Авторы

  • L.R. Jo’rayeva
    BDTU,, dotsent
  • Sardor G’ofurov
    talaba
  • Hasan Rabbonov
    talaba

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mmms.89663

Аннотация

Sorbentlar, ionalmashinish smolalari, ionitlar asosan elektrolitlarning suvli eritmalari tarkibidan ionlarni olishga va o‘rniga ekvivalent miqdorda boshqa ionlarni chiqarishga qodir materiallardir Ion almashinish jarayonida ishtirok etadigan va qo‘llaniladigan moddalarga ionitlar deb aytiladi, ular tabiatiga ko‘ra noorganik, organik va mineral turlarga bo‘linadi. Ionitlar kelib chiqishiga qarab tabiiy va sun’iy turlarga ham bo‘linadi. Ion almashinish jarayoni dastlab quyidagi holatlarda aniqlangan va qo‘llanilgan


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

18

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDA TURLI ION ALMASHINISH

SMOLALARIDAN KENG FOYDALANISH.

Jo’rayeva L.R.

BDTU,, dotsent

G’ofurov Sardor Anvarovich

talaba

Rabbonov Hasan Sa’dullo o’g’li

talaba

https://doi.org/10.5281/zenodo.15447894

Sorbentlar, ionalmashinish smolalari, ionitlar asosan elektrolitlarning suvli

eritmalari tarkibidan ionlarni olishga va o‘rniga ekvivalent miqdorda boshqa
ionlarni chiqarishga qodir materiallardir Ion almashinish jarayonida ishtirok
etadigan va qo‘llaniladigan moddalarga ionitlar deb aytiladi, ular tabiatiga ko‘ra
noorganik, organik va mineral turlarga bo‘linadi. Ionitlar kelib chiqishiga qarab
tabiiy va sun’iy turlarga ham bo‘linadi. Ion almashinish jarayoni dastlab quyidagi
holatlarda aniqlangan va qo‘llanilgan:

1845 yil – o‘g‘it tarkibidagi ammoniy ioni tuproq zarralar tomonidan

adsorbsiyalanishi, almashinishi aniqlangan

;

1855 yil – alyumosilikatlar asosidagi ion almashinish materiallari

tuproqdan olingan va sintez qilish imkoniyatlari aniqlangan;

1905 yil – qattiqligi baland bo‘lgan suvlar seolitlar yordamida yumshatilgan

va keng miqyosda foydalanishga chiqarilgan;

1930 yil – ion almashinish smolalari organik moddalar asosida sintez

qilingan, sintetik ion almashinish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy
ishlar olib borilgan

Sintetik polimerlar aosidagi ion almashinish smolalarida faol ion

almashinadigan guruh bo‘ladi. Sintetik ion almashinish smolalari ekspluotatsion
xossalarining yuqoriligi tufayli keng qo‘llanilish sohalariga ega. Bugungi kundagi
dolzarb ham ijtimoiy, ham ekologik muammolardan biri bo‘lgan atrof-muhitni
muhofaza qilishda turli ion almashinish smolalaridan keng foydalaniladi va
amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi

Bugungi kunda ion almashinish smolalarining keng va samarali

qo‘llanilayotgan sohalari:

1.

Turli suvlarni tuzsizlantirish, tozalash, yumshatish, deionizatsiyalashda

qo‘llaniladi. Sanoatning turli sohalarida oqava suvlar tarkibi ishlab chiqarishga
bog‘liq ravishda turli ifloslantiruvchilar bilan to‘yinadi. Ionitlar sanoat va
maishiy oqava suvlar tarkibidagi turli ifloslantiruvchi moddalarni, shu jumladan
organik tabiatli moddalarni, og‘ir metallar ionlarini, turli anionlarni, sirt faol


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

19

moddalarni, farmasevtika sanoati chiqindilarini, tekstil sanoati chiqindilari –
bo‘yoqlarni suv tarkibidan olishda keng qo‘llaniladi. Ionitlarning jozibadorligi
shundaki, tozalash jarayonining osonligi, tannarxining arzonligi, qayta
tiklanuvchanligi va barqarorligidadir. Organik tabiatga ega ion almashinish
smolalari sanoatda keng qo‘llanilsada, yanada yaxshiroq yangi ion almashinish
materiallari olish ustida ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2.

