MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
38
SHO’RXOK MAYDONLARDA YETISHTIRILGAN POLIZ EKINLARINI
O‘SISHI VA RIVOJLANISHI
Norqulov Usmonqul
Toshkent Davlat agrar universiteti, professori
Ergashev Iftixor Sutanovich
Toshkent Davlat agrar universiteti, doktoranti
+998507061288
https://doi.org/10.5281/zenodo.14379949
Annotatsiya:
Ushbu maqolada poliz ekinlaridan qovun va tarvuz
biologiyasi bo‘yicha qisqa kunli, yorug‘ sevar, qirg‘oqchilik ta’siriga nisbatan
chidamliligi va shuningdek qovun hamda tarvuz ekinlari tuproq sharoitiga
talabchan, tuproqning mexanik tarkibi yengil va o‘rta, kam zichlashgan, suv
o‘tkazuvchanligi, suv sig‘imi yaxshi bo‘lgan, tarkibida ozuqa moddalari bilan
o‘rtacha va yuqori ta’minlangan, organik moddalar bilan to‘yingan sharoitlarda
me’yorida o‘sib yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil berishi, hosil sifati talab
darajasida bo‘lishligi yetarlicha ilmiy asoslangan.
Kalik so‘zlar:
poliz ekinlari, qovun va tarvuz, tuproq, suv o‘tkazuvchanlik.
Bugungi kunda Butun dunyoda bir vaqtlar unumdor bo‘lgan 10 million
gektardan ortiq sho‘rlangan yerlar mavjud bo‘lib, har yili 100 ming gektardan
ortiq sug‘oriladigan yerlar sho‘rlanish qurboniga aylanmoqda. 1985 yilda dunyo
bo‘ylab 20 million gektargacha sug‘oriladigan yerlar sho‘rlanishdan zarar
ko‘rishi mumkinligi taxmin qilingan.
Bunga Misr misol bo‘la oladi. Asvan to‘g‘oni qurilishidan oldin, Nil deltasi va
tekisligidagi dalalar har yili suv ostida bo‘lgan va suv toshqini ortiqcha tuzlarni
olib tashlagan. Ammo zamonaviy kanallarni sug‘orish tuzni ortda qoldirib,
dunyoning yetakchi paxta yetishtiruvchi rayonlarini asta-sekin zaharlab, cho‘lga
aylantirmoqda. Har yili delta maydonlarining har gektarida bir tonna tuz
to‘planadi. Misrning ekin maydonining 35% sho‘rlanishdan aziyat chekadi.
Mamlakat har yili tuzni tozalash uchun dunyodagi eng katta drenaj tarmog‘ini
yotqizish uchun o‘n millionlab dollar sarflaydi.
Pokistonda sug‘oriladigan 37 million gektar maydonning 15 million gektari
sho‘rlangan deb hisoblanmoqda. Xitoyning gigant Yangse deversion sxemasi
orqali suv olish uchun mo‘ljallangan maydonning 2,7 million gektarida
allaqachon sho‘rlanishdan aziyat chekmoqda. FAO tadqiqotiga ko‘ra, Suriyadagi
500 ming gektar maydon, ya’ni mamlakat sug‘oriladigan yerlarining yarmi
botqoqlangan yoki sho‘rlangan. Eronda 16,8 million gektar ekin maydonlarining
7,3 millioni sho‘rlangan deb hisoblangan. Hindistonda suv va tuz tufayli vayron
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
39
bo‘lgan yerlar miqdori 6 milliondan 10 million gektargacha, ya’ni sug‘oriladigan
43 million gektarning deyarli to‘rtdan bir qismi hisoblangan. AQSHda
mamlakatdagi sug‘oriladigan yerlarning 25-35 foizi sho‘rlanishdan aziyat
chekadi va muammo tobora kuchayib bormoqda.
