MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
57
YANGI O‘ZBEKISTON DAVRIDA TAʼLIM ISLOHOTLARI:
RAQAMLASHTIRISH, IJTIMOIY ADOLAT VA IQTISODIY
INTEGRATSIYA
Qo‘chqorov Oybek G‘ulomovich
Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi
e-mail: oykuchkarov@mail.ru +998902318401
https://doi.org/10.5281/zenodo.15362167
Annotatsiya
Maqola Yangi O‘zbekiston strategiyasi doirasida 2020 yildan boshlab
amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi asosiy islohotlarni ijtimoiy-falsafiy,
iqtisodiy va texnologik jihatlardan tahlil qiladi. Tadqiqotda raqamlashtirish, dual
ta’lim, STEM va soft skills kabi zamonaviy yondashuvlarning joriy etilishi,
ta’limning iqtisodiyot bilan integratsiyasi, shuningdek, ijtimoiy adolat va inson
kapitalini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilinadi.
Asosiy e’tibor Prezident Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston”
kontseptsiyasida ta’limning falsafiy va madaniy ahamiyatiga qaratilgan bo‘lib,
ta’limni inson shaxsini rivojlantirish, milliy qadriyatlar va global
tendentsiyalarni o‘zaro uyg‘unlashtirish vositasi sifatida qarash tahlil etiladi.
Tanqidiy tahlil asosida ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda inson
markazli falsafiy yondashuvning ahamiyati va uning iqtisodiy rivojga xissasi aks
ettiriladi. Maqola yangi ta’lim modellari, inklyuzivlik, ma’lumotlar asosida
boshqaruv va ma’naviy-tarbiyaviy islohotlar bo‘yicha amaliy takliflarni taqdim
etadi.
Аннотация
Статья анализирует ключевые реформы в сфере образования,
реализуемые в рамках стратегии «Нового Узбекистана» с 2020 года, с
социально-философской, экономической и технологической точек зрения.
Исследование охватывает внедрение современных подходов, таких как
цифровизация, дуальное образование, STEM и soft skills, интеграцию
образования с экономикой, а также роль образования в обеспечении
социальной справедливости и развитии человеческого капитала.
Основное внимание уделено философскому и культурному значению
образования в концепции «Нового Узбекистана» Президента Шавката
Мирзиёева, где образование рассматривается как инструмент развития
личности, гармонизации национальных ценностей и глобальных
тенденций.
На основе критического анализа подчеркивается важность человеко-
ориентированного философского подхода в модернизации системы
образования и его вклад в экономическое развитие. Статья предлагает
практические рекомендации по внедрению новых образовательных
моделей, инклюзивности, управлению на основе данных и духовно-
воспитательным реформам.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
58
Abstract
The article analyzes the key educational reforms implemented under the
"New Uzbekistan" strategy since 2020 from socio-philosophical, economic, and
technological perspectives. The study examines the adoption of modern
approaches such as digitalization, dual education, STEM, and soft skills, the
integration of education with the economy, and the role of education in
promoting social justice and human capital development.
The focus is on the philosophical and cultural significance of education in
President Shavkat Mirziyoyev’s "New Uzbekistan" concept, which positions
education as a tool for personal development, harmonizing national values with
global trends.
Through critical analysis, the study highlights the importance of a human-
centered philosophical approach in modernizing education and its contribution
to economic growth. Practical recommendations are provided for implementing
innovative educational models, inclusive policies, data-driven governance, and
moral-educational reforms.
Калит сўзлар:
таълим ислоҳотлари, рақамлаштириш, дуал таълим,
ижтимоий адолат, инсон капитали, Янги Ўзбекистон, STEM, меҳнат бозори,
иқтисодий интеграция.
Ключевые слова:
реформы образования, цифровизация, дуальное
образование, социальная справедливость, человеческий капитал, Новый
Узбекистан, STEM, рынок труда, экономическая интеграция.
