МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
520
https://universalpublishings.com
XALQ PEDAGOGIKASIDA TARBIYANING MAQSAD VA
VAZIFALARI
Ramazonova Salomat Saidovna
Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada xalq pedagogikasi tushunchasining tahlili,
pedagogika haqidagi qarashlar, fikrlar va manbaalar haqida fikr yuritilgan, ta’lim-
tarbiya jarayonida xalq pedagogikasining o’rni va ahamiyati yoritib berilgan bo’lib,
milliy qadriyatlarimiz va urf- odatlarimizni o'zida aks ettirgan istiqlol mafkurasini
yoshlar ongiga singdirishda o'zimizga xos milliy xususiyatlarimizni unutmasligimiz
kerakligi ta’kidlab o’tiladi.. Xalq pedagogikasi mohiyati va taʻlim-tarbiya tizimining
mazmunida xalqning turmush tarzi, milliy anʻanalari va urf-odatlari ifoda etilganligi
haqida ma’lumotlar to’planib, ushbu maqoladan xalq pedagogikasi sohasi bo’yicha
izlanayotgan mutaxassislar foydalana olishi mumkin.
Kalit so’zlar:
pedagogika,
mehnatsevarlik, jangovarlik, axloq-odob, nafosat,
do‘stlik, mehr-shafqat, insonparvarlik
ЦЕЛИ И ЗАДАЧИ ОБРАЗОВАНИЯ В НАРОДНОЙ ПЕДАГОГИКЕ
Аннотация:
В данной статье анализируется понятие народной
педагогики, взгляды, мысли и источники о педагогике, выделяется роль и
значение народной педагогики в процессе воспитания, отражены наши
национальные ценности и традиции, подчеркивается, что мы не должны
забывать наши уникальные национальные особенности при воспитании в
сознании молодежи идеологии независимости.данная статья может быть
использована профессионалами в области народной педагогики.
Ключевые
слова
:
педагогика,
трудолюбие,
воинственность,
нравственность, утонченность, дружба, доброта, гуманизм.
Annotation:
This article analyzes the concept of folk pedagogy, views, thoughts
and sources about pedagogy, highlights the role and importance of folk pedagogy in
the process of education, reflects our national values and traditions. It is
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
521
https://universalpublishings.com
emphasized that we should not forget our unique national characteristics when
instilling the ideology of independence into the minds of young people. this article
can be used by professionals in the field of folk pedagogy.
Keywords:
pedagogy, hard work, combativeness, morality, sophistication,
friendship, kindness, humanitarianism
Istiqlol sharofati bilan tariximizga va madaniy merosimizga munosabat tubdan
o’zgardi. Biz endilikda unitilayotgan o’tmishimizni butun borliq, mahobat va
buyukligi bilan ko’z oldimizga keltirmoqdamiz. Xalqimizning o’zligini anglash va
milliy uyg’onish hissiyotini rivojlantirish, yoshlar ongiga tariximiz va uning boy
qadriyatlarini singdirish, milliy g’oyaga asoslangan mustaqillik mafkurasi
tuyg’ularini boyitib borish hayotimizning mazmuniga aylanmoqda. O’zbekiston
Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Agar jamiyat hayotimizning tanasi
iqtisodiyot bo’lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz yangi O’zbekistonni barpo
etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan
kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz”.
1
Haqiqatan ham
ma’naviyat- odamning ruhiy va aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqaruvchi, inson
qalbining eng pokiza tuyg’ular bilan boyituvchi hamda uni ezgu maqsadlar sari
yetaklovchi beqiyos kuchdir.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, o’zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga
xos maktab yaratgan.
Turon zaminimiz Turkistonning dovrug’i olamga sig’may,
necha-necha zamonlardan beri ellardan-ellarga, tillardan-tillarga o‘tib doston bo‘lib
kelganligi tarixiy asarlarda eslatib o‘tilgan. O’zbek xalqining yosh avlodni ijtimoiy
hayotda komil insonlar etib tarbiyalashda xalq pedagogikasining o’rni beqiyosdir.
Shu jihatdan o’zbek xalq pedagogikasi – xalq va donishmandlarning yoshlarni davr
1
Sh. Mirziyoyev. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning poydevoridir.
