МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
10
https://universalpublishings.com
MIKROORGANIZMLARNING MORFOLOGIYASI VA BIOEKOLOGIK
HUSUSIYATLARI
.
Aslanova Xolida Gafurovna.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tibbiyot fakulteti
Tabiiy fanlar kafedrasi
Biologiya fani o‘qituvchisi .
E-mail: xolidaaslanova@mail.ru
Tel:+998915835300
Annotatsiya: Maqolada mikroorganizmlarning insonlar hayotida tutgan o‘rni
va ahamiyati, kichik ko‘zga ko‘rinmaydigan mitti mavjudotlarni olimlar tomonidan
o‘rganilishi jarayonidagi muhim dalilar va shu bilan birgalikda aktinomitsitlar ularga
yaqin mikroorganizmlar xususida ma’lumotlar keltirilgan. Keltirilgan ma’lumotlar
natijalar asosida mikroorganizmlar biologiyasi va ekologik omillarga munosabatiga
ko‘ra bir qancha ma’lumotlar qayd etilgan.
Kalit so‘zlar: oziq-ovqat sanoati,pishloq tayyorlash, sut kislotali bijg‘ituvchi
bakteriyalar,novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino, pivo, gonoreya, difteriya,
streptomitsin, aureomitsin, neomitsin, tetratsiklin.
Аннотatsiя:
В
статье
представлены
значение
и
значение
микроорганизмов в жизни человека, важные факты в процессе изучения
учёными мелких невидимых карликовых существ, а также сведения об
актиномицетах, близкородственных микроорганизмах. По результатам
представленных данных зафиксирована некоторая информatsiя по биологии
микроорганизмов и их взаимосвязи с факторами окружающей среды.
Ключевые слова: пищевая промышленность, сыроделие, молочнокислые
бактерии брожения, хлебопечение, различные напитки (алкоголь, вино, пиво,
гонорея, дифтерия, стрептомицин, ауреомицин, неомицин, тетрatsiклин).
Annotation: The article presents the importance and significance of
microorganisms in human life, important facts in the process of studying small invisible
dwarf creatures by scientists, as well as information about actinomycetes, closely
related microorganisms. Based on the results of the presented data, some information
was recorded according to the biology of microorganisms and their relationship to
environmental factors.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
11
https://universalpublishings.com
Keywords: food industry, cheese making, lactic acid fermentation bacteria,
baking, various beverages (alcohol, wine, beer, gonorrhea, diphtheria, streptomycin,
aureomycin, neomycin, tetracycline
Mikrobiologiya bilogiyaning nisbatan yosh tarmog‘i bo‘lib, u kun sayin
rivojlanmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya,
fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz,
geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mazkur fanlarning yutuqlari o‘z navbatida ikkinchi fanga, jumladan,
mikrobiologiyaning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda
mikrobiologiya fanining rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli uning
nazariy va amaliy masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan sohalari:
oziq-ovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo
pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiotiklar va vitaminlar ishlab
chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. Shu yaqin o‘tgan davr mobaynida
Respublikamizda virusli kasalliklarning avj olishi kuzatildi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘lkamizga xavf solgan
koronavirusning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida bir qancha ijobiy ishlarni
amalga oshrdilar. Bu xususida bir qancha qaror va farmonlar ishlab chiqildi.
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligiga oid fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga
oshirish, bu boradagi ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish, soha mutaxassislarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini
muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xomashyosi va iste’mol
mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati ustidan belgilangan
tartibda nazorat qilish;
sohaga oid davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, mahsulot, ishlar va xizmatlar
xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarga taalluqliligi bo‘yicha maxsus
ekspertizalar tayinlash va o‘tkazish;
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy
profilaktika bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning
amalga oshirilishini ta’minlash.
[1]
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
12
https://universalpublishings.com
Kasalliklarning avj olib rivojlanishida ko‘zga ko‘rinmas mitti jonzonzotlarning
faoliyati eng muhim sanaladi. Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo‘lishidan qat’iy
nazar, tabiatda va jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, oziq-ovqat sanoatida
qatiq, qimiz, pishloq tayyorlash, silos bostirish - sut kislotali bijg‘ituvchi
bakteriyalarning faoliyatiga bog‘liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino, pivo
va h.k.) tayyorlash ham achitqilar ishtiroki bilan boradigan jarayonlarga kiradi.