Keywords:
educational reforms, digitalization, dual education, social
justice, human capital, New Uzbekistan, STEM, labor market, economic
integration.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirish borasida muhim qadamlar
qo‘yildi. Prezident Shavkat Mirziyoevning rahbarligidagi Yangi O‘zbekiston
davrida ta’lim tizimi milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga
aylandi. Mazkur sohada qabul qilingan davlat dasturlari, normativ-huquqiy
hujjatlar, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda raqamlashtirish jarayonlari ta’lim
sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni joriy etish ta’lim jarayonlarini
avtomatlashtirish, axborotga tezkor kirish imkonini yaratish va ta’lim
muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishda katta ahamiyat kasb
etmoqda. Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim
islohotlari, raqamlashtirish tendentsiyalari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyati tahlil etiladi.
Ta’lim - insoniyat taraqqiyotining ildizi, ma’naviy yetuklik va madaniy
merosni avloddan avlodga o‘tkazish vositasidir. Yangi O‘zbekiston sharoitida
ta’lim sohasidagi islohotlarga faqat ma’muriy, huquqiy yoki iqtisodiy yondashuv
bilan cheklanish mumkin emas. Chunki ta’lim - bu avvalo insonga va uning
ma’naviy taraqqiyotiga qaratilgan jarayondir. Shu bois, ta’limni isloh qilish
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
59
jarayoniga falsafiy nuqtai nazardan yondashish, uning ong, ma’rifat va
qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini chuqur anglash muhimdir.
Ratsionalizm va gumanizm nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim insoniy aql
va ma’naviyatni rivojlantiruvchi asosiy mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
Ya’ni, raqamlashtirish - bu faqat texnika emas, balki inson va bilim o‘rtasidagi
muloqotni yanada samarali qilish vositasidir. Raqamli texnologiyalar insonning
ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini tez, qulay va keng qamrovda qondirish imkonini
beradi. Lekin bu yerda axloqiy va ma’naviy muvozanatni saqlash - muhim
falsafiy muammo sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’limda raqamlashtirish jarayoni insonni chuqur o‘ylash, tahlil qilish,
ma’nolarni anglash qobiliyatidan mahrum etishi xavfi bor. Demak, raqamli ta’lim
modellarini ishlab chiqishda faqat funktsional samaradorlik emas, balki insoniy
qadriyatlar, axloqiy tarbiya va ma’rifiy mazmun kabi falsafiy mezonlar ham
hisobga olinishi zarur.
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar shu ma’noda murakkab va ko‘pqirrali
jarayon bo‘lib, ular insonning ozod, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy va ma’naviy
barkamol shaxs sifatida voyaga yetishiga qaratilgan. Bu falsafiy yondashuv
ta’limni inson hayotining mazmuni sifatida ko‘rishga, uni davlat taraqqiyotining
faqat vositasi emas, balki maqsadi sifatida anglashga asos soladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni
boshlandi. Bu davrda ta’lim tizimini erkinlashtirish, yangi tipdagi o‘rta maxsus
ta’lim muassasalarini (akademik litsey va kollejlar) tashkil etish, kadrlar sifatini
oshirish kabi choralar amalga oshirildi. Bunda: “Kasbiy ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar jahon tajribasi va bozor iqtisodiyoti talablariga mos
ravishda olib borilmoqda”[1,194].
1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasidagi eng
muhim o‘zgarishlardan biri - uning ideologik vazifadan voz kechib, insonni shaxs
sifatida kamol toptirishga qaratilgan falsafiy yo‘nalishga o‘tishidir. Ilgari ta’lim
jamiyat ehtiyojlariga qaratilgan bo‘lsa, endilikda insonning shaxsiy rivojlanishi
va bozor munosabatlariga mos kadr sifatida shakllanishiga xizmat qila boshladi.
Bu davrda ta’lim shaxsni shakllantirishda asosiy institut sifatida qarala boshladi.
Bu falsafiy yondashuvda inson markazda turadi, jamiyat esa uning farovonligini
ta’minlovchi muhit sifatida tasvirlanadi - bu antropotsentrizm (inson markazli
falsafa) tamoyilining qayta tiklanishidir.