T., “ Tasvir”, 2021
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
522
https://universalpublishings.com
talablariga muvofiq kishilar qilib yetishtirishda, ta’lim-tarbiya ishlarini amalga
oshirishda qo’llagan usul, vosita va tajribalar yig‘indisidan iboratdir. Chunki hali
maktab bo’lmagan, pedagogika fan sifatida shakllanmagan davrdayoq qabila
a’zolarining yoshlarda mehnatsevarlik, jangovarlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik,
mehr-shafqat, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql-
idroki o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida bizning davrga qadar etib
keldi va xalq pedagogikasi shaklida tarkib topdi.
Xalq pedagogikasi - tarbiyaning
maqsad va vazifalari borasida muayyan xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush
tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui sifatida rivojlangan, muayyan
jamiyatda yashash uchun har bir odam amal qilishi shart sanalgan urf-odat, udum,
xulq-odob, marosim, anʼana, turmush tarzi, badiiy ijod, o’yin singari o’ziga xos
xususiyatlarda namoyon bo’ladigan amaliy faoliyat hamdir. Shunday ekan, biz
yoshlarni mana shunday xislatlatlarni o’zida mujassam etgan jamiyatning yetuk
shaxslari etib tarbiyalashda xalq pedagogikasining maqsad va vazifalarini
anglashimiz lozimdir.
Xalq pedagogikasining hozirgi kundagi yana bir vazifasi — milliy qadriyatlarni
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirib, xalq pedagogikasi anʻanalarini
taʻlim-tarbiya sohasiga tatbiq etish, uning eng yaxshi tomonlaridan unumli
foydalanishdir.Xalq pedagogikasi boy ilmiy-pedagogik manbalarga ega. Pedagogika
sohasida ijod etgan
M. J. Mutalipova
, M.Ochilov K.Hoshimov, I. Jabborov,
M.T.To'laboev, M.Mo'minov, G.A.Hidoyatov, B.A.Qodirov, O.M.Musurmonova,
M.Sherboev, R.Usmonov, A.K.Munavvarov, U.Mahkamov kabi ko’pgina
olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy pedagogik adabiyotlar xalq pedagogikasi
sohasidagi muhim manba sanaladi. Ayniqsa, «Xalq pedagogikasi », «Pedagogika
tarixi», «Pedagogika» kabi darslik va qo'llanmalardan asosiy manba sifatida
foydalanganimizni alohida eʻtirof etamiz. Shuni alohida taʻkidlash lozimki, xalq
pedagogikasi juda ko'p qirrali bo'lib, maxsus o'rganishni talab etadi. O'zbek xalq
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
523
https://universalpublishings.com
pedagogikasi mazmunan boyib, mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa
sohalari ular bilan bevosita aloqada bo'ladi va eng yaxshi namunalarini o'ziga qabul
qilib oladi.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o 'zbek xalqi va uning madaniy-ma’rifiy
taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g'oyalari turli davrlardagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar mohiyatini o 'zida mujassamlashtirdi. Xalqimiz yaratgan ana
shu ma’rifiy fikr va g’oyalar, ta’lim-tarbiyaga oid boy meros minglab
avlodlarni umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyaladi. Demak, ajdodlarimiz
merosi bo'lgan xalq pedagogikasining xalq donishmandligi va odobnomasining
nodir sohasi deyilishi bejiz emas.
U asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning
axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi,
xalq o'zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiy-axloqiy
tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq pedagogikasida aks
ettirgan. Uning muhim yo'nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, asosiy
mohiyati millatga xos bo'lgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi.
2
Chunonchi, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimiz, urf- odat va an’analarimizning
haqiqiy mohiyatini hayotiy, ta’sirchan misollar asosida keng xalq ommasiga
muntazam yetkazish xalq pedagogikasining dolzarb vazifalaridandir
Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy
madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’ldi. Bu davrda Sharq
madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi ”Ma’mun
akademiyasi” (IX asr, Bag’dod, ”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy
ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O’rta Sharq xalqlari moddiy va ma’naviy
madaniyatining qo’shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining
2
M. J. Mutalipova. Xalq pedagogikasi. T, 2011
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
524
https://universalpublishings.com
maxsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi. Bunday
ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad
ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg’oniy (247-861), Ahmad ibn
Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-
1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo’lgan.
