МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
27
https://universalpublishings.com
DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
Abdunazarov Elyor
Termiz davlat universiteti ‘‘Iqtisodiyot va turizm’’ fakulteti ‘‘Iqtisodiyot (tarmoqlar
va sohalar bo`yicha)’’ 2-bochqich talabasi
Anotatsiya.
Bugungi kunda butun dunyoda rivojlanayotgan mamlakatlar o`z
budjet mablag`larining katta qismini ijtimoiy sohaga sarflashadi.Darhahiqat, hozirgi
vaqt O`zbekistonda ham budjet harajatlarining katta qismi ijtimoiy sohaga to`g`ri
kelmoqda.Mamlakatimizda budjet defitsiti oshib borar ekan ijtimoiy siyosatni to`g`ri
yo`lga qo`yish bugungi kunda bizning eng ustuvor yo`nalishimiz bo`lishi kerak.
Annotation.
Today, developing countries all over the world spend a large part
of their budget funds on the social sector. In fact, a large part of the budget expenditures
in Uzbekistan also fall on the social sector. As the budget deficit in our country is
increasing, the correct implementation of social policy should be our top priority today.
Kalit
so`zlar:
Ijtimoiy
siyosat,budjet
taqchilligi,davlatning
ijtimoiy
siyosati,ijtimoiy to'lovlar, pensiya, foiz.
Keywords:
Social policy ,budget deficit, state social policy, social payments,
pension, interest.
2021 yilda COVID-19 ga qarshi kurash tadbirlari uchun ajratiladigan mablag‘lar
miqdori qayta ko‘rib chiqilgan va ko‘zda tutilgan 3 trln so‘mdan 4,3 trln so‘mga
yetkazilgan.Shundan 1,4 trln so‘m miqdoridagi mablag‘lar vaksina sotib olish va
fuqarolarni emlash ishlarini tashkil etish tadbirlariga yo‘naltirilganligi aytilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlum qilishicha, mamlakatda 2016-yildan 2022-
yilgacha ijtimoiy nafaqalarga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 10 baravarga oshirilgan.
Taqqoslash uchun, 2016-yilda 466 ming 500 oilaga 1 trillion 112 milliard so‘m
yo‘naltirilgan. 2022-yilga kelib respublikada ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 2,1
million nafardan ortgan va ularga qariyb 11,4 trillion so‘m ajratilgan. 2020yilda
aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalashning yangi – ijtimoiy yordam va
xizmatlarni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatish
tizimi joriy etildi. Bu uyma-uy yurilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga imkon
qadar yordam ko‘rsatish ishlari ko‘lamini kengaytirdi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, 2022-
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
28
https://universalpublishings.com
yilning o‘zida mana shunday daftarlarga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash
uchun davlat budjetidan 1,8 trillion so‘m mablag‘ sarflangan.
Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyi holatiga O‘zbekistonda yoshga doir nafaqa
tayinlangan fuqarolar soni 79 238 nafarni tashkil etdi. Nogironlik nafaqasi oluvchilar
303 730 nafar, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi to‘lanayotganlar 54 177 nafarga
yetgan. Agentlik xabariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2022-yilning iyun oyiga nisbatan
2 928 nafar (0,7 foiz)ga oshgan.Ayni paytda respublikada yoshga doir nafaqa ayollarga
60 yoshdan, erkaklarga 65 yoshdan tayinlanad. Mazkur turdagi nafaqaning bir oylik
miqdori 648 000 so‘mni tashkil etadi
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila
aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000 ming so‘m va keyingi har bir mehnatga
qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 212 000 ming so‘mdan qo‘shib nafaqa to‘lanadi.
2024-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda kam taʼminlangan oilalarga bolalar
nafaqasi, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari uchun davlat byudjetidan 4,3
trillion so‘m ajratildi. Bunda ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar o‘rtacha soni 1 million 736
mingtani tashkil etdi. Shundan 1 million 677 mingtasi bolalar nafaqasi, 58,9 mingtasi
moddiy yordam olgan. Nafaqa to‘lovlari uchun jami 2 trillion 463 milliard so‘m
yo‘naltirilgan. Shundan 2,4 trillion so‘mi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi,
67,5 milliard so‘mi moddiy yordam to‘lovlari uchun ajratilgan. Birinchi chorakda
ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni jami oilalarga nisbatan 17,8 foizni tashkil etgan.
