Authors

  • Halim Murodov
    Osiyo xalqaro universiteti “Tarix va filologiya” kafedrasi dotsenti, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.60083

Keywords:

Xalqaro turizm mehmonxona Labi Hovuz “Salom”

Abstract

Maqolada O'zbekiston turizmining bir qismi bo'lgan Buxoro turizmida turistik tashkilotlar turoperator va turagentlarning faoliyati, jumladan turistik mahsulotni yaratish, reklama qilish va amalga oshirish uchun yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati sifatida o’rganilib, ushbu sohaning 2000-2016 yillardagi faoliyati atroflicha yoritilgan.
Hunarmand usta tadbirkorlarning milliy hunarmandchilikning  barcha turlari bo`yicha suvenir do`konlari xizmat ko`rsatayotganligi, natijada xizmat ko`rsatish hamda servis sohasining rivojlanishi bilan yangi ish o`rinlari yaratish imkoniyatlari o`sib borayotganligi borasida mulohazalar bildirilgan.
Turistlarga xalqaro standartlar darajasida xizmat ko`rsatuvchi turoperatorlar, turagentlar hamda ekskursiya yetakchilari soning oshishi ular faoliyatida ijobiy o`zgarishlar yuz berganligi tahlil etilgan.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

132

https://universalpublishings.com

BUXORO TURIZMI XIZMAT KO`RSATISH SOHASIDAGI

IJOBIY O`’ZGARISHLAR

(2000-2016 yillar misolida)

Murodov Halim Salimovich

Osiyo xalqaro universiteti

“Tarix va filologiya” kafedrasi dotsenti, PhD

murodovhalim645@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada O'zbekiston turizmining bir qismi bo'lgan

Buxoro turizmida turistik tashkilotlar turoperator va turagentlarning faoliyati,
jumladan turistik mahsulotni yaratish, reklama qilish va amalga oshirish uchun
yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati sifatida
o’rganilib, ushbu sohaning 2000-2016 yillardagi faoliyati atroflicha yoritilgan.
Hunarmand usta tadbirkorlarning milliy hunarmandchilikning barcha turlari
bo`yicha suvenir do`konlari xizmat ko`rsatayotganligi, natijada xizmat
ko`rsatish hamda servis sohasining rivojlanishi bilan yangi ish o`rinlari
yaratish imkoniyatlari o`sib borayotganligi borasida mulohazalar bildirilgan.
Turistlarga xalqaro standartlar darajasida xizmat ko`rsatuvchi turoperatorlar,
turagentlar hamda ekskursiya yetakchilari soning oshishi ular faoliyatida ijobiy
o`zgarishlar yuz berganligi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar:

Xalqaro turizm, mehmonxona, “Labi Hovuz”, “Salom”,

“Islomiddin”, “Arsham” “Klassik-tur”, “East Line Tour”, “Aziya in
Focus”,,“Malika- Sayyoh”, “Elen Oazis”, "Mir Arab travel" "Adras"
“Ko'kaldosh", “Dirk Xal`bfell”.

Buxoro

turizmi

rivojlanishida

turistik

tashkilotlar

turoperator

va

turagentlarning faoliyati markaziy o`rinni egallaydi. “Turizm to`grisida”gi
qonunning 20 moddasiga ko`ra, turistik mahsulotni yaratish, reklama qilish va
amalga oshirish uchun yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan
tadbirkorlik faoliyati turoperatorlik faoliyatidir. Shuningdek, turistik
mahsulotni targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy
shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turagentlik
faoliyatidir. Turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatni litsenziya olib


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

133

https://universalpublishings.com

borishi belgilangan[1]. Buxoro turizmi sohasida 2000 yilda 12 ta turistik firma
faoliyat yuritgan. 2000 yilda eng ko`p sayyohlarga xizmat ko`rsatgan korxona
“Hamkorlik” 2308 kishiga va “Islomiddin” turistik firma 1573 kishiga,
mehmonxonalardan “Labi Hovuz” 959 kishiga shu jumladan 677 xorijiy
sayyohga xizmat ko`rsatgan[2].

