Авторы

  • Akmaral Nisanbayeva
    Nizomiy nomidagi TDPU. professor
  • Gulmira Аbduхаchimova
    Nizomiy nomidagi TDPU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.64937

Аннотация

Mazkur maqolaning asosiy mazmunini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganilgan nazariy va ilmiy-amaliy ma’lumotlar asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish hamda foydalanishdan ko‘zlanadigan maqsadlar haqidagi fikr-mulohazalar boyitadi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

19

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING INTERFAOL DARSLAR OLIB

BORISH MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISH TURLARI

Nisanbayeva Akmaral

Nizomiy nomidagi TDPU. professor

Аbduхаchimova Gulmira

Nizomiy nomidagi TDPU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14832899

Annotatsiya:

Mazkur maqolaning asosiy mazmunini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining

kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganilgan nazariy va ilmiy-

amaliy ma’lumotlar asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdan foydalanish hamda
foydalanishdan ko‘zlanadigan maqsadlar haqidagi fikr-mulohazalar boyitadi.

Аннотация:

Основное содержание данной статьи обогащено мнениями о

применении личностно-ориентированного образования и целях его

использования на основе теоретических и научно-практических данных по

повышению профессиональной компетентности учителей начальных

классов.

Maktablarimiz darsliklarning yangi avlodi, modernizatsiya qilingan dasturlar,

tajriba – sinovlardan o‘tgan, takomillashtirilgan standartlar bilan taʼminlandi.

Maktablarning moddiy bazasi mustahkamlanmoqda. Yangi maktablarni

qurish, rekonstruktsiya qilish, joriy va kapital taʼmirlash, zamonaviy asbob–
uskunalar, texnika vositalari bilan taʼminlash, kompyuterlashtirish, o‘quvchilar

va o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish

ishlari dasturlar, rejalar asosida olib borilmoqda.

Maktablarning moddiy bazasi qancha rivojlanmasin, darslik, dastur,

standartlar takomillashtirilmasin, o‘quvchiga puxta va chuqur bilim berish, uni

erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatish bugungi bitiruvchi o‘qituvchining kasbiy

mahorati, bilimdonligi, zamonaviy darslarni, ilgʼor texnologiyalarni qay darajada

o‘zlashtirganligi, interfaol darslarni tashkil eta olish ko‘nikma, malakalariga

bogʼlanib qolaveradi.

Umuman bugungi pedagogik oliy taʼlim bitiruvchisi yangicha sharoitda,

yangicha usullarni qo‘llab darsni tashkil eta oladimi?

Taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlovchi omillardan bo‘lgan innovatsion
texnologiya, yangi pedagogik texnologiya, jumladan interfaol taʼlimni o‘quv

jarayoniga joriy etish shu kunning zaruriyatiga aylanmoqda.

Bu esa o‘z navbatida, taʼlim jarayonini insonparvarlashtirish, liberilizatsiya

qilish (erkinlashtirish), demokratlashtirish, bolaga do‘stona munosabatda

bo‘lish, hamkorlik va hamijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda.

Qisqa qilib aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lmogʼi lozim. O‘quv

jarayoni o‘quvchiga qaratilgan va yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

20

Shaxsga qaratilgan taʼlim o‘quvchining o‘quv–biluv mehnatini tashkil etishni
harakatlantiruvchi, qiziqish, xohish, talab – istaklarni ro‘yobga chiqaruvchi kuch

bo‘lib xizmat qiladi. Yaʼni taʼlim jarayoniga individual yondashuv deganda

nimani tushunish kerak?

O‘quvchi shaxsiga qaratilgan taʼlim:

Taʼlim jarayonida:

-

O‘quvchi faolligini oshirish;

-

O‘quvchini mustaqil fikrlashga o‘rgatish;

-

O‘quvchining ijodiy fikrlashini tashkil etish;

-

O‘quvchining mustaqilligi,erkinligini taʼmin etish;

-

O‘quvchilarning qiziqishlari asosida ish yuritish (motivatsiya);

-

O‘quvchining imkoniyatlarini ishga solish;

-

O‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha taʼlim olishga yo‘llash (sinfdan)

maktabdan tashqari taʼlim olishga yo‘llash;

O‘z–o‘zini rivojlantirish, tarbiyalantirish.

