МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
20
https://universalpublishings.com
YURAKDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR, ULARNI OLDINI
OLISH VA DAVOLASH USULLARI
Asadova. A.U., Eshkaraev S.Ch.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz sh, Farovon massivi
43B-uy, e-mail: sadridin_eshkarayev@tues.uz
Annotatsiya
. Ushbu maqolada odamning asosiy organlaridan hisoblangan
yurak haqida, unda uchraydigan kassaliklar, ularni oldini olish chora-tadbirlari
haqida ma’lumotlar berilgan.
Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish
sistemasidagi markaziy aʼzosi U doimo bir xilda qisqarib turishi tufayli,
qonning
qon
tomirlar boʻylab uzluksiz harakatini taʼminlaydi.
Kalit so‘zlar
: Yurak, yurak kalapanlari, qon, qon aylanishi, yurak kasalliklari,
qon tomirlari.
Heart diseases and their classification, their prevention, treatment
methods
treatment
Asadova., A., U., Eshkaraev S.Ch.
Termiz University of Economics and Service, Termiz city, Farovon massif
43B, e-mail: sadridin_eshkarayev@tues.uz
Abstract
. This article is about the heart, which is considered one of the main
human organs, and the measures to prevent it. The heart is the central organ in the
blood circulation system of humans and animals. Due to its constant contraction, it
ensures the continuous movement of blood through the blood vessels.
Keywords
: Heart, heart calapans, blood, circulation, heart disease, blood
vessels.
БОЛЕЗНИ СЕРДЦА, ПРОФИЛАКТИКА И МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ
Асадова. ,А ., У., Эшкараев С.Ч.
Термезский университет экономики и сервиса, г. Термез, массив Фараван
43Б-дом, e-mail: sadridin_eshkarayev@tues.uz
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
21
https://universalpublishings.com
Абстрактный.
Эта статья о сердце, которое считается одним из
основных органов человека, и мерах по его предотвращению. Сердце является
центральным органом в системе кровообращения человека и животных.
Благодаря постоянному сокращению оно обеспечивает непрерывность.
движение крови по кровеносным сосудам.
Ключевые слова:
Сердце, сердечные клапаны, кровь, кровообращение,
болезни сердца, инсульт.
KIRISH. Vaqt o'tishi bilan tibbiyot kabi ilmlar tobora rivojlanib
bormoqda, bu narsa umr ko'rish davomiyligini, uning sifati va farovonligini
sezilarli darajada oshirishga imkon berdi. Shu tufayli, bugungi kunda bir vaqtlar o'lik
holatga olib kelgan kasalliklarning aksariyati muvaffaqiyatli davolanishi mumkin,
ayrim hollarda kasallikning o'zi ham yo'q qilingan.
Odam yuragi 4 kamerali: 2
ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga,
yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oldinga va chap tomonga
qaragan. Yurak oldingi pastki ko’ks oralig’i sohasida joylashib, ikki yon tomonda
o’pka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi.
Yurak yuqoridan va orqadan qon tomirlar bilan, pastdan diafragma bilan
mustahkamlanib turadi. Yurakning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u
kishining yoshi, jinsi, gavdasining holati va tuzilishiga ham bogʻliqdir. Jumladan,
yangi tugʻilgan bolalarda yurak yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi
balandroq, koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan
ancha orqa tomonga surib turadi [1].
Keyinchalik, 1-3 yoshda yurak koʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta
odamlarda boʻlganidek, qiyshiq holatda joylashadi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi
erkaklarda 300 g, ayollarda biroz kamroq (220-250 gr). Yurakning uzunligi oʻrta
yoshdagi odamlarda 13-15 sm, eng keng qismi (koʻndalangiga) 9-11 sm, oldingi
sathi bilan orqa sathining uzunligi 6-7 sm. Yurak tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng) va
oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har bir
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
22
https://universalpublishings.com
odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng mushtidek keladi. Oʻrta yoshdagi odamning
yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70-75 marta, bir sutkada 100000 marta qisqara
oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka koʻtarish kuchiga teng [2-5].
Enrike Simone tomonidan chizilgan rasm. „Uning yuragi bor edi“ (1890)
Yurakning ustki chegarasi III qovurgʻa togʻayining toʻsh suyagiga
yopishayotgan joyidan oʻtkazilgan gorizontal chiziqqa toʻgʻri keladi [6].
