Авторы

  • Madinabonu Karimova
    Mttdmqtumoi tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.77547

Ключевые слова:

liderlik pedagogik shart-sharoitlar maktabgacha taʼlim rahbarlik kompetensiyalari taʼlim sifati innovatsion boshqaruv.

Аннотация

mazkur tezisda maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining liderlik sifatlarini rivojlantirishda ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik shart-sharoitlar yoritilgan. Rahbar shaxsining pedagogik yetakchi sifatida shakllanishi uchun zarur tashkiliy-muhandislik, psixologik va metodik omillar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Liderlik sifati ta’lim jarayonining sifat ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liqligi dalillar asosida ochib beriladi. Maqola maktabgacha taʼlim tashkilotlari boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish jarayonida rahbar shaxsini kompleks rivojlantirish zaruriyatiga urgʻu beradi.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

172

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARIDA

LIDERLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK

SHART-SHAROITLARI

Karimova Madinabonu Baxromjon qizi

Mttdmqtumoi tayanch doktoranti

kmb9609@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15147659

Annotatsiya:

mazkur

tezisda

maktabgacha taʼlim

tashkilotlari

direktorlarining liderlik sifatlarini rivojlantirishda ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik
shart-sharoitlar yoritilgan. Rahbar shaxsining pedagogik yetakchi sifatida
shakllanishi uchun zarur tashkiliy-muhandislik, psixologik va metodik omillar
ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Liderlik sifati ta’lim jarayonining sifat
ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liqligi dalillar asosida ochib beriladi. Maqola
maktabgacha taʼlim tashkilotlari boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish
jarayonida rahbar shaxsini kompleks rivojlantirish zaruriyatiga urgʻu beradi.

Kalit so‘zlar:

liderlik, pedagogik shart-sharoitlar, maktabgacha taʼlim,

rahbarlik kompetensiyalari, taʼlim sifati, innovatsion boshqaruv.

Zamonaviy taʼlim jarayoni rahbar shaxsidan nafaqat boshqaruv malakasi,

balki kuchli liderlik xususiyatlarini ham talab etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha
taʼlim tizimida bu talab yanada dolzarb bo‘lib, bu sohada faoliyat yuritayotgan
rahbarlar bolalar rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhitni boshqarish,
jamoani bir maqsad sari birlashtirish, innovatsiyalarni joriy etish kabi
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar

rahbarlik faoliyatini faqat nazorat asosidagi boshqaruvdan strategik va
innovatsion yetakchilik darajasiga olib chiqishni nazarda tutmoqda. Shunday
ekan, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarida liderlik sifatlarini rivojlantirish
uchun qanday pedagogik shart-sharoitlar zarur degan masala bugungi kunda
dolzarb hisoblanadi.

V.A.Sadiyev o`zining “Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining

tashkiliy-pedagogik sharoitlarini yaratish” dissertatsiya ishida OTM
transformatisyasini amalga oshirishning quyidagi pedagogik shart-sharoitlarini
keltirib o`tgan: kadrlar resurslari, normativ, o`quv metodik ta’minot, texnologik,
moddiy-ma’naviy ta’minot, moliyaviy barqarorlik, raqamli axborot muhiti.

G.N.Nigmatova “Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti

rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirish” tadqiqot ishida uch xil
pedagogic shart-sharoitlarni keltirgan. Birinchi pedagogic sharoit –
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining shaxsiy darajada iqtisodiy


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

173

kompetentlikni shakllantirishga ta’limiy ehtiyojini o`rganish. Ikkinchi pedagogic
shart-sharoit – bu androgogik ta’lim dasturini amalga oshirishning modulli
tizimi. Uchinchi pedagogic shart-sharoit – iqtisodiy kompetentlikning
shakllantirilishini monitoring qilib borish.

Sh.N.Qosimova maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining ehtiyojga

asoslangan uzluksiz malakasini oshirish jarayonida pedagogik shartlar deb
quyidagilarni hisoblaydi:

- umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha

tayyorgarlik hamda variativ bloklarni o‘z ichiga olgan o‘quv rejasiga asoslangan
malaka oshirish ta’lim mazmuni;

- maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv faoliyatidagi

ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus qisqa kursning mazmuni;

- malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining

motivatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro ishonch, hamkorlik muhitida boshqaruv
faoliyati usullari va shakllarining mazmuni;

- malaka oshirish jarayonidagi MTT direktorining boshqaruv faoliyatini

rivojlanishida qo‘llab-quvvatlovchi andragog-o‘qituvchining holati.

