Mazkur maqolada pedagogik innovatsiyalarning ta’lim jarayoniga tadbiq etilishining muhim jihatlari tahlil qilingan. Maqolada o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv jarayonini texnologik ta’minlash va o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘qitishning samaradorligini oshirishning ahamiyati yoritilgan. Pedagogik innovatsiyalarning ta’limga kiritilishi o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi.