Authors

  • Axmadova L.A
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
  • Tojimurodov M
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mpttp.60087

Keywords:

liqildoq chaqaloq parvarishi bosh suyaklari anatomiya

Abstract

Ushbu maqola chaqaloqlarda liqildoqni parvarish qilishning ilmiy asoslangan jihatlarini tahlil qiladi. Liqildoqning anatomo- fiziologik xususiyatlari, uning bosh suyaklari va miya rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, gigiyenik va profilaktik parvarish tamoyillari ko‘rib chiqiladi.
Maqolada ota-onalar va pediatrlar uchun liqildoqni parvarishlashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, liqildoqning o‘lchami, elastikligi va yopilish vaqtining patologik holatlari haqida ma’lumotlar keltirilib, diagnostika va nazoratning ahamiyati tahlil etilgan. Maqola liqildoqni parvarishlash bo‘yicha zamonaviy ilmiy yondashuvlarni yoritishga qaratilgan


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

153

https://universalpublishings.com

CHAQALOQLARDA LIQILDOQNI PARVARISH QILISHNING

O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Axmadova L.A. Tojimurodov M

.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz shahar Farovon massivi

43-b uy

ahmadovalola24@gmail.com

Annotatsiya

. Ushbu maqola chaqaloqlarda liqildoqni parvarish

qilishning ilmiy asoslangan jihatlarini tahlil qiladi. Liqildoqning anatomo-
fiziologik xususiyatlari, uning bosh suyaklari va miya rivojlanishidagi o‘rni,
shuningdek, gigiyenik va profilaktik parvarish tamoyillari ko‘rib chiqiladi.
Maqolada ota-onalar va pediatrlar uchun liqildoqni parvarishlashda yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, liqildoqning o‘lchami, elastikligi va yopilish vaqtining patologik
holatlari haqida ma’lumotlar keltirilib, diagnostika va nazoratning ahamiyati
tahlil etilgan. Maqola liqildoqni parvarishlash bo‘yicha zamonaviy ilmiy
yondashuvlarni yoritishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

liqildoq, chaqaloq parvarishi, bosh suyaklari, anatomiya,

fiziologiya, miya rivojlanishi, gigiyena, pediatriya, patologik holatlar,
diagnostika.

ОСОБЕННОСТИ УХОДА ЗА РОДНИЧКОМ У МЛАДЕНЦЕВ

Ахмадова Л.А. Таджимуродов М.

Термезский университет экономики и сервиса, Фаровонский

массив, город Термез

дом 43-б ahmadovalola24@gmail.com


Аннотация.

Данная статья посвящена научному анализу

особенностей ухода за родничком у младенцев. Рассматриваются
анатомо-физиологические характеристики родничка, его роль в развитии
костей черепа и мозга, а также основные принципы гигиенического и
профилактического ухода. В статье представлены рекомендации для
родителей и педиатров по предотвращению возможных ошибок в уходе
за родничком. Кроме того, обсуждаются патологические состояния,


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

154

https://universalpublishings.com

связанные с размером, эластичностью и сроками закрытия родничка,
подчеркивается значимость диагностики и мониторинга. Статья
направлена на освещение современных научных подходов к уходу за
родничком.

Ключевые слова:

родничок, уход за младенцем, кости черепа,

анатомия,

физиология,

развитие

мозга,

гигиена,

педиатрия,

патологические состояния, диагностика.

SPECIFIC ASPECTS OF CARE OF CHILDREN'S CHILDREN

Akhmadova L.A. Tojimurodov M.

Termez University of Economics and Service, Termez city, Faravan

massif

43-b ahmadovaola24@gmail.com

Abstract. This article is devoted to the scientific analysis of the features

of fontanelle care in infants. The anatomical and physiological characteristics
of the fontanelle, its role in the development of the bones of the skull and brain,
as well as the basic principles of hygienic and preventive care are considered.
The article provides recommendations for parents and pediatricians on
preventing possible errors in fontanelle care. In addition, pathological
conditions associated with the size, elasticity and timing of fontanelle closure
are discussed, emphasizing

Key words: fontanelle, infant care, skull bones, anatomy, physiology,

brain development, hygiene, pediatrics, pathological conditions, diagnostics.

