QIZIL BO’RICHA (КРАСНАЯ ВОЛЧАНКА)

Annotasiya

Ushbu maqolaning maqsadi'' Qizil bo'richa''teri kasaligining sabablarini aniqlash haqida malumot berish.Bu nomalum idiopatik kasallik bo'lib antigen antitana komplekisi tufayli tizimlar va organlar shikaslanishi bilan kechuvchi revmatoidli kasallik hisoblanadi.Bu maqolada ushbu kasallikning qanday patogenezlari borligi bilan tanishasiz.

Medicine, pedagogy and technology: theory and practice
Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xudoyqulov Jonibek Musulmonivich, & Saidov Jasurbek. (2025). QIZIL BO’RICHA (КРАСНАЯ ВОЛЧАНКА). Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 3(2), 194–200. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/68945
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolaning maqsadi'' Qizil bo'richa''teri kasaligining sabablarini aniqlash haqida malumot berish.Bu nomalum idiopatik kasallik bo'lib antigen antitana komplekisi tufayli tizimlar va organlar shikaslanishi bilan kechuvchi revmatoidli kasallik hisoblanadi.Bu maqolada ushbu kasallikning qanday patogenezlari borligi bilan tanishasiz.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

194

https://universalpublishings.com

QIZIL BO’RICHA (КРАСНАЯ ВОЛЧАНКА)

Xudoyqulov Jonibek Musulmonivich

e-mail:

jonibekxudoyqulov688@gmail.com

Saidov Jasurbek

Annotatsiya:

Ushbu maqolaning maqsadi'' Qizil bo'richa''teri kasaligining

sabablarini aniqlash haqida malumot berish.Bu nomalum idiopatik kasallik bo'lib
antigen antitana komplekisi tufayli tizimlar va organlar shikaslanishi bilan kechuvchi
revmatoidli kasallik hisoblanadi.Bu maqolada ushbu kasallikning qanday
patogenezlari borligi bilan tanishasiz.

Kalit so'zlar:

Qizil bo'richa,Diskoid forma,Sistemali qizil bo'richa,Novoselova

usuli,Simmer-Xargreyvs

usuli,Biettaning

markazdan

qochuvchi

eritemasi,Dissiminallangan klinik shakl.

Kirish:

Vaqtlar o’tishi bilan tibbiyot rivojlana boshladi va bu narsalar inson umr

davomiyligini uzaytira boshladi. Ammo shunday kasalliklar borki hozirgacha nimadan
kelib chiqishi to’liq o’rganilmagan.Shu kasalliklardan biri ‘’Qizil bo’richa’’ kasalligidir.
Bu kasallikning qanday paydo bo’lish sabablari haligacha to’la to’kis aniqlangan emas.
Qizil bo’richa kasalligida ichki organlar va terining biriktiruvchi to'qimalari va tomirlari
jiddiy shikaslanadi. Ayniqsa, terida hosil qilgan klinik manzarasi yaqqol ko'rinib turadi.
Bu kasallikka ctreptokokk va viruslar sabab bo'ladi degan ilmiy farazlar ham mavjud.
Umuman oladigan bo'lsak teri kasalliklari ichida qizil bo’richa 0,25-1% tashkil etadi.Bu
kasallik asosan 20-40 yoshli ayollar o'rtasida ko'p uchraydi. Tarqalishi bo’yicha har
100000 ta aholidan 25-50 nafarida uchraydi.Bu kasallik ko'proq bahor va yoz oylarida
kuzatiladi. Qizil bo'richa bilan og'rigan kasallarning ko'pchiligida quyosh nurlariga va nur
energiyasining boshqa turlariga ortiqcha sezgirlik kuzatiladi. Bu kasallik asosan tashqi
muxit omillari sovuq,quyosh nuri,shamol va harorat keskin o'zgarishlari tasirida
bo'ladigan odamlarda ko'roq uchraydi. Qizil bo’richaning surunkali,o'tkir va o'rtacha o'tkir
kabi xillari mavjud. So'ngi yillarda qizil bo'richa bilan kasallanganlar qonida LE
xujayralari va xujayralar yadrosiga qarshi antitelolarning topilishi uni autoimmun kasallik
deb atalishiga sabab bo'lmoqda. Bu kasallik bazan irsiy tabiatga ega bo'lib nasildan nasilga
dominant tarzda namayon bo'ladi. Bu kasallik bilan og'rigan ayolning 4 ta farzandida ham


