MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
148
CODERS WAR TA’LIM PLATFORMASINING ALGORITMIK
DASTURLASH BO‘YICHA GIBRID TA'LIM JARAYONINI TASHKIL
QILISHDAGI IMKONIYATLARI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI.
Umarzoda Shohruh Azamat o’g’li
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti
Amaliy matematika va informatika kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15117360
Annotatsiya:
Ushbu tezisda algoritmik bilimlarni shakllantirish va
rivojlantirish uchun yaratilgan “CODERS WAR” ta’lim platformasining
konseptual asoslari, texnik imkoniyatlari va amaliy qo‘llanish usullari tahlil
qilinadi. Platformaning gibrid ta’lim jarayonini tashkil qilishdagi roli, unda
mavjud interaktiv o‘quv muhiti, algoritmik vazifalar, adaptiv testlar,
gamifikatsiya elementlari hamda shaxsiylashtirilgan ta’lim texnologiyalarining
qo‘llanilishi batafsil yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
CODERS WAR, algoritmik dasturlash, gibrid ta’lim, ta’lim
platformasi, interaktiv o‘quv muhit, adaptiv ta'lim, gamifikatsiya.
Zamonaviy ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash orqali
o‘quv jarayonini takomillashtirish dolzarb masaladir. Ayniqsa, algoritmik
dasturlash sohasida ta'lim samaradorligini oshirish uchun yangi, innovatsion
yondashuvlarga ehtiyoj sezilmoqda. Ushbu ehtiyojdan kelib chiqib yaratilgan
CODERS WAR platformasi algoritmik dasturlash bo‘yicha gibrid ta'lim jarayonini
tashkil qilish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi.
Gibrid ta'lim — an'anaviy darslarning eng samarali jihatlarini raqamli va
onlayn ta'lim imkoniyatlari bilan birlashtirgan ta'lim shaklidir. Bu yondashuv
an’anaviy sinfdagi yuzma-yuz mashg‘ulotlar bilan virtual darslar, interaktiv
video materiallar, elektron ta’lim platformalari va mustaqil o‘rganishga
asoslangan mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtiradi. Gibrid ta’limning asosiy maqsadi
talabalar uchun eng qulay va samarali o‘quv muhitini yaratish bo‘lib, bunda ular
o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil ravishda chuqurlashtirish, ta’lim jarayonini
o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos ravishda rejalashtirish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Natijada talabalar ta’lim jarayonida yanada faol ishtirok etib,
o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi.
CODERS WAR platformasi quyidagi texnik imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Kirish diagnostik testlari orqali bilim darajasini aniqlash.
- Adaptiv ta'lim tizimi orqali individual ta'lim yo‘llarini shakllantirish.
- Gamifikatsiya elementlari (reyting tizimi, mukofotlash, virtual buyumlar)
orqali talabalarning motivatsiyasini oshirish.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
149
- Duel rejimida talabalarning bilimlarini amaliy tarzda tekshirish va
mustahkamlash.
- Video darslar, interaktiv mashqlar va onlayn testlar orqali ta'lim
samaradorligini oshirish.
CODERS WAR platformasi algoritmik dasturlash bo‘yicha o‘quv jarayonini
quyidagi bosqichlarda tashkil etadi:
- Talabalar uchun kirish testlari orqali boshlang‘ich bilim darajasi
aniqlanadi.
- Individual ta'lim yo‘llari ishlab chiqilib, mos vazifalar taqdim etiladi.
- Talabalar algoritmik bilimlarni nazariy va amaliy tarzda o‘zlashtiradilar.
- Gamifikatsiya va adaptiv texnologiyalar orqali bilimlar mustahkamlanadi.
CODERS WAR platformasi quyidagi pedagogik afzalliklarni taklif etadi:
- Talabalar uchun individual yondashuv orqali bilimlarni chuqur va
samarali egallash imkoniyatini yaratadi.
- Gamifikatsiya elementlari yordamida talabalar motivatsiyasini yuqori
darajada ushlab turadi.
- Gibrid ta'lim yondashuvi orqali talabalarning mustaqil o‘rganish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
- Raqobat va hamkorlik muhitini shakllantirib, talabalarni ijodiy va samarali
ishlashga undaydi.
Platformadan foydalanilgan amaliy tajribalar natijalariga ko‘ra, talabalar
algoritmik dasturlash sohasidagi bilimlarni an'anaviy ta'lim olgan talabalarga
qaraganda yuqori samaradorlik bilan o‘zlashtirganlar. Talabalar tomonidan
bildirilgan fikr-mulohazalar platformaning qiziqarli va samarali ekanligini
tasdiqlaydi.
CODERS WAR ta’lim platformasi algoritmik dasturlash bo‘yicha gibrid ta'lim
jarayonini samarali tashkil qilish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Platformaning innovatsion texnologiyalari talabalarning bilim olish jarayonini
individuallashtirishga, motivatsiyasini oshirishga va o‘zlashtirish sifatini sezilarli
darajada yaxshilashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Bonk, C. J., & Graham, C. R. (2012). Handbook of blended learning: Global
perspectives, local designs. John Wiley & Sons.
2. Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008). Blended learning in higher education:
Framework, principles, and guidelines. John Wiley & Sons.
3. Driscoll, M. (2002). Blended learning: Let's get beyond the hype. E-learning,
1(4), 1-4.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
150
4. Graham, C. R. (2006). Blended learning systems. The handbook of blended
learning: Global perspectives, local designs, 3-21.
5. Means, B., Toyama, Y., Murphy, R., Bakia, M., & Jones, K. (2009). Evaluation of
evidence-based practices in online learning: A meta-analysis and review of
online learning studies. U.S. Department of Education.