2010 yilda 12 ta turoperator firmalari: 1. “Salom” 2. “Islomiddin” 3.

“Arsham” 4. “Klassik-tur” 5. “East Line Tour” 6. “Aziya in Focus” 7. “Malika-
Sayyoh” 8. “Baxtiyor Sanam”(Oltin tuproq) 9. “Nazi sayyoh” 10. “Yevropa”
11. “Mohi-Sitora-Turizm” 12. “Samira Voyaj” faoliyat olib borish uchun
ro`yxatga olingan bo`lib, shulardan “Arsham” va “Yevropa” firmalari joriy
yilda umuman faolyat ko`rsatmagan. 2010 yilda 10 turistik firma sayyohlarga
jami 333 ming 962 so`m xizmat ko`rsatib, xizmatlar eksporti esa 170 AQSH
dollarini tashkil etgan xolos[3]. Kirish va ichki turizmda faqatgina “Salom”,
“Klassik-tur”, “East Line Tour”, “Baxtiyor Sanam” firmalari faoliyat
ko`rsatgan.

Buxoroning juda katta turistik salohiyati bo`lsada, lekin turoperatorlar

faoliyatini samarali yo`lga qo`yish va kengaytirish bo`yicha 2000 – 2010
yilgacha aniq va maqsadli chora – tadbirlar ishlab chiqilmagan edi. Vazirlar
Mahkamasining 2014 yilning 13 martdagi 60-sonli qarori natijasida turistik
firmalar turoperator va turagentlar faoliyatida katta o`zgarishlarga turtki
bergan. Jumladan 2013 yilda 17 ta turistik firma faoliyat ko`rsatgan bo`lsa,
yuqoridagi qarordan so`ng 2014 yilda turfirmalar soni ikki barobar ko`payib,
32 taga yetdi[4]. Bu esa chet ellik va mahalliy sayyohlarga turistik xizmat
ko`rsatishni yaxshilanishi va xalqaro turistik yarmarkalarda Buxoro
turizmining targ`ibot tashviqotining kengayishiga ijobiy ta`sir qildi. 2015 yilda
Buxoro turizmida turistik xizmatlar ko`rsatadigan turistik firmalar soni 35 taga
yetib, ulardan 1 tasi qishloq joyida tashkil etilgan[5]. Amalga oshirilayotgan
islohotlar va turizm sohasidagi belgilangan chora tadbirlarning amalga
oshirilishi natijasida 2016 yil Buxoroda jami turistik firmalar soni esa 38 taga
yetdi[6]. Shunday qilib, turistlarga xalqaro standartlar darajasida xizmat
ko`rsatuvchi turoperatorlar, turagentlar hamda ekskursiya yetakchilari soning
oshishi ular faoliyatida ijobiy o`zgarishlar yuz berganligi bilan bog`liqdir.