Metallurgiyada gidrometallurgiya usulida metall ishlab chiqarishda

hosil bo‘ladigan eritmalardan turli rangli va qimmatbaho metallar ionlarini
ajratib olishda ham ion almashinish smolalari qo‘llaniladi. Shu bilan birga sanoat
suvlar tarkibidan metall ifloslantiruvchilarni olishda ishlatiladi. Bugungi kunda
uran, mis, kobalt, nodir metallar, siyrak yer metallari, rux, nikel kabi metallarni
gidrometallurgiya usulida ishlab chiqarishda ion almashinish smolalaridan keng
foydalanilmoqda. Chiqindilarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan oqava suvlar
tarkibida o‘ta past konsentratsiyada bo‘ladigan qimmatbaho metallar ionlarini
ajratib olishda ham ionitlardan foydalaniladi. Shunga ko‘ra ionitlar asosidagi
texnologiyalardan foydalanish sanoat uchun muhim hisoblanadi.

3.

Ion almashinish smolalari oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

Turli ichimliklar, meva sharbatlari ishlab chiqarishda, sutni qayta ishlash va sut
mahsulotlari ishlab chiqarishda, organik kislotalar, amino kislotalar, limon
kislota kabi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

4.

Ionitlardan sanoatning boshqa sohalarida ham foydalaniladi, masalan

ular katalizatorlar sifatida ham ishlatiladi. Ion almashinish smolalaridan
eterifikatsiya, kondensatsiya, degidrogenlash, gidrogenlash, alkillash kabi
jarayonlarni olib borishda katalizator sifatida foydalaniladi. Ionitlarni
katalizatorlar sifatida qo‘llashning turli afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham
mavjudligi haqidagi ma’lumotlar ayrim izlanuvchilarning ilmiy ishlari
natijalarini chop etgan maqolalarida keltirilgan.

Ionitlar yordamida biomassani qayta ishlab yoqilg‘i mahsulotlari olish

bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib qo‘llanilishi bo‘yicha natijalar
ayrim maqolalarda keltirilgan . Yana bir maqolada bioyoqilg‘i sintezi uchun ion
almashinish smolalarini modifikatsiyalab katalizator olish bo‘yicha ilmiy izlanish
natijalari chop etilgan. Ayrim manbaalarda murakkab efirlar ishlab chiqarishda
katalizator sifatida ionitlar qo‘llanilganligi haqidagi ma’lumotlar ham chop
etilgan.

5.

Ionitlarning farmasevtika sohasida qo‘llanilishi bo‘yicha ham turli

mulohazalar turli adabiyotlarda keltirilgan bo‘lib, sanoatda keng qo‘llaniladi.
Ionitlar dori mahsulotlarining passiv tarkibiy qismi sifatida dori vositasining


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

20

barqarorligini ta’minlovchi, oson parchalanuvchi sifatida qo‘llanilishi fanga
ma’lum. Ayrim adabiyotlarda noxush ta’mga ega dori vositalarining ta’mini
niqoblovchi reagent sifatida ionitlardan foydalaniladi. Yana bir manbaada
antibiotiklar ishlab chiqarishda tozalovchi sifatida, ta’mni niqoblovchi sifatida
ishlatish sharoitlar o‘rganilgan.

