МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
48
https://universalpublishings.com
O‘ZBEKISTONDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI
EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH.
Ismoilova Dilfuza Ibodullayevna
Termiz davlat pedagogika institute
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Texnologiya va geografiya kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston sog‘liqni saqlash
sohasidagi islohotlar dunyo higohida qanday talqin qilinayotganligi hamda
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni so‘nggi yillarda jadal
sur'atlar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat aholisining
salomatligini yaxshilash, sog‘liqni saqlash xizmatlarini yangilash va ularning
sifatini oshirishdan iboratligi ham takidlab o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
sog‘liqni saqlash tizimi islohoti, tibbiy ta’lim, sog‘liqni
saqlash, infratuzilmasi, telemeditsina, profilaktika va sog‘lomlashtirish,
xalqaro hamkorlik
Abstract:
This article provides information on how Uzbekistan's health
care, reforms are interpreted in the world and the rapid implementation of
Uzbekistan's health care reforms in recent years. It was also noted that the main
goal of these reforms is to improve the health of the country's population,
update healthcare services and increase their quality.
Keywords:
healthcare system reform, medical education, healthcare
infrastructure, telemedicine, prevention and health promotion, international
cooperation
Аннотация:
В данной статье представлена информация о том, как
реформы здравоохранения Узбекистана интерпретируются в мире, а
также о быстрой реализации реформ здравоохранения Узбекистана в
последние годы.
Также было отмечено, что основной целью данных реформ
является улучшение здоровья населения страны, обновление
медицинских услуг и повышение их качества. Ключевые слова: реформа
системы здравоохранения, медицинское образование, инфраструктура
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
49
https://universalpublishings.com
здравоохранения, телемедицина, профилактика и укрепление здоровья,
международное сотрудничество.
Kirish.
Mustaqillik yilarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasi va tez tibbiy
yordam
xizmati
faoliyatini
tashkil
etishning
huquqiy
asoslarini
mustahkamlanishi, tibbiyot sohasini takomillashtirish uchun respublikada olib
borilgan islohatlar, qarorlar, farmonlar va ularning amaldagi natijalari ilmiy
asosda tahlil etilgan. Maqolada tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan sogliqni
saqlash tizimida qilingan ishlar muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shu sababli biz mazkur tadqiqotda tibbiyot sohasining muhim va asosiy
bo‘g‘ini hisoblangan qishloq vrachlik punkti va tez tibbiy yordam hodimlari
faoliyatini tadqiq etishni asosiy maqsad etib qo‘ydik. Shuningdek maqolada
mustaqillikning dastlabki yillaridagi respublikadagi aholi salomatligining
umumiy holatlarini islohatlardan keyingi jarayonlar bilan aniq tahlillar asosida
qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek olingan tahlil natijalari asosida tibbiyot
sohasi hodimlarining ish samaradorligini oshirishga doir taklif va xulosalar
ishlab chiqilgan.
So‘ngi yillarda dunyoda atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq
muammolar, globallashuv jarayoni, turli xil epidemiya va viruslarning yangi
turlari tarqalayotganligi bugungi kunda dunyo mamlakatlarida xususan
respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasiga jiddiy e’tibor qaratish kerakligini
taqozo etmoqda. Jismonan sog‘lom, teran fikrlaydigan fuqarolar mamlakat
tayanchi hisobanadi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki
yillaridanoq respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilishga jiddiy
kirishilgan. Hukumatimiz bu borada ko‘plab xalqaro tashkilotlar va davlatlar
bilan ko‘p yillarga mo‘ljallanga dasturlar asosida ish olib bormoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti bilan hamkorlik
qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik natijasida qator ijobiy natijalarga erishildi,
xususan onalik va bolalikni muhofaza qilish,reproduktiv salomatlik, sil
kasalligigi va boshqa ko‘plab kasalliklarga qarshi kurashish yuizasidan qator
ijobiy natijalarga erishildi. O‘zbekiston Respubikasi mustaqillikni qo‘lga
kiritgandan so‘ng boshqa sohalar kabi sog‘liqni saqlash sohasida ham qator
ijobiy yangiliklar amalga oshirildi. Tibbiyot sohasida ham yangi davrga qadam