- Ta’limning bozor munosabatlariga moslashuvida pragmatizm va
funktsionalizmning ahamiyati. Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim sohasida
amaliy yechimlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgani bois, falsafiy-ijtimoiy qarashlarda
pragmatizm
va funktsionalizm ustuvor bo‘ldi. Ya’ni ta’limning ma’naviy va
insoniy mohiyatiga emas, balki iqtisodiy foydasi va bozorda ishga joylashish
imkoniyatiga bag‘ishlangan yondashuvlar shakllandi. Bu jarayon falsafiy nuqtai
nazardan insonni iqtisodiy sub’ekt sifatida qayta ta’riflash, uning rivojini ish
beruvchilar ehtiyoji bilan chegaralash tendentsiyasini yuzaga keltirdi. Bu esa
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
60
ta’limning ma’naviy va ijtimoiy funktsiyalarini kamaytirib, iqtisodiylik bilan
chegaralashiga olib keldi. Tanqidiy falsafada bunday holat “instrumental
aql”ning ustuvorligi deb baholanadi.
- Inson va ta’lim munosabatidagi falsafiy paradoks: erkinlik va
noaniqlikning tahlili. Ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan qaralganda, bu davrda
ta’lim sohasida erkinlik (muassasalar tanlovi, ta’lim mazmunida diversifikatsiya)
va tanlov imkoniyatlari oshgan bo‘lsa-da, ayni vaqtda jamiyat va shaxs oldida
noaniqlik,
adashish
,
ma’naviy beqarorlik holatlari ham yuzaga keldi. Ta’lim faqat
bozor talabiga mos kadr yetishtiruvchi tizimga aylanib qolish xavfi yuzaga keldi.
Buni ijtimoiy-falsafiy tahlilda moderndan postmodernga o‘tish holati
,
insonning
qadr-qiymatini yo‘qotishi
,
intellektual alienatsiya (begonalashuv) holati sifatida
baholash mumkin.
- Ta’lim va milliy o‘zlikning qayta tiklanishining zarurati. Mustaqillik
sharoitida ta’lim tizimi orqali milliy qadriyatlarni qayta tiklash va millat
ma’naviyatini shakllantirishga intilish boshlandi. Bu jarayonda ta’lim vositasi
orqali jamiyatning tarixiy xotirasi, milliy o‘zligi, tili, madaniyati tiklandi. Bu
ijtimoiy-falsafiy jihatdan madaniy qayta uyg‘onish (renessans)
jarayoni sifatida
baholanadi. “Milliy ta’lim tizimi - xalqning o‘zligini anglash, uni saqlash va
mustahkamlash vositasidir”[2,59]. Bu holat ta’limning faqat iqtisodiy emas,
ijtimoiy identifikatsiya vositasi sifatida ham faollashuvini anglatadi.
1991-2005-yillar davrida ta’lim tizimida yuz bergan transformatsiyalar
ijtimoiy-falsafiy jihatdan muhim paradokslarni namoyon qildi: ta’lim
ideologiyadan erkinlashdi, ammo bozorning g‘oyasiga tobe bo‘lib qoldi; shaxs
markazga chiqdi, ammo u ko‘proq iqtisodiy manfaat nuqtai nazaridan baholandi;
milliy qadriyatlar tiklandi, ammo globallashuv tahdidlari ostida qoldi. Falsafiy
tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim tizimini faqat iqtisodiy maqsadlarga
yo‘naltirish insonning ma’naviy, ijtimoiy va madaniy tamoyillarini soyada
qoldirishi mumkin. SHuning uchun ta’lim tizimini rivojlantirishda iqtisodiy va
ma’naviy barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash ijtimoiy-falsafiy
zaruratdir.