Yurakning oʻng chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan (oʻng III va V
qovurgʻalar roʻparasida) 2-3 sm chetroqda boʻladi. Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda
Yurakning oʻng tomondagi chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan 1,0-1,5 sm
chiqib turishi mumkin. Yurakning pastki chap chegarasi V qovurgʻaning oʻrta
oʻmrov chizigʻidan 1,5 sm ichkariga yurak uchiga toʻgʻri keladi [7].
Yurak chegarasi holati odam koʻkragining shakliga ham bogʻliq, koʻkragi
keng odamlarda yurak pastroqda joylashadi. Shuning uchun bunday tana tuzilishiga
ega boʻlgan odamlarda Yurak gorizontal holatda turadi. Uzunligi oʻrtacha boʻlgan
koʻkrak qafasida Yurak qiyshiq turadi. Ayollar yuragi biroz kichik boʻlib, gorizontal
joylashadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shugʻullanadigan odamlarda Yurakning
hajmi birmuncha katta boʻladi [8].
Yurak boʻlmachalari — venalar qonini qabul qiluvchi boʻshliqlar. Oʻng
boʻlmacha katta qon aylanish doirasidan venoz qon olib keluvchi yuqorigi va
pastki kovak venalar; chap boʻlmachaga 4 ta oʻpka venalari quyiladi. Ikkala
boʻlmacha qorinchalar bilan boʻlmacha-qorincha teshiklari orqali tutashadi.
Qorinchalar qisqarganda teshiklar tavaqali (qopqoqlar) klapanlar bilan berkiladi.
Qorinchalarning ichki yuzasida, bir-biri bilan kesishgan muskul tolalari va qorincha
boʻshligʻiga chiqib turadigan soʻrgʻichsimon muskullar bor. Bu muskullar uchidan
chiqqan payli tolalar boʻlmacha-qorincha klapanlari tavaqalarining qirralariga
yopishgan. Ular klapanlar tavaqalarini boʻlmachaga qarab koʻtarilishiga toʻsqinlik
qiladi [9].
Aorta va oʻpka arteriyasi asosida yarimoysimon klapanlar joylashgan.
Klapanlar shu tomirlarning yoʻnalish tomoniga ochiladigan 3 tavaqadan iborat.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
23
https://universalpublishings.com
Yurak qisqarganda qon oʻng qorinchadan oʻpka arteriyasiga, chap qorinchadan
aortaga quyiladi [10].
Yurakning oʻng qorinchasidan kichik qon aylanish doirasi, chap
qorinchasidan
katta
qon
aylanish
doirasi
boshlanadi.
Yurak
oʻz
xaltasi — perikardga origan, devori 3 qavat: ichki endokard, oʻrta miokard va tashqi
epikarddan iborat. Epikard va perikard oʻrtasidagi tor boʻshliqda boʻladigan
suyuqlik yurak ishlayotganda yurak devorlarining ishqalanishini kamaytiradi.
Yurakning muskul qavati — miokard, boʻlmachalarida 2, qorinchalarida 3 qavat
boʻlib, ixtiyorimizga boʻysunmay qisqaruvchi maxsus koʻndalang targʻil
muskultolalaridan tarkib topgan, bu xususiyat uni skelet muskullaridan ajratib
turadi. Yurakning boʻlmacha va qorincha muskul tolalari 2 ta (oʻng boʻlmacha va
qorincha, chap boʻlmacha va qorincha orasidagi teshikni oʻrovchi) fibroz tola
halqasidan boshlanadi. Lekin, boʻlmacha muskullari qorincha muskullari bilan
tutashmagan va alohida qisqaradi. Boʻlmacha muskullari ichdan boʻylama, sirtdan
koʻndalang, qorinchalarda esa ichkaridan va tashqaridan boʻylama, oʻrtadan
koʻndalang joylashgan. Ichki va tashqi boʻylama muskullar yurak choʻqqisida
tutashadi, oʻrta koʻndalang muskullar tutashmaydi. Qorinchalararo toʻsiq, asosan,
muskul toʻqimasi va uni qoplab turgan endokard qavatidan tuzilgan [11].