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
50
https://universalpublishings.com
qo‘yildi. Sho‘rolar davridan qolga sog‘liqni saqlash tizimi sohada bir qancha
muammolar yig‘ilib qolganligini ko‘rsatdi. Yosh mustaqil davlat o‘z oldiga
ijtimoiy sohadsa shu jumladan birinchi galda sog‘liqni saqlash sohasidagi
nuqson va kamchiliklarga chek qo‘yish hamda bu sohani yangi yuqori
bosqichga ko‘tarish choralarini ko‘rishga kirishdilar. Shu sababga ko‘ra
mazkur sohaga oid jarayonlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash va tez
tibbiy yordam xizmati faoliyatiga doir qator maqolalar 1va ilmiy ishlar2 nashr
etildi. Bu davrdagi adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko‘pchilik
tadqiqotchilar e’tibori asosan xalq tabobatini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu
soha bir guruh tarixchi olimlar tomonidan tarixiylik nuqtai nazaridan ham
tadqiq etildi. Ular tomonidan sohaning XIX asrning oxirgi choragi va sovet
davri tarixi bo‘yicha izlanishlar olib borgan. Ta’kidlash joizki,
XIX-XX asr tarixi o‘rganilib, asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash tizimining
yo‘lga qo‘yilishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish , yuqumli kasalliklarga
qarshi kurash, sanitariya-epidemiya xizmati kabi muassasalarga qaratilgan.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining mustaqillik davri tarixiga doir ilmiy
adabiyotlarni o‘rganish natijasida shunday xulosaga kelindiki, sohaning sovet
davri tarixi o‘rganilgan bo‘lsada, uning keyingi yillardagi tarixi maxsus
tadqiqot obyekti sifatida tanlab olinmagan. Umuman, murojaat etilgan
tadqiqotlarda mazkur yo‘nalishning u yoki bu jihatlari qamrab olinganligi va
ular butun tizim tarixini yoritishda qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilishi
mumkinligini ham ta’kidlash lozimdir. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning
tarixiylik, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, xronologik kabi usullaridan
foydalanildi. Mustaqillik yillarida va keyingi davrlarda O‘zbekistonda
sog‘liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishning
huquqiy asoslarini tashkil etishning huquqiy asoslarining mustahkamlanib
borishi mavzusini tadqiq etishda tadqiqotlar va mavzuga doir adabiyotlar
hamda arxiv materiallari nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan. Manbalardan
olingan ma’lumotlar tahlili mavzuga xolisona, ilmiylik va tarixiylik qoidasi
asosida yondashuvni talab etadi. Yuqorida ta’kidlangan usullardan foydalanish
natijasida quyidagi ilmiy yangilik sifatida o‘rganildi: olib borilgan chora
tadbirlar natijasida respublikadagi sog‘liqni saqlash va tez tibbiy yordam
xizmati faoliyati ko‘rsatkichlari yil sayin yaxshilanib borganligi, ayniqsa
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
51
https://universalpublishings.com
mustaqillikning dastlabki yillarida kuzatilgan kasallanishlar sonining kamayib,
shifoxonalar va poliklinikalar sonining esa ko‘payib borganligini
ko‘rsatishimiz mumkin. Mustaqillik yillarida Respublikamizda sog‘liqni
saqlash va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini rivojlantirish va
takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu
sohaning tarixi va nazriyasiga doir ilmiy jihatdan tan olingan qarashlardagi
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimining mustaqilik davri tarixini
tadqiq etishda va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy-
metodik jihatlar aniqlangan. XX asrning 80-yillari oxirlarida mintaqada
yuzaga kelgan keskin ekologik vaziyat tufayli mamlakatda o‘tkir yuqumli
kasalliklarning tarqalishi jarayoni ortdi. Bu davrda o‘tkir yuqumli
kasalliklarning tarqalishi kengayib bordi. Xususan 1990 yilgi ma’lumotlarga
qaraganda , 100ming aholi soniga nisbatan hisoblaganda qorin tifi kasalligi
7,6, paratiflar 4,8, salmonellez 36,5, poliomelit ( qoqshol) kasalligi 42,
qizamiq19,1, o‘tkir yuqumli ichak kasalligi 604,8, virusli gepatitlar 848,4 tani
tashkil etgan edi. Bundan tashqari brutsellez kasalligi bilan og‘rish 950 taga,
bo‘g‘ma kasalligining soni 12tani, kuydurgi 13taga oshgan.Bundan tashqari
tabiatdagi salbiy o‘zgarishlar ta’siri ostida 1980 yildan boshlab 1991 yilga
qadar kamqonlik bilan hastalanish 550 barobar ortdi va 10ming aholi hisobiga
1160 kishi darajasiga yetdi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada ikki uch xolatgagina
to‘g‘ri kelardi. Qon bosimining oshish kasalligi keyingi yigirma yilda 60
barobar, jigar toshi va siydik toshi bilan kasallanishlar soni 7 barobar oshgan .