Ko‘pgina foydali qazilmalarning (torf, toshko‘mir, neft, temir, oltingugurt
rudalarining) hosil bo‘lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog‘liqdir. Chirituvchi
bakteriyalar o‘simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab,
yer yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni
tozalash, ko‘mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham
mikroorganizmlarning roli katta. Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol
moddalar: fermentlar (biologik katalizatorlar), vitaminlar, aminokislotalar, biologik
stimulyatorlar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset
achitqilari 45 - 50% gacha oqsil sintezlay oladi. Aktinomitsetlar yoki nurli
zamburug‘lar streptomitsin, aureomitsin, neomitsin, tetratsiklin kabi antibiotiklarni
sintezlaydi.
Tuproqda boradigan jarayonlarning ko‘pchiligi undagi mikroorganizmlarning
faoliyatiga bog‘liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo‘lishi, yerga ishlov berish, yerni
o‘g‘itlash, sug‘orish, tuproqda ro‘y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalikni
yo‘qotish, zax yerlarning suvini qochirish, organik o‘g‘itlar tayyorlash, ularni saqlash
va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog‘liqdir.
Akademik V. L. Omelyanskiy bir necha yillar muqaddam mikroblarga shunday ta’rif
bergan: «Ular (mikroblar) hamma joyda bor. Ko‘zga ko‘rinmasdan ular odamning
hayot yo‘lida hamroh bo‘ladilar». Lekin ba’zi bir mikroorganizmlar oziq - ovqat
mahsulotlarni (go‘sht, baliq, don, kartoshka va rezavor mevalarni) buzilishiga yoki
turli - tuman yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu to‘g‘rida V.L.
Omelyanskiy shunday degan: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman
tufayli birqancha viloyatlar xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat ichida yuzlab,
minglab odamlarning yostig‘ini quritadigan xavfli epidemiyalar paydo bo‘lgan».
Masalan, vabo, sil, gonoreya, difteriya, kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklar shular
jumlasiga kiradi
Aktinomitsetlar va ularga yaqin
mikroorganizmlarga korineform bakteriyalar,
mikobakteriyalar, aktinomitsetlar va boshqa organizmlar kiradi. Korineform
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
13
https://universalpublishings.com
bakteriyalar qiyshaygan yoki kuchsiz shoxlangan, sharsimon formaga o‘ta oladigan
mikroorganizmlarni yig‘ma guruhidan iboratdir. Korineform bakteriyalar, odatda
harakatsiz bo‘ladi. Mikobakteriyalar faol harakat namoyon qilmaydilar. Koloniyalari
pastasimon, yumshoq, ko‘pincha qizil, olovrang, sariq, yashil, qo‘ng‘ir va qora rangga
bo‘yalgan bo‘ladi. Mikobakteriyalar orasida odamlarda (sil, moxov kasalliklarini
yuqtiruvchi) va o‘simliklarda (pomidor rakini yuqtiruvchi) kasallik yuqtiruvchi
vakillari mavjuddir. Aktinomitsetlar - (lotincha actis — nur, myces -zamburug‘) nurli
zamburug‘lar ko‘pgina vakillarini o‘z ichiga oladi.
__________________________________________________________________
(4-
bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-
sonli
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son qarori
Ular pigmentlar hosil qiladi va koloniyalar havo rang, ko‘k, siyoh rang, pushti,
qo‘ng‘ir, jigarrangga bo‘yaladi. Ba’zi aktinomitsetlar vakillari komfora, iodoform,
ammiak, meva hidlarini ajratadi hamda geosmin
deb ataladigan maxsus moddaning
borligi tuproq hidini beradi. Aktinomitsetlar orasida dorivor moddalar - antibiotiklar
hosil qiladiganlari ham topilgan. Streptomitsetlar oziqa manbalariga juda ham
talabchan emas, shuning uchun ular tabiatda keng tarqalgan. Ular organik murakkab
moddalarni minerallashtirish jarayonida ishtirok etadi. Odamlarda aktinomikoz
kasalliklarini tarqatuvchi patogen formalari ham bor.
Aktinomitsetlar yoki nursimon
(nurli) zamburug‘lar tuzilishi jihatidan bakteriyalar va tuban zamburug‘larga
o‘xshaydi. Ular mog‘or zamburug‘lar bilan bakteriyalar orasidagi guruhga mansub,
ma’lum shakldagi yadrosi bo‘lmaydi. Bu gurux grammusbat bakteriyalardir.