Odam yuragi fiziologiyasi
Yurakning qon haydash vazifasi
.Yurak miokardi sinixron ,doimiy qisqarib
turishi xisobiga tomirlar tizimiga qonni haydab beradi. Miokardning qishqarishi uni
bo’shliqlarida bosimni ortishini ta’minlab qonni haydaydi. Har ikkala bo’lmacha
teng qisqaradi. Qisqarishlar tugaganidan so’ng qorinchalar ham bir vaxtda qisqaradi.
Bo’lmachalarning qisqarishi kovak venalari sohasidan boshlanadi.Shundan so’ng
uning yuqori qismi qisiladi natijada qon bir yo’nalishda bo’lmacha va qorinchalar
orasidagi teshik orqali qorinchalarga o’tadi, teshiklarda klapan bo’lib, ular sistola
vaxtida tavaqali klapanlar yopilib qonni qaytib o’tishiga to’sqinlik qiladi.
Klapanlarni pay iplari bo’lib, ular klapanlarni bo’lmachalar tomonga ochilishiga
to’sqinlik qiladi [12].
Yurak faoliyati miokardning ritmik qisqarishiga asoslangan. Yurak
qisqarishi sistola, boʻshashishi diastola deyiladi. Yurak avtomatik tarzda qisqaradi.
Miokardning qisqarishini taʼminlaydigan impulslar yurakning oʻtkazuvchi
sistemasida hosil boʻladi. Sinus tugunida normada minutiga 60-80 marta hosil
boʻladigan bu impulslar avval boʻlmacha miokardiga tarqalib, undan boʻlmacha-
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
24
https://universalpublishings.com
qorincha tuguni hamda Gis tutami va Purkine tolalari orqali qorinchalar miokardiga
oʻtadi va ular qisqarishiga sabab boʻladi. Qorinchalarga oʻtish vaqtida impulslarning
tezligi pasayadi. Shu sababli qorinchalarnikiga nisbatan boʻlmachalar qisqarishi
tezroq tugallanadi. Yurakning qisqarish va boʻshashish davri yurak siklini tashkil
etadi. Bu sikl boʻlmachalar sistolasi (0,1 sek), qorinchalar sistolasi (0,33-0,35 sek),
diastola (qorinchalar va boʻlmachalar birgalikda boʻshashish fazasi) hamda pauza
(0,4 sek) dan iborat.
Boʻlmachalar qisqarganda ulardagi qon bosimi (oʻng boʻlmachada simob
ustuni hisobida 1-2 mm dan 6-9 mm gacha, chap boʻlmachada 8-9 mm gacha)
koʻtariladi. Natijada qon klapanlar orqali qorinchaga oʻtadi.
Boʻlmachalar qisqarganda qorinchalarga qonning faqat 30% i chiqib, 70% i
umum pauza vaqtida bemalol oqib keladi. Qorinchalar sistolasi ham fazalarga
boʻlinadi. Qorinchalar bosimi oshganda boʻlmacha-qorincha klapanlari yopiladi,
lekin yarimoysimon klapanlari ochilmaydi. Bunda (izometrik qisqarish fazasi)
qorinchalarning barcha muskul tolalari qisqarib, tarangligi tobora kuchayadi.
Natijada, qorinchalar bosimi aorta va oʻpka poyasidagi bosimdan ham oshgach,
yarimoysimon klapanlar ochiladi; qon qorinchalardan tomirlarga otilib chiqadi;
qonni haydash fazasi shu tariqa boshlanadi.
Odamda qonni tomir sistemasiga haydash Yurak chap boʻlmasi simob ustuni
hisobida 65-75 mm, oʻng boʻlmasiniki 5-12 mm ga yetganda sodir boʻladi. 0,10-
0,12 sek ichida yurak qorinchalari bosimi keskin [chap qorinchada simob ustuni
hisobida 110-130 mm, oʻng qorinchada 25-35 mm ga (qonni tez haydash fazasi)
ortishi kuzatiladi. Qorinchalar qisqarishi (0,10-0,15 sek) qonni sekin haydash fazasi
bilan tugallanadi. Keyin qorinchalar boʻshasha boshlaydi, ularning bosimi tez
pasayadi, yirik tomirlar bosimi koʻtarilib, yarimoysimon klapanlar yopiladi.