N.Sh.Miryusupova

“Maktabgacha

ta’lim

tashkiloti

rahbarlarining

kvalitologik kompetentligini rivojlantirish” ilmiy ishida maktabgacha ta’lim
tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish uchun
malaka oshirishni tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari sifatida
quyidagilarni belgilagan: 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining
kvalitologik va kompetentligini rivojlantirishni aksiologik, akmeologik, tizimlilik,
kompetentli va refleksivlik yondashuvlar asosida takomillashtirish modeli va
yondashuvlarning tamoyillaridan kelib chiqqan holda qisqa muddatli kurslar
dasturi asosida MTT rahbarlari bilan malaka oshirish jarayonini tashkil etish; 2.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini kvalitologik kompetentligini
rivojlantirish jarayonida psixologik-androgogik qo`llab-quvvatlash, rahbar
kadrlarning ta’lim sifatini boshqarish zaruriyatini anglash darajasini muntazam
oshirib borishga amal qilishdan iborat.

Pedagogik shart-sharoitlarning mazmuni. Maktabgacha taʼlim tashkiloti

direktorlarida liderlik sifatlarini rivojlantirishda quyidagi pedagogik shart-
sharoitlar ajralib turadi:

1)

Tashkiliy-metodik sharoitlar

Rahbarlar uchun muntazam malaka oshirish kurslari tashkil etilishi;

Innovatsion boshqaruv metodikalari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab

chiqilishi;


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

174

Amaliy liderlik vazifalarini bajarish orqali tajriba orttirish imkoniyatlari

yaratilishi.

2)

Psixologik-pedagogik muhit

Erkin fikrlash va qaror qabul qilish uchun ochiq muhit yaratish;

Rahbarning o‘zini namoyon etishiga yo‘naltirilgan motivatsion vositalar;

Jamoada ishonch, hamkorlik va fikr almashinuvi madaniyatini

shakllantirish.

3)

O‘quv-axborot sharoitlari

Elektron ta’lim platformalari orqali rahbarlarning o‘z ustida ishlashi;

Ilmiy-adabiyotlar va ilg‘or tajribalardan doimiy foydalanish imkoniyatlari;

Liderlik bo‘yicha maxsus trening va seminarlar tashkil etilishi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari

uchun samarali pedagogik shart-sharoitlar yaratilgandagina, ular o‘zlarining
liderlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Ayniqsa, rahbarlarning
strategik fikrlashi, ijtimoiy-psixologik kompetensiyalari va innovatsion
yondashuvlari jamoa faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim
tizimi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lganligi sababli, bu sohadagi rahbarlarga
nisbatan liderlik kompetensiyalarining o‘ziga xos modeli ishlab chiqilishi
muhimdir.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining liderlik sifati pedagogik shart-

sharoitlarga bevosita bog‘liqdir. Ushbu shart-sharoitlar tizimli va kompleks
asosda tashkil etilishi zarur. Rahbarlarning liderlik salohiyatini baholash uchun
diagnostik vositalar ishlab chiqilishi lozim. Xalqaro tajribalar asosida
maktabgacha ta’lim sohasiga moslashtirilgan liderlik rivojlantirish dasturlari
joriy etilishi maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

N.Sh.Miryusupova. Avtoreferat. “Maktabgacha ta’lim tashkiloti

rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish”. Toshkent 2024 14-b
2.

Nigmatova G.N. Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti

rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirish. Avtoreferat. Toshkent
2023 13-b
3.

Northouse, P. (2019). Leadership: Theory and Practice. Sage Publications.

4.

Sadiyev V.A. Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy-

pedagogik sharoitlarini yaratish. Avtoreferat. Toshkent 2021 – 19 bet


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

175

5.

Sh.N.Qosimova.

Dissertatsiya

“Maktabgacha

ta’lim

tashkiloti

direktorlarining uzluksiz malakasini oshirishni ta’minlash texnologiyalari”.
Toshkent 2023 73-b

Библиографические ссылки

N.Sh.Miryusupova. Avtoreferat. “Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish”. Toshkent 2024 14-b

Nigmatova G.N. Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirish. Avtoreferat. Toshkent 2023 13-b

Northouse, P. (2019). Leadership: Theory and Practice. Sage Publications.

Sadiyev V.A. Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik sharoitlarini yaratish. Avtoreferat. Toshkent 2021 – 19 bet

Sh.N.Qosimova. Dissertatsiya “Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining uzluksiz malakasini oshirishni ta’minlash texnologiyalari”. Toshkent 2023 73-b