Авторы

  • T. Sabitova
    Alfraganus universiteti prof v.b., f.f.n.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.77543

Ключевые слова:

epos doston xalq og’zaki ijodi tasvir ta’lim tarbiya ijod adolat badiiy xususiyat.

Аннотация

ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning rivojlanishiga doir psixologik qarashlar yoritilgan. Psixolog olimlarining xalq og’zaki ijodini o’qitishdagi roli va ahamiyati borasidagi yondashuvlari ilmiy nazariy jihatdan tahlil etilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

191

XALQ DOSTONLARINI O’QITISHNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Sabitova T.

Alfraganus universiteti prof v.b., f.f.n.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15153645

Annotatsiya:

ushbu maqolada bugungi kunda xalq og’zaki ijodi va uning

rivojlanishiga doir psixologik qarashlar yoritilgan. Psixolog olimlarining xalq
og’zaki ijodini o’qitishdagi roli va ahamiyati borasidagi yondashuvlari ilmiy
nazariy jihatdan tahlil etilgan.

Kalit so’zlar:

epos, doston, xalq og’zaki ijodi, tasvir, ta’lim, tarbiya, ijod,

adolat, badiiy xususiyat.

Folklor asarlarini o‘qitish orqali talaba yoshlarda ijodiy ishtiyoqqa

qiziqishni oshirish, uning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga
xizmat qiladi. Insonda tassavurni yanada boyitadi. Folklor asarlarini o‘qitish
natijasida inson tafakkurida tasavvur rivojlanadi uning hayoliyotining rivojiga
va o‘zining erkin tasavurrini shakllantirishiga xizmat qilishi bilan ajiralib turadi.

Xalq pedagogikasining asosiy vositalari xalq og‘zaki ijodi, xalq qo‘shiqlari,

xalq raqslari va musiqasida ko‘rinadi. Buning barchasi folklorda
mujassamlashgan. Buning natijasida kelajak avlodga folklor asarlarini tushunarli
va o‘zgarishlarsiz yetakazib berish zaruriyati mavjuddir. Folklor asarlarining
saqlab qolinishi va rivojlanishi millatning, davlatning o‘ziligini saqlab qolish
imkoniyatini yanada kuchaytiradi.

Shunday ekan, yoshlarning hissiy holatlarini rivojlantirish va ularning

faolliklarini oshirishda folklor asarlarining psixologik imkoniyatlari va
pedagogik ahamiyati borasida tadqiqotchi Ye.A.Medvedevaning fikriga ko‘ra
“san’at bilan bog‘liq va ontogenezning dastlabki bosqichlarida namoyon bo‘lgan
faoliyat insonning madaniyat subyekti sifatida individualligini namoyon etishga
yordam beradi” . Insoniyat tarixi davomida folklor shaxsni shakllantirish
tizimida asosiy o‘rinlarni egalab kelgan.

Folklor asarlari orasida xalq og‘zaki ijodi va musiqa san’atining roli insonga

psixofiziologik jihatdan metobolizmni follashtirish, qonning daqiqali xajmiga,
yurak urishining tezligiga, qon bosimiga sezilarni ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘rish,
eshitish va boshqa reseptorlarning faollashishiga hamda tananing fiziologik,
biologik ritmlarini o‘zgarishi va reaksiyalarni oshirishga olib keladi. Folklor
asarlarini o‘rganish psixologik jihatdan va inson salomatligiga ham o‘zining
ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Kichik tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, folklor asarlarini o‘rganish

shaxsning hissiy rivojlanishiga, hissiy sezgirlik va idrokning rolini oshishiga,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

192

tinglovchida his tuyg‘ular, fikrlar va hissiy intelektual, insonning ruhiy holatiga
ta’sir ko‘rsatadi.