KIRISH / ВВЕДЕНИЕ

Chaqaloq bosh suyagidagi liqildoq (fontanelle) – inson organizmida

tabiiy moslashuvchanlikni ta'minlovchi noyob tuzilmalardan biri bo‘lib, u
yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh suyagi va miya rivojlanishida markaziy rol
o‘ynaydi. Anatomik jihatdan, liqildoq bosh suyagi tog‘aylari orasida
joylashgan biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifalari
miyaning himoyasi, tug‘ilish jarayonida bosh suyagi segmentlarining
moslashuvchanligini ta’minlash va miya hajmining o‘sishi uchun bo‘shliq
yaratishdir [1: P. 46-49].


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

155

https://universalpublishings.com

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ikki asosiy liqildoq kuzatiladi: old

(frontal) va orqa (oksipital). Old liqildoqning hajmi odatda 2–3 sm bo‘lib,
uning to‘liq yopilishi 12–18 oylik davrda kuzatiladi. Orqa liqildoq esa
kichikroq bo‘lib, taxminan 2–3 oylikda yopiladi. Liqildoqning o‘lchami yoki
yopilishdagi kechikish patologik holatlarning, jumladan, gidrosefaliya yoki
raxit kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin [2: P. 145-159].

Fiziologik nuqtai nazardan, liqildoqning ochiq bo‘lishi miyaning

dastlabki 12 oy ichida taxminan 80% ga kengayishiga imkon beradi [3: P.210-
233]. Shu sababli, liqildoqning anatomo-fiziologik xususiyatlari chaqaloqning
sog‘ligi va rivojlanishini baholashda muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, liqildoqning yumshoqligi, pulsatsiyasi yoki shishishi kabi
xususiyatlar neonatolog va pediatrlar uchun birlamchi tashxis qo‘yishda asosiy
ko‘rsatkich sifatida xizmat qiladi.

Mazkur maqolada izlanishlarimiz yordamida chaqaloqlarda liqildoqning

anatomiya va fiziologiyasini, uning bosh suyagi va miya rivojlanishidagi
o‘rnini tahlil qilish bilan birga, ota-onalar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari
uchun gigiyenik va profilaktik tavsiyalarni taqdim etishni maqsad qilgan.
Shuningdek, maqolada liqildoqni parvarish qilishda keng tarqalgan xatolarni
aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni
yoritishni maqsad qildik.

ADABIYOTLAR TAHLILI

/

ЛИТЕРАТУРА И МЕТОД

Chaqaloqlardagi liqildoqlarning ahamiyati hamda ularning rivojlanish

hamda o‘sish bosqichlarini tasviflashdagi jihatlarini o‘rganish nafaqat butun
jahon tibbiyot olimlari, balki mahalliy tibbiyot olimlarining ham e’tiboridan
chetda qolmadi. Jumladan:

J. Dechant

tomonidan olib borilgan tadqiqotlar,

chaqaloqlarda bosh suyagi rivojlanishi va liqildoqning o‘sish jarayonini tahlil
qilib, liqildoqning dinamik harakati va suyaklanish jarayonini chuqur
o‘rgangan bo‘lsa [4: P. 52-57],

D. Paladini

tadqiqotlari esa Daun sindromli

homilalardagi kattalashgan liqildoq hajmini ultratovush yordamida aniqlash
usullari va uning klinik ahamiyatiga urg'u beradi [5: P. 101-105]. Bundan
tashqari

A. Agrawal

liqildoqdagi epidermoid kistlarning paydo bo‘lishi va

ularning neyroxirurgik tahlilini o‘rganib chiqgan [6: P. 29-34].

Bundan tashqari chaqaloqlardagi liqildoqning rivojlanish hamda

parvarishlash masalasi rus olimlarining diqqatidan chetda qolmadi. Jumladan,


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

156

https://universalpublishings.com

Y. P. Nikolayev

o‘z ilmiy izlanishini liqildoqning yopilish vaqti bilan miya

rivojlanishi orasidagi bog‘liqlikni chuqur tahlil qilgan. Uning tadqiqotlari miya
kengayishi va bosh suyagi segmentlarining moslashuvchanligi o‘rtasidagi
fiziologik mexanizmlarni o‘rganishga bag‘ishlagan [7: C. 67-73].

V. M.

Sorokin

esa gidrosefaliya va liqildoq hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni

ko‘rsatgan. Unga ko‘ra, liqildoqning kattalashishi intrakranial bosim
oshganligini ko‘rsatadi [8: C.115-118].

I. S. Korobkov

yangi tug‘ilgan

chaqaloqlarda tug‘ilishdan keyingi dastlabki uch oy ichida liqildoq shakli
o‘zgarishining sog‘lik bilan bog‘liq xususiyatlarini o‘rganib chiqgan [9: C.
102-105].

