika
fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlar" - matematika fani o'qituvchilari
malakasini oshirish kursining o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, u
matematika fani o'qituvchilariga ta'limda zamonaviy yondashuvlar va
innovatsiyalarning mazmun va mohiyatini ochib beradi. Fanlarni o'rganish
uchun kerak bo'ladigan ba'zi mobil ilovalardan namunalarini ko'rib chiqamiz.
"Matematik topqirlik" og'zaki hisob-kitob qobiliyatini o'stirish ilovasi. Ilova tez
hisoblash uchun mavjud algoritmlarni aks ettiradi. Har bir o'quvchi ularni
o'rganishi mumkin, so'ngra nazariy bilimlarni amaliy mashqlarda
mustahkamlashi, shu tariqa og'zaki hisoblash amaliy tajribalarini boyitishi
mumkin. Bu ilovani yaratuvchilari og'zaki hisobda tarmoqdagi boshqa
foydalanuvchilar bilan raqobat qilish imkonini ham hisobga olishgan .
Matematika fanini o'qitishda noan'anaviy ta'lim yondashuvlari - agar biror
tizimni yangilashga qaratilgan faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga
ega bo'lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o'zgartirishga xizmat qilsa u
innovatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma'lum kontseptual
yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning
rivojlanishiga yoki uni tubdan o'zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
kiritish) deb ataladi.[2-46 b]
Didaktik darslikda foydalaniladigan kompyuter jarayonlarini tizimlashtirishga
harakat qilaylik. Multimedia texnologiyalari tufayli talabalarda qiziqish va
qiziqish uyg'otadi. U fikrlash faoliyatini faollashtiradi va o'tilgan materialni
samarali o'zlashtirishga imkon beradi. Amalda ko'rsatish qiyin bo'lgan
jarayonlarni modellashtirish va namoyish qilish imkonini beradi. Materialni
o'zlashtirish tezligi bilan bir qatorda uni tushunish, tushunish o'qitishni yakka
tartibda olib borish imkonini beradi. Matematika darslarida o'quvchilarning
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida kompyuterdan foydalanishga
e'tibor qaratamiz. O'qituvchi dars davomida o'quvchilarga ma'lum hajmdagi
darslarni beribgina qolmay, balki ularda turli xil vositalar, jumladan,
kompyuterdan foydalangan holda mustaqil ravishda boshqa ma'lumotlarni
izlash istagini ham shakllantirishi kerak. Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
O'quvchilarning mustaqil bilim olish qobiliyati qanchalik yaxshi tashkil etilgan
bo'lsa, dars shunchalik samarali va sifatli o'tadi. Kompyuter o'quvchilarning
mustaqil ishlash qobiliyatini oshiradi, o'qituvchi esa o'tilgan materialni
o'zlashtirish jarayonini turli yo'llar bilan boshqara oladi. "Matematikani
o'qitishda innovatsion yondashuvlar" matematika o'qituvchilarining malakasini
oshirish kursining o'quv dasturi asosida matematika o'qituvchilarini o'qitishdagi
zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarning mohiyatini ochib beradi. [3-312
b]
Mamlakatimiz bo'ylab umumta'lim maktablariga katta e'tibor qaratilib,
maktablarimizni jahon andozalari darajasida jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimidagi ta'lim muassasalari, jumladan, umumiy
o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari oldida yangi vazifalar, ya'ni fanni
o'zlashtirish sifatini oshirish vazifalari turibdi. Shu munosabat bilan matematika
o'qitishda turli metodlardan foydalaniladiki, ularning asosiy maqsadi
matematika o'qitishni joriy etish va o'zlashtirishdan iborat. Umumiy o'rta ta'lim
maktablari boshlang'ich sinf matematika darslarini yangi pedagogik
texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'tishda
kompyuterlardan foydalanib, multimedia imkoniyatlari asosida dars o'tish
noan'anviy dars turlaridan biri hisoblanadi. Ishda keltirilgan elektron ishlanma
orqali boshlang'ich 3-sinf matematika darslarini kompyuter imkoniyatlaridan
foydalanib maktabda dars o'tganimizda, olingan natijalar bo'yicha quyidagi
xulosalarga keldik:
- elektron ishlanma imkoniyatlaridan foydalanib, o'quvchilarga mavzuni to'liq
tushuntirish imkoniyati oshadi;
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
102
- harakatli tasvirlar va animatsiyalar o'quvchilaming tasavvurlarini kengaytitish
uchun muhim rol o'ynaydi;
- dars o'tishda vaqtdan yutish imkoniyati tug'ildi, ya'ni mavzuning
tushuntirilishiga va o'quvchilaming mavzuni o'zlashtirishlariga kam vaqt
sarflandi;
- amaliy ishlarga, ya'ni misol va masalalar yechishga, hayotiy misollar
keltirishga, o'quvchilar o'rtasida savol-javob o'tkazishga ko'proq vaqt qoladi;
- yuqoridagilar asosida, ulaming bilim, ko'nikma va malakalari oshadi; barcha
o'quvchilami baholashga imkon tug'iladi, ya'ni misol va masalalami yechishga
baho qo'yilsa, uyga berilgan vazifalarni bajarishlariga qarab, test topshiriqlarini
bajargach, ular jamlanib baho qo'yiladi;
- o'quvchilarning o'zlari mustaqil o'rganishlari uchun imkoniyat yaratiladi, ya'ni
o'quvchi ushbu elektron ishlanmadan foydalanishi o'qituvchi ishtirokisiz
mustaqil ravishda multimediya imkoniyatlaridaidan foydalanib mavzuni
o'rganishi va yaxshi o'zlashtirishi mumkin. [4-46-46 b]
Ta'lim innovatsiyasi - ta'lim sohasidagi yoki o'quv jarayonidagi muammoni
yangicha yondashuv asosida hal etishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan, avvalgidan
ko'ra samaraliroq natijani kafolatlay oladigan shakl, usul va texnologiya.
Matematika o'qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo'yicha o'quvuslubiy
majmua o'quvchiga yangi g'oyalar, me'yorlar, qoidalar, boshqalar tomonidan
yaratilgan ilg'or g'oyalar, me'yorlar, qoidalarni tabiiy qabul qilish bilan bog'liq
sifatlar, ko'nikmalarni shakllantirish imkonini beruvchi tarbiyani yaratishga
o'rgatadi. innovatsion ta'lim deb ataladi. Innovatsion ta'lim jarayonida
qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim
innovatsiyalari deb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Azizxodjayeva N.H -Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat-Toshkent.:
TDPU, 2003. [ 7 bet].
2. Azizxo'jayev N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. - Divanova M.S.
Alimova S.Q., Alimov O.N. Boshlang'ich sinflarda matematika fanini o'qitishda
axborot texnologiyalaridan foydalanish, [ 46 bet].
3. Jumayev М.Е., Z.G,. Tadjiyeva. Boshlan'gich sinflarda matematika o'qitish
metodikasi "Fan va texnlogiya", 2005. [312 bet].
4. Abdullaeva B.S. Xusanova M.E. - Boshlang'ich sinf matematika darsida
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini
innovatsion faoliyatga tayyorlash muammolari va yechimlari mavzusidagi ilmiy
anjuman materiallari Toshkent 2010 yil 15-16 oktyabr. [ 46-47 bet]