Osiyo-tinch okeani mintaqasi dunyoning qurg‘oqchil, yarim qurg‘oqchil va
quruq subnam hududlarida inson tomonidan qo‘zg‘atilgan sho‘rlanishning
qariyb 75 foizi uchun javobgardir. Pokiston, Hindiston va Xitoyning o‘zi
sho‘rlanish natijasida zarar ko‘rgan dunyodagi sug‘oriladigan erlarning qariyb
50 foizini (30 million ga) egallashi mumkin. Pokistonda tuproqda tuzning
to‘planishi ekinlar hosildorligini 30 foizga kamaytirishi ma’lum. Avstraliyada
ikkilamchi sho‘rlanish (quruq va sug‘oriladigan) hisob-kitoblari uch milliondan
to‘qqiz million gektargacha o‘zgarib turadi. Bu esa bu hududlarda hosildorlikni
pasaytirdi, ba’zan esa eroziyani kuchaytirdi. Avstraliyaning hosildor yerlarining
taxminan 5% sho‘rlanish natijasida yo‘qolganligi taxmin qilingan. 21-asrning
birinchi yarmida bu ko‘rsatkich etti baravar oshishi kutilmoqda.
Tadqiqot materiallari va uslubi.
Tadqiqotlar dala va laboratoriya
sharoitida olib borilib, bunda “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda
tajribalar o‘tkazish metodikasi” T.: 2002 y (2006).), «Metodika opыtnogo dela v
ovoщyevodstve i baxchevodstve» 1992y, “Toshkent viloyati sharoitida qovun
yetishtirishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish” (T: 2022 y)
Tahlil va natijalar.
Tarvuz va qovun ekinlari tuproqning rN miqdori 6,5-
7,5, sho‘rlanish darajasi kuchsiz bo‘lishi kerakligi, tuproq tarkibidagi namlik
darajasi mavsum davomida tuproqning cheklangan nam sig‘imiga nisbatan 65-
70%, o‘rtacha transperatsiya koyeffisiyenti 600-650 bo‘lishligi, qovun va
tarvuning mevasi tarkibida 80-95% gacha suv, 5-20% gacha quruq moddalar
bo‘lishligi aniqlangan.
Tajriba maydonida tarvuz va qovun ekinlarini suvga bo‘lgan talabi,
sug‘orish muddatlari, me’yorlari va sug‘orish sonlari variantlar bo‘yicha
o‘rganilish natijalari dissertatsiyaning 3. Bobida keltirilgan. Yuqorida keltirilgan
variantlar bo‘yicha sug‘orish tartiblari qovun va tarvuzning o‘sishi, rivojlanishiga
turlicha ta’sir ko‘rsatdi. Tajriba maydonida variantlar bo‘yicha yetishtirilgan
qovun va tarvuzning o‘sishi, rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy ma’lumotlar 1 –
jadvalda keltirilgan.
Ushbu jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha qovunning o‘suv davri
davomida variantlar ichida eng past asosiy poya uzunligi tajribaning 2-
variantida (tuproqda o‘stirib, tomchilatib sug‘orish) kuzatildi. Bu variantda
qovunning shonalash davridagi poya uzunligi 30,0-33,2 sm.ni, yon shoxlar soni
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
40
esa 2,0 donani, gullash-meva tugish fazasida esa asosiy poya uzunligi 113,2-
114,2 sm, yon shoxlar soni 3,0-3,1 donani, pishish davrida esa yuqoridagi
ko‘rsatgichlarga mos ravishda 153,0-155,2 sm va 3,0-3,3 dona bo‘lganligi
aniqlandi.
Tajribada nisbatan yuqori o‘sish va rivojlanish ko‘rsatgichlari 4
(tuvaklardagi substratlar va tomchilatib sug‘orish) va 5 (polietilin plyonka bilan
sho‘rlanishdan himoya qilingan va substratlarga ekilib, tomchilatib sug‘orish)
variantlarida kuzatildi. Bu variantlarda qovunning asosiy poya uzunligi
shonalash davrida 33,8-36,5 sm, yon shoxlar soni 2,3-2,5 dona, gullash-meva
tugish davridagi asosiy poya uzunligi 115-,1-118,8 sm. yon shoxlar soni 4,1-4,8
dona, pishish davrida esa asosiy poya uzunligi 160,5-167,9 sm. yon shoxlari soni
4,6-5,8 dona bo‘ldi.