Yuqoridagi keltirilgan individual xususiyatlarini rivojlantirish asosida

o‘quvchini mustaqil bilim olish ko‘nikma va malakasini hosil qilishdan iboratdir.

Bizga maʼlumki, pedagogika universitetlarining bitiruvchilari boshlangʼich

taʼlimda o‘qitiladigan o‘quv predmetlarini deyarli to‘la o‘zlashtiradilar, ammo

zamonaviy usulda darslarni rejalashtirish, tayyorlash va o‘tkazishda

qiyinchiliklarga duch keladilar. Qanday qilib ular talabalik yillaridayoq

zamonaviy dars usullarini o‘zlashtirib olishlari mumkin? degan savolga duch

kelamiz.

Sir emas o‘quv jarayonini isloh etish darsni isloh qilishdan boshlanadi. Dasrni

isloh etishni nimadan boshlash kerak?

-

darsga masʼuliyatli munosabatda bo‘lish;

-

darsga yangicha yondashuvni yo‘lga qo‘yish;

-

darsda o‘quvchiga individual yondashuv;

-

darsni o‘quvchining faolligi, hamkor va hamijodkorligi asosida tashkil

etish;

-

interfaol, innavatsion, ilgʼor texnologiyalarni qo‘llashdan boshlash kerak.

Bizning kuzatuvlarimiz, xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribalarini o‘rganish shuni

ko‘rsatmoqdaki, bo‘lgʼusi o‘qituvchilarni interfaol darslarni olib borishga

tayyorlashni quyidagi 3 yo‘nalishda olib borganda ijobiy natijalar berishi

mumkin.
I yo‘nalish. Talabalarni 1-kursdan boshlab, institutni bitirgunga qadar

psixologiya, pedagogika, metodika, informatika, pedagogik amaliyot jarayonida

taʼlim modeli, interfaol taʼlimni mazmun – mohiyatini va uni amaliyotga kiritish

mexanizmi o‘rganish – o‘rgatish.

II yo‘nalish. Har bir guruhlarda 5-6 talabadan iborat interfaol taʼlimni o‘rganib,

o‘zlashtirib boruvchi kichik ijodiy guruhlar shakllantirish. Ularni interfaol taʼlim

metodlarining har bir usulini o‘rgangandan keyin seminar-treninglar, davra


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

21

suhbatlari, munozaralarini maxsus jadval asoisda o‘tkazib borish. Talabalarni
doimiy harakatdagi bir-biriga o‘rgatish, o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.

III yo‘nalish. Talabalarni shaxsiy dasturlari asosida ilmiy-pedagogik izlanishlar

olib borishni yo‘lga qo‘yish. O‘quv yili davomida ilmiy – metodik adabiyotlar va

kundalik davriy matbuot materiallari, ilgʼor pedogogik tajribalar, internet

materiallarini izlash, to‘plash, ularning bankini yaratish va ulardan foydalanish.

Аnʼanaviy taʼlim va interfaol taʼlimning mazmuni, mohiyati va farqlari.

Mamlakatimizdagi taʼlim muassasalarida o‘quv jarayonlari quyidagi

ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.

Passiv usul (anʼanaviy). O‘quvchi o‘qituvchining so‘zidan, aytib berishi,

hikoya, bayon etishidan o‘quv materiallarini o‘zlashtiradi. Uy vazifalarini

qo‘llanma, darsliklardan o‘qib o‘rganadi. Bunday jarayonda o‘quvchi va

o‘qituvchi orasida qayta aloqalar tizimi o‘rnatilmagan. O‘quvchi o‘z qobiliyati

darajasida, qiziqishi, istagi, xohish darajasida o‘zlashtiradi. Unda taʼlim

mazmunini to‘la o‘zlashtirish kafolatlanmaydi.

Kamchiliklar: qayta aloqalar yo‘lga qo‘yilmaydi, taʼlim mazmuni ijrosi asosan

o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi, o‘quvchilar passiv eshituvchi va

mustaqillik yo‘q, dars bir qolipda o‘tadi, barcha masalalar o‘qituvchiga bogʼliq.

Аvtoritar pedagogikaga asoslangan. Faol usul. Аnʼanaviy usuldan keng

foydalaniladi. O‘qituvi taʼlim mazmunini bayon etish bilan bor kuchini,

mahoratini ishga soladi. Ko‘rgazmali qurollar, didaktik tarqatma maetriallar

yordamida taʼsirchanlik bilan tushuntirishga harakat qiladi.