Buxoro viloyatida 2013-2015 yillarda turizm sohasini yanada

rivojlantirish bo`yicha viloyat dasturiga ichki turizmni rivojlantirish bo`yicha


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

134

https://universalpublishings.com

alohida band kiritilgan. Shuningdek, turistlar uchun viloyat shahar va
tumanlarining markaziy ko`chalaridagi kirish yo`llarida maxsus ma'lumotlar
stendlari hamda diqqatga sazovor tarixiy obidalar va joylarning jadvallari, dam
olish joylari haqidagi qisqacha ma'lumotlar asosiy avtomobil yo`llariga
o`rnatilgan. Joriy 2013 yilda Buxoro viloyatining asosiy turistik marshrutida
joylashgan “Ko`kaldosh” madrasasida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun
velosipedlar ijarasi yo`lga qo`yildi. “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi
Buxoro mintaqaviy bo`limi tomonidan ekoturizmni yanada rivojlantirish
hamda xorijiy va mahalliy sayyohlarning tashrifi sonini kengaytirish
maqsadida “Jayron” ekomarkazida xorijiy va mahalliy sayyohlarning maroqli
dam olishlari uchun kichik mehmonxona va maishiy xizmat ko`rsatish
shaxobchasi tashkil etilgan. Bundan tashqari, viloyatda agroturizmni
rivojlantirish maqsadida shahar atrofidagi ipakchilik, uzumchilik, paxtachilik
va bog`dorchilik bo`yicha ixtisoslashgan fermer xo`jaliklarini tanlanib, turistik
mavsum davrida turistlarni ish jarayoni bilan tanishtirish, shuningdek, “Camel
safari” tuyalarda sayr qilish kabi turizmning yangi yo`nalishlarini ochish va
rivojlantirish yo`lida keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi. Mahalliy
sayyohlarni joylashtirish maqsadida Kogon tumanidagi "Bahouddin
Naqshband" ziyoratgohi janubiy qismida 60 o`rinli mehmonxonasi
foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Qorako`l va Romitan hamda G`ijduvon
tumanlarida motel va kempinglar qurilib, ishga topshirildi. Bundan tashqari,
yo`l yoqasida joylashgan kompleksli obyektlarni qurish maqsadida
mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish obyektlari hamda
sog`lomlashtirish markazlarida turizm sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar
ishtirokida taqdimotlar uyushtirildi. Buxoro shahrida 2013 yilning 27-30 iyun
kunlari “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi tashabbusi bilan xalqaro oshpazlar
uyushmasi va Germaniya oshpazlar uyushmasi a`zosi Dirk Xal`bfell
boshchiligida “Grand Buxoro” mehmonxonasida “Mehmonxona va restoran
dunyosi: “Jahon oshxonasi san'atining yangi tendensiyasi” mavzuidagi
seminar hamda amaliy o`quv kursida shahardagi mehmonxona va
restoranlarning oshpazlari ishtiroki ta`minlangan[7]. Bunday xalqaro tadbirlar
chet ellik sayyohlar uchun xalqaro andozalardagi xizmat ko`rsatish sifatini
yaxshilashga xizmat qilgan. Buxoro turizmida xizmat ko`rsatish sohasida
yangicha mahsulotlarni yaratish va sayyohlar bo`sh vaqtlarini mazmunli


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

135

https://universalpublishings.com

o`tkazish uchun nafaqat turistik tashkilotlar balki Xalqaro “Oltin meros”
xayriya jamg`armasi Buxoro viloyat boshqarmasi

(Buxoro viloyat hokimining

1996 yil 22 noyabrdagi 223-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan) ham ishtiroki
ijobiy

ahamiyat

kasb

etgan.

O`zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi 222-sonli qarori hamda Xalqaro “Oltin
meros” xayriya jamg`armasining 2011 yil 30 maydagi 9-sonli buyrug`ini ijro
etish uchun 2013 yildan “Ko`kaldosh” madrasasi hududida xorijiy va mahalliy
sayyohlarga mo`ljallab musiqiy merosimizni targ`ib qilish maqsadida milliy
udumlar, an'analar, marosimlar, sharqona urf-odatlar, hamda doimiy ravishda
xayriya kontsertlari, ijodiy uchrashuvlar, shuningdek targ`ibot videoroliklarini
namoyish etuvchi dastur yo`lga qo`yilgan. 2011 – 2013 yildan “Ko`kaldosh”
madrasasining hujralarida hunarmandlar nomoddiy madaniy merosni qayta
tiklab, milliy hunarmandchilik namunalarini Buxoroga kelayotgan mahalliy va
xorijiy sayyohlarga taqdim etish uchun xizmat qilmoqdalar. Jumladan, 2013
yilda esa milliy uslubdagi “Golden Heritage” (Oltin meros) choyxonasi tashkil
etildi[8]. Jumladan Buxoro viloyatida 2013 yilda xorijiy sayyohlarga
ovqatlanish bilai birga milliy an'analarimiz va kiyimlarimizni ko'rsatuvchi
kontsert dasturlarini tashkillashtiruvchi 2 ga restoran (G'ulomjon
karvonsaroyida "Adras" va Ko'kaldosh madrasasida “Ko'kaldosh") o'z
faoliyatini boshladi[9]. Holbuki, 2013 yilga qadar bunday servis xizmatini
ko'rsatuvchi restoran faqatgina 1 ta bo'lganligini inobatga olsak, viloyat
turizmida servis xizmati rivojlanayotganligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu
yaratilgan dastur va loyihalar Buxoroning asosiy turizm marshrutlariga
kiritilib, turistik tashkilotlar bilan hamkorlik doimiy yo`lga qo`yilishi bilan
hudud turizmining jozibadorligi yanada oshdi. 2014 yilda Buxoroga tashrif
buyurayotgan sayyohlarning vaqtlarini maroqli oʻtishini taʼminlash maqsadida
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy boʻlimining bevosita
koʻmagida Buxoro shahrida kichik "Atlantik pool" akvaparki hamda “Grand
Booling” bouling zallari tashkil etilib foydalanishga topshirildi[10].