Ta’lim-iqtisodiyot
integratsiyasining
tizimlashuvi
va
innovatsion
yondashuvlar (2005-2020). Bu davrda ta’limni mehnat bozori bilan
uyg‘unlashtirishga qaratilgan islohotlar tizimlashdi. Bakalavr va magistr
tayyorlov tizimi mustahkamlandi, kasbiy standartlar va modul asosida ta’lim
dasturlari yangilandi. Ayrim sohalarda dual ta’lim usullari sinov tariqasida joriy
etildi. YuNESKOning ta’biricha: “Iqtisodiy rivojlanish ta’limning sifatli va real
mehnat bozori talablariga mos ekanligiga bog‘liqdir”[3,34].
2005-2020-yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan
islohotlar, avvalo, uni iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi sifatida
shakllantirishga qaratildi. Ta’limda davlat buyurtmasi, malaka standartlari,
modulli o‘quv rejalari va kompetentsiya asosida baholash tizimi joriy etildi. Bu
jarayon ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ta’limning funktsionallashuvi va
instrumentallashuvini ko‘rsatadi. Ta’limning ma’naviy, ijtimoiy vazifalari orqa
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
planga surilib, u ishlab chiqarish va bozor ehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida
qarala boshlandi. Marksizmning tanqidiy falsafasida ta’lim faqat ishlab chiqarish
uchun xizmat qilganda inson “mehnat kapitali”ga aylanadi, deyiladi. Bu, o‘z
navbatida, insonning insoniy mohiyatini, uning falsafiy-axloqiy qadriyat
sifatidagi tabiatini cheklaydi.
- Ta’lim va raqobat kontseptsiyasida “muvaffaqiyatli shaxs”ning yangi
modeli ilgari surildi. 2005-2020 yillarda globallashuv ta’sirida ta’lim tizimida
“raqobatbardosh shaxs” tushunchasi markaziy o‘rinni egalladi. Inson nafaqat
bilimli, balki bozorda o‘zini sotishga, raqobatlashishga va o‘zgarishlarga tez
moslashishga qodir bo‘lishi kerak degan g‘oyalar ustuvor bo‘ldi. Bu falsafiy
nuqtai nazardan neoliberal inson kontseptsiyasidir – ya’ni inson iqtisodiy
sub’ekt sifatida qaraladi, shaxsiy qadriyatlar esa unumdorlik va foyda bilan
o‘lchanadi. Masalan, Frankfurt maktabining falsafiy va sotsiologik tahlillarida bu
holat “texnokratik rag‘batlantirish” deb ataladi. “Zamonaviy ta’lim shaxsning
rivoji uchun emas, balki uni bozor ehtiyojlariga moslashtirish uchun
shakllantirilmoqda”[4,98].
- Axborot jamiyati va ta’limning raqamli transformatsiyasi jarayoni. Bu
davrda axborot texnologiyalarining jadal taraqqiyoti ta’limni raqamlashtirish,
onlayn o‘qitish, virtual platformalar va masofaviy ta’lim shakllarining joriy
qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu esa inson va bilim o‘rtasidagi munosabatni
o‘zgartirdi. Falsafiy nuqtai nazardan, raqamlashgan ta’lim insonning tafakkuri,
dunyoqarashi va bilim bilan muomala qilish usulini transformatsiya qiladi.
Ta’lim tezkor, qisqa, vizual va interaktiv usullarga ko‘chishi bilan chuqur
fikrlash
,
tenglik
,
insonlararo muloqot singari qadriyatlar soyaga tusha boshladi.
Bu - postmodern ta’limning asosiy ziddiyatlaridan biridir.
- Milliy qadriyatlar va global raqobat o‘rtasidagi muvozanat muammosini
o‘rganish. Ushbu davrda ta’limda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni joriy etish
bo‘yicha urinishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, ular amaliyotda ko‘pincha texnik va
normativ jihatda qoldi. Shaxsni ma’naviy rivojlantirish, falsafiy-tafakkuriy
qobiliyatni shakllantirish masalalari ko‘pincha real bozor ehtiyojlari ostida qoldi.
“Ta’lim tizimida milliy mafkuraning tarannumi tashqi formada aks etadi,
mazmun jihatdan esa uni global kapital manfaatlari yo‘naltiradi”[5,47].