Aktinomitsetlar gifalarining uzunligi 600 mkm, eni 0,5 – 2 mkm va undan uzun bo‘lgan
shoxlangan mitseliy hosil qiladi . Oziq muhitidagi mitseliy ikki xil - biri substratda
(substrat mitseliysi), ikkinchisi oziqa muxit yuzasida (havo mitselliysi) bo‘ladi. Havo
mitseliysida sporalar yetiladi. Aktinomitsetlar tuproqda, organik o‘g‘itlar, chiriyotgan
moddalar yuzasida, boshoqdosh o‘simliklar tanasida uchraydi. Ulardan streptomitsin,
biomitsin, tetratsiklin, neomitsin, nistatin kabi antibiotiklar olinadi. Ba’zi patogen
formalari yumshoq to‘qima va suyaklarni emirib, og‘ir kasalli k - aktinomikozni
vujudga keltirishi mumkin.
Aktinomitsetlarda bo‘ladigan antogonistik xususiyatlar proaktonomitsetlarda
umuman bo‘lmaydi yoki bu xususiyat kuchsiz namoyon namoyon bo‘lishi mumkin.
Aktinomitsetlar tuproqda keng tarqalgan. Aktinomikoz bilan kasallangan odam va
hayvon tanalaridan ajratib olish mumkin. Ba’zi vakillari mazkur kasalliklarni
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
14
https://universalpublishings.com
qo‘zg‘atuvchilar hisoblanadi. Vakillaridan Proacunomyces ruber , Pr. bovis va
bashqalarni ko‘rsatish mumkin.
Mikobakteriyalar
.
Aktinomitsetlar
tartibiga
Mikobakteriyalar oilasi ham kirib, ular grammusbat, yoshlik vaqtida egilgan va
shoxlangan, harakatsiz tayoqchalardir. Kalta mitseliy hosil kiladi va u tezgina kalta
fragmentlarga parchalanib ketadi. Miksobakteriyalar - shilimshiq bakteriyalarning eng
yuksak formalari bo‘lib, ba’zilari ipsimon, ba’zilari - kokklarga o‘xshab ketadi.
Bularning hujayra po‘sti elastik bo‘lganligi uchun harakatlana oladi va tana tuzilishini
o‘zgartiradi.
Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemologik ossoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmatining viloyat boshqarmasida Tabiiy fanlar yo‘nalishi talabalari
mikroorganizmlarning morfologiyasi va ekologiyasini o‘rganish uchun hamkorlik
ishlari amalga oshirildi. Bu yo‘nalishda bir qancha bakteriyalarni ekish orqali ularning
rivojlanishi kuzatildi.
Sanitariya – epidemologiya nazorati tarkibidagi mavjud laboratoriya jihozlari,asbob
uskunalari yordamida har bir talaba mahsus tajribalarni o‘z qo‘llari bilan bajarishdi.
Ozuqa muhitlarini tayyorlash sirlarini o‘rgandilar.
Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemologik ossoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmatining viloyat boshqarmasida Mikrobiologiya va virusologiya fanidan
o‘tkazilgan laboratoriya mashg‘ulotlaridan fotolavhalar.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
15
https://universalpublishings.com
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tabiatda mavjud bo‘lgan barcha
mikroorganizmlarning foydali jihatlari bilan birga zararli tamonlari ham mavjud.
Mikroorganizmlarning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil.
Koʻpgina
mikroorganizmlar
bir
hujayrali,
baʼzilari,
masalan,
mogʻor zamburugʻlari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. Mikroorganizmlar,
odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi
boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi.
Kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar ham mavjud. Mikroorganizmlar tashqi
muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Mikroorganizmlar tabiatda moddalar
aylanishida katta rol oʻynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
.
1.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon,demokratik ,O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali
marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlis nutq.Toshkent
2016. 488-б
2.Jo‘rayeva U.М. Mag‘bulova Н.А. Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlariga
qo‘llanma. T.Universitet 2017
3. Joan L. Slonczewski Microbiology: An Evolving Science. New York, United States:
. 2012
4. Abdullaeva G. K., Tojiboyev S. J. ANALYSIS OF BIOMORPHS OF
CYANOPKARYOTES AND ALGAE. – 2023.
5. Abdullaeva G. K. A COMPARATIVE STUDY OF THE DISTRIBUTION OF
CYANOPROKARYOTES AND ALGAE IN SOILS //Journal of Universal Science
Research. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 67-71.
6. Haqberdiyeva S. T. Improving the Teaching Methods of Biology in General
Secondary Schools on the Basis of A Competency-based Approach //Academicia
Globe. – 2022. – Т. 3. – №. 03. – С. 132-136.6.Brayan M. V
Internet maanbalari
1.
2.
3.
