MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
39
XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI
SIFATINI TA’MINLASH
1
Boboyev G‘.G‘.
2
Rejepova Sh.B.
1
Toshkent davlat texnika universiteti, dotsent
2
Toshkent davlat texnika universiteti, magistrant
https://doi.org/10.5281/zenodo.14642657
Annotatsiya.
Olib borilgan ushbu tadqiqotda, korxonalarda oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga
ta’sir etuvchi omillarni minimallashtirish, ularni nazorat qilishga asoslangan
xalqaro standart va tizimlarning tahlili yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Oziq-ovqat mahsulotlari, sifat, xavfsizlik, standart
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, jumladan, oziq-ovqat
mahsulotlarining sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlashda sifat
menejmentini zamonaviy tamoyillarini qo‘llash, boshqaruv tizimini
takomillashtirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. “...ichki bozorni oziq-ovqat
mahsulotlari bilan to‘ldirish va narxlar barqarorliginita’minlash, oziq-ovqat
mahsulotlari zaxirasini yaratish va ichki bozorda intervensiya qilish hajmlari,
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish zaxiralarni
shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish...” kabi muhim
ustuvor vazifalari belgilangan. Mazkur ustuvor vazifalarni ijrosini ta’minlashda
oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Jahonda 2019-2022- yillar mobaynida ochlikdan aziyat chekayotgan aholi
soni 691 mln. kishidan 783 mln. kishiga yetdi. Jumladan, tahlil etilayotgan
davrda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanmagan aholi sonining dunyo aholisi
sonidagi ulushi 25,3 foizdan 29,6 foizga yetdi. Koronavirus pandemiyasidan
keyingi davrda xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari bozoridagi mazkur salbiy
tendensiyalar sababli global oziq-ovqat xavfsizligi ko‘rsatkichi 11,7 foizdan 11,3
foizga pasaygan.Ushbu holat global darajada oziq-ovqat sanoati korxonalari
aholining bu turdagi tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish
imkoniyatiga yetmaganligidan dalolat beradi.
Oziq-ovqat korxonalari uchun xalqaro standartlar tizimida, ishlab
chiqishda, jahon bozorida, sohada yetakchi bo‘lgan yirik kompaniyalar,
konsernlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy tekshirish institutlarining ekspertlari
tomonidan turli ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarga asoslaniladi. Ushbu tavsiyalar
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Organization for
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
40
Standardization – ISO) tomonidan ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotda joriy etish
yoki etmaslik bo‘yicha yakuniy xulosalar beriladi.
ISO tashkiloti tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligi
bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish quyidagi olti bosqichlarda amalga
oshiriladi:
taklif berish bosqichi-ushbu bosqichda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan
standartlarni zaruriyati ilmiy va amaliy jihatdan asoslanib, ISO tashkiloti
a’zolariga ishlab chiqilgan asosnoma yuborilib, uni ishlab chiqish bo‘yicha
a’zolar o‘rtasida ovoz yig‘iladi. Kamida besh nafar a’zo ushbu taklifni ma’qullab
ovoz bergan taqdirda standartni ishlib chiqishga tavsiya etiladi;
tayyorgarlik bosqichida-standartni ishlab chiqish loyihasiga rahbar
tayinlanib, loyiha a’zolarini tarkibi shakllantiriladi. Mahsulot standarti bo‘yicha
loyiha rejasining turli variantlari shakllantirilib, yuqori turuvchi tashkilotga
taqdim etiladi. Ushbu bosqichda ishlab chiqilgan loyihaning rejasi va uni
variantlari bir necha bor qayta ko‘rib chiqiladi;
standartlarni ishlab chiqish-loyiha rejalari asosida oziq-ovqat mahsuloti
uchun sifat va xavfsizlik nuqtai nazaridan standartni bir necha variantlari ishlab
chiqilib, tashkilot a’zolariga ovoz berish uchun yuboriladi. Ovoz berish
jarayonida qaysi standart loyihasi boshqalariga qaraganda ko‘proq ma’qullansa,
o‘sha standart matni standart loyihasi sifatida tahrirga yuboriladi;
muzokaralar bosqichi - tahrir qilingan standartni yakuniy loyihasi yana
qaytadan tashkilot a’zolariga yuboriladi va besh oy muddat davomida ishlab
chiqilgan standart loyihasi borasida a’zolar tomonidan berilgan savollarga uni
ishlab chiqqan ishchi guruh tomonidan javoblar beriladi. Agarda ovoz berish
jarayonida unga a’zolarning 2/3 qismi loyihani ma’qullab ovoz bersa va umumiy
ovoz berganlar tarkibida qarshilarning ulushi 25 foizdan oshmasa, ishlab
chiqilgan loyiha xalqaro standart sifatida taqdim etish uchun ma’qullanadi. Ovoz
berish jarayonida yuqoridagi holatlar bajarilmay qolgan taqdirda, ishlab
chiqilgan standart qayta ko‘rib chiqish uchun ishchi guruhga yuboriladi;
tasdiqlash bosqichi - ovoz berish jarayonida yetarli darajada ovoz yig‘gan
loyihani yakuniy varianti ISO bosh kotibiyatiga yuboriladi. ISO bosh kotibiyati
standartni qabul qilishdan avval ikki oy muddat ichida loyihani ko‘rib chiqib,
a’zolarga tasdiqlashi kutilayotgan loyiha matnini yuboradi. Agarda loyiha
ma’qullansa, xalqaro standart sifatida tasdiqlanadi va keyingi bosqichga
tayyorlanadi;
e’lon qilish bosqichi-ushbu bosqich yakuniy bosqich bo‘lib, bunda
tasdiqlangan standart ISO bosh kotibiyati tomonidan e’lon qilinadi. E’lon qilish
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
41
bosqichida loyiha matnida tushunarsiz holatlar ko‘zga tashlansa, uning matniga
kichik o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin bo‘ladi (1-jadvalga qarang).