Tajriba maydonida tarvuzning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan
fenologik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatdaki, tarvuzda ham qovun ekini
singari tajribaning 2-variantida nisbatan eng kam o‘sish va rivojlanish kuzatildi.
Bunda shonalash davrida asosiy poya uzunligi 37,3-39,2 sm, o‘suv shoxlari 2,2-
2,5 dona, gullash va meva tugish davrida 117,8-121,0 sm. va 3,0-3,5 dona pishish
davrida esa 163,2-168,4 sm, 3,5-3,6 dona bo‘ldi.
Nisbatan yuqori o‘sish va rivojlanish ko‘rsatgichlari tarvuzda ham 4 va 5
variantlarda qayd qilindi.
Bu variantlarda shonalash davridagi asosiy poya uzunligi yillar bo‘yicha
o‘rtacha 41,2-46,2 sm, yon shoxlar soni 2,6-3,3 donani, gullash va meva tugish
davrida 121,6-131,2 sm. 4,5-5,5 dona, pishish davrida esa 171,4-178,5 sm. va
4,8-5,6 donani tashkil qildi.
Umuman tajriba maydonida yetishtirilgan qovun va tarvuzning eng yuqori
o‘sish va rivojlanishi tajribaning 4-variant (sho‘rlanishdan himoya qilish uchun
plasmassa tuvaklar) va 5-variant (sho‘rlanishdan himoya qilishda polietilen
plyonkadan foydalanish) hamda ularni drenaj tizimi bilan jihozlab, maxsus
substratlarda (tuproq-30%, qum 20%, biogumus 50%) tomchilatib sug‘orish
usuli yordamida yetishtirilganda qovunning shonalash davrida asosiy poya
uzunligi 37,3-39,2 sm. o‘suv shoxlari 2,2-2,5 dona, gullash va mevalash davrida
117,8-121,0 sm. va 3,0-3,5 dona, pishish davrida 163,2-168,4 sm, 3,5-3,6 dona
bo‘lganligi, tarvuzning shonalash davrida asosiy poya uzunligi 41,2-46,2 sm. yon
shoxlar soni 2,6-3,3 dona, gullash va mevalash davrida 121,6-131,2 sm. 4,5-5,5
dona va pishish davrida esa 171,4-178,5 sm, 4,8-5,6 dona bo‘lganligi aniqlandi.
Poliz ekinlaridan qovun va tarvuzning o‘suv davri davomiyligi navlarining
biologik xususiyatlariga, ekish muddatlariga va yetishtirish agrotexnologik
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
41
tadbirlarni (ko‘chat qalinligi, ekish usuli, sug‘orish, mineral oziqlantirish, qator
oralariga ishlov berish) o‘z vaqtida sifatli o‘tkazishga bog‘liq bo‘ladi.
1-jadval
Tajriba maydonida yetishtirilgan qovunning o‘sishi va rivojlanishi
Var.
№
Shonalash davri
1.iyun
Gullash-meva tugish
davri. 1-iyul
Pishish
davrining
boshlanishi.
