Authors

  • Shohista Karimboyeva
    talaba
  • Xashimov Farxod
    q.x.f.d., professor
  • Shahboz Yoqubov
    assistent, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Unversiteti Agrobiotexnalogiyalar va oziq – ovqat xavfsizligi instituti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.59711

Keywords:

Sholi o’simligida Azotli fosfor kaliyl mineral o’g’itlarning ta’siri

Abstract

Azotli o‘g‘itlar miqdorini oshirilishi ikkala o‘rganilgan sholi navlarida ham, o‘suv davrini nazorat variantiga nisbatan 9-14 kunga, to‘liq pishishini «Iskandar» navida 13-15 kunga, «Guliston» navida 4-5 kunga uzayishiga olib keldi. Bu tuplash koeffitsentini ta’lluqli ravishda 1,5-1,1 ga, hosildor poyalar sonini 1 m2 da 83-62 taga ortishi ya’ni, 1 gektarda 83-62 mingtagacha yon shoxlarning ko‘p hosil bo‘lishi va asosiy poyalardan keyin pishib yetilishi hisobiga vujudga keldi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

384

SHOLINING O‘SUV DAVRI VA RIVOJLANISHIGA MINERAL O‘G‘ITLAR

ME’YORLARINI TASIRI

Karimboyeva Shohista Bahodir qizi

talaba

Farxod Xashimov

, q.x.f.d., professor,

Shahboz Yoqubov

, assistent,

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Unversiteti

Agrobiotexnalogiyalar va oziq – ovqat xavfsizligi instituti.

Tell +99899 9692593

Anotatsiya

Azotli o‘g‘itlar miqdorini oshirilishi ikkala o‘rganilgan sholi navlarida ham, o‘suv

davrini nazorat variantiga nisbatan 9-14 kunga, to‘liq pishishini «Iskandar» navida 13-
15 kunga, «Guliston» navida 4-5 kunga uzayishiga olib keldi. Bu tuplash koeffitsentini
ta’lluqli ravishda 1,5-1,1 ga, hosildor poyalar sonini 1 m2 da 83-62 taga ortishi ya’ni, 1
gektarda 83-62 mingtagacha yon shoxlarning ko‘p hosil bo‘lishi va asosiy poyalardan
keyin pishib yetilishi hisobiga vujudga keldi.

Kalit so’zlar.

Sholi o’simligida Azotli, fosfor, kaliyl,mineral o’g’itlarning ta’siri

Mavzuning dolzarbligi. Yuqori hosil yetishtirish maqsadida, sholini o‘sish va

rivojlanish xususiyatlarini chuqur o‘rganish, tushunib yetish orqali bo‘yini o‘sishi,
rivojlanishi, quruq massa to‘plashi va hosil yig‘ishni boshqarish, har bir nav uchun
alohida belgilangan ilg‘or agrotexnik tadbirlar qo‘llab yetishtiriladigan hosilning
salmog‘ini oshirish mumkin. Sholi navlarini mineral va organik o‘g‘itlarga bo‘lgan
talabi, navlarning biologik xususiyati, atrof muhit ta’siri, tuproq va iqlim sharoiti kabi
omillarni hisobga olgan holda aniqlanadi va qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarda
yuqoridagi omillar albatta etiborga olinadi. Mineral o‘g‘itlar miqdorining sholini o‘suv
davriga tasiri navning issiqlik va namlik bilan ta’minlanganligi, mahalliy sharoitga
moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lib, oxir oqibat navning maksimal yoki minimal
darajada hosil berishini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan.

Tadqiqot materiallari va uslubi. Tajriba Xorazm viloyati Xiva tumani 2022-2023

“Yuksalish fermer” xo’jaligida olib borildi.

