514
ko‘plab olimlar va tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsada, bugungi kunga kelib ham u
tadqiqotlarning markazidan joy olib kelmoqda. Jamiyatning tibbiyot, madaniyat, iqtisodiyot kabi
bir qator tarmoqlari ham uni ob’ekti sifatida tadqiq etib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Stoller R. Jins va jins: Erkaklikni rivojlantirish va Ayollik / R. Stoller. - Nyu-York:
Fanlar uyi, 1968. - 383 p.
2.
Гриценко Е. С. Язык как средство конструирования гендера: дис. …д-ра филол.
наук / Е. С. Гриценко. – Н. Новгород, 2005. – 401 с.
3.
Gaur P. Achivieving Inter-Gender Communication Effectiveness in Organizations. The
Journal of Business Perspective. 2006, 12-b.
4.
Zakaria R. Gender and language use. India.: Intellektualita-volume3, 2015. 80-b.
5.
Ubaydullayeva, M. (2022). HISTORICAL DEVELOPMENT OF SCIENTIFIC
RESEARCHES ON GENDER AND DISCOURSE.
6.
Ubaydullayeva, M. (2022). PRINCIPAL FEATURES AND CHARACTERISTICS OF
FEMININE AND MASCULINE POLITICAL DISCOURSE.
KOMMUNIKATIV STRATEGIYALAR - MAKTABNI RIVOJLANTIRISHDA
BOSHQARUV VOSITASI SIFATIDA
Umarova Nilufar Xasanovna
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish
milliy-tadqiqot instituti
doktoranti
E-mail:
Annotatsiya:
ushbu maqolada direktorning kommunikativ strategiyalari maktab
rivojlanishida muhim o‘rin tutishi, uning qisqacha nazariy tahlili, maqsadga erishish yo‘li,
belgilangan harakatlardan iborat dasturiy reja ekanligi to‘g‘risida mushohada yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
maktab direktori, menedjer, kommunikativ kompetentlik, muloqot,
kommunikativ strategiya, maktab rivoji, ta’lim sifat-samaradorligi, maqsad, uzoq muddatli reja.
Globallashuv davrida madaniyatlararo aloqalar va ijtimoiy munosabatlarning keskin
o‘sishi bilan jamiyat insonning kommunikativ kompetentligiga tobora progressiv talablar
qo‘ymoqda. Bu ayniqsa menejerlar kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bo‘lib,
shu mazmundagi tadqiqotlarga ko‘ra, aksariyat umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarida
samarali muloqot qilishga va boshqaruv faoliyatida kommunikativ kompetentligini namoyon
etib, belgilangan maqsadga erishishda undan to‘laqonli foydalanish asosida ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish ko‘nikmasi yetarlicha shakllanmaganligi namoyon bo‘lib qolmoqda. Bu
holatni maktablarimizda sodir bo‘layotgan va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan xunuk
voqealar asoslamoqda. Pedagogik-psixologik kontekstdagi ushbu muammo turli fan sohalari
olimlari tomonidan oʻrganilgan. Shuningdek, maktab direktorlarining kasbiy va kommunikativ
kompetentlikka asoslangan yondashuvlari turli jihatlardan ko‘plab tadqiqotchilarning ilmiy
qarashlari asosida o‘rganilib, tahlil qilinib, kommunikativ strategiyalarni rivojlantirish
jarayonlari o‘rganilganligi va tadqiq qilinganligini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Dastlab, kommunikativ kompetentsiya va kommunikativ kompetentlik nima ekanligini
tushunish va aniqlash kerak [1]. XX asrning ikkinchi yarmida xususan, 1970-1980-yillarda tilni
oʻzlashtirish nazariyasi bilan qiziqqan koʻplab amaliy tilshunos olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan
kommunikativ
kompetentsiya
modellari
kommunikativ
kompetentsiya
kontseptsiyasining yanada rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Kommunikativ kompetentlik o‘zida muloqot, muloqotchanlik ko‘nikmalarini ifodalaydi.
Muloqot ko‘p faktorli hodisa sifatida til va umuman inson mavjudligi faoliyatining barcha
sohalarini qamrab oladi. Shunga ko‘ra, ko‘plab fan sohalari vakillari tomonidan turli jihatlarda
o‘rganilib kelinmoqda.
B.Uotson, J.Gardner, E.Jons tashkilotdagi muloqotga quyidagicha ta’rif beradi: “Dastlab
bu hodisa tashkilot a’zolarining individual faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tashkiliy
maqsadlarga erishish imkonini beruvchi vosita sifatida tushunilgan. Shundan so‘ng aloqa
515
tashkilotdagi markaziy jarayon sifatida belgilandi. [2]. Rus tadqiqotchisi T.M.Orlova bu atamaga
quyidagi ta’rifni beradi: “Muloqot - bu axborot, bilim va intellektual mulk almashinuvidir" [3].