1-
avgust
Asosiy
poya
uzunligi,
sm
Yon
shoxlar
soni,
dona
Asosiy
poya
uzunligi,
sm
Yon
shoxlar
soni,
dona
Asosiy
poya
uzunligi,
sm
Yon
shoxlar
soni,
dona
2021 y
1
-
-
-
-
-
-
2
34,1
2,0
113,2
3,0
155,2
3,3
3
34,1
2,0
114,2
3,3
158,1
3,5
4
35,3
2,3
115,1
4,1
160,5
4,6
5
36,5
2,5
116,7
4,4
163,7
4,8
2022 y
1
-
-
-
-
-
-
2
33,2
2,2
114,3
3,1
153,3
3,3
3
33,8
2,5
115,2
3,4
160,4
3,8
4
34,5
2,6
116,8
4,5
163,2
5,0
5
35,3
2,8
118,3
4,7
165,5
5,3
2023y
1
-
-
-
-
-
-
2
30,0
2,0
113,2
3,0
155,0
3,0
3
32,3
2,1
114,0
3,2
157,3
3,5
4
33,8
2,3
117,0
4,5
165,5
5,6
5
36,4
2,5
118,8
4,8
167,9
5,8
Qovun navlarining biologik xususiyatlari bo‘yicha o‘suv davrining
davomiyligi urug‘larni unib chiqishidan birinchi hosilni pishib yetilishigacha
bo‘lgan davr bilan baholanadi. Tez pishar qovun navlarining o‘suv davrlarining
davomiyligi 80-90 kun, o‘rta pishar navlarda 90-110 kun, kech pishar navlarda
esa 110 kundan ko‘p bo‘ladi. Tajriba maydonida yetishtirilgan qovunning
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
42
“Dakaro” navi biologiyasi bo‘yicha tez pishar bo‘lib (80-90 kun), lekin variantlar
bo‘yicha ushbu qovun navining o‘suv davri davomiyligi 4 – 6 kungacha bir –
biridan farq qiladi.
Tajriba variantlari bo‘yicha o‘suv davri davomiyligi nisbatan ko‘proq
bo‘lgan 2-variantda sho‘rlanishdan himoya qilinmasdan tomchilatib sug‘orish
usuli bilan yetishtirilganda yillar bo‘yicha 83 – 94 kunni tashkil qildi.
Tajribada o‘suv davri 2-variantga nisbatan 3 – 7 kun kam bo‘lishligi 4 va 5
variantlarda ya’ni tuproq sho‘rlanishidan plasmassa tuvaklar va poltetilin
plyonka bilan himoya qilinib, tomchilatib sug‘orish usuli bilan yetishtirilgan
variantlarda kuzatildi.
Qovunning o‘suv fazalari orasidagi kunlar o‘rganilganda – urug‘ ekishdan
ko‘chatlarning tayyor bo‘lishigacha bo‘lgan davr 23 – 25 kun, shonalash
davrining davomiyligi variantlar bo‘yicha 9 – 13 kun, gullash va meva tugish
davri 12 – 17 kun, mevalarni pishishgacha bo‘lgan davri 30 – 35 kundan iborat
bo‘ldi.
Tajriba maydonidayetishtirilgan tarvuzning o‘suv fazalari oralig‘idagi
kunlar o‘rganilganda bunda ham qovun singari urug‘ ekishdan ko‘chat tayyor
bo‘lishigacha ketgan vaqt 23 – 25 kunni, shonalashgacha bo‘lgan davr 2-
variantda 13 – 14 kun, gullash va meva tugish davri 17 – 18 kun, pishishgacha
bo‘lgan davri 30 – 35 kunni tashkil qildi. Tajribaning 4 va 5 variantlarida esa
shonalash davrigacha 10 – 12 kun, gullash va meva tugish davrigacha 13 – 15
kun, pishish davrigacha 29 – 32 kun, umumiy o‘suv davrining davomiyligi urug‘
ekishdan pishishgacha pishishgacha bo‘lgan davr 2-variantda 85 – 89 kun, 4 va 5
variantda 78 – 80 kunni tashkil qildi.
2-jadval
Tajriba maydonida yetishtirilgan tarvuzning o‘sishi va rivojlanishi
Var.
№
Shonalash davri
1.iyun
Gullash-meva tugish
davri. 1-iyul
Pishish
davrining
boshlanishi.
