МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
260
https://universalpublishings.com
MUSKULLAR: TUZILISHI, TURLARI VA FIZIOLOGIYASI
Murotaliyeva M.M., Husanov S.A.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti davolash ishi talabasi
Kalit so’zlar:
Muskullar, skelet muskullari, silliq muskullari, yurak muskullari,
muskullarlarning qisqarishi, muskul tolalari ,aktin va miozin ipchalari, harakat
potensiali,nerv impulslari, ATF, muskullarning boʻshashishi
Annotatsiya:
Mazkur maqola muskullar tuzilishi, turlari va fiziologiyasi
mavzusiga bagʻishlangan. Muskullar fiziologiyasi inson tanasining optimal
ishlashini tushunish uchun zarur boʼlgan muhim sohadir. Muskullarning qisqarishi,
energiya ishlab chiqarishi va tiklanishi jarayonlarini oʻrganish sport, tibbiyot
sohalarida , umuman olganda muskullar fiziologiyasi nafaqat harakat va mexanik
vazifalar, balki umumiy sogʻliqni saqlashda, stressni kamaytirishda va energiya
balansini boshqarish kabi mavzularga qaratilgan
MUSCLES: STRUCTURE, TYPES AND PHYSIOLOGY
Murotaliyeva M.M., Husanov S.A.
Student at Termez university of economics and service
Keywords:
Muscles, skeletal muscles, smooth muscles, cardiac
muscles, muscle contraction, muscle fibers, actin and myosin filaments, action
potential, nerve impulses, ATP, muscle contraction
Annotation:
This article is about the structure, types, and physiology of
muscles. Muscle physiology is an important field necessary for understanding the
optimal functioning of the human div.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
261
https://universalpublishings.com
Kirish.
Muskullar inson tanasining eng muhim harakatlantiruvchi tizimlaridan
biri bo‘lib, ular qisqarish va bo‘shashish jarayonlari orqali harakatni ta’minlaydi.
Muskullar kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga va issiqlikka
aylantiruvchi a‘zolardir. Umurtqali hayvonlarda skeletning ko‘ndalang targ‘il
muskuli, yurakning ko‘ndalang targ‘il muskuli va ichki a‘zolarning, qon
tomirlarning hamda terining silliq muskullari tafovut qilinadi. Ko‘ndalang targ‘il
muskullar birinchi galda tana va qismlarining fazodagi harakatlarini, ko‘z
harakatlarini, chaynash va boshqa faoliyatlarni bajaradi. Skeletning ko‘ndalang
targ‘il muskullari inson idrokiga bo‘ysunadi, ular yordamida ixtiyoriy harakatlar
bajariladi. Bu muskullar faoliyati MNT tomonidan toiiq boshqarilib turadi. Inson
organizmida 600 dan ortiq mushak mavjud bo‘lib, ular skelet harakatlarini, ichki
organlarning ishlashini, yurak urishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.
Muskullarning
asosiy
vazifalari
quyidagilardan
iborat:
• Harakatni ta’minlash
• Qon aylanishiga yordam berish
• Ichki organlar faoliyatini tartibga solish
• Tana haroratini me’yorida ushlab turish
Muskullarning turlari Skelet muskullari Skelet muskullari ixtiyoriy
boshqariladigan mushaklardir va suyaklarga bog‘langan bo‘ladi. Ular harakat qilish
uchun markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Odamning va umurtqali
hayvonlarning kondalang targ‘il muskullari uchta asosiy xossaga ega, bular: 1)
qo‘zg‘aluvchanlikka, ya‘ni membranani ionlar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib,
ta‘sirotga harakat potensiali vujudga keltirish bilan javob berish qobiliyati; 2)
o‘tkazuvchanlikka, ya‘ni harakat potensialini tola bo‘ylab tarqatish qobiliyati; 3)
qisqaruvchanlikka, ya‘ni qo‘zg‘alish natijasida kaltalanish yoki o‘z tarangligini
o‘zgartirish qobiliyati. Ushbu muskullar juda tez qisqaradi va charchaydi, shuning
uchun ularga doimiy energiya zarur. Skelet muskullari organizmda quyidagi