Umuniy o‘rta ta’lim maktablaridagi aloqalar tashqi va ichki, shaxsiy va shaxslararo, kichik guruh
va ommaviy, vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ham kommunikativ kompetentsiyaning murakkabligi va kommunikativ
kompetentlik haligacha o‘rganilish obyekti bo‘lib kelmoqda. Oxir-oqibat, shuni aytish kerakki,
kommunikativ kompetentsiya, birinchi navbatda, muloqot qilish imkonini: ma’lumotni uzatish,
qabul qilish, anglash, boshqa shaxsni idrok etish va tushunish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Kommunikativ kompetentsiyani mustahkamlash kommunikativ kompetentlikni takomillashtirish
jarayoni ushbu sohadagi strategiyalarga bog‘liq.
Kommunikativlik jarayonida muloqot qiluvchilarning xatti-harakati ma’lum maqsadlarni
ko‘zlaydi. Muloqot maqsadlariga erishish uchun biz muloqot qobiliyati, kommunikativlik
taktikasi va kommunikativlik strategiyalari deb ataladigan ma’lum usullardan foydalanamiz.
Bunda kommunikativ maqsad belgilanadi, kommunikativ harakat qo‘llaniladi va yo‘naltirilgan
strategik natijaga ega bo‘linadi.
Turli soha olimlari kommunikativ strategiyaga turli nuqtai nazardan yondashadilar.
Masalan, tilshunos olim E.Taron kommunikativ strategiyalarni o‘zaro ta’sir, ya’ni ijtimoiy
muloqot nuqtai nazaridan o‘rganadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, u muloqot strategiyasini
ikki suhbatdoshning ma’lum bir ma’no bo‘yicha kelishish uchun o‘zaro urinishlari sifatida
belgilaydi va muloqot so‘zlovchining ham, tinglovchining ham javobgarligidir [4] deb
ta’kidlaydi.
S.Ferch va G.Kasper kommunikativ strategiyalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil
qiladilar va “kommunikativ strategiyani ma’lum bir aloqa maqsadiga erishishda inson uchun
muammoli bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun potentsial ongli rejalar” deb ta’riflaydilar [5].
Ular ma’umotlarni ikki kishining birgalikdagi javobi sifatida emas, balki odamning muammoga
ruhiy munosabati bilan izohlaydilar.
Kommunikativ strategiya - bu ma’lum bir kommunikativ maqsadga erishish uchun turli
xil og‘zaki va noverbal vositalar asosida qo‘llaniladigan kommunikativ xatti-harakatlar yoki
kommunikativ o‘zaro ta‘sirning bir qismi.
Kommunikativ tajriba kommunikativ shaxsni shakllantirish bilan bevosita bog‘liq.
Kommunikativ tajriba deganda tegishli aloqa strategiyalarini amalga oshirishga olib keladigan
yoki olib kelmaydigan muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz aloqa taktikasi haqidagi g‘oyalar
to‘plami tushuniladi. Shu bilan birga, kommunikativ strategiya, zarur aloqa darajasini o‘rnatish
uchun harakatlarni bosqichma-bosqich uzoq muddatli rejalashtirishdir.
Demak, kommunikativ strategiya - bu aloqa muhitida ma’lum natijalarga erishish
maqsadida har qanday ijtimoiy o‘zaro ta’sirning uzoq muddatli rejasi. Bu umumiy o‘rta ta’lim
maktablari direktorlarining muassasada ta’lim sifatini oshirishning kelajak uchun harakat
yo‘nalishi, ta’lim tizimining barcha sub’yektlari bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil etishning bir
qismi sifatida aloqa vositalaridan foydalanish bo‘yicha yaxshi asoslangan rejasidir. Maktab
direktorining to‘g‘ri tuzilgan kommunikativ strategiyasi - bu ishonchli, ichki qarama-
qarshiliklardan xoli va ta’lim sifatini oshirish uchun ishlaydigan aloqalar tizimi bo‘lib, maktab
strategiyasiga asoslanadi va maqsadli auditoriyaga ta’sir qilish uchun eng samarali vositalar
to‘plamini va ushbu vositalardan foydalanishning aniq dasturini ifodalaydi.
Maktab rivojlanish strategiyasi, o‘quv jarayonini o‘rganish, tizimni yaxshilash, ta’lim
sifatini oshirish, o‘quvchilarning ta’limiy va tarbiyaviy, o‘qituvchilarning kasbiy, intellektual
rivojlanishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishda qo‘llaniladigan qat’iy qarorlar va
belgilangan harakatlardan iborat reja bo‘lib, maktabning uzoq muddatli rivojlanish yo‘lidir.
