1
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI
“MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA FAN SOHALARIDAGI
MUAMMOLAR: YECHIM VA TAKLIFLAR”
mavzusidagi professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy
izlanishlari natijalariga bag‘ishlangan
I-ilmiy-texnik anjumanning
MATERIALLARI TO‘PLAMI
I-QISM
Termiz - 2022
224
1) maydalangan silvinitni KCl ning kristallanishidan qolgan eritma bilan
ishlanadi; bunda silvinitdan eritmaga KCl o‘tadi, NaCl esa deyarli to‘la chiqindida
qoladi;
2) issiq shelokni cho‘kindidan ajratish va qattiq moddalar (tuzli quyqum va
b.) dan tindirish; chiqindini va tuproqli quyqumni yuvish;
3) shelokni vakuumli sovutish — KCl ni kristallantirish;
4) KCl kristallarini eritmadan ajratib olish va quritish;
5) Eritmani qizdirish va siklga qaytarish.
Shelokni 100
0
C dan 20
0
C gacha sirkulyatsiyali vakuumli-sovutilishi natijasida
nazariy jihatdan 12% suv bug‘lanadi va sifatli KCl ajratib olinadi. Bunda kristallar
o‘lchami 0,15 mm dan 2-3 mm gacha bo‘ladi.
Amalda asosan ushbu texnologiya qo‘llaniladi. Bu usul murakkab tarkibli
(ko‘p miqdordagi tuproq va magniyli minerallar bo‘lganida ham) rudalardan kaliy
xloridni ajratib olishda ham qo‘l keladi. Ko‘rsatib o‘tilgan jarayon amalda biroz
o‘zgacharoq kechadi. Issiq shelok tarkibi evtonikadan biroz farqlanadi. Uning kaliy
xlorid bilan to‘yinish darajasi usullarning xususiyatlariga bog‘liq ravishda 90-96%
ni tashkil etadi. Bunda 96% gacha to‘yingan shelokdan 99,3% KCl li tuz, 90,6%
gacha to‘yingan shelokdan esa 94,3%) li KCl olinadi. U biroz NaCl qo‘shimchasi
bilan ifloslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
N.Kattayev “Kimyoviy texnologiya”. Toshkent. 2008 y. 216 b.
2.
Ibragimov G.I., Erkayev A.U., Yakubov R.Ya., Turobjonov S.M., Kaliy
xlorid texnologiyasi. O’quv qo’llanma.-T., TKTI. 2010y. 27 b.
3.
“Mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari”
fanidan ma’ruza matni.-Toshkent. 2007y. 133 b.
4.
G’ofurov K. “Kimyoviy texnologiyaning nazariy asoslari”. Toshkent 2007y.
АHOLI YASHASH XONADONLARIDA IS GAZIDAN HIMOYALOVCHI
FILTRLAR TAYYORLASH
Do
‘
rmonova.S.S - TMTI Assistenti
Eshqorayev S.S. - TMTI talaba.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019- yilda 31 ta is gazidan zaharlanish sodir bo‘lib,
jarohat olganlar soni 21 tani, vafot etganlar soni 50 tani tashkil etgan. 2020 -
yilning o‘tgan davrida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq jami 52ta holat sodir
bo‘lib, ularda 69 nafar fuqaro jabrlangan, 61 nafari vafot etgan. Gaz portlashi
bilan bog‘liq 12ta holat kuzatilib, ularda 147 nafar fuqaro jarohatlangan, 19 nafari
vafot etgan. 2021 yil 15 dekabrga qadar O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish va
havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi
jabrlangan. Demak, is gazidan zaharlanishning oldini olish muammosi dolzarb
hisoblanar ekan.[1].
Shuning uchun men ushbu maqolani 2022- yil yanvar-mart oylarida uy
sharoitida is gazidan himoyalovchi filtr tayyorlash boʼyicha olib borgan
tajribalarimga bagʼishladim. Uch oy davomida uyimizdagi yogʼoch oʼtin
225
yoqiladigan pechdan chiqayotgan is gazi miqdorini METА-TEST gazoanalizatori
yordamida aniqlab bordim. Uning natijalari 1-jadvalda keltirilgan:
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xonadonda aniqlangan is gazi miqdori ruxsat
etilgan konsentratsiyadan past darajada. Lekin uyimizda pech faqat sovuq
kunlarda yoki tabiiy gaz va elektr bo‘lmagan hollarda yoqiladi. Taxminan bir
oyda 6 sutka (sutka davomida 2 soat), soat hisobida esa 12 soat yoqiladi.