vazifalarni
bajaradi:
• Tana harakatlarini amalga oshirish (yugurish, yurish, sakrash)
• Gavdani tik tutish va muvozanatni saqlash
• Issiqlik ishlab chiqarish va tana haroratini nazorat qilish
Silliq muskullar ixtiyorsiz boshqariladi va asosan ichki organlar devorlarida
joylashgan. Ular sekin qisqaradi va uzoq vaqt davomida ishlay oladi. Silliq muskullar
umurtqali hayvonlarning ichki kavak a‘zolarida, tomirlarida va terisida uchraydi.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
262
https://universalpublishings.com
Ularning nisbatan sekin ritmik qisqarishlari kavak a‘zolar bo‘shlig‘idagi
suyuqliklarni va qayta ishlanayotgan ovqatni harakatlantiradi. Silliq muskullarning
kuchli va davomli tonik qisqarishi tufayli (bu qisqarish sfinkterlar) tarkibidagi
silliq muskullarda yaqqol kuzatiladi), o‘t pufagida o‘t, qovuqda siydik, to‘g‘ri ichakda
najas ma‘lum miqdorda ma‘lum vaqtgacha yig‘ilib, chiqib ketmay turadi. Qon
tomirlardagi silliq muskullarning uzluksiz tonik qisqarishi qon bosimining bir
me‘yorda saqlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Silliq muskullar ichki organlarning
ishlashiga yordam beradi, masalan:
• Oshqozon-ichak yo‘llarida ovqatni harakatlantirish
• Qon tomirlardagi bosimni tartibga solish
• Nafas olish jarayonida bronxlar kengayishi va torayishini ta’minlash
Yurak muskuli Yurak muskuli o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u doimiy
ravishda qisqarib va bo‘shashib turadi. Bu mushak ixtiyorsiz boshqariladi va markaziy
nerv tizimidan mustaqil ravishda ishlaydi. Yurak muskuli quyidagi xususiyatlarga ega:
• Uzluksiz ishlaydi va charchamaydi
• Elektr impulslari orqali boshqariladi
• Kislorodga juda talabchan bo‘lib, kislorod yetishmovchiligida tezda
shikastlanadi
Muskullar fiziologiyasi Muskullarning ishlashi nerv impulslariga bog‘liq
bo‘lib, ular qisqarish va bo‘shashish jarayonlarini amalga oshiradi. Mushak
qisqarishi nerv impulslarining mushak tolalariga yetib borishi natijasida sodir
bo‘ladi.
Muskullarni qo‘zg‘alishi mexanizmi: Muskullarni qo‘zg‘alishi asosan nerv
tizimi tomonidan boshqariladi. Shuningdek sarkomerlarda miozin iplarni aktin iplar
bilan birlashtirib turadigan ko‘ndalang ko‘prikchalar bor. Muskul tolasi qisqarganda
miozin va aktin iplar kalta bo`lmaydi, biri ikkinchisi ustida sirg‘ana‖ boshlaydi: aktin
iplar miozinn iplar orasiga sirg‘anib kiradi, natijada I disklar kaltalashadi. A
disklarning uzunligi o‘zgarmaydi. Bir- biriga ulangan sarkomerlarning har qaysisining
bo‘yi taxminan 30% kamayadi, tola ham kaltalashadi. Aktin iplar ko‘ndalang
ko‘prikchalarning harakatlari tufayli miozin iplar oralig‘iga sirg‘anib kiradi. Miozin
iplar shoxlanib, har qaysisi taxminan 150 miozin molekulasidan tashkil topgan ko‘p
boshchalarni hosil qiladi. Bu boshchalar miozin ipning o‘siqlari bo`lib, uni
qisqarish vaqtida atrofdagi aktin iplar bilan bog‘lab turadi (1-rasm).
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
263
https://universalpublishings.com
Ko‘ndalang ko‘prikchalarning boshchalari eshkaksimon harakat qilib, aktin
iplarnni miozin iplar oralig‘iga siljitadi.
Ko‘prikchalar harakatlarining amplitudasi 20 nm, chastotasi sekundiga 5-50
tebranishdan iborat. Har qaysi ko‘prikcha goh aktin ipiga ulanib, uni tortadi, goh
undan uzilib, yana birikish imkoniyatini tug‘diradigan sharoitni kutib turadi. Harakat
boshlanishi uchun mushak tolalariga nerv impulslarining yetib borishi kerak. Bu
jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. **Nerv impulsining yetib kelishi** – harakat neyronlari mushakka impuls
yuboradi.