O‘qituvchi o‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashadi, ularni

faollashtiradi. Ijodiy ishlar berish orqali mashqlar yechdirishga harakat etadi. Uy

ishlari, mustaqil mashqlar yechishga undaydi. O‘quvchilar faolligida taʼlim
mazmunini o‘zlashtirishda bir muncha yuqori ko‘rsatkichga erishadi. Bunday

taʼlim usulida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotga kirishadi, ayrim

muammolarni yechishga o‘quvchilarni jalb etadi. Shuning uchun ham bu usul

hamkorlik, hamjihatlikda kechadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quv – biluv jarayonida

o‘quvchini faolligi birmuncha oshadi. Hamkorlik pedagogikasiga suyanadi.

Interfaol usul. Dars jarayonini tashkil etishda o‘quvchilarga qulay ijodiy fikr

yuritish uchun muhit yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilarning o‘zaro fikr

almashishlariga imkon beradi. O‘zaro axborot olish va berish uchun sharoit

Taʼlim modeli

Passiv usul

Faol usul

Interfaol usul


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

tugʼdiriladi. Yechimi kutilayotgan masalalarni hamkorlik va hamjihatlikda
muhokama etadilar, yechim topadilar, vaziyatdan chiqishda ham

hamijodkorlikda bo‘ladilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga

namoyish etadilar. Bir–birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Bir–

birlarini tushunish ularda qiziqish paydo qilib, vaqt o‘tganini bilmay qoladilar.

Har bir ishtirokchi taʼlim mazmunini mualliflaridek his qiladilar. Taʼlim

mazmunini to‘la o‘zlashtirishga va sifat-samaradorlikka erishadilar. Shuning

uchun ham bu usul hamijodkorlik pedagogikasi deb yuritiladi.

Interfaol usul nima va u nimani anglatadi? Interfaol usullar o‘quvchilarning

o‘zaro muloqot va o‘zaro taʼsiridagi dars jarayonini amalga oshiradi. Interaktiv

ingliz so‘zidan olingan bo‘lib, “Interakt”, yaʼni Inter – bu “o‘zaro”, akt – harakat,

taʼsir, faollik maʼnolarini beradi.
Interfaollik asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchini erkin fikr yuritishga

va axborotlarni faollikda hal etishga o‘rgatadi. Guruhlarda masalalar yechimini

topishga, hamkorlikda ish yuritishga, o‘z fikrlarini yozma bayon etish ko‘nikma,

malakalarini shakllantiradi. Interfaol metodlarda ish yuritish, anʼanaviy

metodlardan voz kechish degani emas, balki dars mazmunini o‘zaro faollikda,

hamkor va hamijodkorlikda hal etishni tashkil eta olishdir.

Interfaol taʼlimni quyidagi metodlari mavjud:

-Muammoli taʼlim;

-Loyihali taʼlim;

-O‘yin orqali kechuvchi taʼlim;

-Kreativ taʼlim;

-Evristik taʼlim;

-АKT taʼlimlaridir.

Interfaollik bu o‘zaro ikki kishi faolligi, yaʼni bunda o‘quv – biluv jarayoni

o‘zaro suhbat tariqasida, dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi –

o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida kechadi.

Interfaollik – o‘zaro faollik, harakat, taʼsirchanlik, u o‘quvchi va o‘qituvchi

muloqotlarida sodir bo‘ladi.

Interfaol usulning bosh maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va

vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritishga muhit

yaratishdir.

O‘quvchining intelektual salohiyatini, ichki imkoniyatlarini namoyon etish orqali

taʼlimda sifat – samaradorlikni taʼmin etish demakdir.
Interfaollikda tashkil etilgan darslar shunday kechadiki, bu jarayonda birorta

ham o‘quvchi chetda qolmay, yaʼni ular eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan, bilgan fikr -

mulohazalarini ochiq – oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘zaro bilimlar, gʼoyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu dars

jarayonida samimiylikni taʼminlaydi, bilim olishga havas, qiziqish ortadi, bir-

birlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi.