2016 yilda chet ellik va mahalliy sayyohlarga xizmat ko`rsatish uchun

Toqi Zargaron, Haqiqat ko`chasi, Toqi Telpakfurushon, No`g`ay karvonsaroyi
va Nodir Devonbegi madrasasida hunarmand usta tadbirkorlarning milliy
hunarmandchilikning barcha turlari bo`yicha 38 ta suvenir do`konlari xizmat
ko`rsatgan[11]. 2015 – 2016 yillarda Buxoro turizmi xizmat ko`rsatish


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

136

https://universalpublishings.com

sohasining madaniy yo`nalishi bo`yicha ishlar kengayib, bu borada
“Akademik va xalq badiiy jamoalari” Buxoro viloyat bo`limi milliy musiqiy
merosimiz va san`atimizni nufuzli delegatsiyalar va sayyohlarga namoyish
etish orqali ularning mazmunli dam olishi hamda jahon miqyosida targ`ib
etishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu jamoa Nodir Devonbegi madrasasida
madaniy xizmat konsertlarni tashkil etib, bu borada 2016 yil 5 yanvar holatida
Buxorodagi 15 ta turistik firmalar bilan sayyohlarga madaniy xizmat ko`rsatish
bo`yicha o`zaro shartnomalar asosida xizmat ko`rsatgan[12]. Madaniy
tadbirlar, milliy kiyimlar va buyumlar namoyishi va boshqa bir qator
shoularning doimiy amalga oshirilishi mehmonlar va turistlarning maroqli dam
olishiga zamin yaratib, pirovard natijada xizmat ko`rsatish sohasining
rivojlanishiga olib keldi. Buxoro turizmi va u bilan bog`liq xizmat ko`rsatish
hamda servis sohasining rivojlanishi bilan yangi ish o`rinlari yaratish
imkoniyatlari o`sib bordi. Jumladan 2016 yil yanvar-avgust oylarida
mehmonxonalarda 33 ta, turistik firmalarda 4 ta, milliy hunarmandchilik
sohasida 235 ta, umumiy ovqatlanish sohasida 297 ta, transport sohasida 25 ta
ya`ni viloyat bo`yicha 594 ta yangi ish o`rni yaratilgan[13].

Xullas, Buxoroda turizmning rivojlanishi bu albatta zamonaviy

mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarining ko`payishi, ulardagi
xizmat ko`rsatish hamda servis xizmatlarining xalqaro standartlar darajasida
taqdim etilishiga bog`liq bo`lib, jumladan sohaning taraqqiy etishi bilan
shahar, tuman, qishloqlardagi ko`chalar va yo`l bo'yi infratuzilma obyektlarini
rivojlantirishni zaruriyatga aylantiradi. Turizm ta`sirida shahardagi kommunal
xizmat, suv, gaz, elektr energiyasi, bank xizmatlari va boshqa tegishli
sohalardagi kamchiliklar viloyat yig`ilish bayonnomalari va har yillik
viloyatda turizmni rivojlantirish dasturlariga kiritilib, ijro uchun jamoatchilik
va “O`zbekturizm” MK ning Buxoro mintaqaviy bo`limi nazorati o`rnatilishi
muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Mustaqillikgacha bo`lgan davrda Buxoroda
atigi 3 ta mehmonxona bo`lsa, 2016 yilga kelib ularning soni 100 taga
yaqinlashdi. Lekin bu natija hali ham past ko`rsatkich edi, chunki turistik
mavsum davrida mehmonxonalarda joy yetishmovchiligi muammosi hali ham
dolzarbligicha qolayotgan edi. Mehmonxona, turistik firmalar faoliyati va
xizmat ko`rsatish sohasidagi o’zgarishlar Buxoro viloyatidagi dolzarb
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda sohaning ta`sirchanligini oshirdi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