Shu bilan birga ionitlar uzluksiz ishlaydigan texnologik jarayonlarni amalga

oshirishda, texnologiyani avtomatlashtirishda qo‘llanilib kelinadi. Bugungi
kunda energiyaga bo‘lgan talabning ortib borishi atom energiyasiga ehtiyoj talab
qiladi, bu esa o‘z navbatida ion almashinish smolalariga bo‘lgan talabning
ortishiga olib kelmoqda. Yadro yoqilg‘isini qayta ishlash, reaktor suvlarini
tozalash, radioaktiv chiqindilarni ajratishda selektiv xususiyatga ega ionitlarga
talab ortib bormoqda.

Odatda ionitlar turli shakl va ko‘rinishda ishlab chiqariladi. O‘lchamlari 0,2

– 2,5 mmgacha bo‘ladigan aniq shaklga ega emas donachalar, sharsimon
donachalar yoki membrana ko‘rinishida ishlab chiqariladi va qo‘llaniladi.
Ionitlar juda mayda zarrachalar, hatto chang ko‘rinishida ham ishlab chiqarilib
maxsus qo‘llanilish sohalariga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Каримова З. М. и др. УГЛЕВОДОРОДЛАРНИНГ ПИРОЛИЗ ЖАРАЁНЛАРИ
/ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 19.
– №. 6. – С. 6-10.
2 Orifjon K., Zilola K. INVESTIGATION OF THE PROCESS OF OBTAINING
ADDITIVE FOR GYPSUMBOARD BASED ON POLYMETHYLENENAPHTHALINE
CARBOXYLIC ACIDS //Universum: технические науки. – 2023. – №. 4-7 (109).
– С. 55-59.
3.Мухамадиева К. Б., Каримова З. М. Математический аппарат процессов
криообработки растительных материалов //Universum: технические
науки. – 2020. – №. 6-2 (75). – С. 73-75.
4. Sharipov J. et al. Increasing the resistance of the cutting tool during heat
treatment and coating //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC,
2022. – Т. 2432. – №. 1. – С. 050042.
5.Makhmudovna K. Z. Investigation of the Influence of the Nature of the Solvent
on the Properties of Solutions of Grafted Triacetate Copolymers //Texas Journal
of Multidisciplinary Studies. – 2022. – Т. 6. – С. 86-89.
6.Makhmudovna K. Z., Anvarovich O. A. Mathematical apparatus for the
cryoprocessing of plant materials epra International Journal of Multidisciplinary
Research (IJMR)-Peer Reviewed. – 2021. – Т. 7. – №. 4.


background image

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

21

7 Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ ПЕРЕХОДНЫХ МЕТАЛЛОВ С
АЦИЛ-ТИО-АЦИЛГИДРАЗОНАМИ И ТИОСЕМИКАРБАЗОНАМИ ДИАЦЕТИЛА
//Интернаука. – 2017. – №. 7-2. – С. 5-8.
8.Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ НИКЕЛЯ (II) И МЕДИ (II) С
ТИОБЕНЗОИЛ-ГИДРАЗОНАМИ β-ДИКЕТОНОВ //Интернаука. – 2018. – №.
14-2. – С. 37-39.9
9. Zilola K. STUDY OF BY-PRODUCTS COMPOSITION AND SYNTHESIS OF
CARBON ACIDS //Universum: технические науки. – 2024. – Т. 10. – №. 12
(129). – С. 13-16.
10. Makhmudovna K. Z. EFFECTS OF LOCAL ADSORBENTS FOR THE
PURIFICATION OF COTTON OIL AND ITS PROCESSING PRODUCTS //Ethiopian
International Journal of Multidisciplinary Research. – 2024. – Т. 11. – №. 02. – С.
321-324.
11. Juraeva L. R., Qurbonova S. S. Separation Of Mononuclear Arenes in The Deg+
Dmso System //Czech Journal of Multidisciplinary Innovations. – 2022. – Т. 11. –
С. 53-57.
12. Джураева Л. Р., Кодиров О. Ш. ИССЛЕДОВАНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА
ПИРОЛИЗНОГО МАСЛА ВТОРИЧНОГО ПРОДУКТА ПРОИЗВОДСТВА СП ООО"
UZ-KOR GAS CHEMICAL" //Universum: технические науки. – 2022. – №. 4-8
(97). – С. 44-48.
13. Джураева Л. Р. Химическая безопасность пищевых продуктов
//Universum: технические науки. – 2021. – №. 12-4 (93). – С. 13-15.
14. Жўраева Л. Р. Роль сети интернета в преподавании химии //Universum:
психология и образование. – 2021. – №. 6 (84). – С. 4-6.