Yangi O‘zbekiston davrida strategik islohotlar va raqamlashtirish bosqichi
(2020 yildan buyon). So‘nggi yillarda ta’lim sohasi “Yangi O‘zbekiston”
strategiyasi doirasida tub qayta ko‘rib chiqildi. Prezident farmonlari va davlat
dasturlari orqali kasb-hunar ta’limida raqamlashtirish, dual ta’lim, STEM va soft
skills kabi zamonaviy tendentsiyalar joriy etildi. Ta’lim muassasalari va ish
beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik mexanizmlari kengaymoqda.
Shuningdek, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida
ta’limning iqtisodiyot bilan integratsiyasi alohida yo‘nalish sifatida belgilandi:
“Iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi asosiy resurs - sifatli ta’lim va kadrlar
salohiyatidir”[6,44].
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
2020-yildan boshlangan “Yangi O‘zbekiston” kontseptsiyasida ta’lim faqat
iqtisodiy islohotlarning bir qismi emas, balki inson qadrini yuksaltirishga xizmat
qiluvchi falsafiy va madaniy jarayon sifatida ta’riflanmoqda. Bu davrda ta’lim
sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim haqida quydagicha fikr yuritadi: “Yangi
O‘zbekistonni yangi tafakkurli, bilimli va yuksak ma’naviyatli avlod bunyod
etadi”[7, 23]. Bu falsafiy nuqtai nazardan insonni “mehnat vositasi” sifatida
emas, balki ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari sifatida qayta baholashni
anglatadi. Ta’limga individual yondashuv, shaxsiy salohiyatni ochish, ijodiy
fikrlashni qo‘llab-quvvatlash kabi g‘oyalar ustuvor bo‘lmoqda.
- Raqamlashtirish va inson intellektual muhitini rivojlantirish. Raqamli
texnologiyalarni joriy etish - Yangi O‘zbekiston ta’lim siyosatining bosh
mezonlaridan biri. Elektron platformalar, onlayn kurslar, interaktiv darslar,
sun’iy intellekt asosidagi ta’lim vositalari ta’lim muhitini tubdan o‘zgartirmoqda.
Bu holat, ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan, insonning bilim bilan munosabatini
media va raqamlashgan muhit orqali qayta shakllantirmoqda. Mishelь Fukoning
nazariyasiga ko‘ra, bilim raqamlashtirilganda, u nazorat, tahrir va ma’lumot
oqimidagi ustuvorlik shakliga aylanadi: “Axborot bilan to‘liqlangan muhit
shaxsning fikrlash shakllarini ham markazlashtirishga moyil bo‘ladi”[8,119].
Falsafiy jihatdan, raqamlashgan ta’lim inson erkinligini oshirish bilan birga, uni
ma’lumot oqimiga to‘liq bog‘lab qo‘yish xavfini ham tug‘diradi. Shuning uchun
raqamlashtirish jarayoni ma’naviy immunitet, tanqidiy tafakkur va axloqiy
mas'uliyat bilan uyg‘unlashtirilishi kerak.
- Ijtimoiy adolat va ta’limda teng imkoniyatlarni yaratish. Yangi O‘zbekiston
falsafasida ta’lim ijtimoiy lift sifatida qaraladi. Mahalliy va qishloq joylarida
zamonaviy maktablar, professional ta’lim markazlari ochilishi ta’limdan chetda
qolgan aholi qatlamlariga imkoniyat yaratishga qaratilgan. Bu ijtimoiy-falsafiy
adolat tushunchasiga mos keladi. Jon Rolz ta’limni teng imkoniyatlar
nazariyasidagi markaziy vosita sifatida ko‘radi: “Ijtimoiy adolat shundaki, har bir
inson o‘z qobiliyatini rivojlantirishga teng imkoniyatga ega bo‘lishi kerak”[9,73].
Bu nuqtai nazardan Yangi O‘zbekistonda ta’lim barcha uchun ochiq, erkin
va inklyuziv tizimga aylantirish urinishlari ijtimoiy-falsafiy jihatdan muhim
qadam hisoblanadi.