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari, yosh
avlod tarbiyasida xalq pedagogikasining o’rni haqidagi qarashlari va yozgan bebaho
asarlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini
qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Haqiqatan ham, buyuk allomalarimizning
inson kamoloti haqidagi fikrlari jamiyat taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar
yaratishga qaratilganligi bilan alohida qadrli.
Jamiyatimizda yangilanish jarayoni ketayotgan, qadriyatlarimiz
tiklangan bir paytda milliy - ma'rifiy boyliklarimiz sirasiga kiruvchi o ‘tmish
donishmandlari, buyuk allomalar va mutafakkirlarning bizga qoldirgan bebaho
merosini o ‘rganish katta ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizni jahonga tanitgan
buyuk siymolar, ulug‘ allomalar, mard va qahramon farzandlarning hayot yo‘li,
butun faoliyati bugungi va kelajak avlod uchun ibrat maktabi bo 'lib qoladi.
Zamonlar o'tishi bilan bu nodir ma’naviy durdonalarning qimmati va ahamiyati
yanada oshib boraveradi. UIug‘ ajdodlarimizning merosidagi pedagogik g‘oyalar
xalq pedagogikasida atroflicha o'rganiladi. Chunonchi, xalq pedagogikasi
xalqning tarbiya bo‘yicha tajribalar majmuyi deb qaraladigan bo'lsa,
allomalarimizning yosh avlodni axloqiy tarbiyalash borasidagi pedagogik
g'oyalari xalq donishmandligi, xalq dunyoqarashi bilan o‘zaro uyg'un va
chambarchas bog‘liqdir. Zaminimizda yashab o ‘tgan bugun ham dunyo ahlini
hayratga solayotgan buyuk allomalarimizning ibratli hayoti va mislsiz ilmiy-
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
525
https://universalpublishings.com
ijodiy kashfiyotlari, ulardagi axloqiy ta’limotlar haqida to’liq ma’lumotga ega
bo'lish juda muhimdir.
Abu Nasr
Forobiy o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning
tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar
va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm-
ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi. Olimning xalq pedagogik qarashlari, ta’lim-
tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari
nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa
jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so’zlash
qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning
ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Abu Rayhon
Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi
ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb biladi.
Yaratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib,
ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr-ezgulikka intilishi,
sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi
kerakligini ta’kidlaydi. Olimning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari
unga katta shuhrat keltiradi. Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asarida aqliy,
axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy
ahamiyatga egadir. U insonni ulug’laydi, uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-
idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o’quv va
bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa
o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro
birlashsa, insonning qadri ortadi. Masalan: Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir
Xisravning «Saodatnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-Haqoyiq», Alishеr
Navoiyning «Mahbub - ul qulub», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarlari
bеvosita odob, axloqqa daxldordir. Bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat,
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
526
https://universalpublishings.com
do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan
3
.
Yosh avlodlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning
ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kеlgan. Demak, komillik sifatlari- mehr-
muruvvat, adolat, or- nomus, to’g’rilik, vijdon, iroda va matonat singari xislatlarda
mujassam etgan bo’lib, Sharq mutafakkirlarining yozib qoldirgan noyob
manbaalarida bu xislatlarni inson o’zida aks ettirishda xalq pedagogikasi va
manbalarining o’rni beqiyosligi ta’kidlab o’tilgan.
Pеdagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular
tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kеlib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya
borasida orttirilgan tajribalar, o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi
haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi. Avvalo
pеdagogikaning nazariy kurtaklari falsafa nеgizida paydo bo’ladi. Ta'lim-tarbiya
masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kеlgan. Ular
o’zlarini bola tarbiyasi, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin
mulohazalari bilan pеdagogik fikrlar ravnaqiga ulush qo’shganlar, Sharq va G’arb
xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lgan. Bu manbalarda
komillik va uning qirralarini yoritib bеrilgan bo’lib, ushbu asarlar yuksak
ma’naviyat va xalq pedagogikasida o’chmas iz qoldirgan.