Qorinchalardagi bosim 0 darajaga tushganda tavaqali klapanlar ochilib, qon
boʻlmachalardan qorinchalarga tusha boshlaydi. Bu faza tez (0,08 sek) va sekin
(0,07 sek) toʻlish fazasiga boʻlinadi. Qorinchalar diastolasi ularga qon toʻlishi
bosqichi bilan tugaydi. Yurak faoliyati sikli fazalarining davomiyligi oʻzgaruvchan,
yurak ritmi chastotasiga bogʻliq. Shuning uchun, yurak faoliyati sikli fazalarini
tekshirish yurak muskullari faoliyati holatini aniqlashning muhim usuli hisoblanadi.
Yurakdan bir minut davomida haydalgan qon miqdori yurakning minutlik hajmi
(MH) hisoblanadi. Ikkala qorinchadan chiqqan qon miqdori baravardir. Odamning
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
25
https://universalpublishings.com
tinch holatida yurakning minutlik hajmi oʻrta hisobda 4,5-5 l, Yurakning bir
qisqarishida haydalgan qon miqdori — sistolik hajmi oʻrta hisobda 65-70 ml ga teng.
Yurakning
qisqarish
kuchi
va
chastotasi
organizm toʻqima va
aʼzolarining kislorod va oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojiga mos holda oʻzgarib
turadi. Yurak qisqarishini taʼminlaydigan impulslar yurakning oʻzida hosil boʻlsa
ham, uning faoliyatini nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Adashgan
nervlar yurak qisqarish kuchini susaytirib, maromini sekinlashtiradi, simpatik
nervlar, aksincha kuchaytiradi. Yurak muskullari oʻzini oʻzi boshqarish xususiyatiga
ham ega: masalan, yurakka qancha qon koʻp kelsa, u shuncha ortiq kuch bilan
qisqaradi. Yurak muskullarining qancha kuch bilan qisqarishi uning choʻzilishi,
yaʼni muskul tolalarining dastlabki (qisqarishidan avvalgi) uzunligiga bogʻliq.
Muskul tolasi qancha tez choʻzilsa, shuncha kuchli qisqaradi. Bu yurak qonuni deb
ataladi.
XULOSA. Respublikamizning barcha ma’muriy hududlarida Xususan
Respubilika kardialogiya markazlarida, Viloyat kardialogiya bo’limlarini tashkil
etilish bu yanada zamonavi aperatsiya jihozlarini mavjudligu ulardan foydalanib
yurakda uchraydigan turli xil kassaliklarni bartaraf etish ,ularni oldini olish , sog’lom
turmush tarziga rioya qilish kerak . To’gri ovqatlanishga etibor qilsak yurak
kasalliklari qolaversa umuman insonda uchraydigan ko’p kasalliklarni oldini olgan
bo’lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O.T.Alyaviya, Sh.Q.Qodirov, A.A.Nishanova. FIZIOLOGIYA 378-
380 betlar.
2.
Hamidov J. H., Oqilov A. T., Saidov T. M., Umumiy biologiyadan
amaliy mashgʻulotlar, 1970;
3.
Ahmedov N. K., Atlas. Odam anatomiyasi 2t. 2005.
4.
Ahmedov A.G'. Rasulov X.A. odam anatomiyasi 2013, Toshkent:
«IQTISOD-MOLIYA» — 271-281-bet. Qaraldi: 2-avgust 2023-yil.
5.
N.H.Shomirzayev topografik anatomiya 2005, Toshkent: Akademiya
— 200-201-bet. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
6.
Mavlonov, Ochil. Biologiya (zoologiya), 2017 (O'zbekcha),
7.
Yurak ishemiyasi www.avitsenna.uz. Avitsenna.uz rasmiy sayiti.
Qaraldi: 10-avgust 2023-yil...
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 11, Ноябрь
26
https://universalpublishings.com
8.
B. AMINOV, T. TILAVOV, O. MAVLONOV „IV-bob“, Odam va
uning salomatligi , 2014 (O'zbekcha), Toshkent: „O‘QITUVCHI“ NMIU — 41-43
betlar-bet.
9.
N.Sh.Shomirzayev, S.X.Nazarov, R.J.Usmonov „VI“, . Topografik
anatomiya, 2006 (O'zbek), Toshkent: Akademiya.
10.
Prives M. G., Lisenkov N. K., Bushkovich V. I. Anatomiya
cheloveka. – 11-e pererabotannoe i dopolnennoe. – M.: Meditsina, 1985.
11.
Ardashev, 2009, Anatomiya i fiziologiya provodyaщey sistemi serdsa,
s. 35—41.