- Ta’limda milliy o‘zlik va global integratsiya muvozanatini ta’minlash.
2020-yildan keyingi ta’lim islohotlarida ikki yo‘nalish bir vaqtda kuzatiladi:
milliy qadriyatlar asosida tarbiya berish (ma’naviyat, vatanparvarlik, madaniy
meros); xalqaro standartlar asosida bilim berish (PISA, STEAM, IELTS, AI-
texnologiyalar). Bu jarayon ijtimoiy-falsafiy jihatdan global va milliy tafakkur
o‘rtasidagi muvozanat sinovidir. Postkolonial falsafada ta’kidlanganidek, global
bilim shakllari milliy tafakkurni soyada qoldirmasligi kerak, aks holda ongiy
mustamlakachilik rivojlanadi. Yangi O‘zbekiston ta’lim siyosatining falsafiy
ustuni shuni anglatadiki, milliy g‘oyalar ham zamonaviy bilimlar bilan barobar
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
63
o‘rgatiladi. Bu esa ma’naviyat va zamonaviylik uyg‘unligini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Natija va muhokama
Yangi O‘zbekiston davridagi ta’lim siyosati ijtimoiy-falsafiy jihatdan
quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:
inson qadri ta’limning markaziy
falsafiy kategoriyasiga aylandi; raqamlashtirish
- insonning bilimga interaktiv,
tezkor, ammo tahdidli bog‘lanish shakliga aylandi; teng imkoniyat - ijtimoiy
adolat falsafasining ta’limdagi amaliy ifodasiga aylanmoqda; milliylik va
globallik - bir vaqtda integratsiya va identitetni saqlash sinovi sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Bu jarayonlarda ta’lim faqat iqtisodiy vosita emas, balki insoniy
taraqqiyot
,
ma’naviy o‘zgarish
,
shaxsiy anglash va ijtimoiy faollikni
shakllantirish vositasiga aylanmoqda.
Muammoning rivojlanish genezisi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim va iqtisodiyot
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarning ajralmas qismi sifatida shakllangan. Har bir tarixiy bosqichda
ushbu munosabatlar qayta ko‘rilib, zamonaviy talablarga mos ravishda
transformatsiya qilib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu bog‘liqlikni yangi
bosqichga olib chiqish uchun ta’limning mazmuni, uslubi va texnologik
asoslarini qayta ko‘rib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’limni
rivojlantirish jarayonida uchrayotgan ijtimoiy muammolarning tahlili. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida bir qator
ijtimoiy muammolar namoyon bo‘lmoqda. Ushbu muammolar ta’limning
mazmuniy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy qirralari bilan bog‘liq bo‘lib, ta’limning
samaradorligi va inson kapitali sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot
jarayonida ushbu muammolarni besh asosiy guruhga tasniflash mumkin.
Birinchidan, mazmuniy-uslubiy muammolar
ta’lim dasturlarining mehnat
bozori talablariga to‘liq mos emasligida namoyon bo‘ladi. Kasb-hunar va o‘rta
maxsus ta’lim muassasalarida nazariy fanlar ustunlik qilayotgani, amaliyotga
asoslangan, interaktiv va kompetentsiyaviy yondashuvlarning yetarlicha tatbiq
etilmayotgani kuzatiladi. Bu holat mutaxassislarning ish bilan ta’minlanishiga
salbiy ta’sir etmoqda.
Ikkinchidan, ijtimoiy tengsizlik va ta’limga yetishuv muammolari
dolzarbligicha qolmoqda. Xususan, qishloq joylarda va iqtisodiy jihatdan kam
ta’minlangan aholi o‘rtasida sifatli kasbiy ta’limga yetishuv darajasi past.
Internet, zamonaviy jihozlar, kvalifikatsiyali o‘qituvchilar yetishmasligi ta’lim
sifatini cheklamoqda. Bunda hududlar o‘rtasidagi resurslar taqsimotidagi
nomutanosiblik ham muhim omil hisoblanadi.