Jadid mutafakkirlarimizdan Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Botu,
Maxmudxo’ja Behbudiy va boshqa shu kabi ko'plab buyuk ajdodlarimiz tomonidan
yaratilgan maʻnaviyat sarchashmalari o'zining tarbiyaviy ahamiyatga, maʻrifatni
targ'ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega ekanligi tufayli hozirgi
kunga qadar o'z qadr-qimmatini yo'qotmay kelmoqda. Ular tomonidan yozilgan
ko'plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni ko’rishimiz mumkin. Jamiyatda
3
K. Hoshimov. Pedagogika tarixi . Oliy o’quv yurtlari va universitetlar talabalari uchun o’quv
qo’llanma. – Toshkent, O’qituvchi, 1996, - 191-bet
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
527
https://universalpublishings.com
yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og'zaki ijodi namunalari bevosita
xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo'lib, ular maʻnaviy barkamol insonni
tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar o'z navbatida
yuqorida sanab o'tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab voyaga
etkazgandir. Shunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy
qadriyatlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday
qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir.
Maʻlumki, xalqimizning salkam ming yillik tarixi Islom dini bilan chambarchas
bog'langandir. Shuning uchun xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarning
aksariyati ham va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan maʻnaviyat
sarchashmalari ham aynan ana shu din asosida shakllanib, rivoj topib kelgan.
Shunday ekan,biz bu dinning urf-odatlariga oqilona yondashib, ularni to’g'ri anglab
olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak tarbiyaviy ahamiyatga
ega bo'lib, doimo millatlar o'rtasidagi tinchlik-totuvlik g'oyalarini targ'ib etib kelgan.
Milliy qadriyatlarimizni eʻzozlamay turib, o'z milliy qiyofamizga ega bo'la olmay,
millatimiz, xalqimiz, davlatimizning erki va mustaqilligini saqlab qololmaymiz.
Zero, milliy qadriyatlarimizga millatning tili, dini, urf-odatlari, anʻanalari,
bayramlari, o'zaro muloqot va muomala shakllari kiradi. Shu bilan birga, o'zbek xalq
pedagogikasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg'unligini taʻminlashi
taqozo etadi
Hozirgi zamon ta'lim-tarbiya tizimi o’zbеk pеdagogikasi tarixi turli oqimlar,
jarayonlar ta'sirida rivojlanib kеldi, yuksak umuminsoniy qadriyatlar asosida
taraqqiy topib bormoqda. O’tgan davrlarda mutafakkir olimlarning o’z
munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida,
o’z tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta
tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi ob’yektiv umumiy
ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham ularning boy merosini
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
528
https://universalpublishings.com
o’rganish lozim. Bu davlatimizda ta’lim- tarbiya sohasida qabul qilinayotgan
qonunlarida ham o’z aksini topgan bo’lib, yurtimiz ma’naviy- ma’rifiy ishlarning
rolini oshirish orqali yoshlarimizni ma’naviy hamda jismoniy jihatdan barkamol,
vatanparvar, o’zligini va o’z tarixini yaxshi biladigan insonlar qilib tarbiyalash –
asosiy maqsadimizdir. Bundan tashqari, milliy qadriyatlarimizni o'zida aks ettirgan
istiklol mafkurasini yoshlar ongiga singdirishda o'zimizga xos milliy
xususiyatlarimizni unutmasligimiz kerak. Bu milliy xususiyatlarimiz oila, mahalla,
ona yurt muqaddasligi, ota-onaga, Vatanga, kattalarga hurmat, ona tiliga muhabbat,
sabr-bardoshlilik, mehnatsevarlik, halollik, mehr-oqibat kabi fazilatlarimizdan
iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Сайфуллаева, Н. Б., & Саидова, Г. Э. (2019). Повышение
эффективности занятий, используя интерактивные методы в начальном
образовании.
Научный журнал
, (6 (40)), 101-102.
2.
Сайфуллаева, Н. Б. (2023). ВАЖНОСТЬ МАТЕМАТИКИ И
ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК ДЛЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ:
Сайфуллаева Нозима Баходировна, преподаватель кафедры “Теория
начального образования”, Бухарский государственный университет. Город
Бухара. Республика Узбекистан.
Образование и инновационные исследования
международный научно-методический журнал
, (1), 305-307.
3.
Сайфуллаева, Н. Б. (2023). Методы Организации Уроков
Математики В Начальных Классах С Использованием Цифровых
Технологий.
Miasto Przyszłości
,
35
, 388-390.
4.
Bahodirovna, S. N. (2023). FORMING CHILDREN'S IDEAS ABOUT
THE SIZE OF OBJECTS AND THEIR MEASUREMENT.
Oriental Journal of
Academic and Multidisciplinary Research
,
1
(3), 102-107.
5.