2. **Kimyoviy reaktsiyalar** – mushak hujayralarida kalsiy ionlari chiqib, aktin
va miozin faollashadi.
3. **Mushak qisqarishi** – aktin va miozin filamentlari o‘zaro siljib, mushak
qisqaradi.
4. **Bo‘shashish jarayoni** – ATP qayta sintezlanib, mushak bo‘shashadi.
Muskullarning charchashi Uzoq davom etadigan jismoniy faollik natijasida
mushaklar charchaydi. Bu jarayon mushaklarning kislorod va energiya
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
264
https://universalpublishings.com
yetishmovchiligi sababli yuzaga keladi. Charchash quyidagi sabablarga bog‘liq
bo‘lishi mumkin:
• Laktat kislotasining to‘planishi
• ATP zaxiralarining kamayishi
• Neyromediatorlarning kamayishi
Muskul Qisqarishining Bioenergetikasi: Muskul faol holatga o‘tganda tolalar
mioplazmasida erkin kalsiy ionlari ko‘payadi, qisqarish ro‘y beradi. ATF ning
parchalanishi tezlashadi, muskulda modda almashinuvi 100-1000 barobar jadallashadi.
ATF glikoliz va moddalarning oksidlanib, fosforillanishi natijasida qayta tiklanadi.
Energiyaning saqlanish qonuniga binoan qayta ishlanadigan kimyoviy ennergiyaning
miqdori bajarilgan ishga sarflangan va issiqlikka aylangan energiya yig‘indisiga
teng bo`lishi kerak. Muskul oichab bo`ladigan darajada ish bajarmasa ham (turg‘un
izometrik qisqsrish vaqtida), unda kimyoviy energiya to‘xtovsiz ravishda issiqlikka
o‘tadi. Bu issiqlik izometrik qisqarish issiqligi deyiladi. Izometrik qisqarish issiqligi
ko‘ndalang ko‘prikchalarning uzluksiz harakatlari natijasida ATF parchalanishidan
paydo bo`ladi. Muskul yuk ko‘tarib ish bajarganda qo‘shimcha miqdorda ATF
parchalanadi, qo‘shimcha issiqlik ajraladi. Issiqliknning bu qismi kaltalanish issiqligi
deyiladi. Bir mol ATF parchalanishi 48 kDj chamasida energiya ajralishini
ta‘minlaydi. Bu energiya miqdorining faqat 40-50% muskul qisqara oshlaganda va
qisqarishi vaqtida issiqlikka aylanadi, muskul harorati bu vaqtda ozroq ko‘tariladi.
Ammo, tabiiy sharoitda muskulning foydali ish koeffitsiyenti 20-30% dan oshmaydi.
Chunki qisqarish vaqtida va u tugaganidan so‘ng miofibrillalardan tashqarida
energiya sarfiga muhtoj bo`lgan jarayonlar sodir bo`ladi. O‘zgaradigan kimyoviy
energiyaning 20% ga yaqini ana shu jarauonlarga (ion kanallarining ishiga, ATF
ning oksidlanib,tiklanishiga) sarflanadi va sezilarli miqdorda issiqlik hosil bo`lishiga
olib keladi (tiklanish issiqligi).
Xulosa.
Muskullar inson organizmining eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, ular
harakat, organlar faoliyati va barqarorlikni ta’minlaydi. Ularning tuzilishi, turlari va
fiziologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish tibbiyot va sport sohalari uchun katta
ahamiyatga ega. Mushaklarning sog‘lomligi jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish
bilan bevosita bog‘liq.
МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
Researchbib Impact factor: 13.14/2024
SJIF 2024 = 5.444
Том 3, Выпуск 04, Апрель
265
https://universalpublishings.com
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Nishanova A.A. Fiziologiya. Toshkent. 2022 y.
2. Alyaviya O.T. va Qodirov Sh.K. Normal fiziologiya. Toshkent. 2018 y.
3. Alyaviya O.T., Nishanova A.A. va Qodirov Sh.K. Fiziologiya darslik.
Toshkent. 2022 y.
4. Alyaviya O.T. va boshq. Fiziologiya, Darslik. Toshkent. 2019 y.
