Авторы

  • Sitora Tojiddinova
    OʻzRFAAlisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.85806

Ключевые слова:

“Boburiynoma” matn qiyos adabiy tahrir tahlil

Аннотация

Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asarining mavjud uch nashri matniy-qiyosiy aspektda organilgan va yozuvchining badiiy tahrir mahorati tahlil etilgan.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

“BOBURIYNOMA” NASHRLARINING MATNIY-QIYOSIY TADQIQI

Sitora Tojiddinova

OʻzRFAAlisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15356271

Annotatsiya.

Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning

“Boburiynoma” asarining mavjud uch nashri matniy-qiyosiy aspektda
organilgan va yozuvchining badiiy tahrir mahorati tahlil etilgan.

Kalit soʻzlar.

“Boburiynoma”, matn, qiyos, adabiy tahrir, tahlil

“Boburiynoma” maʼrifiy romanining mavjud uch nashrini qiyosiy oʻrganish

jarayonida guvoh bolamizki, asar matni nashrdan nashrga sayqallanib, ham
ilmiy, ham badiiy jihatdan yuksalib borgan. Ushbu maqolada asar ikkinchi
nashrida badiiy tahrir sanʼati qoʻllanilgan matn namunalariga eʼtibor qaratamiz,
Ayni shu yoʻnalishni, komil ishonch bilan yozuvchining oʻzini oʻzi tahrir qilishi,
deya baholagan boʻlardik. Juda qiziq jarayon: bunda dizaynerona qarasangiz
ham, olimona nigoh tashlasangiz ham, muharrirona sinchiklasangiz ham bexato
oʻrinlar oʻzgartirilgan! Sirasini aytganda, hech qachon yozganidan koʻngli mutlaq
toʻlmaydigan haqiqiy ijodkor zoti har bir asarini imkon topsa, yuz marta, ming
marta qayta tahrir qilishi mumkin. Bunday holatda uni faqatgina olqishlash
lozim, nazarimizda. Chunki adabiyot — goʻzallik! Goʻzallikning esa chegarasi
yoʻq. Bir jumlani oʻn marta badiiy tahrir elagidan oʻtkazib, oʻn karra jozibaliroq
qilish imkoni bor. Shu maʼnoda “Boburiynoma” muallifi muharrir-u olimlardan
farqli oʻlaroq ijodkor qalb bilan “tuppa-tuzuk” jumlalarni ham oʻzgartiradi. Misol
uchun: “Qadim dunyoning orif insonlari oq qogʻoz betiga yolgʻon yozmoqdan
parhez qilar edilar” . Chiroyli va purmaʼno gap. Ammo muallifning koʻngli
toʻlmaydi. Oradan yigirma bir yil oʻtgach, bu jumla quyidagi tarzda kitobxonga
qayta yetkazildi: “Qadim dunyoning orif insonlari oq qogʻoz betiga yolgʻon
yozmoqdan ijtinob qilar edilar” . Lugʻatlarni titkilaymiz. Maʼlum boʻladiki,
“ijtinob” soʻzi arabchadan olingan boʻlib, “yiroqlashish, saqlanish, tortinish”
maʼnolarini berar ekan. Yaʼnikim, “yolgʻon yozmoqdan oʻzlarini saqlar edilar,
tiyilardilar” maʼnolarida tushunish mumkin. “Parhez qilmoq” ham tiyilmoq, yaʼni
nafsini-yu oʻzini jilovlanoq maʼnolarida tushuniladi. Aslini olganda, bu oʻrinda
tahrir shart emasdek. Ammo hazrat Boburning chin muxlisi boʻlgan yozuvchi
shoh va shoir ishlatgan soʻzlargada yuksak mehr qoʻygan, shekilli, uning
qalamidan bahramand boʻlgan soʻzlardan foydalanishga harakat qilgan. Bunday
deyishimizga sabab ayni shu soʻz, yaʼni