Maktab
rivojlanish
strategiyasini
amalga
oshirishda
direktor
kommunikativ
strategiyasining ahamiyati katta. Direktor, strategiyaning amalga oshirilishida asosiy
boshqaruvchi va motivator sifatida faol bo‘lishi lozim va bunda kommunikativ strategiyalar
uning muhim vositalaridan biridir.
516
Maktab direktori kommunikativ strategiyalarni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor
berilishi lozim:
birinchidan,
amaldagi holatni o‘rganish va tahlil qilish. Bunda direktor o‘quv jarayonini,
o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar va boshqa ta’lim subyektlari bilan maktabning real holatini
tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha muloqot olib boradi;
ikkinchidan,
maqsadlar va strategiyalarni belgilash. Direktor o‘quvchilar va o‘qituvchilar
bilan birgalikda strategik maqsadlarni aniqlash uchun suhbatlar olib borishi kerak. Bu maqsadlar,
maktabning rivojlanishida o‘quvchilarning o‘zlashtirishini, ta’lim sifatini oshirishni, jamoatchilik
bilan munosabatlarni, turli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi maqsadlarni o‘z
ichiga oladi;
uchinchidan,
o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini o‘rganish.
Direktor
o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari, ijtimoiy faoliyati, salomatligining holati va shunga
o‘xshash ma’lumotlarini tahlil qilishi kerak. Bu, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini, qay
darajada rivojlantirish kerakligini va qaysi sohada qo‘shimcha yordam kerakligini aniqlashga
yordam beradi;
to‘rtinchidan,
kommunikativ vositalarni qo‘llash. Direktor kommunikativ strategiyani
amalga oshirishda, ta’lim subyektlari bilan faol munosabatlarni o‘rnatishda bir qancha
kommunikativ vositalardan foydalanishi mumkin. Masalan, forumlar, yig‘ilishlar, elektron
pochta, interaktiv veb-saytlar, elektron hujjatlar, telefon va videomuloqotlar.
Bular muloqotni
o
‘
rganish, axborot almashish, tushunchalarni tahlil qilish va ma’lumot almashish jarayonlarini
o
‘
z ichiga olgan usullar va vositalar to
‘
plami bo‘lib, maktab va ta’lim subyektlari o
‘
rtasida
ma’lumot almashishni yaxshilaydi, ko
‘
zlangan maqsadlarga erishishga yordam beradi
;
beshinchidan,
muvaffaqiyatni baholash va tahlillar asosida o‘zgartirishlar kiritish.
Direktor, kommunikativ strategiyalarni baholash va tahlil qilish uchun samarali tahliliy jarayonni
tashkil qilishi kerak. Bu, ma’lumotlar to‘plami, so‘rovnamalar, murojaatlar, orqali kommunikativ
strategiyalarining samarali o‘tkazilishi, o‘zgarishi, va takomillashtirilishi bo‘yicha tahlillarni o‘z
ichiga oladi. Tahlillar natijasida kommunikativ strategiyalarga o
‘zgartirishlar kiritilishi kerak.
Bu, strategiyani isloh qilish, uning samaradorligini oshirish va maktabning rivojlanishini
ta’minlash uchun juda muhimdir.
Bular kommunikativ strategiyani ishlab chiqishning asosiy qadamlari bo‘lib, direktorlar
o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar va boshqa ta’lim subyektlari bilan birgalikda rivojlanish
strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur qadam hisoblanadi.
Xulosa, direktorlarining kommunikativ strategiyalari maktabni boshqarish uslubi, o‘quv
jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, jamoa, o‘quvchilar, ota-onalar bilan
munosabatlarni yaqinlashtirish, jamoatchilik bilan yaxshi muloqot va qo‘llab-quvvatlashga
erishish, turli davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishda ahamiyati katta.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.N.X.Umarova “Kommunikativ kompetentlik rahbar kasbiy kompetensiyasining muhim
tarkibiy qismi”. Maktab va hayot. Ilmiy-metodik jurnal, № 6 (178)/2023 ISSN 2010-5460. 34-
37-betlar.
2.Elizabeth Jones, Bernadette Watson, John Gardner “Organizational Communication:
Challenges for the New Century”. Journal of Communication, December 2004.P. 722-750
3. ОрловаТ.М. Коммуникационный менежмент в управлении экономическими
системами.-М.: изд-во РАГС, 2002. – 265 c.
4. Tarone Е. (1980). Communication Strategies, Foreigner talk and repair in
interlanguage. Language learning 30: 417-413.
5. Fearch C., Каsper, G. (1983). Plans and strategies in foreign language communication.
In C. Faerch and G. Kasper (eds.) Strategies in Interlanguage Communication. Harlow, UK:
Longman.
ADABIYOT DARSLARIDA HIKOYALARNI TAHLIL QILISH