Sholining o‘suv fazalariga mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri(«Iskandar» navi)

№ Variantlar

Tuplash

Ro’vaklash

Pishish

Amal
davri

Boshlanishi yakuni Boshlanishi To’liq

2023-yil

1

Nazorat

17 VII

13 VIII

8VIII

20 VIII

11 IX 103


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

385

2

R120K 150

17 VII

12 VIII

10 VIII

21 VIII

12 IX 104

3

N60R20K150

18 VII

12 VIII

13VIII

23 VIII

14 IX 106

4 N90R120K150

19 VII

14 VIII

14 VIII

25 VIII

17 IX 109

5 N120R120K150 20 VII

5 VIII

15 VIII

28 VIII

20 IX 112

6 N150R120K150

20

VII

7 VIII

18 VIII

1 IX

23 IX 115

2024-yil

1

Nazorat

16 VII

29 VII

11 VIII

23 VIII

15 IX 107

2

R120K 150

16 VII

31 VII

13 VIII

25 VIII

17 IX 109

3

N60R20K150

18 VII

3 VIII

15 VIII

26 VIII

20 IX 112

4 N90R120K150

19 VII

5 VIII

17 VIII

28 VIII

22 IX 115

5 N120R120K150 20 VII

8 VIII

19 VIII

31 VIII

26 IX 118

6 N150R120K150 20 VII

10 VIII

22 VIII

3 IX

28 IX 120

Sholining o‘suv davri navning tez, o‘rta yoki kechpisharligini belgilaydigan

asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, bu ayniqsa mineral o‘g‘itlar miqdoriga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tajribalarni olib borgan yillarda o‘rganilayotgan ikki navda
ham barcha variantlarda bir xil agrotexnik tadbirlar qo‘llashimizga qaramasdan o‘suv
davri davomida sezilarli farqlar ko‘zga tashlandi. Ma’lumotlarni ta’kidlashicha, azotli
o‘g‘it miqdorini oshib borishi tuplash fazasini kechikishiga olib keldi. Masalan, 1997
yil ma’lumotlari bo‘yicha nazorat variantiga nisbatan 60 kg N berilgan 3 variantda 7
kunga, N 90 kg/ga berilganda 9 kunga, N 120-150 kg/ga berilganda 10 kunga kechikdi.
Ushbu qonuniyat tajriba o‘tkazilgan barcha yillarda qaytarilib yil ob-havosini kelishiga
qarab 1998-2024 yillarda o‘rtacha 3-4 kunni tashkil etdi. Ushbu holat ro‘vaklash fazasini
boshlanishi va tugallanishida ham qayd etildi. Ro‘vaklash boshlanishidagi nazorat
variantiga nisbatan farq 1997 yilda 13 kun, 2023 yilda 3 kun, 2024 yilda 5 kunni tashkil
etdi. Ro‘vaklash boshlanishidagi farq 1997 yildan tashqari katta bo‘lmasada, lekin
ro‘vaklashni yakunlanishida juda sezilarli darajada bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich tajriba olib
borishning birinchi yilida 13 kunni, ikkinchi yilida 6 kunni, uchinchi yilida 8 kunni
tashkil etdi. Mazkur qonuniyat sholining pishishini boshlanishi hamda to‘liq pishish
davrida ham kuzatildi. Pishishni boshlanishi nazorat variantiga nisbatan N 60 kg/ga
berilganda o‘rtacha 3 kunga, N 90 kg/ga berilganda 5-7 kunga, N 120 kg/ga.da 7-8
kunga, N 150 kg/ga.da 11-13 kunga kech boshlandi. Shuni alohida takidlash lozimki,
azotli o‘g‘it me’yorini ortib borishi sholini to‘liq pishib yetilishini kechikishiga olib


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

386

keldi. Nazorat variantiga nisbatan N 120- 150 kg/ga qo‘llanilganda pishib yetilishi
o‘rtacha 7-8 kundan 15 kungacha cho‘zildi. Shuningdek, azotli o‘g‘itlarni qo‘llanishi
sholining o‘suv davrini 9-14 kunga uzayishiga olib keldi. 24 O‘suv davrining uzayishi
asosan mineral o‘g‘itlar miqdorini oshishi tufayli nazorat variantiga nisbatan yon
shoxlarni ko‘p hosil bo‘lishi va asosiy poyadan keyin pishib yetilishi hisobiga vujudga
keldi.