O‘lim va kasalliklar darajasining nihoyatda yuqori ekanligidan ko‘rishimiz
mumkinki, endilikda inson organizmi ekologik holatlar vujudga keltirayotgan
zarbalarga dosh berolmay qoldi. Shu va boshqa sabablar insonlar sog‘lig‘iga
jiddiy zarar yetkazdi, millat genofondining yomonlashuvini keltirib chiqardi,
hamda mamlakatimiz miqyosida sog‘liqni saqlash sohasiga jiddiy e’tibor
qaratish lozimligini ko‘rsatdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish va takomillashtirish
dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Tibbiyot sohasidagi jiddiy
kamchiliklardan biri shunda ediki “Sog‘liqni saqlash” deb nomlangan eski
tizimda tibbiyot xodimlari moddiy manfaatdor emas edilar. Bu holat esa
aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish ishiga salbiy ta’sir etardi. Tibbiyot xodimlari
o‘zlariga belgilab qo‘yilgan maoshdan tashqari hech qanday daromad
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
52
https://universalpublishings.com
manbaiga ega emas edilar. Tibbiyot xodimlariga mehnat haqqi to‘lashda har
bir vrachni tajribasi va bilim darajasi inobatga olinmay, shu vrach ishlayotgan
sohadagi tibbiy xodimlar uchun belgilab qo‘yilgan darajada maosh to‘lanardi.
Bu esa shifokorlar orasida loqaydlik va ishchanlik qobiliyatining pasayishiga
olib keldi. Shu sabablar ham bizning tibbiyotimiz G‘arbiy Yevropa
tibbiyotidan orqada qolishiga olib keldi. Mustaqikkacha bo‘lgan davrda
mamlakatimizda ilmiy-nazariy tibbiyot ham yetarli darajada rivojlanmagan
edi. Biz jahon tibbiyoti yutuqlaridan to‘g‘ridan tog‘ri tanishish imkoniyatiga
ega emas edik. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng tibbiyotimiz to‘g‘ridan
to‘g‘ri chet el tibbiyoti bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Chet el tibbiy
muassasalari bilan hamkorlikda ishlay boshladilar. Mustaqillika erishilgandan
keyin hukumatimiz tomonidan ko‘plab sohalar singari sog‘liqni saqlash
sohasida ham qator islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bu sohada dastlab,
1992
yil
3-iyulda
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati
to‘g‘risida’’ qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunni qabul qilishdan ko‘zlangan
asosiy maqsad sanitariya-epidepiya masalalarida aholini muhofaza qilish
hamda insonlarni qulay atrof muhitda yashash huquqining kafolati bo‘ldi.
Shuningdek ushbu qonun sanitariya epidemiologiya sohasini takomillashtirish,
sohadagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lida muhim qadam
bo‘ldi. 1996 yil 29-avgustda “O‘zbekiston Respublikasi fuqrolarining
sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalar belgilab qo‘yilgan edi. Xususan
ushbu qonunda fuqarolarning sog‘ligini saqlashga doir quyidagi asosiy
tamoillar keltirib o‘tilgan edi.
• Sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi
• Profilaktika chora tadbirlarining ustunligi.
• Sog‘lig‘ini yo‘qotgan fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi.
• Tibbiy fanlarning amaliyot bilan birligi.
Ushbu qonunda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligining strukturasi va vakolatlari ham belgilab berildi. O‘zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, sog‘liqni saqlash sohasida
amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri ushbu sohani isloh qilish bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10- noyabrda “O‘zbekiston
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
53
https://universalpublishings.com
Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi
maxsus farmoni chiqarildi. Mazkur qonunni respublika sog‘liqni saqlash
tizimida xizmat qiluvchi mutaxasislar,huquqshunos, olim va shu sohaga
daxldor tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash
davlat dasturi ishlab chiqildi. Farmonda aytilishicha, aholining malakali tibbiy
xizmatdan foydalanishi, ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarini
ta’minlash shuningadek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini
yaxshilash uchun tibbiyot muassasalarining moddiy texnik bazasini
mustaxkamlash ko‘zda tutilgan edi. Dasturda sog‘liqni saqlash tizimining
quyidagi kondensiyasi tavsiya etilgan edi: bepul tibbiy yordam ko‘rsatadigan
hamda byudjetdan moliyalanadigan davolash profilaktika muassasalarini
shakllantirish, qishloq vrachlik punktlarining tarmog‘ini kengayrirish, tibbiyot
hodimlarining malaka va toifalarini oshirib borish, shu maqsadda tibbiyot
bilim yurtlarini kasbhunar kollejlariga aylantirish ko‘zda tutilgan. Dasturda tez
tibbiy yordam xizmati faoliyatini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha bir nechta
tibbiy tashkilotlar negizida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam
xizmatining mintaqaviy filiallarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
berilgan. Farmonda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi
va joylardagi filiallari malakali mutahasislar bilan to‘ldirilsin deyilgan .