Bahodirovna, S. N. (2023). KINDERGARTEN, SCHOOL AND
FAMILY
PARTNERSHIP
IN
TEACHING
CHILDREN
IN
MATHEMATICS.
American Journal of Public Diplomacy and International
Studies (2993-2157)
,
1
(10), 383-388.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
529
https://universalpublishings.com
6.
Bahodirovna, S. N. (2023). Organization Forms of the Development of
Primary Mathematical Concepts in Children.
American Journal of Public
Diplomacy and International Studies (2993-2157)
,
1
(10), 138-143.
7.
Сайфуллаева, Н. Б. (2022). Методы определения потребностей
обучающихся в процессе использования облачных технологий в
образовании.
Universum: технические науки
, (2-1 (95)), 57-59.
8.
Сайфуллаева, Н. Б., & Марданова, Ф. Я. (2021). научно-
методические основы организации самостоятельной работы по высшей
математике.
Проблемы науки
, (4 (63)), 84-87.
9.
Сайфуллаева, Н. Б., & Мурадова, Я. М. (2020). Пути эффективного
использования методов обучения математике в начальных классах.
In
EUROPEAN RESEARCH
(pp. 121-123).
10.
Сайфуллаева, Н. Б. (2019). Роль дидактических игр в умственном
развитии учащихся в математике начального класса. In
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY
AND PEDAGOGY
(pp. 102-106).
11.
Сайфуллаева, Н. Б. (2023). РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В
ОБУЧЕНИИ КОМПЬЮТЕРНЫМ НАУКАМ.
Universum: технические науки
,
(4-1 (109)), 41-43.
12.
Сайфуллаева, Н. Б. (2020). Важные особенности дидактических
игр
в
процессе
обучения
математике
в
начальных
школах.
In
ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ
(pp. 60-62).
13.
Ergashovna, S. G., & Baxodirovna, S. N. (2019). Modern teaching
technologies in teaching mathematics in elementary grades.
European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences
,
7
.
14.
Bahodirovna, S. N. (2023). FORMS OF ORGANIZATION OF
MATHEMATICS
TEACHING
IN
ELEMENTARY
GRADES.
Ethiopian
International Journal of Multidisciplinary Research
,
10
(11), 5-8.
15.
Bahodirovna, S. N. (2024). HEAD OF CHILDREN'S INSTITUTION
IN
ORGANIZING
THE
WORK
OF
FORMING
MATHEMATICAL
IMAGINATIONS
AND
BIG
TEACHER'S
PLACE.
EDUCATORS
KNOWLEDGE
DEGREE
AND
FORMS
OF
DEVELOPMENT
OF
SKILLS.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology
,
4
(3), 119-124.
16.
Bahodirovna, S. N. (2023). ELEMENTARY MATHEMATICS AND
COHERENCE
BETWEEN
STAGES
OF
MATHEMATICS
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
530
https://universalpublishings.com
EDUCATION.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology
,
3
(5), 393-
397.
17.
Сайфуллаева, Н. Б. (2023). РОЛЬ МАТЕМАТИКИ В
СОВРЕМЕННОМ МИРЕ.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 292-292.
18.
Сайфуллаева,
Н.
Б.
(2022).
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ
ДИДАКТИЧЕСКОГО ПРОГРАММНОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ В ОБУЧЕНИИ
МАТЕМАТИКЕ.
НОВЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
, 10-12.
19.
Сайфуллаева,
Н.
Б.
(2021).
ВАЖНЫЕ
АСПЕКТЫ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
ЦИФРОВЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ
В
СИСТЕМЕ
КЛАССНЫХ УРОКОВ.
Вестник науки и образования
, (5-3 (118)), 40-42.
20.
Сайфуллаева,
Н.
Б.
(2023).
ЭФФЕКТИВНОСТЬ
ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ ПО МАТЕМАТИКЕ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.
Проблемы
педагогики
, (2 (63)), 15-17.
21.
Hikmatovna, M. N. (2023). Goals and Tasks of Education.
American
Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157)
,
1
(9), 360-362.
22.
Hikmatovna, M. N. (2023). BOSHLANG'ICH SINFLARDA
TEXNOLOGIYA FANINI O'QITISH JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN
METOD
VA
VOSITALAR.
TECHNICAL
SCIENCE
RESEARCH
IN
UZBEKISTAN
,
1
(5), 339-344.
23.
Hikmatovna,
M.
N.