Sholining o‘suv fazalariga mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri («Guliston» navi)

Variantlar

Tuplash

Ro’vaklash

Pishish

Amal

davri

Boshlanishi yakuni Boshlanishi To’liq

2023-yil

1

Nazorat

6 VII

13 VIII

21

VIII

20 IX

13 X 116

2

R120K 150

7 VII

12 VIII

19

VIII

21 IX

13 X 116

3

N60R20K150

9 VII

12 VIII

20VIII

23 IX

18 X 120

4

N90R120K150

10 VII

14 VIII

24

VIII

25 IX

20 X 121

5

N120R120K150

12 VII

15 VIII

25

VIII

27 IX

23 X 123

6

N150R120K150

14 VII

16 VIII

27

VIII

3 X

25 X 126

2024-yil

1

Nazorat

9 VII

11 VIII

19

VIII

20 IX

13 X 117

2

R120K 150

11 VII

12 VIII

20

VIII

21 IX

13 X 117

3

N60R20K150

13 VII

12 VIII

20

VIII

23 IX

18 X 120

4

N90R120K150

15 VII

14 VIII

24

VIII

25 IX

20 X 121

5

N120R120K150

16 VII

15 VIII

25

VIII

27 IX

23 X 123


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

387

6

N150R120K150 18 VII

16 VIII

27

VIII

3 X

25 X 126

Ko‘chat usuli bilan sholi yetishtirishda «Iskandar» navida mineral o‘g‘itlarning

variantlar bo‘yicha oshib borishi o‘suv davrining nazorat variantiga nisbatan 13
kungacha uzayishiga olib keldi. «Guliston» navida variantlar o‘rtasidagi farq 4-5 kunni
tashkil qildi. Ko‘chat usuli bilan sholi yetishtirishda o‘rganilayotgan navlarning o‘suv
davridagi farqiga birinchidan, navlarning biologiyasi ya’ni tez va o‘rtapisharligi,
ikkinchidan, navning tuplanish darajasiga bog‘liq bo‘lib «Guliston» navi tezpisharligi
va tuplanish darajasi «Iskandar» naviga nisbatan pastligi sababli, o‘rganilayotgan
variantlarga bir xil miqdorda o‘g‘it berilishiga qaramasdan navlarning o‘suv davridagi
farq «Iskandar» navida 120-130 kun, «Guliston» navida 103-120 kundan iborat bo‘ldi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, azotli o‘g‘itlarni qo‘llanishi oqibatida hosildorlikni oshishi
hisobiga o‘suv fazalarini uzayishiga sabab bo‘ldi. Sholining «Arpa sholi» turiga mansub
«Guliston» navining o‘suv davrida ham yuqoridagi holatlar kuzatildi. Ma’lumki, sholi
urug‘idan ekilganda azotli o‘g‘itlarga qanchalik talabchan bo‘lmasin «Tolmas» navini
hisobga olmaganda respublikamizda rayonlashtirilgan barcha navlarga beriladigan
o‘g‘it miqdori (Xorazm viloyati sharoitida) 150-180 kg/gadan oshsa, o‘simliklarni yotib
qolishi kuzatilgan. Tadqiqotlarimizda navlarning tuplash darajasiga va hosildor poyalar
soniga mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri turlicha bo‘lishi qayd etilib, nazorat
«Iskandar» navining variantida 1 m2 maydonda hosildor poyalar soni o‘rtacha 160, faqat
fosfor, kaliy 100% berilgan variantda 176, azot, fosfor, kaliy berilgan variantda 183, 150
kg, azot, fosfor, kaliy berilgan variantda 243 donani tashkil qildi. Bu nazorat variantiga
nisbatan 1 m2 da 83 dona, yoki bir gektar maydon hisobiga 830 ming dona hosildor
poya ko‘p demakdir. «Guliston» navida ham ushbu qonuniyat qayd etildi, lekin uni
ko‘rsatkichlari past bo‘ladi.


Ko‘chat qalinligi va hosildor poyalar soniga mineral o‘g‘itlar miqdorining ta’siri

(o‘rtacha 2 yillik).

Variant

O‘simliklar soni,

dona/1m2 .