So‘nggi yillarda tez va shoshilinch tez tibbiy yordam xizmatini
takomillashtirish maqsadida bir qator me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi:
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 21.05.2009 yil PF1114-sonli
“Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”
gi farmoni va 2011 yil 28-noyabrdagi PQ 1652-sonli “Sog‘liqni saqlash
tizimini yanada isloh qilishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori. Ushbu xujjatlarda shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati
samaradorligini, xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirish vazifasi ta’kidlab
o‘tilgan. Ushbu qaror va farmonlar natijasi o‘laroq Respublikamizda
shoshilinch tez tibbiy yordam markazlari va bo‘limlari faoliyati kengaytirildi,
sifati va moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra
shoshilinch tez tibbiy yordam markazlarida yotib davolanib chiqqanlar soni
ortib borganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu raqamlar albatta Respublikada
shoshilinch tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining takomillashib borganligi,
yangi davolanish binolari va tez yordam brigadalarining tashkil etilganligi,
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
54
https://universalpublishings.com
xizmat ko‘rsatish sifatining ortib borganligidan dalolat beradi. Yuqoridagi
qaror va farmonlar ijrosi natijasida Respublikada 2012 yil boshiga kelib 3196
ta qishloq vrachlik punktlari faoliyat yuritayotgan 8 bo‘lib, ular negizida
chekka qishloqlarda istiqomat qiluvchi aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish
punktlari ochildi. Mazkur sog‘liqni saqlash muassasalarida aholiga sifatli
tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular bilan profilaktik jarayonlar ham amalga oshirib
borildi. Xulosa va takliflar. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida
sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilinishi natijasida bir qancha qaror, qonun va
nizomlar qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar asosida soha faoliyatini
huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi hamda moddiy texnik bazasi
mustahkamlandi. Respublikamizning viloyat shahar va tumanlarida oilaviy
poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari binolari qayta ta’mirlash ishlari
nihoyasiga yetkazildi. Tizimdagi keng ko‘lamli islohotlar natijasida mavjud
qishloq vrachlik punktlari o‘rnida qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi.
Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida shifokorlarning ish vaqti
belgilandi. Qishloq oilaviy poliklinikalarida umumiy amaliyot shifokori bilan
birgalikda oltita tor soha mutahasislari pediatr, terapevt, ginekolog, xirurg,
stomatolog, UTT vrachi faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari binolarini ham qayta
ta’mirlash va imkoniyatlarini kengaytirish ishlari olib borildi. Bugungi kunda
tez tibbiy yordam shahobchalarining poliklinikalarga ko‘chirilganligi ham
tibbiy xizmatni uzluksiz, tunu kun davom ettirish imkonini yaratdi. Shuni
alohida ta’kidlash kerakki, mazkur sohadagi islohatlar bugungi kunda o‘zining
dolzarbligini ko‘rsatib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbitot hujjatlari
Markaziy davlat arxivi . M-372-fond, 1-ro‘yxat , 82-yig‘ma jild, 11-varaq.
2. Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
kitobini o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma –Toshkent: O‘zbekiston,
2012- B 89.
3. Rustamova X.E. Stojarova. N.K. Tibbiyot tarixi. Toshkent2014.191-
bet. 3 O‘zbekiston Respulikasi Ilmiy texnikaviy va tibbitot hujjatlari Markaziy
davlat arxivi . M372-fond, 1-ro‘yxat , 82-yig‘ma jild, 11-varaq.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 11.79/2023
SJIF 2024 = 5.444
Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь
55
https://universalpublishings.com
4 Karimov I.A. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
kitobini o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanma –Toshkent: O‘zbekiston,
2012- B 89. 4. Rustamova X.E. Stojarova. N.K. Tibbiyot tarixi.
Toshkent2014.191-bet.
5. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika Qo‘mitasi hisobotlari.
2010 yil. – B.15 6. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika Qo‘mitasi