Библиографические ссылки

Каримова З. М. и др. УГЛЕВОДОРОДЛАРНИНГ ПИРОЛИЗ ЖАРАЁНЛАРИ /ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 19. – №. 6. – С. 6-10.

Orifjon K., Zilola K. INVESTIGATION OF THE PROCESS OF OBTAINING ADDITIVE FOR GYPSUMBOARD BASED ON POLYMETHYLENENAPHTHALINE CARBOXYLIC ACIDS //Universum: технические науки. – 2023. – №. 4-7 (109). – С. 55-59.

Мухамадиева К. Б., Каримова З. М. Математический аппарат процессов криообработки растительных материалов //Universum: технические науки. – 2020. – №. 6-2 (75). – С. 73-75.

Sharipov J. et al. Increasing the resistance of the cutting tool during heat treatment and coating //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC, 2022. – Т. 2432. – №. 1. – С. 050042.

Makhmudovna K. Z. Investigation of the Influence of the Nature of the Solvent on the Properties of Solutions of Grafted Triacetate Copolymers //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. – 2022. – Т. 6. – С. 86-89.

Makhmudovna K. Z., Anvarovich O. A. Mathematical apparatus for the cryoprocessing of plant materials epra International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)-Peer Reviewed. – 2021. – Т. 7. – №. 4.

Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ ПЕРЕХОДНЫХ МЕТАЛЛОВ С АЦИЛ-ТИО-АЦИЛГИДРАЗОНАМИ И ТИОСЕМИКАРБАЗОНАМИ ДИАЦЕТИЛА //Интернаука. – 2017. – №. 7-2. – С. 5-8.

Каримова З. М. СТРОЕНИЕ КОМПЛЕКСОВ НИКЕЛЯ (II) И МЕДИ (II) С ТИОБЕНЗОИЛ-ГИДРАЗОНАМИ β-ДИКЕТОНОВ //Интернаука. – 2018. – №. 14-2. – С. 37-39.9

Zilola K. STUDY OF BY-PRODUCTS COMPOSITION AND SYNTHESIS OF CARBON ACIDS //Universum: технические науки. – 2024. – Т. 10. – №. 12 (129). – С. 13-16.

Makhmudovna K. Z. EFFECTS OF LOCAL ADSORBENTS FOR THE PURIFICATION OF COTTON OIL AND ITS PROCESSING PRODUCTS //Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research. – 2024. – Т. 11. – №. 02. – С. 321-324.

Juraeva L. R., Qurbonova S. S. Separation Of Mononuclear Arenes in The Deg+ Dmso System //Czech Journal of Multidisciplinary Innovations. – 2022. – Т. 11. – С. 53-57.

Джураева Л. Р., Кодиров О. Ш. ИССЛЕДОВАНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА ПИРОЛИЗНОГО МАСЛА ВТОРИЧНОГО ПРОДУКТА ПРОИЗВОДСТВА СП ООО" UZ-KOR GAS CHEMICAL" //Universum: технические науки. – 2022. – №. 4-8 (97). – С. 44-48.

Джураева Л. Р. Химическая безопасность пищевых продуктов //Universum: технические науки. – 2021. – №. 12-4 (93). – С. 13-15.

Жўраева Л. Р. Роль сети интернета в преподавании химии //Universum: психология и образование. – 2021. – №. 6 (84). – С. 4-6.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)