“ijtinob” tufayli Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi goʻzal ruboiysi

yodimizga tushadi:

“Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

26

Sen shuʼlasen-u ul shuʼlagʻa men kuldurmen.
Nisbat yoʻqtur deb ijtinob aylamakim,
Shahmen elga, vale senga quldurmen”.
Ushbu satrlar tarkibidagi “ijtinob” soʻzi yaqqol ajralib turadiki, turkiy soʻzlar

orasidagi birgina arabchasi “Boburiynoma” muallifining ham eʼtiborini jalb
qilgan, biz kabi lugʻat titkilashga undagan va alal-oqibat mehr-muhabbat
uygʻotgan boʻlsa, ajab emas. Aslida yozuvchining ulugʻ shoirga mehri
“Boburiynoma” boshidan adogʻigacha sezilib turadi. Hatto ohang-u uslubda ham
adib “Boburnoma” ummonida suzayotgandek koʻrinadi. Bu fikrni
“Muqaddima”dan olingan quyidagi misol tasdiqlaydi. Ilk nashrda: “Ezgu duoi
xayr sharofati ila u suvrati siyratiga gʻoyat monand, muazzam va qudratli
saltanatning munosib vorisi oʻlaroq voyaga yetdi va soʻnggi nafasiga qadar
beqiyos shiddat, azim bir shijoat uni tark etmadi”

Endi ayni shu gapni ikkinchi nashrdan deyarli aynan, faqat “uni” soʻzini

jumla oxiriga koʻchirib oʻqiymiz: “Ezgu duoi xayr sharofati ila u suvrati siyratiga
gʻoyat monand, muazzam va qudratli saltanatning munosib vorisi oʻlaroq voyaga
yetdi va soʻnggi nafasiga qadar beqiyos shiddat, azim bir shijoat tark etmadi uni”
. Xoʻsh, nima oʻzgardi? Ohang oʻzgardi, badiiyat kengaydi. Mana shunday
ohangdor matnlarga “Boburiynoma” davomida bot-bot duch kelamiz. Ayniqsa,
boburona uslubda yozilgan jumlalar eʼtiborimizni ohanraboday oʻziga tortadi.

Ikkinchi nashr tadorigi jarayonida ham muallif hanuz Mirzo Boburga

yuksak ehtirom va mehr qurshovida ekanini uning badiiy tahrirlaridan ilgʻash
mumkin. Bu haqda yozuvchining oʻzi shunday degan: “Muhtaram oʻquvchi, bu
satrlar va ularning ohangi uchun muallifni aybga tutmagaysiz. Qachonki, soʻz
Bobur va uning shavkatli avlodi xususida borar ekan, qalam oʻz-oʻzidan xush
navolar sari uchadi” .

Yana bir soʻz xususida. Birinchi nashr 312-sahifada, yaʼni “Saodat sohili”

qissasida podshoh Bobur Hofiz Koʻykiyga shunday savol beradi: “Kim ekan ul
doʻsti sodiq?” Aynan shu jumladagi “sodiq” soʻzi keyingi nashr 346-sahifada
“gʻoyib”ga oʻzgartiriladi: “Kim ekan ul doʻsti gʻoyib?” Biz sodiq doʻstlar haqida
koʻp eshitganmiz. Ammo “gʻoyib doʻst” original topilma. Qissadagi ayni shu
vaziyatda, yaʼni Zahiriddin Muhammad Boburning navkarlaridan biri
Boboqulning Toshkentda yashayotgan oʻgʻli Binoqul Alisher Navoiy devonini
kitobat qilib, uni podshohga tuhfa qilish uchun Hindistonga kelayotganida
olamdan koʻz yumishi voqeasiga “doʻsti gʻoyib” iborasi juda mos tushadi. Bu
oʻrinda ham adibning muharrirlik mahoratini eʼtirof etmaslik mumkin emas.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