Folklor asarlarini o‘rganish orqali insonda quyidagi holatlarda o‘zgarish

bo‘ladi:

Birinchi navbatda, aqliy faoliyat faollishadi
Ikkinchi navbatda, intelektual va ijodiy faoliyat optimallashadi
Uchinchi navbatda, diqqatni jamlashga yordam beradi
To‘rtinchi navbatda, qisqa muddatli hotirani yaxshilaydi
Beshinchi navbatda, og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan aql ko‘rsatkichlarini

oshiradi

Oltinchi navbatda, tasavvurni rag‘batlantiradi
Yettinchi navbatda, inson xatti-harakatlarini o‘zgartiradi.
Inson psixologiyasining o‘zgarishi va uning rivojlanishiga faolklor

asarlarining ijobiy ta’siri doirasida N.V.Shutova o‘zining tadqiqotlarida bolalik
davrida aqliy tuzilmalar rivojlanishining notekisligi va plastikligini hisobga olgan
holda folklor asarlarining muxsus tashkil etgan tarkibiy va dinamik tizimini
taklif qiladi. Folklor ta’sirini tuzilishi integratsiyalashgan tizimning iyerarxik
darajalari bo‘lgan uchsta quyi tizimning o‘zaro ta’siri bilan ifodalaydi.

1) psixofiziologik daraja: vizual, eshitish va boshqa reseptorlarning

faollashishi, so‘ngra tananing fiziologik va biologik ritmlari (qon aylanishi, nafas
olish, ichki sekresiya va boshqalar) o‘zgaradi.), jismoniy ishlashning oshishi,
reaksiyalarning o‘zgarishi;

2) psixologik daraja: hissiy va ixtiyoriy sohada o‘zgarishlar yuz beradi,

shaxsning psixologik faoliyati, uni idrok etish, e’tibor, xotira o‘zgaradi;

3) ijtimoiy-shaxsiy daraja: shaxsga ta’sir qiluvchi musiqa unda katartik

reaksiyaga sabab bo‘ladi, uni o‘zgartiradi va uyg‘unlashtiradi; dunyoqarash,
qadriyatlar tizimi, shaxsga yo‘naltirish, xarakter uning ta’siriga tushadi.

Shunday qilib, tadqiqotchi N.V.Shutovaning fikriga ko‘ra, umuman olganda,

folklor odamga psixofiziologik, psixologik, ijtimoiy-shaxsiy darajada ta’sir qiladi.
Shuning uchun uning bola psixikasiga ta’sirining tabiatini o‘rganish ushbu
murakkab ta’sirni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Bunday
konseptual yondashuv yangi istiqbollarni ochib beradi, bunda folklor asarlari bir
vaqtning o‘zida bolaning hissiy va aqliy faoliyatini optimallashtirish vositasi
bo‘lib, uning shaxsiyatining ma’naviy o‘sishi va axloqiy yaxshilanishiga olib
keladi .

Bolalar folklorining eng yirik tadqiqotchisi G.S.Vinogradovning so‘zlariga

ko‘ra, “bolalar folklori psixologlar uchun ham, ilmiy fikr vakillari uchun ham,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

193

amaliy o‘qituvchilar uchun ham qiziqish uyg‘otadi”. Bolalar folklorining
induvidual janrlarini ularning intensiv yosh dinamikasida o‘rganish bolalarning
badiiy tafakkurining rivojlanish qonuniyatlarini tushunish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi, bu asosan xalq ijodiyoti asarlarini idrok etish orqali shakllanadi.
Musiqiy folklor-bu bolalarning hissiy buzilishlarini tuzatish, uning barcha
parametrlarini rivojlantirish, shuningdek, uning ta’sirchan tarkibiy qismlari
bilan bog‘liq psixikaning kompensatsion imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish
maqsadiga erishishga yordam beradigan tuzatish vositasidir.

Ko‘plab psixologlar o‘z tadqiqotlarida hissiyotlar va fantaziyalar o‘rtasida

bog‘liqlik borligini tasarruf etishadi. L.S.Vigotskiyning fikriga ko‘ra “hissiyot
tanamizning mimik, pantomimik, sekretor va somatik reaksiyalarida emas, balki
bizning tasavvurimiz orqali ma’lum bir ifodaga muhtoj. Folklor har doim sirlar
va sarguzashtlarni, ajoyib, hayoliy elementni, aniq, shaffof qurilgan
to‘qnashuvlarni o‘z ichiga oladi” .