Interfaol darslar tashkil etilganda o‘quv jarayoni yakka tartibda, juft holatda,

kichik guruhlarda ishlashga o‘rganadilar.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

Bunday holda tashkil etilgan mashgʼulotlar izlanishga asoslangan rejalar, rolli
o‘yinlar avvaldan rejalashtirish, algoritmlash, modullashtirish, darsliklar bilan

ishlash, turli hujjatlar bilan ishlash, axborot manbalari bilan ishlash, ijodiy

ishlardan foydalanish mumkin.

Interfaol darslarni tashkil etish bosqichlari. O‘quv predmeti mavzusini va

mazmunini tanlash;

-Darsning o‘quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilash;

-Darsning o‘quv mazmunini ishlab chiqishda beriladigan nazariy va amaliy

bilimlarni belgilash;

-O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan tushuncha, bilim, ko‘nikma,

malakalarini ifoda etish;

-Darsning shakli, metodi, vositalarini tanlash;
-Tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish uchun taʼlim oluvchi

tomonidan sarflanadigan vaqt birligini hisobga olish;

-Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini yaratish;

-Nazorat olib borish uchun testlar, savollar ishlab chiqish;

-Dars jarayonini olib borish ketma-ketligi va yakunlash mexanizmini yaratish.

Interfaollik asosida tashkil etilgan taʼlimda o‘qituvchi va o‘quvchi

munosabatlarining o‘zgarishi. O‘qituvchi bilimni tashuvchi, yetkazuvchi emas,

o‘quvchini o‘qish, bilim olishda yordamchi, maslahatchi, tashkilotchi rahbarga

aylanadi;

-Uning uchun o‘qituvchi – algaritmlash, modullashtirish, loyihalash,

hamijodkorlikda fikrlash sharoitida ish yuritishga o‘rganmogʼi kerak;

-O‘qituvchi o‘qitibgina qolmay, o‘qishga o‘rgatishi kerak, bilimni berishgina

emas, uni manbalardan ola bilishga, ikki tomonlama faol ish yuritishga

odatlanishi kerak;

-O‘quvchini o‘zini o‘zi o‘qitish, faol ishlashga, yakka, juft, kichik guruhlarda

ishlashga muhit yaratish, o‘quv jarayoniga individual yondashish kerak. Аna

shunda o‘quv mazmunini o‘zlashtirish kafolatlanadi.

Xulosa. Аgar bo‘lgʼusi o‘qituvchilarni interfaol faoliyatda ish olib borishni yo‘lga

qo‘ysak:

•Bitiruvchilarda yangilikka intiluvchanlik yangi metodlarni dars jarayonida

qo‘llash ko‘nikma, malakalari shakllanadi;

•Uzluksiz ravishda mashgʼulotlarda, ijodiy guruhlarda va yakka tartibda

mustaqil ishlash orqali interfaol usulda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi;
•Maktablarga, kasb-hunar va akademik litseylarga borgan bitiruvchilar ilgʼor

texnologiyalar, interfaol taʼlimni olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;

•Bunday muhitda ish yuritganda o‘quvchilar o‘quv jarayonini harakatlantiruvi
kuchga aylanadi. U esa taʼlimda sifat va samaradorlikni kafolatlaydi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1,Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. Методологические основы
системного подхода при подготовке учителей профессионального
обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590. (2015).
2.Дилова

Н.Ғ.

Ўқувчи

шахсини

ривожлантиришда

ҳамкорлик

педагогикасининг ўрни. Замонавий таълим. 1-сон. (2017).
Indiaminov N. va b.
3.Nisanbayeva, A TIL SATHLARINI O‘RGATISH ORQALI ORFOEPIK,
ORFOGRAFIK,

PUNKTUATSION

VA

USLUBIY

KO‘NIKMALARNI

SHAKLLANTIRISH
4. Nisanbayeva, A. THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS AND
APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2),
177-178.

Библиографические ссылки

,Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. Методологические основы системного подхода при подготовке учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590. (2015).

Дилова Н.Ғ. Ўқувчи шахсини ривожлантиришда ҳамкорлик педагогикасининг ўрни. Замонавий таълим. 1-сон. (2017).

Indiaminov N. va b.

Nisanbayeva, A TIL SATHLARINI O‘RGATISH ORQALI ORFOEPIK, ORFOGRAFIK, PUNKTUATSION VA USLUBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

Nisanbayeva, A. THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2), 177-178.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)