27

Muallif ayrim oʻrinlarni oʻzi tahrir qilgan, degan fikrimizga yana bir isbot

shuki, yangi nashr faqatgina muallifning oʻzigagina maʼlum boʻlgan tafsilotlar
bilan boyitilgan. Masalan, ilk nashrdagi “1975-yil, 6-oktyabr. “Oqtosh” sihatgohi”
boʻlimida muallif bemorligini bayon eta turib “Shu kasallik tufayli doʻxtirlar meni
paxta hasharidan ozod qiluvchi qogʻoz berdilar” deydi. Keyingi nashrda esa “Shu
kasallik va surunkali bronxit tufayli doʻxtirlar meni paxta hasharidan ozod
qiluvchi qogʻoz berdilar” deya, hazrat Bobur yoʻlidan borib, rost yozishni niyat
qilgan adib oʻz holini tugal bayon qiladi.

Yozuvchi Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Boburiynoma” maʼrifiy

romanining 1997-yil hamda 2019-yil chop etilgan ikki nashrining matniy-
qiyosiy tadqiqi natijasidagi xulosa: asar, garchi muallif biroz kamtarlik bilan
“juzʼiy tuzatishlar” deya baholagan boʻlsa-da, keyingi nashrda anchagina
boyitilgan. Ilmiy va badiiy jihatdan yanada sayqallangan.

Yozuvchining ijodini kuzatsak, “Quyosh barchaga barobar” (1980), “Bir

oqshom ertagi” (1983), “Onamning yurti” (1987), “Umr esa oʻtmoqda” (1988),
“Yoʻqchilik va toʻqchilik” (2002), “Uch yuz oltmish toʻrt kun” (2019), “Haqiqat
jamoli” (2019), “Koʻngul ozodadur” (2019), “Odamlardan tinglab hikoya” (2020),
“Navoiy – 30” (2021) kitoblarining oʻq ildizi hayot haqiqatlari ekaniga amin
boʻlamiz. Adib inson bolasi ayni hayot haqida fikrlay boshlaydigan davr, yaʻni oʻn
toʻrt yoshidan Bobur Mirzo surati-yu siyratiga oshufta boʻlganining eng asosiy
sababi ham ayni haqiqatparvarligida boʻlsa kerak. Hazrat Bobur ijodidagi
reallikning mukammal badiiy jilolari va ichkin tuygʻularga-da taʻsir eta oluvchi
goʻzal samimiyat Xayriddin Sulton asarlarida ham ustuvorlik kasb etadi. Deyarli
barcha kitoblaridagi syujetlar shu qadar ishonarliki, ularda badiiy toʻqimadan
foydalanilmaganday. Keyingi yillarda realist yozuvchimiz hayotning oq-qora
tasvirlariga kamalak ranglarida jilo berib, oʻta samimiy va badiiy puxta asarlarni
tuhfa etmoqda. Ularda davr ruhi, xarakter qirralari, realistik tasvir yuksak ijodiy
mahorat bilan akslantirilgan. “Boburiynoma”ning yangi nashri ham oradagi
yigirma yillik tajribalar, ijodiy kamolot mevasi sifatida qayta tahrir natijasi
oʻlaroq matn jihatidan yanada mukammallashgan, badiiy va ilmiy qimmati
yanada oshirilgan.

Asardagi tarixiy ismlarga ayrim tuzatishlar kiritilgan oʻrinlar mavjud. Misol

uchun, ilk nashrda Gʻulda Qosimbek deb keltirilgan ismdan keyingi nashrda
Gʻulda soʻzi olib tashlangan. Qolaversa, birinchi nashrdagi Qoʻchbek ismi keyingi
nashrda Koʻchbek tarzida berilgan. Bunga quyidagi matnni oʻqish jarayonida
amin boʻlish mumkin: “Xirgohga birin-ketin engil-boshlari shalabbo Xoja