1-jadval
Xonadonda is gazining sutkalik miqdorini gazoanalizator yordamida
aniqlash natijalari
№
Sana
Gazoanalizator bo
‘
yicha is
gazning miqdori, mg/m
3
Me’yoriy hujjatlar
bo
‘
yicha REK, mg/m
3
1
01.01.2022-y
0,15
A
h
o
li
y
as
h
as
h
h
u
d
u
d
lari
d
a
is
g
az
in
in
g
r
u
x
sa
t e
ti
lg
an
mi
q
d
o
ri
s
u
tk
a
d
av
o
m
id
a
5
,0
g
a t
en
g
.
2
15.01.2022-y
0,16
3
30.01.2022-y
0,13
4
01.02.2022-y
0,14
5
15.02.2022-y
0,15
6
29.02.2022-y
0,14
7
01.03.2022-y
0,14
8
15.03.2022-y
0,15
9
28.03.2022-y
0,14
O
‘
rtacha
0,14
Lekin Respublikamizning aksariyat hududlari (qishloq joylar) da yog‘och
o‘tin bilan isitiladigan xonadonlarda qishda 120 kungacha pech yoqiladi.
Adabiyotlardan maʼlumki, pechlarda o‘tin o‘rniga ko‘mir yoqilganda is gazi
miqdorining hosil bo‘lishi 3 barobargacha oshadi. Bu holatda is gazining sutkalik
miqdori REK dan oshib ketishi adabiyotlarda keltirilgan [2]. Demak, is gazidan
himoyalanishning dolzarbligini isbotladik. Endi is gazi haqida maʼlumot bersam.
Is gazi
yoki kimyoviy tilda uglerod (II) oksidi CO zaharli gaz hisoblanadi
(zaharliligi bo‘yicha xavfliligi 4-sinfga kiradi). Molekulyar og‘irligi 28,0 mol/l
bo‘lib, havo bilan deyarli bir xil og‘irlikka ega. Is gazi uglerodning kislorod kam
bo‘lgan muhitda yonishi yaʼni chala yonish natijasida hosil bo‘ladi:
А) С + O
2
= CO
2
uglerodning to‘la yonishi, bunda karbonat angidridi
В) 2С + O
2
= 2CO uglerodning chala yonishi, bunda is gazi hosil bo‘ladi.
B reaksiyaga eʼtibor berayotgan bo‘lsangiz, A reaksiyaga qaraganda
kislorod kam sarflanayapti. Chunki 1-reaksiyada 12 g uglerodning yonishiga 32 g
kislorod sarflansa, 2-reaksiyada 24 g uglerodning yonishiga 32 g kislorod zarur
bo‘moqda. Reaksiyadan xulosa qiladigan bo‘lsak, kislorod kam bo‘lgan,
yetishmagan holda uglerod (ko‘mir, o‘tin, torf, slanets va boshq) chala yonadi va
226
tirik organizmlar uchun zaharli bo‘lgan is gazi hosil bo‘ladi [3]. Is gazining
zaharli ekanligini bilgan holda, endi undan himoyalanishga kelsak.
Yuqoridagi reaksiyadan tushunarli bo‘lgan bo‘lsa, is gazi hosil bo‘lishining
oldini olishning eng oson usuli – bu uglerodning chala yonishiga yo‘l
qo‘ymaslikdir. Oddiyroq qilib tushuntiradigan bo‘lsam, pech yonayotganda unga
shamol kirishi qulay bo‘lishi lozim. Pechning yonish kamerasiga shamol yaxshi
bormasa, demak u yerda is gazi hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Agar
shamol yaʼni kislorod yetarli bo‘lsa, kam miqdorda hosil bo‘lgan, is gazi yana
kislorodda yonib karbonat angidridga aylanadi:
2СО + O
2
= 2CO
2
[4].
Demak, is gazi hosil bo‘lishining oldini olish juda oson ekan. Lekin bu juda oson
usulni hamma ham esda saqlab qolmaydi yoki beparvolik qiladi. Oqibatda
ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermoqda.
Men taklif etayotgan himoya usuli arzon va qulay bo‘lib, uy qurilayotgan
vaqtda yoki qurilgandan keyin bajarilishi mumkin. Maʼlumki bugungi kunda
deyarli barchaning xonadonida avtomobil mavjud. Har qanday turdagi
avtomobilning ichki yonuv dvigatelini toza havo bilan taʼminlovchi havo filtri
bo‘ladi. Yaroqsiz holga kelgan bu havo filtrlar hech qayerda ishlatilmaydi va
axlatga tashlab yuboriladi. Mana shu filtrlardan xonadonlarda is gazini tozalab
beruvchi filtrlar sifatida foydalanish mumkin. Yaroqsiz holatga kelgan filtrlar
yaxshilab kir yuvish vositasida yuviladi va quritiladi. Filtrning o‘tkazgich
qoplamasi ichiga adsorbilovchi kukun (masalan, ko‘mir kukuni) solinadi. Ko‘mir
kukunini har qanday dorixonadan (aktivlangan ko‘mir tabletkasi) topish mumkin.