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

195

https://universalpublishings.com

vaqt o'tib ushbu kasallik paydo bo'lgan degan malumotlar ham bor bazi adabiyotlarda.
Qizil bo'richa kasalligi o'tkir kechganda bemorning qisqa muddat ichida o'limi bilan
tugaydi. Bu kasallikning klinik belgilarida odam yuzining lunji,burni,peshonasida
dumaloq shakildagi qizil dog’lar paydo bo’ladi.Kasallikning boshlanishida bu dog’lar
po’st tashlamay turadi,ammo bir necha haftadan so’ng po’st tashlay boshlaydi. Ba’zi
hollarda kasallik davolanmasa ham o’z-o’zidan yuqolib ketadi.

Kasallikning

xronik

formasida

faqatgina

yuzda

emas

balki

quloq

suprasida,boshning sochli qismida, ko’krakda, qo’l panjasida ham uchrashi mumkin.
Kasallikning xronik formasida inson qayta-qayta shu kasallik bilan og’rishi mumkin.
Agar qizil bo’richa boshning sochli yuzasida joylashgan bo’lsa usha yerdan soch
chiqmasligiga sabab bo’ladi. Qizil bo’richa o’choqlarining joylashishi yuzga to’g’ri
kelsa odam juda badbashara bo’lib qolishi va bu kasallik bilan uzoq muddat
kurashishiga to’g’ri keladi. Kasallikning o’rtacha xronik formasi kamroq uchrayd. Bu
kasallik formasi bo’g’imlarda og’riq, temperatura ko’tarilishi,badanning yopiq
turadigan qismlarida ham kasallik o’choqlari paydo bo’lishi bilan harakterlanadi.

Rasm: Qizil bo’richa kasalligining teridagi xronik formasing ko’rinishi.

Qizil bo’richaning xronik (surunkali) xilining quyidagicha klinik ko’rinishlari

mavjud:diskoidli,disseminasiyalangan,Biettning markazdan qochuvchi eritemasi va
Kaposhi-Irgangning chuqur shaklidagi ko’rinishlari mavjud.

Kasallikning sistemali qizil bo’richa formasida bemor birdan xoldan qolishi,

temperaturaning juda baland bo’lishi va tezda davolanmasa o’limga olib borishligi bilan


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

196

https://universalpublishings.com

harakterlanadi. Kasallikning bu formasida odam yuzi,gavdasiva qo’l-oyoqlarida shishib
turgan qizil rangdagi toshmalar toshadi. Sistemali qizil bo’richa eritematozning zo’riqishi
natijasida kelib chiqadi.Sistemali qizil bo’richada ichki a’zolarning ko’pchiligi-yurak,nerv
va qon tomirlar sistemasi, o’pka bazan meda-ichak yo’llari zararlanadi. Bunda
buyraklarning zararlanishi ancha xavfli bo’lib nefrit bilan bir qatorda
vaskulit,polisezorit,artrit,artralgiya,abdominal sindrom,tugunli periartrit va boshqalar
kuzatiladi. Sistemali qizil bo’richa 2-4 yil davom etgandan so’ng o’pka zararlanadi.
Buning natijasida bemorlarda nafas qisishi yoki quruq yo’tal, ko’krakda og’riqlar bo’ladi.
Sistemali qizil bo’richa ko’p belgili kasallik bo’lib, tez rivojlanishi, ikkilamchi infeksiya
qo’shilishi, salbiy oqibatlari bilan boshqa kasalliklardan ajralib turadi. Kasallikning klinik
manzarasida asosan biron belgi ustunlik qiladi. Kasallik ko’pincha bo’g’imlar zararlanishi
bilan boshlanadi.

Bo’g’imlarning zararlanishi-lyupus artrit deb atadi. Sistemali qizil bo’richa bilan

og’rigan bemorlarning deyarli barchasida o’tkir va surunkali artrit kuzatiladi. Ko’pincha
barmoqlar, tizza, to’piq bo’g’imlari shikaslanadi.