Ko‘chatni

o‘rimgacha

saqlanishi, %

Tuplash

koeffitsienti

Hosildor

poyalar

soni,

dona m2

ekish

davrida

o‘rimdan

oldin

«Iskandar» navi


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

388

Nazorat

(o‘g‘itsiz).

44

40

90

4.0

160

N0 R120K150

44

40

90

4.4

176

N60R120K150

44

41

93

4.4

183

N90R120K150

44

42

95

5.0

210

N120R120K150

44

44

100

5.5

243

N150R120K150

44

43

97

5.3

236

«Guliston» navi

Nazorat

(o‘g‘itsiz).

44

38

86

3.3

128

N0 R120K150

44

38

86

3.6

139

N60R120K150

44

40

90

4.1

166

N90R120K150

44

42

95

4.1

175

N120R120K150

44

42

95

4.3

184

N150R120K150

44

43

97

4.4

190


Tajriba maydonida ko‘chat usulida sholi yetishtirishda ikki navga ham bir xil

agrotexnika qo‘llanishiga qaramasdan, «Iskandar» navida bir metr kvadrat maydonda
variantlar bo‘yicha 33-53 dona hosildor poyalar «Guliston» naviga nisbatan ko‘p
shakllandi. Taxlillarimizni ko‘rsatishicha bu faqat navning biologik xususiyatiga xos
ko‘rsatkichdir. «Iskandar» navi «Guliston»ga nisbatan seleksiya nuqtai nazaridan va
mahsulotning texnologik bahosidan kelib chiqqan holda bir necha ko‘rsatkichlari
bo‘yicha yuqori turishida yoki afzalligidadir. Mineral o‘g‘itlar qo‘llash hisobiga tuplash
koeffitsenti «Iskandar» navida 1,5 gacha, «Guliston» navida 1,1 gacha, hosildor poyalar
soni ta’lluqli ravishda 83-62 taga oshirilishiga erishildi. Shunday qilib, sholi navlarining
tuplash darajasi asosan navning biologik xususiyatiga bog‘liq bo‘lsada, lekin bu
ko‘rsatkichni mineral o‘g‘itlar miqdori hamda ekish usuli bilan ham boshqarish
mumkinligi isbotlandi.

Xulosa. Azotli o‘g‘itlar miqdorini oshirilishi ikkala o‘rganilgan sholi

navlarida ham, o‘suv davrini nazorat variantiga nisbatan 9-14 kunga, to‘liq pishishini
«Iskandar» navida 13-15 kunga, «Guliston» navida 4-5 kunga uzayishiga olib keldi. Bu
tuplash koeffitsentini ta’lluqli ravishda 1,5-1,1 ga, hosildor poyalar sonini 1 m2 da 83-


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 11, Ноябрь

https://universalpublishings.com

389

62 taga ortishi ya’ni, 1 gektarda 83-62 mingtagacha yon shoxlarning ko‘p hosil bo‘lishi
va asosiy poyalardan keyin pishib yetilishi hisobiga vujudga keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Turaboyeva, B., Miyzamov, D., Qodirova, G., & Hayitov, M. (2023). KUZGI BUG
‘DOYNI OLINGUGURT SAQLOVCHI O ‘G ‘ITLAR BILAN O ‘G ‘ITLASh.

Academic research in educational sciences

,

4

(SamTSAU Conference 1), 1182-1185

2. Mamadiyar, X., Mexroj, A., Dostonbek, M., & Baxtigul, T. (2023). MINERAL
OʻGʻITLAR TURLI MEʼYOR VA NISBATLARINING KUZGI BUGʻDOY DON
HOSILIGA TAʼSIRI.

PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND

EDUCATION

,

19

(23), 239-242.

3. Xayitov , M. . ., Muratkasimov, A., Miyzamov, D., & Usmanov, U. . (2023).
MINERAL O`G`ITLAR TURLI ME`YOR VA NISBATLARINING KUZGI
BUG`DOY DON SIFATI KO`RSATKICHILARIGA TA`SIRI.