Bundan tashqari, Respublikamizning turli omborxonalarida yaroqlik muddati
o‘tib ketgan millionlab havoni tozalab beruvchi vosita (protivogaz) lar yotibdi.
Ulardan ham foydalansa bo‘ladi. Endi tayyor filtrga havo kiruvchi va chiquvchi
mo‘rilar mavjud qoplama qilinsa, filtr tayyor bo‘ladi.
Is gazini aniqlovchi metatest
analizator, narxi 100 ming so’m
Endi filtrni xonadonga o‘rnatish masalasi. Maʼlumki, is gazi havodan bir oz
yengil (havoning molyar og‘irligi 29,0 mol/l). Demak, pechda hosil bo‘lgan is
gazining asosiy qismi mo‘ridan chiqib ketmaydi va xonadon poli bo‘ylab
tarqaladi hamda asta-sekin xonadonni to‘liq egallaydi. Bunday holda, ko‘pchilik
227
xonadonlarga qo‘yilgan mo‘rikon yuqorida joylashganligi bois, is gazini tortib
ketmaydi. Filtrni pechning mo‘risiga qo‘yish ham maqsadga muvofiq emas.
Shuning uchun bizning filtrni pech balandligida qo‘yish kerak. Filtr ichiga is
gazini so‘rib oluvchi parrak qo‘yiladi. Filtrning havo kirish qismiga xonadonda is
gazini aniqlovchi sensor o‘rnatiladi va u is gazi xavfi ro‘y berganda avtomatik
ravishda filtrni ishga tushiradi hamda xonadonni 2 daqiqada hosil bo‘lgan is gazi
va boshqa gazlardan tozalaydi. Filtrning afzalligi uni ko‘p qavatli uylarda ham
o‘rnatish mumkin. Filtr 12 V kuchlanishli elektr tokida ishlaganligi bois xavfsiz
va ekologik jihatdan zararsiz hisoblanadi.
Hozirgi kunda ushbu tadqiqot ishlari asosida filtrni yasadim va uyda
ishlatib ko‘rmoqdaman. Hamda grafin nanozarrachalaridan foydalanib, filtr
yasash bo’yicha keng ishlar olib bormoqdaman. Keyingi maqsadim ushbu
tadqiqotlar asosida Startap tanlovida ishtirok etib, ushbu filtrga patent olishni
maqsad qilganman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Respublika statistika boshqarmasining hisobotlari. Kun.uz va Qalampir.uz
internet sayt ma’lumotlari.
2.
Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
boshqarmasi AMIM bo‘limining 2019-yilgi hisoboti.
Surxan@uznature.uz
internet sayti maʼlumotlari.
3.
Г.П.Хомченко, И.Г.Хомченко “Кимё”. Т. “Янги аср”., 2008 y.
4.
Тошпўлатов Ю.Т. va boshq. “Анорганик кимё”. Т. ТошДПУ. 2005y.
ZAMONAVIY ENERGIYA TEJAMKOR QURILISH MATERIALLARI
Javgashev.Y.J - TMTI talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada energiya samarador binolar haqida ma’lumot
berildi. Binolarning issiqlik yo‘qotish darajalari foizlarda berildi. Hozirgi kunda
keng foydalanilayotgan energiya samarador qurilish materiallari haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tildi.
Kalit so’zlar
: Energiya samarador, energiya tejamkor, energiya istemoli,
izolyatsiya, isitish tizimi.
Energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy
etish hozirgi kunda global muammolardan biriga aylanib bormoqda. Turli
ekspertlarning baxolashlariga ko‘ra, asosiy energiya manbalari hisoblangan neft,
gaz va ko’mirning zaxirasi ko‘pi bilan yana 100 yilga yetishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda energiya iste’molining deyarli yarmi binolarga
to‘g‘ri keladi. Shu sababli resurs tejashning asosiy usullaridan biri bu binolarning
energiya samaradorligini oshirish hisoblanadi. Demak, hozirgi zamon quruvchi
muhandislari qurayotgan bino badiiy me’moriy, funksional, iqtisodiy, texnik,
ekologik talablarga asoslanib quribgina qolmay yana bir muhim talab hisoblangan
energiya tejamkor yoki samarador talablariga ham javob bermog’i lozim
bo’lmoqda.