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

28

Husayn, Qaro barlos, Sulton Husayn argʻun, Qoʻchbek, Noʻyon koʻkaltosh, Banda
Ali, Gʻulda

Qosimbek, Xoldor va eng soʻngida moʻgʻul bashara, suyagi buzuq Mirshoh

qavchin jam boʻldilar” . 2019-yilgi nashrni oʻqiymiz: “Xirgohga birin-ketin engil-
boshlari shalabbo Xoja Husayn, Qaro barlos, Sulton Husayn argʻun, Koʻchbek,
Noʻyon koʻkaltosh, Banda Ali, Qosimbek, Xoldor va eng soʻngida moʻgʻul bashara,
suyagi buzuq Mirshoh qavchin jam boʻldilar” .

Bunday tuzatishlar boburshunos olim darajasidagi taniqli yozuvchimizning

uzoq yillik ilmiy-ijodiy izlanishlari samarasi boʻlishi mumkin. Bunda nafaqat
yosh tadqiqotchilar, balki koʻplab ijodkorlar uchun ham yaxshi saboq bor. Yaʼni
tarixiy asarga qoʻl urganda har bir raqamga, har bir ismga nihoyatda eʼtiborli
boʻlish lozim.

Shu oʻrinda zikr etish kerak: garchi vaqt nuqtai nazaridan yangi nashrga

hisobi toʻgʻri kelmasa-da, tahrir qilinmagan raqamlar ham bor. Misol: “Qariyb
yigirma yildirki, shu maftunkor ishq bilan sarmast yashayman. Qariyb yigirma
yildirki, qoʻlimdan kelganicha hazrati Boburning soʻnmas ijodi, sirli hayot yoʻlini
oʻrganish bilan mashgʻulman” degan gaplarga qalam tekkizilmagan, ikki nashrda
ham bir xil. Ikki nashr orasidagi vaqtni hisobga olsak, yozuvchimiz qirq yildirki,
Hazrat Boburga yuksak mehr bilan yashamoqda. Ushbu sonning tahrir
qilinmaganini “Boburiynoma” yigirma yillik ijodiy izlanishlar natijasi ekani, qirq
yillik tajribaning hosili esa yanada moʻl boʻlishi mumkinligi bilan izohlash
mumkin. Alqissa, bunda

“Boburnoma” va “Boburiynoma” tipidagi yana bir yangi asar yozilajagiga

ishora borday. Demakki, sevimli yozuvchimizdan adabiyotimiz xazinasini
boyituvchi yangidan-yangi asarlar kutib qolamiz.

Adabiyotlar ro`yxati:

1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Nashrga tayyorlovchi: Porso
Shamsiev.— T.: “Yulduzcha”, 1989.
2. Xayriddin Sulton. Boburiynoma.—T.: “ Maʼnaviyat”, 2019
3. Burhoniddin Namiq. Bobur abadiyati.Toshkent. “Bayoz”2018 yil.
4. Olmos Xurramov. Roman kontekstida Bobur va boburiylar obrazi. O‘zbekiston
til va madaniyat jurnali. 2023. 4-son.
5. Zahiriddin Muhammad Bobur. Kulliyot. Nashrga tayyorlovchi: Mirzo Kenjabek.
— T.: “Zilol buloq”, 2021.

Библиографические ссылки

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Nashrga tayyorlovchi: Porso Shamsiev.— T.: “Yulduzcha”, 1989.

Xayriddin Sulton. Boburiynoma.—T.: “ Maʼnaviyat”, 2019

Burhoniddin Namiq. Bobur abadiyati.Toshkent. “Bayoz”2018 yil.

Olmos Xurramov. Roman kontekstida Bobur va boburiylar obrazi. O‘zbekiston til va madaniyat jurnali. 2023. 4-son.

Zahiriddin Muhammad Bobur. Kulliyot. Nashrga tayyorlovchi: Mirzo Kenjabek. — T.: “Zilol buloq”, 2021.