2024-yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda alohida qatorda ish haqi, pensiya,
nafaqalar va ayrim turdagi xizmatlar tariflarining oshirilishi uchun 9,5 trillion so‘m
mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Bu xarajatlar gaz oldi-sotdisidagi xarajatlardan
mutlaqo boshqa yo‘nalishda. Qonunda 9,5 trillion so‘mdan 7,6 trillion so‘mi ish haqi,
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
29
https://universalpublishings.com
pensiya va nafaqalar miqdorini oshirishga, qolgan 2 trillion so‘mga yaqini issiqlik
taʼminoti korxonalarimizga zararni qoplashga yo‘naltirilishi belgilangan.
Tabiiy gaz tariflari oshirilishi gaz yoqib suv qaynatadigan issiqlik taʼminoti
korxonalari xarajatining tannarxini oshiradi. Aholiga issiqlikni yetkazish xizmati
uchun belgilangan narx korxona xarajatlariga nisbatan ancha past. Shuni hisobga olib,
yil boshida mana shu yo‘nalishga ham mablag‘lar rejalashtirib ketilgan. Demak, 2
trillion so‘mga yaqin mablag‘ issiqlik taʼminoti korxonalari zararini qoplashga
yo‘naltiriladi.
2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga 63 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Yanvar–avgust oylarida jami pensiya to‘lovlariga 40,2 trillion so‘m yo‘naltirildi.
Sentyabrdan pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilishi hisobiga yana qo‘shimcha 2,9
trillion so‘m ajratiladi. Mazkur mablag‘ qolgan 23 trillion so‘mga qo‘shilib, yil
oxirigacha to‘lab borilishi ma`lum qilindi.Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda
2024-yil 1-sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foiz oshirildi. 1-oktyabrdan
davlat tashkilotlari xodimlari, xususan, pedagoglar (oliy taʼlimdan tashqari) va
shifokorlar ish haqi 15 foiz, boshqa xodimlar oyligi 10 foiz ko‘tarildi.
Davlat byudjetining ayrim xarajatlari BHMga bog‘langan. Yaʼni BHM oshirilishi
byudjetga qo‘shimcha 250 milliard so‘m atrofidagi xarajatlarni yuzaga keltiradi.
Shundan eng katta qismi, yaʼni 80-90 foizi yetim bolalarni taʼlim jarayonidagi kunlik
xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. BHM oshirilishi ularning ham kunlik xarajati,
amaldagi narx-navo yoki inflyatsiya darajasidan tushib ketmasligini oldini olishga
yordam beradi. BHMning jarimalar, majburiy to‘lovlar yoki ayrim turdagi to‘lovlarga
bog‘liqligi ham bor.
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 25.07.2024-yildan asosiy stavkani 0,5 % bandga
pasaytirib, yillik 13,5 % darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi
muddatida toʻlanmagan soliqlar uchun hisoblanadigan penya miqdorini
kamaytiradi.Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ajratilyotgan imtiyozli kreditlar
foizlari ham tushganini anglatadi. Bu davlat harajatlariga qo`shimcha yuklama
tushirishi aniq.
Xulosa va takliflar
Shunday qilib mamlakatimizda ijtimoiy sohaga mablagʻlar eng koʻp ajratiladi. Biroq,
bu mablagʻlarni ustidan yetarlicha nazorat oʻrnatilmasa pullarni oʻzaro talon-taroj
qilish avj olib ketadi. Bunday holatda budjet defitseti oshishi turgan gap.Mamlakatdagi
ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun ajratilyotgan imtiyozli past foizli kreditlardan
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
30
https://universalpublishings.com
ma'lum bir miqdorda oʻrta qatlamga ajratilganda oʻrta qatlamning tadbirkorlik
qobiliyatiga ega lekin mablagʻ yetarli boʻlmagan qatlamini oʻstirardi va qoʻshimcha
ish oʻrinlari yaratilardi va ijtimoiy harajatlar ancha kamaygan bo`lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.B.E.Mamaraximov, M.A.Mamatov. Iqtisodiy siyos.atga kirish. (O‘quv qo ‘lanma). -
T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021 -252 b
2.Боннет, А. А. Теоретические основы экономической политики / А. А. Боннет,
А. Р. Тумашев. — Казань, 2003.
3.Богомолов, В. А. Экономическая политика: теория и практика антикризисного
регулирования экономики. — М., 1999.
4.Вельфенс, П. Основы экономической политики. — СПб.: Дмитрий Буланин,
2002.
5.Ойкен, В. Основные принципы экономической политики: пер. с нем. / под ред.
И. Цедилина, К. Херманн-Пиллата; вступ. слово О. Р. Лациса. — М.: Прогресс,
1995.
6.B.X.Azizkulov, B.K.Janzakov Iqtisodiy Siyosatga Kirish Samarqand – 2022
