Авторы

  • Zebo Qalandarova
    Xalqaro innovatsion unversiteti Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi
  • Muqaddas Saxatova
    Xalqaro innovatsion unversiteti assistant-o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.77545

Ключевые слова:

Iqtisodiy o‘sish YaMM farovonlik barqarorlik milliy mahsulot ehtiyoj ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish davlat byudjeti soliq resurslarni samarali foydalanish iqtisodiy omillar iqtisodiy takomillashtirish ishlab chiqarish.

Аннотация

Iqtisodiy o‘sish tushunchasining mohiyati, uning turlari, iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili, iqtisodiy o‘sishga berilgan ta’riflar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning mohiyati va zarurati tahlil qilinadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakat o‘sishining mavjud holati tahlil qilindi. Shunday qilib, ushbu maqolaning asosiy e’tibori iqtisodiy o‘sish omillarining qanchalik muhim ekanligi, ya’ni mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o‘rni.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

181

IQTISODIY O‘SISH- TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHLARI VA

ULARNING TA’SIRI

Qalandarova Zebo Samandarovna

Xalqaro innovatsion unversiteti Iqtisodiyot

ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi

samandarovnazebo@gmail.com

Saxatova Muqaddas Tashpo‘latovna

Xalqaro innovatsion unversiteti assistant-o‘qituvchisi

mukaddassaxatova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15148467

Annotatsiya.

Iqtisodiy o‘sish tushunchasining mohiyati, uning turlari,

iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili, iqtisodiy o‘sishga berilgan
ta’riflar, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning mohiyati va zarurati tahlil
qilinadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, mamlakat o‘sishining mavjud
holati tahlil qilindi. Shunday qilib, ushbu maqolaning asosiy e’tibori iqtisodiy
o‘sish omillarining qanchalik muhim ekanligi, ya’ni mamlakat yalpi ichki
mahsulotida tutgan o‘rni.

Kalit so‘zlar

. Iqtisodiy o‘sish, YaMM, farovonlik, barqarorlik, milliy

mahsulot, ehtiyoj, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, davlat byudjeti, soliq,
resurslarni samarali foydalanish, iqtisodiy omillar, iqtisodiy takomillashtirish,
ishlab chiqarish.

Аннотация.

Анализируются сущность понятия экономического роста,

его виды, анализ факторов, влияющих на темпы экономического роста,
определения экономического роста, сущность и необходимость
осуществления экономических реформ. Принимая во внимание
вышеизложенное, было проанализировано текущее состояние роста
страны. Таким образом, основное внимание в данной статье уделяется
тому, насколько важны факторы экономического роста, то есть их роль в
валовом внутреннем продукте страны.

Ключевые слова.

Экономический рост, ВВП, процветание,

стабильность, национальный продукт, потребность, развитие социальной
инфраструктуры,

государственный

бюджет,

налог,

эффективное

использование ресурсов, экономические факторы, улучшение экономики,
производство.

Annotation

. The essence of the concept of economic growth, its types,

analysis of factors affecting the rate of economic growth, definitions given to
economic growth, the essence and necessity of implementing economic reforms
are analyzed. Taking into account the above, the current state of the country's


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

182

growth was analyzed. Thus, the main focus of this article is how important the
factors of economic growth are, that is, their role in the country's gross domestic
product.

Keywords

. Economic growth, GDP, prosperity, stability, national product,

need, development of social infrastructure, state budget, tax, effective use of
resources, economic factors, economic improvement, production.

Iqtisodiy oʻsish - mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish

hajmining oldingi yil(davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi
tushuniladi.

Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining

asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy oʻsish - bu biror mamlakatning yoki
iqtisodiy hududning ishlab chiqarish imkoniyatlarining vaqt o'tishi bilan oshishi,
ya'ni yalpi ichki mahsulot (YIM) ning ortishi yoki boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlar,
masalan, ish o'rinlari soni, maoshlar yoki investitsiyalarning o‘sishi bilan bog'liq
jarayon. Bu iqtisodiy o'sish odatda real YIM (inflyatsiya ta'siridan holi bo'lgan)
yordamida o'lchanadi.

Iqtisodiy oʻsishning asosiy maqsadi — resurslarni samarali foydalanish

orqali jamiyatda yashash sharoitlarini yaxshilash, farovonlikni oshirish va
iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdir. Iqtisodiy oʻsishning yuqori darajasi,
odatda, yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish samaradorligining oshishi, savdo
o'sishi, va investitsiyalar kabi omillar bilan bog'liq bo'ladi.

Iqtisodiy oʻsishning ijobiy ta'siri xalqning farovonligini oshirishga yordam

beradi, lekin u tengsizlikni keltirib chiqarishi yoki atrof-muhitga salbiy ta'sir
ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun barqaror iqtisodiy oʻsish ham ahamiyatli
hisoblanadi.