Qizil bo’richa hujayralari bir nechta usullar yordamida topiladi:

Novoselova usuli: oldindan natriy oksalat solib qo’yilgan probirkaga bemordan 10 ml

venoz qon olinadi. Qon probirkaga natriy oksalat bilan aralashtirilgandan so’ng 0,5-1 soat
xona haroratiga qoldiriladi. Shu vaqt o’tgandan so’ng unga 3-4 mm li 7-10 ta yumaloq


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

197

https://universalpublishings.com

shishalar solinib rezina tiqin bilan mahkam berkitiladi. So’ngra 30 daqiqa mobaynida qo’l
bilan mayatniksimon chayqatiladi. Shundan so’ng uni to zardob hosil bo’lguniga qadar
xona haroratiga qo’yiladi. Keyin zardob pipetka bilan olnib tsentrifugalanadi. Hosil
bo’lgan tsentrifugat cho’kmasidan bir nechta surtma tayyorlanib, surtma spirt bilan
fiksatsiyalanadi. So’ng Romanovskiy usulida 15-20 daqiqa bo’yaladi.

Simmer-Xargreyvs usuli: toza quruq probirkga bemordan 8-10 ml venoz qon olinib

shu zahoti 30 daqiqa mobaynida 1500 marta aylanadigan tezlikda tsentrifugalandi,
ajralgan zardob esa pipetkada olib tashlanib, qolgan quyuq massasi mayda to’rdan chinni
tayoqcha bilan ezib o’tkaziladi va yana kattaligi 80/10 mm li agglyutinatsion probirkaga
solinib 30 daqiqa tsentrifugalanadi. Shu vaqt o’tkach hosil bo’lgan probirka yuzasidagi
zardob rezina nokcha bilan so’rib olinadi va uning tagidagi cho’kma oqimtir plyonkadan
bir nechta surtmalar tayyorlanadi. Uni esa Romanovskiy usulida 15-20 daqiqa bo’yaladi.
Shunda qizil bo’richa LE-hujayralari o’z xromatin ipchalaridan mahrum bo’lganligi uchun
bir xilda qizil-qoqish yoki qizil-binafsha rangga, leykosit yadrosi tarkibidagi xromatin
ipchalari o’z strukturasini saqlab qolgani uchun to’q binafsha ranga bo’yaladi.Bunda qizil
bo’richa hujayralari orasidan Tarta hujayralarini farqlab olish kerak. Asl qizil bo’richa
hujayralari leykositlar ichida yoki ,,rozetka’’ markazida joylashgan gomogen massa bir
xil tekis bo’yaladi .Sistemali o’tkir qizil bo’richaning 40-95 % da LE- hujayralari topiladi.
Surunkali qizil bo’richada bu kamdan-kam uchraydi.

Rasm: Qizil bo’richa kasalligida LE-hujayralarining mikraskopik ko’rinishi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

198

https://universalpublishings.com

Biettaning marzdan qochuvchi eritemasi: Surunkali qizil bo’richaning kam

uchraydigan turi bo’lib kasallik belgisi dumaloq oval shaklda, aniq chegarali, shishgan
eritematoz dog’lar ko’rinishida namayon bo’ladi, ular markazdan atrofga giperkeratoz va
atrofiya ko’rinishlarisiz tarqaladigan chegaralangan o’choqlar sifatida namayon bo’ladi.
Bunday o’choqlar yuz soxasida, peshonada, yanoqlarda assimitrik xolda joylashadi,
bemorlar tarafidan uncha ko’p shikoyatlar bo’lmaydi.

Rasm: Surunkali qizil bo’richaning peshona sohasida joylashuvi.

Dissiminallangan klinik shakli: kasallikning bu shaklida ko’p miqdorda

eritemockvamoz o’choqlar ko’rinishida namoyon bo’lib, ularda ayrim vaqtlarda
follikulyar xolatlarda esa bu kuzatilmaydi. Kasallik o’choqlari yuz, boshning sochli qismi,
ko’krak va orqa soxalarida joylashadi. Kasallikning chuqur klinik shaklida teri osti
soxalarida chuqur, to’q qizil rangli, teri osti to’qima soxasi bilan birikkan tugun paydo
bo’lishi bilan tariflanadi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

199

https://universalpublishings.com

Rasm: Qizil bo’richa kasalligining dissiminallangan klinik shaklining ko’rinishi.