Uchinchidan, ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi uzilish muammosi
keng ko‘lamda kuzatilmoqda. Ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlarning
ko‘pchiligi mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashmaydi, ish beruvchilar esa
tayyorgarlik darajasidan norozilik bildiradi. Bu esa kadrlar tayyorlash
jarayonining mehnat bozori ehtiyojlariga mos emasligini ko‘rsatadi. Ish
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
64
beruvchilar tomonidan talab etilayotgan “soft skills” (ishchi madaniyati,
jamoaviy ishlash, muloqot) ta’lim jarayonida yetarlicha shakllantirilmayapti.
To‘rtinchidan, boshqaruv va ma’lumotlar tizimidagi muammolar
ta’limni
samarali rejalashtirish va strategik boshqarishda to‘siq bo‘lmoqda. Kasblar va
ish o‘rinlariga bo‘lgan talab haqida aniq va yangilanib boruvchi ma’lumotlar
bazasi mavjud emas. Mehnat bozori tahlili va ta’lim dasturlarining
muvofiqlashuvi markazlashmagan, tahlil mexanizmi sust. Ta’lim sifatini
baholash mezonlari ham ko‘p hollarda formal xarakteriga ega.
Beshinchidan, ma’naviy-huquqiy muammolar ham ahamiyatga ega. Yoshlar
o‘rtasida ta’limga bo‘lgan mas’uliyatning pasayishi, “diplom olish”ga emas,
“kasbga ega bo‘lish”ga nisbatan qiziqishning kamligi kuzatiladi. Ta’lim
muassasalarida faoliyatning formal xarakter kasb etishi, ayrim hollarda
korruptsion holatlar, yoshlar ongida ta’lim qadrining pasayishiga olib kelmoqda.
Bunday holatlar ta’limning ma’naviy funktsiyasini susaytirib, uni faqat iqtisodiy
manfaatlar vositasiga aylantirishi mumkin
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’limning rivojlanishi ma’lum ijtimoiy
muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ularni hal etish, birinchi navbatda, ta’lim-
iqtisodiyot tizimining inson markazli, integratsiyalashgan va innovatsion
modeliga o‘tishni talab etadi. Quyida mazkur muammolar uchun taklif etilgan
asosiy yo‘nalishlar keltirilgan.
Xulosa
Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va
raqamlashtirish jarayonlari jamiyatdagi yangi ijtimoiy voqelikni yuzaga
keltirmoqda. Bu jarayon faqat ta’lim tizimini yangilash emas, balki bilimga
asoslangan jamiyat - ya’ni “bilim jamiyati”ni shakllantirishga qaratilgan. Bunday
jamiyatda inson - faol, mustaqil fikrlovchi, ijodkor va intellektual shaxs sifatida
rivojlanadi.
Raqamli texnologiyalar ta’limni yanada ommaviy, shaffof va samarali qilish
bilan birga, “aqlli jamiyat” tamoyillarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Insonni ma’naviy va aqliy kamolotga yetkazish - falsafiy nuqtai nazardan
ta’limning eng oliy maqsadidir. Demak, Yangi O‘zbekistonda ta’lim faqat
ma’lumot berish emas, balki barkamol jamiyat qurishning strategik poydevoriga
aylanmoqda.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Тошкент:
Маънавият, 2008.
2.
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон - ижтимоий адолат ва тараққиёт
йўли. – Т.: Ўзбекистон, 2021.
3.
Ғуломов Н. Таълим ва миллий қадриятлар. - Тошкент: Фан, 2003.
4.
UNESCO Global Education Monitoring Report, 2016.
5.
Marcuse H. One-Dimensional Man. – Boston: Beacon Press, 1964.
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
65
6.
Нуров Н. Таълим ва фалсафа. - Тошкент: Фан, 2014.
7.
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi” (rasmiy nashr) - Toshkent: “Adolat”, 2022.
8.
Foucault M. Power/Knowledge. - NY: Pantheon, 1980.
9.
Rawls J. A Theory of Justice. - Harvard Univ. Press, 1971.