137

https://universalpublishings.com

Chunki turizmdan olinayotgan daromad shahar va viloyatda turizm
infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qildi. Bu esa sayyohlarga xizmat
ko`rsatish bilan bog`liq tarmoqlarda yangi ish o’rinlarini ochishga ham xizmat
qildi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1. https://lex.uz/docs/-4428097
2. Buxoro viloyat davlat arxivi (BVDA), M-1503-fond, 1-ro`yxat, 2-ish, 1-

varaq.

3. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 28-ish, 476-504-varaqlar.
4. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 27-ish, 346-varaq.
5. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 29-ish, 112-varaq.
6. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 42-ish, 225-varaq.
7. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 7-ish, 18-varaq.
8. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 26-ish, 361-362-varaqlar.
9. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 20-ish, 124-varaq.
10. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 27-ish, 394-varaq.
11. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 38-ish, 347-349-varaqlar.
12. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 39-ish, 605-607-varaqlar.
13. BVDA, M-1503-fond, 1-ro`yxat, 44-ish, 138-varaq.
14.

Мурадов, Х. (2023). ОБЗОР ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ

ТУРИЗМА.

Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари /

Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of
Humanities

and

Social

Sciences.

,

3

(S/8).

https://doi.org/10.47390/SPR1342V3SI8Y2023N05

15.

Murodov Halim Salimovich. (2023). BUXORO TURIZMI VA MILLIY

HUNARMANDCHILIK.

JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND

SERVICE

,

2

(12),

93–96.

Retrieved

from

https://jets.innovascience.uz/index.php/jets/article/view/149

16.

Salimovich , M. H. . (2024). The Role of the Cultural Sector in the

Development of Bukhara Tourism.

Miasto Przyszłości

,

45

, 729–735.

Retrieved

from

http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2725


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

138

https://universalpublishings.com

17. Halim, M. (2024). MUSTAQILLIK ARAFASIDA O ‘ZBEKISTONDA

TURIZM

RIVOJLANISHI

VA

MUAMMOLARI.

XALQARO

KONFERENSIYA VA JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI

,

1

(1),

19-23.

18. Muradov Halim Salimovich,(2024).

The Role of Bukhara in Tourism

Relations of Uzbekistan with Europe.

Excellencia: International Multi-

disciplinary Journal of Education” jurnali

https://multijournals.org/index.php/excellencia-

imje/article/view/2752/3111


References

Мурадов, Х. (2023). ОБЗОР ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/8). https://doi.org/10.47390/SPR1342V3SI8Y2023N05

Murodov Halim Salimovich. (2023). BUXORO TURIZMI VA MILLIY HUNARMANDCHILIK. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND

SERVICE, 2(12), 93–96. Retrieved from https://jets.innovascience.uz/index.php/jets/article/view/149

Salimovich , M. H. . (2024). The Role of the Cultural Sector in the Development of Bukhara Tourism. Miasto Przyszłości, 45, 729–735.

Halim, M. (2024). MUSTAQILLIK ARAFASIDA O ‘ZBEKISTONDA TURIZM RIVOJLANISHI VA MUAMMOLARI. XALQARO KONFERENSIYA VA JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 19-23.

Muradov Halim Salimovich,(2024). The Role of Bukhara in Tourism Relations of Uzbekistan with Europe. “Excellencia: International Multi- disciplinary Journal of Education” jurnali https://multijournals.org/index.php/excellencia- imje/article/view/2752/3111