Davosi: Davolash kasallikning xiliga qarab belgilanadi. Xalqasimon qizil bo’richada

bezgakka qarshi vositalar ( rezoxin, xingamin, delagil ) 0,25 gr dan 2 maxal 5-10 kun
buyiriladi. Bu dorilar buyrak usti bezining po’stloq qavatini ishini tezlashtirib,
biriktiruvchi to’qimadagi modda almashinuviga tasir qiladi va fotodesensibilizasiya ro’y
beradi.

Sistemali qizil bo’richada esa glyukokotikoidlarni bezgakka qarshi vositalar bilan

berilsa yaxshi foyda qiladi. Steroidli dorilar bemorning axvoliga qarab va kasallikning
klinik kechishiga qarab beriladi. Shu bilan birga vitaminlar( B1, B2, B6, B15, C ) bilan
davolash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Maxalliy davo vositasida esa gormanal malxamlar, delagil eritmasi ishlatiladi. Quyosh

nuridan saqlanish maqsadida esa ‘’Luch’’, ‘’Vesna’’, ‘’Ot zagara’’ va boshqa
malxamlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Xulosa:

ushbu kasallikdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, har qanday yuqumli

kasallik avj olmasdan uni oldini olishimiz kerak chunki, inson hayotiga va sog’ligiga atrof
muhitga mamlakatimiz taraqqiyotiga jiddiy xavf soladi. Natijasida insonlar turmish
tarziga salbiy tasir ko’rsatadi. Shuning uchun har bir inson shaxsiy gigiyena qoidalariga
amal qilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Teri va tanosilkasalliklari: dermatovenolog shifokorkar uchun qo’lllanma / C. C.

Arifov- T. : ‘’O’zbekiston milliy ensiklopediyasi’’ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.-504 bet
(1).

Bolalar teri va tanosili kasalliklari: Darslik/ Mannanov A .M., Xaitov Q.N.;

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi. Toshkent pediatriya
tibbiyot instituti; T.: ‘’Iqtisod-Moliya’’, 2016. 560 b (2).

Teri va tanosil kasalliklari: Med. Bilim yurt. o’quvchilari uchun darslik.-Tuzatilgan va

to’ldirilgan 2- nashri.-T.: Medisina, 1982.-287 b., rasm (3).

O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik-

T.:’’Toshkent-Iqtisodiyot’’,2014.-268 b (4).


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 13.14/2024

SJIF 2024 = 5.444

Том 3, Выпуск 02, февраль

200

https://universalpublishings.com

Yormatov G’.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T.’’Aloqachi’’,2009.-348

b (5).

Arifov S.S., Eshboyev E.X., ‘’Teri va tanosil kasalliklari’’. ‘’O’zbekiston Milliy

ensikilopediyasi’’. Davlat-ilmiy nashriyoti. Toshkent-1997. 347 b (6).

https://www.amerikaovozi.com/a7new-coronavirus/5257326.html

(7).

Bibliografik manbalar

Teri va tanosilkasalliklari: dermatovenolog shifokorkar uchun qo’lllanma / C. C. Arifov- T. : ‘’O’zbekiston milliy ensiklopediyasi’’ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.-504 bet (1).

Bolalar teri va tanosili kasalliklari: Darslik/ Mannanov A .M., Xaitov Q.N.; O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti; T.: ‘’Iqtisod-Moliya’’, 2016. 560 b (2).

Teri va tanosil kasalliklari: Med. Bilim yurt. o’quvchilari uchun darslik.-Tuzatilgan va to’ldirilgan 2- nashri.-T.: Medisina, 1982.-287 b., rasm (3).

O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik-T.:’’Toshkent-Iqtisodiyot’’,2014.-268 b (4).

Yormatov G’.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. -T.’’Aloqachi’’,2009.-348 b (5).

Arifov S.S., Eshboyev E.X., ‘’Teri va tanosil kasalliklari’’. ‘’O’zbekiston Milliy ensikilopediyasi’’. Davlat-ilmiy nashriyoti. Toshkent-1997. 347 b (6).

https://www.amerikaovozi.com/a7new-coronavirus/5257326.html (7).