1-
avgust
Asosiy
poya
uzunligi,
sm
Yon
shoxlar
soni,
dona
Asosiy
poya
uzunligi,
sm
Yon
shoxlar
soni,
dona
Asosiy
poya
uzunligi,
sm
Yon
shoxlar
soni,
dona
2021 y
1
-
-
-
-
-
-
2
37,3
2,2
117,8
3,2
163,2
3,6
3
38,0
2,4
119,3
3,2
168,5
3,9
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
43
4
41,2
2,6
121,6
4,5
171,4
4,8
5
43,4
2,9
123,5
4,7
175,3
5,2
2022 y
1
-
-
-
-
-
-
2
39,2
2,5
120,0
3,5
166,5
3,7
3
40,3
2,7
123,5
3,7
171,7
4,1
4
43,3
3,0
127,6
5,0
176,3
5,3
5
45,7
3,3
131,2
5,5
178,5
5,6
2023y
1
-
-
-
-
-
-
2
38,6
2,3
121,0
3,0
168,4
3,5
3
41,2
2,5
125,2
3,5
170,5
3,7
4
45,3
2,8
126,4
4,7
175,2
5,0
5
46,2
3,0
128,8
5,3
177,7
5,5
Tajriba maydonida yetishtirilgan qovun va tarvuzning o‘suv davri
davomiyligi bo‘yicha o‘rganilgan ma’lumotlarga asoslanib xulosa qilish
mumkinki qovun va tarvuzning tuproqdagi tuzlardan himoya qilinmagan holda
tomchilatib sug‘orish usuli bilan yetishtirilganda (2-variantda) umumiy o‘suv
davrining davomiyligi qovunda 83 – 84 kun, tarvuzda 85 – 89 kun,
sho‘rlanishdan himoya qilingan variantlarda (4 va 5 variantlar) qovunda 77 – 80
kun, tarvuzda 78 – 80 kun bo‘lganligi aniqlandi.
Xulosalar
1.
Qovunning shonalash davridagi poya uzunligi 30,0-33,2 sm.ni, yon shoxlar
soni esa 2,0 donani, gullash-meva tugish fazasida esa asosiy poya uzunligi 113,2-
114,2 sm, yon shoxlar soni 3,0-3,1 donani, pishish davrida esa yuqoridagi
ko‘rsatgichlarga mos ravishda 153,0-155,2 sm va 3,0-3,3 dona bo‘lganligi
aniqlandi..
2.
Qovunning shonalash davrida asosiy poya uzunligi 37,3-39,2 sm. o‘suv
shoxlari 2,2-2,5 dona, gullash va mevalash davrida 117,8-121,0 sm. va 3,0-3,5
dona, pishish davrida 163,2-168,4 sm, 3,5-3,6 dona bo‘lganligi aniqlandi.
Tarvuzning shonalash davrida asosiy poya uzunligi 41,2-46,2 sm. yon shoxlar
soni 2,6-3,3 dona, gullash va mevalash davrida 121,6-131,2 sm. 4,5-5,5 dona va
pishish davrida esa 171,4-178,5 sm, 4,8-5,6 dona bo‘lganligi aniqlandi.
Adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. PF-60-son. “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022 yil 28
yanvar. https://lex.uz/docs/5841063 1-2-b.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
44
2.
Mirziyoyev Sh.M. PF-5853-son. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
tasdiqlash
to‘g‘risida”.
–
Toshkent,
2019
yil
23
oktyabr.
https://lex.uz/docs/4567334 1-3-b.
3.
Azimov B.J., Azimov B.B. “Sabzavotchilik, polizchlik va kartoshkachilikda
tajribalar o‘tkazish metodikasi”.-T. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002 y
(2006). 181–185-b.
4.
4.“Toshkent viloyati sharoitida qovun yetishtirishning resurstejamkor
texnologiyasini ishlab chiqish”. Tashkent. 2022. – B 4-12.
5.
Abdumalikov Sh. Tomchilatib sug‘orish afzalliklari. J. «O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligi». 2011 y. №8. 32-33 b.
6.
Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavot va poliz ekinlarini gidromodul rayonlar
bo‘yicha sug‘orish tartiboti. O‘zMEDIN. Toshkent. 2004. 45-b.