Musiqani idrok etish, odamning ongida tovushli materialning aksi sifatida,

shuningdek, psixofiziologik jarayondir, chunki musiqa tufayli kelib chiqadigan
his-tuyg‘ular va hissiyotlar insondan ma’lum bir reaksiya usulini talab qiladi
(ilhom, ko‘z yoshlar, kulgi, yurak urishi, nafas olish, puls, turli xil galvanik teri
reaksiyalari). L.S.Vigotskiy o‘z asarlarida san’at markaziy tuyg‘u ekanligini
ta’kidlaydi. San’at hissiyotlari aqlli hissiyotlardir. Mushtlarni qisish va
qaltirashda o‘zini namoyon qilish o‘rniga, ular asosan fantaziya tasvirlarida hal
qilinadi – deya o‘z fikrini bildirgan..

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Сабитова Т. Ўзбек фольклори дарслик. Университетлар ва педагогика

институтларининг Ўзбек филологияси факультетлари учун дарслик. –Т.:
Сарбон. ЛЛС. 2024
2.

Сабитова Т. Бахши шоирлар ижодига бағишланган тематик кеча ва

кўрик-конкурслар ўтказиш тадбирлар (ўқув методик иш) РНМҚ НТИКПР.-
Тошкент. -1984
3.

Сабитова Т. Аскияда ижрочилик маҳоратини ошириш йўллари (ўқув

методик иш) РНМҚ НТИКПР.-Т.: -1985
4.

Сабитова Т. Халқ оғзаки поэтик ижоди (Республика академик

лицейлар учун дарслик) Шарқ. –T.: -2001, 2003,2010,2011.
5.

Сабитова Т. Халқ оғзаки ижодиёти (ўқув қўлланма) Университет. -

Тошкент. -2007
6.

Медведева, Елена АлексеевнаАртпедагогика и арттерапия в

специальном и инклюзивном образовании : учебник для вузов / Е. А.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

194

Медведева [и др.] ; под редакцией Е. А. Медведевой.2-е изд., испр. и
допЭлектрон. дан.Москва : Юрайт, 2024274 с
7.

Шутова Н. В. Интегрированное психическое развитие проблемных

детей старшего дошкольного возраста средствами музыкального
воздействия : монография. Москва : МГГУ ; Нижний Новгород : НГПУ, 2008.
225 с
8.

Выготский Л.С. К вопросу о психологии и педологии // Культурно-

историческая психология. 2007. №4

Библиографические ссылки

Сабитова Т. Ўзбек фольклори дарслик. Университетлар ва педагогика институтларининг Ўзбек филологияси факультетлари учун дарслик. –Т.: Сарбон. ЛЛС. 2024

Сабитова Т. Бахши шоирлар ижодига бағишланган тематик кеча ва кўрик-конкурслар ўтказиш тадбирлар (ўқув методик иш) РНМҚ НТИКПР.-Тошкент. -1984

Сабитова Т. Аскияда ижрочилик маҳоратини ошириш йўллари (ўқув методик иш) РНМҚ НТИКПР.-Т.: -1985

Сабитова Т. Халқ оғзаки поэтик ижоди (Республика академик лицейлар учун дарслик) Шарқ. –T.: -2001, 2003,2010,2011.

Сабитова Т. Халқ оғзаки ижодиёти (ўқув қўлланма) Университет. -Тошкент. -2007

Медведева, Елена АлексеевнаАртпедагогика и арттерапия в специальном и инклюзивном образовании : учебник для вузов / Е. А. Медведева [и др.] ; под редакцией Е. А. Медведевой.2-е изд., испр. и допЭлектрон. дан.Москва : Юрайт, 2024274 с

Шутова Н. В. Интегрированное психическое развитие проблемных детей старшего дошкольного возраста средствами музыкального воздействия : монография. Москва : МГГУ ; Нижний Новгород : НГПУ, 2008. 225 с

Выготский Л.С. К вопросу о психологии и педологии // Культурно-историческая психология. 2007. №4