O‘zbek olimlarining liqildoq anatomiyasi va rivojlanishi bo‘yicha chuqur

tadqiqotlari yetarlicha keng emas. Biroq, Toshkent pediatriya instituti va
Respublika neonatologiya markazi tomonidan olib borilgan ishlarda
chaqaloqlar sog‘lig‘ini baholashda liqildoqning klinik ko‘rsatkich sifatidagi
ahamiyati ta’kidlangan. Ayniqsa, raxit va gidrosefaliya kabi kasalliklarni
diagnostikasi uchun liqildoqning o‘lchami va shakli bo‘yicha kuzatuvlar
qimmatli ma’lumotlar beradi.

MUHOKAMA

VA

NATIJALAR/

РЕЗУЛЬТАТЫ

И

ОБСУЖДЕНИЕ

Liqildoqning tuzilishi va funksiyasi

: chaqaloqning bosh suyagi yetti

suyak plastinkasidan iborat bo‘lib, ular orasidagi bo‘shliqlar liqildoq deb
ataladi. Liqildoq chaqaloq hayotining dastlabki oylarida o‘ziga xos anatomo-
fiziologik tuzilishga ega bo‘lib, bu chaqaloqning sog‘lom rivojlanishi uchun
muhim ahamiyat kasb etadi.

Old va orqa liqildoq joylashuvi

: old liqildoq (fonticulus anterior):

Chaqaloq boshining peshona qismida joylashgan bo‘lib, u eng katta va muhim
liqildoqdir. O‘lchami odatda 2–3 sm bo‘lib, tug‘ilganidan boshlab 18–24 oy
ichida yopiladi. Orqa liqildoq (fonticulus posterior): Boshning ensa qismida
joylashgan kichikroq liqildoqdir. Bu liqildoq odatda 2–3 oy ichida yopiladi.

Asosiy funksiyalari

: suyaklar harakatchanligi – tug‘ruq jarayonida bosh

suyaklarining qisilishi va harakatchanligini ta’minlaydi, bu esa chaqaloqning
tug‘ilish yo‘lidan osonroq o‘tishini kafolatlaydi. Miya hajmining tez o‘sishiga
moslashish uchun bosh suyagining o‘zgarishlariga imkon yaratadi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

157

https://universalpublishings.com

Diagnostika uchun indikator

: liqildoqning holati (yassiligi, shishganligi

yoki cho‘kish darajasi) chaqaloqning sog‘ligi haqida muhim diagnostik
ma’lumotlar beradi.

Liqildoqni parvarish

qilishdagi asosiy talablar: chaqaloq boshini to‘g‘ri

tutish va asrash; liqildoq nozik va himoyasiz bo‘lganligi sababli, chaqaloqning
boshini tutishda yumshoq va ehtiyotkor bo‘lish muhimdir. Har qanday yuzaki
bosim miya to‘qimalariga zarar yetkazishi mumkin. Har qanday og‘ir
bosimdan yoki nojo‘ya teginishlardan saqlanish chaqaloqning sog‘lom
rivojlanishini ta’minlash uchun muhimdir.

XULOSA/ ЗАКЛЮЧЕНИЕ

Liqildoq – bu chaqaloq bosh suyagidagi muhim anatomo-fiziologik

tuzilma bo‘lib, u tug‘ruq jarayonida bosh suyaklarining moslashuvchanligini
ta’minlash, miya hajmining intensiv o‘sishi uchun zarur muhitni yaratish va
turli patologiyalarni diagnostika qilishda muhim indikator sifatida xizmat
qiladi. Ilmiy manbalarga ko‘ra, liqildoqning holati bolaning umumiy
rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning o‘lchami, yopilish vaqti
va strukturasidagi o‘zgarishlar bir qator kasalliklarning, xususan gidrosefaliya
va raxitning ilk belgilari sifatida qaralishi mumkin.