Iqtisodiy oʻsish

— mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar

yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda
takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy
siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi,
kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy oʻsishni shart qilib
qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy oʻsish aholi turmush darajasini
oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Iqtisodiy oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi

turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat
unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda
sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

183

chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat
taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini
anglatadi.

Iqtisodiy oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy

taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan

yalpi ichki mahsulot

(Y

AIM)

asos boʻlib xizmat qiladi va iqtisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real
YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari
YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi.

S. Kuznetsning fikriga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning uchta asosiy belgisi

mavjud:

birinchisi - milliy mahsulotning doimiy o‘sishi natijasida ehtiyojlarning

tobora ko‘proq hajmini qondirish imkoniyati; ikkinchisi - o‘sishning asosi, uning
yetarli bo‘lmasa ham zarur bo‘lgan sharti sifatidagi texnika taraqqiyoti;
uchinchisi- o‘sish salohiyatini to‘laroq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
institutsional, harakat va mafkuraviy o‘zgarishlar. Bundan tashqari iqtisodiy
o‘sish modellarini quyidagicha ta’riflaydi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish modellari bu
tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlaming muhim sabablari va omillarini
aniqlash maqsadida grafik va matematik usullar orqali real iqtisodiy jarayonlami
abstrakt holda umumlashtirilgan va soddalashtirilgan ifodasi bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda iqtisodiyotda ikki turdagi iqtisodiy o‘sish modeli: neoklassik va
yangi keynschilik maktablari nazariyalari keng tarqalgan.

Iqtisodiy oʻsish

mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM
hajmining oʻzgarishi mamlakat iqtisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida
maʼlumot bersada, iqtisodiy oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Mas, mamlakat
aholisining oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil
etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning
daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy oʻsishni toʻlaroq aks ettirish
uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real
YAIMning oʻzgarishi qoʻllanadi.

Iqtisodiy o‘sishning iqtisodiy ahamiyati keng ko‘lamli va muhim bo‘lgan

tushuncha. U mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yoki yalpi milliy
mahsuloti (YaMM) vaqt o‘tishi bilan o‘sishiga ishora qiladi. Iqtisodiy o‘sishning
iqtisodiy ahamiyati quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi:

Iqtisodiy o

‘sish f

arovonlikning oshishiga,

mamlakatning umumiy

boyligini oshiradi, bu esa aholi farovonligini yaxshilashga olib keladi. Iqtisodiy
o‘sish natijasida ko‘proq ish o‘rinlari yaratiladi, daromadlar oshadi va odamlarga
yaxshiroq hayot sharoitlari taqdim etiladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

184

Iqtisodiy o

‘sish b

andlikni oshirish -

ish joylarining ko‘payishiga va yangi

sohalarda ishchi kuchi talabining oshishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy
muammolarni kamaytirishga, shu jumladan, kam daromadli va ishsizlikdan
aziyat chekayotgan qatlamlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Iqtisodiy o

‘sish-s

oliq tushumlarining oshishi

davlat byudjeti uchun

qo‘shimcha soliq tushumlarini yaratadi. Bu tushumlar davlatga ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta'lim, transport tizimlarini
yaxshilash kabi zarur xizmatlar ko‘rsatishga imkon beradi.

Iqtisodiy o

‘sish - i

nvestitsiyalarni jalb qilish

mamlakatlardan

investitsiyalarni jalb qilishni osonlashtiradi. Chet el investitsiyalari yangi
texnologiyalar, ilm-fan, ishlab chiqarish va innovatsiyalarni kiritadi, bu esa
iqtisodiyotning yanada diversifikatsiyasini ta'minlaydi.

Iqtisodiy o

‘sish i

nfratuzilma rivoji -

infratuzilma, transport tizimi,

kommunikatsiyalar, energetika va boshqa sohalar rivojlanadi. Bu esa
mamlakatning raqobatbardoshligini oshiradi.

Iqtisodiy o

‘sish i

jtimoiy barqarorlik –

ta’minlashga yordam beradi.

Odamlar o‘z hayotini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa jamiyatda
tartibni va tinchlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiy o

‘sish x

alqaro savdo imkoniyatlari -

mamlakatga xalqaro

savdoda raqobatlashish imkoniyatlarini oshiradi. Bu, eksportni oshirish va yangi
bozorlarni ochish orqali iqtisodiyotni yanada mustahkamlaydi.

Shunday qilib, iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakatning iqtisodiy holatini

yaxshilaydi, balki aholi farovonligi, ijtimoiy barqarorlik va davlatning global
maydondagi o‘rnini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining

muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri
keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar
turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.

Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer,

kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy
oʻsishning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni
kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab
chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy oʻsish
ekstensiv oʻsish deb ataladi.

Iqtisodiy oʻsishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital

va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz
beradigan iqtisodiy oʻsish intensiv oʻsish deb yuritiladi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

185

Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv oʻsishning

imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida
intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti ham intensiv
iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi.

Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy koʻrsatkichlar iqtisodiy oʻsish sharti va

natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida - bandlikning ijobiy dinamikasi;
taqsimot sohasida - aholining real daromadlari va boshqalar bir qator
koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida - savdo va umumiy ovqatlanish
moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol
sohasida - isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday
koʻrsatkichlarga kiradi.

Iqtisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni - uning ishlab chiqarish va isteʼmol

tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir

.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbeikiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent
Davlat Iqtisodiyot Universiteti M.A.Mamatov iqtisodiy o‘sish. toshkent - 2021
2. Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997;
3. Smit A., Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov, M., 1962;
Fisher S, Dorbush R., Shmalenzi R., Ekonomika, per. s angl., M., 1995.
4. Bozarov D. Bo‘lajak iqtisodchi talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini
rivojlantirishning matematik tahlili //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 27. – С. 84-90.
5. Bozarov D. CHIZIQLI VA KVADRATIK MODELLASHTIRISH MAVZUSINI
MUSTAQIL O ‘RGANISHGA DOIR MISOLLAR //Евразийский журнал
математической теории и компьютерных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 24-
28.
6. Uralovich B. D. CHIZIQLI ALGEBRAIK TENGLAMALAR SISTEMALARIGA OID
MASALALAR //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. A2. – С. 163-171.
7. Bozarov D. U. IKKI O‘ZGARUVCHILI FUNKSIYANING EKSTREMUMIDAN
FOYDALANIB, TEKISLIKDAGI IKKITA FIGURA ORASIDAGI MASOFANI TOPISH
//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. –
2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 292-301.
8. Bahriddinovich D. O., Pokiza S. MILLIY IQTISODIYOTNING BARQAROR
RIVOJLANISHI UCHUN INNOVATSION STRATEGIYALAR. – 2025.
9. Muhitdinovna X. D. et al. RАQАMLI IQTISODIYOT: TEXNOLOGIYАLАR VА
INNOVАTSIYАLАR YАNGI DАVRI. – 2025.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

186

10. Xamidova D., Anvarov A. RAQAMLI VALYUTALAR VA ULARNING MOLIYAVIY
BARQARORLIKKA TA’SIRI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №.
1. – С. 1138-1144.
11. Saxatova M., Husinov Y. DAVLATNING IQTISODIYOTDA XUSUSIY TARMOQ
VA TADBIRKORLIKNI QO ‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI //Modern Science and
Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 1048-1051

Библиографические ссылки

O‘zbeikiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti M.A.Mamatov iqtisodiy o‘sish. toshkent - 2021

Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997;

Smit A., Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov, M., 1962; Fisher S, Dorbush R., Shmalenzi R., Ekonomika, per. s angl., M., 1995.

Bozarov D. Bo‘lajak iqtisodchi talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishning matematik tahlili //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 27. – С. 84-90.

Bozarov D. CHIZIQLI VA KVADRATIK MODELLASHTIRISH MAVZUSINI MUSTAQIL O ‘RGANISHGA DOIR MISOLLAR //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 24-28.

Uralovich B. D. CHIZIQLI ALGEBRAIK TENGLAMALAR SISTEMALARIGA OID MASALALAR //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. A2. – С. 163-171.

Bozarov D. U. IKKI O‘ZGARUVCHILI FUNKSIYANING EKSTREMUMIDAN FOYDALANIB, TEKISLIKDAGI IKKITA FIGURA ORASIDAGI MASOFANI TOPISH //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 292-301.

Bahriddinovich D. O., Pokiza S. MILLIY IQTISODIYOTNING BARQAROR RIVOJLANISHI UCHUN INNOVATSION STRATEGIYALAR. – 2025.

Muhitdinovna X. D. et al. RАQАMLI IQTISODIYOT: TEXNOLOGIYАLАR VА INNOVАTSIYАLАR YАNGI DАVRI. – 2025.

Xamidova D., Anvarov A. RAQAMLI VALYUTALAR VA ULARNING MOLIYAVIY BARQARORLIKKA TA’SIRI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 1138-1144.

Saxatova M., Husinov Y. DAVLATNING IQTISODIYOTDA XUSUSIY TARMOQ VA TADBIRKORLIKNI QO ‘LLAB-QUVVATLASH SIYOSATI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 1048-1051