(2023).
Tarbiyaning
Maqsad
Va
Vazifalari.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
1
(9), 386-388.
24.
Mahmudova, N. H. (2023). Influence of family environment on
personal socialization.
American Journal of Public Diplomacy and International
Studies (2993-2157)
,
1
(10), 440-446.
25.
Nigora Hikmatovna Mahmudova. (2023). BASIC TASKS OF
TEACHING THE SCIENCE OF "EDUCATION" IN PRIMARY GRADES.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157),
1(10), 447–452.
26.
Hikmatovna, M. N. (2024). Shaxs kamoloti ijtimoiy-biologik hodisa,
pedagogik jarayon obyekti va subyekti sifatida.
TECHNICAL SCIENCE
RESEARCH IN UZBEKISTAN
,
2
(1), 31-43.
27.
Mahmudova Nigora Hikmatovna. (2024). INFLUENCE OF FAMILY
ENVIRONMENT ON PERSONAL SOCIALIZATION. Multidisciplinary Journal
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
531
https://universalpublishings.com
of Science and Technology, 4(3), 164–170.
28.
Hikmatovna, M. N. (2024). CONTENT OF THE INTERNATIONAL
ASSESSMENT
PROGRAM.
TECHNICAL
SCIENCE
RESEARCH
IN
UZBEKISTAN
,
2
(2), 88-94.
29.
Hikmatovna, M. N. (2024). Teaching of specialized subjects in primary
education. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(2), 453-460.
30.
Hikmatovna, M. N. (2024). Boshlang'ich ta'limda mutaxassislik
fanlarini o'qitish. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(2), 445-
452.
31.
Махмудова
Нигора
Хикматовна.
(2024).
Преподавание
профильных предметов в начальной школе .
Multidisciplinary Journal of Science
and Technology
,
4
(2), 436–444.
32.
Akbarovna, I. S. (2023). SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF
BEHAVIOR FORMATION IN ADOLESCENTS. TECHNICAL SCIENCE
RESEARCH IN UZBEKISTAN, 1(5), 184-191.
33.
Akbarovna,
I.
S.
(2023).
THE
DEVELOPMENT
OF
CONSCIOUSNESS AND THE TEACHING OF CONCEPTS OF THE
UNCONSCIOUS TO STUDENTS. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN
UZBEKISTAN, 1(5), 107-114.
34.
Bahodirovna, H. N. (2023). BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA
TILI O'QITISH METODIKASI FANINING METODOLOGIK VA ILMIY
ASOSLARI.
35.
Hojiyeva, N. (2023). METHODS OF TEACHING MOTHER
TONGUE IN PRIMARY CLASSES SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL
BASIS. Modern Science and Research, 2(9), 424-428.
36.
Hojiyeva, N. (2023). THE SUBJECT AND TASKS OF THE
METHOD OF TEACHING THE MOTHER TONGUE IN PRIMARY
GRADES. Modern Science and Research, 2(10), 855-857.
37.
Bahodirovna, H. N. (2023). BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA
TILI O'QITISH METODIKASI FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI.
38.
Bahodirovna,
H.
N.
(2023).
TA’LIM
JARAYONIDA
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O ‘QITISH
MUAMMOSINING YORITILISH MAZMUNI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 209-
209.
39.
Bahodirovna, H. N. (2023). Methodological Foundations of Teaching
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
532
https://universalpublishings.com
the Science of" Education" in Primary Grades. American Journal of Public
Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 369-372.
40.
Ruziyeva, M. Y., & Lobar, S. (2023). Lyro-epic literary fairy tales in
uzbek children's literature.
41.
Ruzieva, M. Y. (2022). SYMBOLISM OF MYTH, SYMBOL AND
COLOR. Ann. For. Res, 65(1), 2719-2722.
42.
Ruzieva, M. (2016). Colour and its psychoanalytical interpretation in
folklore. Язык и культура (Новосибирск), (23), 127-130.
43.
Ro’ziyeva, M. Y. (2020). Color symbolism in Uzbek folklore. ISJ
Theoretical & Applied Science, 05 (85), 277-284.
44.
Hojiyeva Nasiba Bahodirovna. (2024). Ta’lim jarayonida boshlang‘ich
sinflarda texnologiya fanini o’qitish muammosining yoritilish mazmuni.
TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1),200–206.
45.