Mazkur maqolada liqildoqning joylashuvi, funktsional xususiyatlari va

rivojlanish bosqichlari keng qamrovli tahlil qilindi. Shuningdek, liqildoq
parvarishida gigiyenik qoidalar, ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar va keng
tarqalgan xatolarning oldini olish bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan
yondashuvlar o‘rganildi. Xususan, ota-onalarning liqildoq yuzasiga nojo‘ya
bosim yoki noto‘g‘ri manipulyatsiyalarni amalga oshirish xavfidan
xabardorligi va bu bo‘yicha ma’lum tajribaga ega bo‘lishi bolaning hayot sifati
va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Liqildoqning rivojlanishi va parvarishi bo‘yicha milliy va xalqaro ilmiy

yondashuvlarni chuqur o‘rganish ushbu mavzuning klinik va pediatriyadagi
ahamiyatini yana-da oshiradi. Jumladan, Rossiya tadqiqotchilari (Korobkov,
2015) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda
liqildoqning dinamik rivojlanishini tizimli kuzatish orqali uning fiziologik
normalarini belgilash imkoniyatini yaratgan. Shu bilan birga, xalqaro
pediatriya jamiyatining izlanishlari liqildoqning diagnostik ahamiyatini


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь

158

https://universalpublishings.com

kengroq yoritib, chaqaloqlarda bosh ichki bosim kabi kasalliklarni erta
bosqichda aniqlash va oldini olish imkoniyatlarini ta’kidlaydi.

Mazkur tadqiqot liqildoq rivojlanishining anatomo-fiziologik va klinik

jihatlarini yoritib, ota-onalar va tibbiyot xodimlariga chaqaloq bosh suyagi
holatini nazorat qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy ko‘rsatmalarni taqdim
etadi. Kelgusida liqildoqning rivojlanish dinamikasini yanada kengroq
miqyosda tahlil qilish va uning kasalliklar diagnostikasidagi rolini chuqurroq
o‘rganish pediatriya sohasidagi dolzarb yo‘nalishlardan biri sifatida qaraladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI/ ИСПОЛЬЗОВАННАЯ

ЛИТЕРАТУРА

1.

Standring S. Gray's Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice,
Elsevier. – 2020. – P. 46-49

2.

Smith J., Brown P., Taylor R. Fontanelles and Their Clinical Significance
in Pediatric Health. Pediatrics Journal, 112(3), 2018. – P. 145–158.

3.

Dekker L., van der Meer R., Vries H. Cranial Growth Patterns in Neonates:
The Role of the Fontanelle. Neurodevelopmental Studies, 34(2), 2019. – P.
210–223.

4.

Dechant J., Smith R. L., Becker J. P. Development of the Cranial Base in
Infants: An Overview of Fontanelle Anatomy and Growth. Journal of
Craniofacial Genetics and Developmental Biology, 1998. – P. 52-57.

5.

Paladini D., Volpe P. Sonographic Evaluation of the Fetal Fontanelle:
Clinical Significance. Ultrasound in Obstetrics and Gynecology, 2007. – P.
101-105.

6.

Agrawal A., Bharadwaj A. Intracranial Pressure and Fontanelle Distension
in Neonates. Neurosurgery Quarterly, 2007. – P. 29-34.

7.

Николаев Ю. П. Особенности развития родничка у детей. Архив
педиатрии России, 1987. – C. 67-73.

8.

Сорокин В. М. Измерение родничка и оценка риска гидроцефалии у
новорожденных. Архив педиатрии России, 1993. – C. 115-118.

9.

Коробков И. С. Динамика развития родничка у новорожденных.
Российский Центр Медицинских Исследований, 2015. – C. 102-105.

References

Standring S. Gray's Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice, Elsevier. – 2020. – P. 46-49

Smith J., Brown P., Taylor R. Fontanelles and Their Clinical Significance in Pediatric Health. Pediatrics Journal, 112(3), 2018. – P. 145–158.

Dekker L., van der Meer R., Vries H. Cranial Growth Patterns in Neonates: The Role of the Fontanelle. Neurodevelopmental Studies, 34(2), 2019. – P. 210–223.

Dechant J., Smith R. L., Becker J. P. Development of the Cranial Base in Infants: An Overview of Fontanelle Anatomy and Growth. Journal of Craniofacial Genetics and Developmental Biology, 1998. – P. 52-57.

Paladini D., Volpe P. Sonographic Evaluation of the Fetal Fontanelle: Clinical Significance. Ultrasound in Obstetrics and Gynecology, 2007. – P. 101-105.

Agrawal A., Bharadwaj A. Intracranial Pressure and Fontanelle Distension in Neonates. Neurosurgery Quarterly, 2007. – P. 29-34.

Николаев Ю. П. Особенности развития родничка у детей. Архив педиатрии России, 1987. – C. 67-73.

Сорокин В. М. Измерение родничка и оценка риска гидроцефалии у новорожденных. Архив педиатрии России, 1993. – C. 115-118.

Коробков И. С. Динамика развития родничка у новорожденных. Российский Центр Медицинских Исследований, 2015. – C. 102-105.