1-jadval
Oziq-ovqat mahsulotlarining ISO 22000 seriyasi bo‘yicha zamonaviy
sifat standartlari
Standartlar
Standart mohiyati
ISO 22000
Oziq-ovqat mahsulotlarni inson hayoti uchun
xavfsizligi nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan standartlar
tizimi. Har qanday oziq-ovqat korxonalari uchun
qo‘llaniladi.
Ushbu
standart
asosida
oziq-ovqat
mahsulotini
standartga
muvofiqligi
bo‘yicha
sertifikatsiyalash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
ISO/TS 22004
Oziq-ovqat mahsulotlarni inson hayoti uchun
xavfsizligi nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan standartlar
tizimi bo‘lib, korxonada ISO 22000:2005 standartiga
asoslangan boshqaruv ko‘rsatmalari amal qilishini
anglatadi.
ISO/TS 22002-
1
Oziq-ovqat
korxonalari
uchun
mahsulotning
xavfsizligi bo‘yicha dastlabki zaruriy me’yorlar tizimi.
ISO/TS 22005
Oziq-ovqat
korxonalarida
mahsulot
sifatini
boshqarishning umumiy tamoyillari va bazaviy talablarini
amaliyotga joriy etilganligi bo‘yicha standartlar.
ISO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va
ularning iste’mol xususiyati bo‘yicha inson hayoti uchun xavfsizlik nuqtai
nazaridan ishlab chiqqan standartlari tavsiyaviy xarakterga ega ekanligini
inobatga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish va
sertifikatsiyalash bo‘yicha boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tegishli
standartlar tizimi ishlab chiqilgan (2-jadvalga qarng). Mazkur standartlar tizimi
ISO tashkilotini oziq-ovqat sifati va xavfsizligi nuqtai nazaridan ishlab chiqqan
xalqaro standartlariga asoslangan. Shu bilan birgalikda, 2-jadvalda keltirilgan
standartlar asosida oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarini xalqaro sertifikatsiyalash amaliyotini bajaradilar.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
42
2-jadval
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standart
va tizimlar
Standartlar
Standart mohiyati
PAS 220
PAS 220 (Publicly Available Specification) – oziq-ovqat
korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha
umumiy ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish jarayoni bilan
bog‘liq bo‘lgan risklarni nazorat qilish standartlari; Bu
turdagi standartlar bugungi kunda turli davlatlar
amaliyotida oziq-ovqat mahsulotlari sifati bo‘yicha majburiy
me’yor va talablar reglamenti (PRP – zaruriy shart-
sharoitlar dasturi) sifatida amal qiladi. Talablar ISO
22000:2005 standartiga muvofiq o‘rnatiladi.
FSSC 22000
Bu standartlar Yevropa Ittifoqi oziq-ovqat sanoati
tarmog‘i
konfederatsiyasi
(CIAA)
tomonidan
ISO
22000:2005 va PAS 220:2008 standartlariga asoslangan
holda ishlab chiqilgan. Global oziq-ovqat xavfsizligi
tashabbuskorlari (GFSI) standartlari tizimini butun Yevropa
mintaqasi mamlakatlarida qo‘llashni tavsiya etgan.
GMP
GMP (Good Manufacturing Practice) standarti oziq-
ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari, faol
ingrediyentlar, dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha
me’yorlar, talablar, qonun-qoidalar tizimidan tashkil topgan.
HACCP
HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points) –
bu risklarni va boshqaruvni kritik nuqtalarini tahlil qilishda
oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimi bo‘yicha ishlab
chiqilgan standart hisoblanadi.
IFS
HACCP standart tizimiga asoslangan Germaniya va
Fransiya hukumatlari o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi
bo‘yicha ishlab chiqilgan standartlar tizimi;
BRC
HACCP standartlar tizimiga asoslangan Buyuk Britaniya
hukumatining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha standartlar
tizimi.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
43
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida»gi PF-60-sonli Farmoni. // www.lex.uz.
2. Яськин А.Н. Обеспечение безопасности пищевой продукции в рамках
интегрированных систем менеджмента. Национальные интересы:
приоритеты и безопасность. № 18 (111), 2011. – с. 71-76
3. Мониторинг достижения связанных с продовольствием и сельским
хозяйством показателей ЦУР, 2030 год. [Электронный ресурс]. – URL:
https://www.fao.org/3/cc7088ru/online/cc7088ru.html
4. Байтанов Ў.М. Озиқ-овқат саноати корхоналарида маҳсулот сифатини
бошқаришни ривожлантириш йўналишлари. // Yangi O‘zbekiston
iqtisodiyoti. – Тошкент. 2023. -№ 4(6), -Б. 288-292.
5. Baytanov O‘.M. Oziq-ovqat korxonalarida mahsulot sifatini mohiyati va unga
ta’sir etuvchi omillar. // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси. – Хива,
- №10/2. -2023. –Б. 25-29.