Hojiyeva Nasiba Bahodirovna. (2024). THE SIGNIFICANCE OF
EDUCATIONAL TRAINING IN PRIMARY CLASSES. МЕДИЦИНА,
ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(2), 439–447.
46.
Isomova, F. A. T. Q. (2022). MAKTABGACHA TALIM
TASHKILOTLARIDA
BOLALARNI
MAKTAB
TA’LIMIGA
TAYYORLASHDA
NUTQ
O’STIRISH
MASHG’ULOTLARINING
AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 2(1), 947-949.
47.
Ne’matovna, T. Z. (2024). PEDAGOGIKA FANINING ILMIY-
TADQIQOT METODLARIDAN FOYDALANISH. PEDAGOG, 7(4), 451-457.
48.
NE’MATOVNA, T. Z. (2024). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA ONA
TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY
YONDASHUV. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1),
207-212.
49.
Ne’matovna,
T.
Z.
(2024).
DEVELOPMENT
OF
STUDENTS'LINGUISTIC COMPETENCIES IN" MOTHER LANGUAGE AND
READING LITERACY" LESSONS OF THE 3rd GRADE. Multidisciplinary
Journal of Science and Technology, 4(3), 114-118.
50.
Ne’matovna, T. Z. (2024). FORMATION OF MOTHER LANGUAGE
COMPETENCES
IN
PRIMARY
CLASS
STUDENTS. МЕДИЦИНА,
ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(2), 453-461.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
ISSN: 3030-3001
SJIF 2023: 3.019, 2024: 5.444 ResearchBib IF: 13.14/ 2024
Том 2, Выпуск 9
533
https://universalpublishings.com
51.
Tursunova, Z. (2023). USING INNOVATIVE AND INTERACTIVE
METHODS IN NATIVE LANGUAGE AND READING LITERACY
CLASSES.
Modern Science and Research
,
2
(10), 777-779.
52.
Ne'matovna,
T.
Z.
(2024).
IMPROVEMENT
OF
THE
METHODOLOGY
OF
FORMATION
OF
STUDENTS'LINGUISTIC
COMPETENCES
IN
PRIMARY-GRADE
MOTHER
TONGUE
CLASSES.
International journal of artificial intelligence
,
4
(03), 459-461.
53.
Rajabova, Nodirabegim K. "Pedagogical Conditions for Improving the
Research Activities of Future Primary School Teachers.".
54.
Komilovna R. N. METHODS AND TOOLS OF EDUCATIONAL
TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF THE CONCEPT OF FIGURE
FACE IN STUDENTS. – 2021.
55.
Radzabova K. N. Pedagogical Conditions for Improving Research
Activity in Future Primary School Teachers. – 2021.
56.
Ражабова
Н.
К.
БЎЛАЖАК
БОШЛАНҒИЧ
СИНФ
ЎҚИТУВЧИЛАРИ
ТАДҚИҚОТЧИЛИК
ФАОЛИЯТИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА
ТАЪСИР
ЭТУВЧИ
ОМИЛЛАР
//БАРҚАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАДҚИҚОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ
ЖУРНАЛИ. – 2022. – Т. 2. – №. 4. – С. 349-352.
57.
Radzabova N. K. FACTORS INCLUDING RESEARCH ACTIVITIES
OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS //НАУКА, ТЕХНОЛОГИИ,
ОБРАЗОВАНИЕ:
АКТУАЛЬНЫЕ
ВОПРОСЫ,
ДОСТИЖЕНИЯ
И
ИННОВАЦИИ. – 2022. – С. 119-121.
58.
Davranova G. Collaboration between kindergarten and family //центр
научных публикаций (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
59.
Bobojonova Dilnoza Okhunjonovna. (2023). Mahmud Kashgari’s
Work "Devonu Lug’otit Turk" is an Important Scientific Heritage. American Journal
of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 538–
543.
60.
Bobojonova, D. (2023). MAHMUD KASHGARI’S WORK
"DEVONU LUG’OTIT TURK" IS AN IMPORTANT SCIENTIFIC HERITAGE.
Modern Science and Research, 2(12), 742–748.
61.
Bobojonova, D. (2023). THE ROLE OF MAHMUD KASHGARI’S
WORK "DEVONU LUG’OTIT TURK" IN THE DEVELOPMENT OF THE
UZBEK LANGUAGE. Modern Science and Research, 2(4), 568–5672.