Евразийский журнал

медицинских и естественных наук

,

3

(4 Part 2), 55–60. извлечено от

https://in-

academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/13203

4. Farxod Xashimov, Shahboz Yoqubov, assistent, Ibragimova Nasiba,(2024).
OQBOSH

KARAM

HOSILDORLIGIGA

MINERAL

VA

ORGANIK

O‘G‘ITLARNING HOSILDORLIGI VA HOSIL SIFATIGA TA’SIRI. //. T A D Q I Q
O T L A R. jahon ilmiy – metodik jurnali.
5.Khaitov, M., Rasulov, I., & Karshiyev, J. (2024). TECHNOLOGY AND METHODS
OF PROPAGATION OF FRUIT SEEDLINGS.

Science and innovation

,

3

(D9), 276-

279.
6. Xayitov, M. A., Qarshiyev, J. D., Yoqubov, S. M., & Narzullayev, B. A. (2023).
UZUMNING QORA KISHMISH NAVI TUPIDAGI BOSHLAR SONI VA
ULARNING ORTACHA OGIRLIGIGA PS-AGROO’G’ITLAR MEYORINING
TASIRI.

Центральноазиатский журнал образования и инноваций

,

2

(10), 187-191.

7. Хашимов.Ф.Х Xayitov .M.A Yoqubov, S. M., Қаршийев.Ж.Д (2023)
МИКРОЎҒИТЛАРНИНГ ХЎРАКИ УЗУМ ТОИФИ НАВИНИ ХОСИЛДОРЛИК
КО‟РСАТКИЧЛАРИГА ТАЪСИРИ. Сcиентифиc аспеcтс анд трендс ин тҳе фиелд
оф сcиентифиc ресеарч Интернатионал сcиентифиc онлине cонференcе, 124-127-
бет.


References

Turaboyeva, B., Miyzamov, D., Qodirova, G., & Hayitov, M. (2023). KUZGI BUG ‘DOYNI OLINGUGURT SAQLOVCHI O ‘G ‘ITLAR BILAN O ‘G ‘ITLASh. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 1182-1185

Mamadiyar, X., Mexroj, A., Dostonbek, M., & Baxtigul, T. (2023). MINERAL OʻGʻITLAR TURLI MEʼYOR VA NISBATLARINING KUZGI BUGʻDOY DON HOSILIGA TAʼSIRI. PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION, 19(23), 239-242.

Xayitov , M. . ., Muratkasimov, A., Miyzamov, D., & Usmanov, U. . (2023). MINERAL O`G`ITLAR TURLI ME`YOR VA NISBATLARINING KUZGI BUG`DOY DON SIFATI KO`RSATKICHILARIGA TA`SIRI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 3(4 Part 2), 55–60. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/13203

Farxod Xashimov, Shahboz Yoqubov, assistent, Ibragimova Nasiba,(2024). OQBOSH KARAM HOSILDORLIGIGA MINERAL VA ORGANIK O‘G‘ITLARNING HOSILDORLIGI VA HOSIL SIFATIGA TA’SIRI. //. T A D Q I Q O T L A R. jahon ilmiy – metodik jurnali.

Khaitov, M., Rasulov, I., & Karshiyev, J. (2024). TECHNOLOGY AND METHODS OF PROPAGATION OF FRUIT SEEDLINGS. Science and innovation, 3(D9), 276-279.

Xayitov, M. A., Qarshiyev, J. D., Yoqubov, S. M., & Narzullayev, B. A. (2023). UZUMNING QORA KISHMISH NAVI TUPIDAGI BOSHLAR SONI VA ULARNING ORTACHA OGIRLIGIGA PS-AGROO’G’ITLAR MEYORINING TASIRI. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(10), 187-191.

Хашимов.Ф.Х Xayitov .M.A Yoqubov, S. M., Қаршийев.Ж.Д (2023) МИКРОЎҒИТЛАРНИНГ ХЎРАКИ УЗУМ ТОИФИ НАВИНИ ХОСИЛДОРЛИК КО‟РСАТКИЧЛАРИГА ТАЪСИРИ. Сcиентифиc аспеcтс анд трендс ин тҳе фиелд оф сcиентифиc ресеарч Интернатионал сcиентифиc онлине cонференcе, 124-127-бет.